EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Turkiyada litsey oldida qurolli hujum: o‘quvchilar yaralandi

Turkiyaning Manisa viloyatida kasb-hunar litseyi yaqinida qurolli hujum sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Inchi Uzmez nomidagi litsey binosi oldida noma’lum shaxs atrofdagilarga tartibsiz ravishda o‘q uzgan. Hodisa oqibatida 4 nafar o‘quvchi jarohatlangan, yana bir kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Voqeadan so‘ng litsey atrofiga xavotirga tushgan o‘quvchilarning ota-onalari yig‘ilgan. Huquq-tartibot xodimlari hududda xavfsizlikni ta’minlamoqda.

Hujum sabablari, shuningdek, voqeani sodir etgan shaxsning kimligi aniqlanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qonda 6 mlrd so‘mlik gaz “yo‘qoldi”

Qo‘qon shahridagi Qaymoqli guzar MFY hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi. Hisob-kitob natijasida zarar miqdori 6 milliard so‘mni tashkil etgan.

Holatga oid barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢4🤷‍♂2👍1
Mudofaa vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mudofaa vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Qahramonjon Zoidov mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jahongir Muratov esa mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍16🔥7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu xonadondagi hayotni ko‘rib, yurak ezilmay qolmaydi...

Kosonsoy tumanidagi bu oilada bir ona uch nafar farzandi bilan og‘ir sharoitda yashamoqda. Onaning o‘zi ko‘krak bezi saratoni bilan kurashmoqda. Bundan tashqari, keksa va II guruh nogironligi bo‘lgan onasining ham tashvishi uning zimmasida.

Oilaga yangi uy qurish ishlari boshlangan, ammo qurilish hali yakuniga yetmagan. Hozir ularga qurilish materiallari va mablag‘ ko‘rinishida yordam zarur.

🤲 Imkoningiz yetganicha bu oilaga ko‘mak bering.
Sizning kichik yordamingiz ham bir ona va uch nafar farzand uchun katta umid bo‘lishi mumkin.

Ehson uchun:
💳 Karta: 5440 8103 7953 0719
👤 Karta egasi: Boboyeva Mastonjon
📌 Ehsonga katta-kichik bo‘lmaydi.
Murojaatni yaqinlaringizga ham ulashing. Balki aynan sizning ulashuvingiz bu oilaga kerakli yordamni yetkazishga sabab bo‘lar.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢7
«Xususiy mulk daxlsizligi buzilmoqda»: tadbirkordan murojaat

Tadbirkor o‘zining mulkiy huquqlari buzilayotganini bildirib, qurilish jarayoni va egaligidagi noturar joy masalasi bo‘yicha norozilik bildirdi.

Uning aytishicha, qo‘lida kadastr hujjatlari, qurilish kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomalar va mulkning birinchi qavatda joylashganini tasdiqlovchi hujjatlar bor.

Murojaatchi ushbu masala yuzasidan prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati va Ombudsmanga murojaat qilganini aytdi.

«Prokuratura hal qilmasa, Ichki ishlar hal qilmasa, Davlat xavfsizligi hal qilmasa, Ombudsman aralashmasa, kim hal qiladi?» — deya savol qo‘ygan u.

Holat yuzasidan mas’ul tashkilotlar va boshqa tomonlarning munosabati hozircha keltirilmagan.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🤔2
Milliy sertifikat imtihonlariga joylar cheklab qo‘yildi

2026-yil sentabr–dekabr oylarida milliy sertifikat imtihonlari uchun jami 496 303 ta o‘rin ajratildi.

Oylar kesimida:
— sentabr — 125 753 ta;
— oktabr — 129 535 ta;
— noyabr — 112 335 ta;
— dekabr — 128 680 ta.

Shuningdek, imtihonlar soni ham oshiriladi. Bu davrda 15 ta imtihon o‘tkazilishi rejalashtirilgan. O‘tgan yilning shu davrida esa 11 ta imtihon o‘tkazilgan.

Agentlikka ko‘ra, o‘rinlarning cheklanishi infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish hamda imtihon natijalarini o‘z vaqtida e’lon qilishni ta’minlash bilan bog‘liq.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
«Erkini anglagan elni hech kim oyoqosti qilolmaydi» — Abdurahmon Tashanov

«Ezgulik» inson huquqlari jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov Telegram-kanalida Harbiy prokuratura, sobiq prokuror Xolboyev va tergovchi Muhitdinovlarga qarshi sud jarayoni yakunlanganini ma'lum qildi.

Mirobod sudi uning da'vosini qisman qanoatlantirib, Harbiy prokuraturadan Tashanov foydasiga 5 mln so'm ma'naviy va 10 mln so'm moddiy zarar undirish qarorini chiqardi. Bunga bahorda huquq himoyachisining nohaq ayblanib, jinoyat sudida oqlangani sabab bo'lgan.

«Harbiy prokuratura meni internetda yolg'on xabar tarqatishda ayblab, nohaq javobgarlikka tortgandi. Menga ma'naviy zarar qiymatidan ko'ra adolat qaror topishi muhimroq. Kim bo'lishidan qat'i nazar qonun va Konstitutsiyaga amal qilishi zarur»,

— deydi u.

Huquq himoyachisi asosiy vazifa jamiyatda qonun ustuvorligi va adolat tantanasiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash ekanini ta'kidlagan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Yarim litr suv 3 ming so‘m, ming litri esa 3,5 ming so‘m»: hokim suvning qadriga yetishga chaqirdi

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov bugun Muborak tumanidagi o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuvda ichimlik suvidan foydalanish uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

«Yarim litr suv uch ming so‘m turadi. Davlat esa ming litr suv uchun uch yarim ming so‘m olyapti. Suvning qadriga yetishimiz kerak», — dedi Murodjon Azimov.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Мudofaa vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Zoidov Qahramonjon Obidjonovich mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent havosi yana yomonlashishi mumkin

Bugun kechqurun Toshkentning aksariyat hududlarida havo sifati yomonlashishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:00 dan 01:00 gacha havo sifati AQI standarti bo‘yicha «sezgir guruhlar uchun nosog‘lom» darajaga yetishi ehtimoli bor.

Ekologiya qo‘mitasi kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lmaslikni tavsiya qildi. Ayniqsa, havo sifatiga sezgir fuqarolarga ehtiyot choralariga amal qilish tavsiya etilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namangandagi dahshat: 5 yoshli qizchani kim zo‘rladi?

Hammadan ham ko‘proq himoya qilinishi kerak bo‘lgan bog‘cha devorlari ichida inson qiyofasidagi vaxshiy munosabat fosh bo‘ldi. Uchqo‘rg‘on tumanidagi davlat bog‘chasining ombor mudiri 5 yashar tarbiyalanuvchi qizchani jinsiy zo‘rlagani aniqlandi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Buxoro sog‘liqni saqlash boshqarmasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Behzod Tursunovich Adizov Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida axborot siyosati bo‘yicha mas’ul lavozimda faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida u boshqarmaning axborot siyosati va media faoliyatini muvofiqlashtirish, OAV bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda jamoatchilik bilan ochiq muloqotni ta’minlash bilan shug‘ullanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oltinsoydagi kutubxonachi ishi bo‘yicha rasmiy munosabat berildi. Ammo, ayrim savollar hanuz javobsiz

Avvalroq EFFECT.UZ Oltinsoy tumanidagi 60-maktabda kutubxona mudiri bo‘lib ishlayotgan, tarix yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha 4-kursda tahsil olayotgan Alimardonov Nozimbekning murojaatini yoritgan edik.

Murojaatchi o‘z mahallasidagi maktabda tarix fanidan 5 soat dars berishni istayotgani, biroq unga bu imkoniyat berilmayotganini bildirgan.

Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda maktab rahbariyati va boshqa mutasaddilar ishtirokidagi suhbatlar “rasmiy munosabat” sifatida e’lon qilindi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Mudofaa sanoati qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Akmal Ro‘ziqulovich Jumanazarov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mudofaa sanoati qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi kafelardan birida yong‘in chiqdi

Kechadan bugunga o‘tar kechasi soat 23:23 da Chilonzor tumanida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in soat 00:10 da to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
BMTda 130 ga yaqin davlat delegatsiyalari jamlandi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.

BMT Bosh qarorgohi Bosh Assambleyaning 81-sessiyasi doirasida 130 ga yaqin davlatdan kelgan delegatsiyalarni qabul qilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham bor.

Mamlakatimiz delegatsiyasi umumiy munozaralar davomida qator davlat rahbarlarining nutqlarini tingladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍26🔥9👎2