EFFECT.UZ | Расмий канал
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Mashinistlar uchun guvohnoma olish tartibi o‘zgaradi

2027-yil 1-yanvardan boshlab lokomotiv va metro poyezdlarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, mashinistlik huquqini olish uchun testlar elektron shaklda o‘tkaziladi. Yangi guvohnoma esa 10 yil muddatga beriladi.

Amalda faoliyat yuritayotgan mashinistlar 2029-yil 1-yanvarga qadar yangi namunadagi guvohnomani olishlari lozim.

Shuningdek, guvohnoma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, ayrim holatlarda qayta test topshirmasdan dublikat olish imkoniyati ham yaratiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyada «Oltin mukofot»ga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taqdim etilgan va Gollivudlik aktyor Ben Kingsli ishtirok etgan «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyaning Tortosa shahrida bo‘lib o‘tgan 10-yubiley Terres Travel Festival – Films & Creativity 2026 festivalida «Turistik xizmat» (Tourism Service) nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin mukofot»ni qo‘lga kiritdi.

👉 Batafsil

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etdi

Samarqandda o‘tayotgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Uch nafar shaxmatchimiz — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.
Uchrashuv taqdiri esa Nodirbek Yoqubboyev va Nihal Sarin o‘rtasidagi bahsda hal bo‘ldi. Murakkab vaziyatda Yoqubboyev raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani qo‘lga kiritdi va jamoamizga hal qiluvchi ochkoni olib berdi.
Shu tariqa O‘zbekiston amaldagi chempion ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍5
“Real Sanjik” ishida guvohlar va xolislarga o'rin yo'q–Sud hay'ati

BMT Oliy Komissiyasi Kotibiyati Sanjar Karimovning sud jarayonida bir qancha jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlab, tegishli tavsiyalar berdi. Bu haqda, bugun, 21-sentyabr kuni o‘tkazilgan apellyatsiya instansiyasining navbatdagi sud majlisida Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Sud tergovida sudlanuvchining 8 nafar advokatlari sud jarayoniga tintuvda qatnashgan xolislarni, shuningdek, bosim ostida Karimov bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lganini da’vo qilayotgan Feruza Rahmatullayevaning turmush o‘rtog‘i Bahrom Rahmatullayevni ham guvoh tarzida chaqirtirilish so‘raldi. Biroq Sud hay’ati ushbu iltimosnomalarni asossiz deb xolislar va guvohlarni sud tergoviga jalb qilinishini rad etdi.  

Bundan tashqari, sud jarayoniga "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi –  A.Tashanov ham sudlanuvchining murojaati asosida o‘z pozitsiyasini saqlagan holda himoyachi sifatida qatnashish iltimosnoma qilib kiritilganda sud hay’ati mazkur iltimosnomani ham rad etdi. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Sanjar Karimov va uning himoya tomoni mazkur ish yuzasidan BMT tuzilmalariga murojaat qilgan. Karimovning AQSH fuqarosi bo‘lgan yaqinlari ham Amerika rasmiylariga yordam so‘rab murojaat yo‘llagani haqida ma’lum qilingandi. 

“Real Sanjik” BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat yo‘llagandi. Murojaatda u o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi va jinoyat ishini yuritish jarayonida, uning fikricha, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni bayon qilgan. BMT Oliy Komissiyasi Kotibiyati Sanjar Karimovning sud jarayonida bir qancha jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlanganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari Advokatlar tomonidan bir qancha ishga aloqador bo‘lgan faktlarni ochiqlash maqsadida iltimosnoma kiritilganda bu ham sud hay’ati va prokuror tomonidan bir ovozdan rad etildi. Shundan so‘ng Karimovning advokatlari sud hay’atining xolisligiga shubha bildirilib sud hay’atiga yana bir bor raddiya berdi. Biroq mazkur raddiya ham rad etildi. 

Sudlanuvchining himoyachilari tomonidan 10 dan ortiq kiritilgan ishni ochishga xizmat qilishga yordam beruvchi barcha iltimosnomalar rad etildi.


Mazkur sud ishida muzokaralar joriy yilning 25-sentyabr kuniga qoldirildi. Voqealar rivojini EFFECT.UZ’da kuzatib boring.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍9😢2
Jamoat transportlari 2 yildan beri texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan — EFFECT.UZ manbasi

Tahririyatga murojaat qilgan 18-avtobus saroyi haydovchilari mehnat sharoiti, avtobuslarning texnik holati, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularga nisbatan qo‘llanilayotgan jarimalar yuzasidan qator e’tirozlarni bildirdi. EFFECT.UZ jarayonni xolis yoritish maqsadida voqea joyiga yetib bordi.

Haydovchilarning aytishicha, ular mazkur muammolar bo‘yicha bir necha bor murojaat qilgan. Biroq murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yechimsiz qolayotgani sababli, ular yuqori turuvchi tashkilotlarga, jumladan, Prezident va Transport vaziriga video murojaat bilan chiqishga majbur bo‘lgan.
Shundan so‘ng 18-avtobus saroyida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani aytilmoqda. Biroq haydovchilarni hozir boshqa savol qiziqtirmoqda: tekshiruv natijasi nima bo‘ldi? Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha kimga va qanday chora ko‘rildi? Haydovchilar ko‘targan muammolar bartaraf etildimi?
Ehtiyot qismlar masalasi
Haydovchilarning ta’kidlashicha, ayrim avtobuslarda zarur ehtiyot qismlar yetishmasligi texnik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, eshik blokirovkalari ehtiyot qismlar yetishmasligi sababli to‘liq ishlamayotgani aytilmoqda. Shuningdek, avtobuslardagi spidometr — tezlikni o‘lchash qurilmasi bo‘yicha ham savollar bor.
Haydovchilardan biri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, ayrim avtobuslardagi mazkur qurilma oxirgi marta 2024-yil 10-dekabrda tekshiruvdan o‘tkazilgan, uning amal qilish muddati esa 2025-yil 10-dekabrda tugagan. Shundan keyin qayta tekshiruvdan o‘tkazilmagani iddao qilinmoqda.
Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu holat avtobuslarni texnik jihatdan nazorat qilish tizimi bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga keltiradi.
Jarimalar ham haydovchilar e’tirozida
Haydovchilarning yana bir e’tirozi — ularga qo‘llanilayotgan ichki jarimalar bilan bog‘liq. Ularning aytishicha, turli holatlar bo‘yicha jarimalar ish haqidan 10–15 foiz miqdorida ushlab qolinmoqda.
Haydovchilar mazkur jarimalarning qonuniy asoslari, ularni kim belgilashi va undirilgan mablag‘lar qayerga yo‘naltirilayotgani bo‘yicha aniq ma’lumot berishni so‘ramoqda. Ayniqsa, agar ushbu jarimalar qonuniy tartibda undirilayotgan bo‘lsa, ularning huquqiy asosi qanday? Undirilgan mablag‘lar qaysi hisob raqamiga tushmoqda? Bu savollarga hozircha aniq javob berilmagan.
Shuningdek, haydovchilar o‘zlari shikoyat qilgan mansabdorlarga nisbatan amaliy chora ko‘rilmaganini ham ta’kidlamoqda.

EFFECT.UZ O‘zbekiston miqyosida sodir bo‘layotgan dolzarb mavzularni tezkor yoritishda davom etadi. EFFECT.UZ'ni kuzatib boring.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Nyu-Yorkda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ish boshladi. Sessiya doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari, shuningdek, birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi.

Tomonlar xalqaro tashkilot bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1😢1
Ukrainaning bir qator hududlari raketa va dronlar hujumiga uchradi

Kecha tunda Ukraina hududlariga keng ko‘lamli qo‘shma zarbalar berilgani xabar qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyev va Odesa atrofi, Dnepropetrovsk, Krivoy Rog hamda Kremenchug shaharlaridagi nishonlar hujumlar markazida bo‘lgan.

Shuningdek, Vinnitsa, Sumi va Xarkov viloyatlariga qanotli, gipertovushli va ballistik raketalar, shuningdek, «Geran» turidagi dronlar orqali zarbalar berilgani aytilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Ish joyidagi tazyiq yashirin qolmaydi: onlayn murojaat portali ishga tushadi

O‘zbekistonda xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlashga qaratilgan yangi tizim bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Prezidentning 2026-yil 21-sentabrdagi PQ–345-son qaroriga muvofiq, 1-dekabrgacha davlat organlari va tashkilotlari uchun maxsus axborot portali ishga tushiriladi.

Endilikda ushbu portal orqali ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha onlayn murojaat yuborish mumkin bo‘ladi.
Mansabdor shaxs yoki mas’ul xodimga oid murojaatlar avtomatik ravishda yuqori turuvchi instansiyaga yuboriladi.

Agar holatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari aniqlansa, murojaat «112» orqali vakolatli organga yo‘naltiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1😢1
Turkiyada litsey oldida qurolli hujum: o‘quvchilar yaralandi

Turkiyaning Manisa viloyatida kasb-hunar litseyi yaqinida qurolli hujum sodir bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Inchi Uzmez nomidagi litsey binosi oldida noma’lum shaxs atrofdagilarga tartibsiz ravishda o‘q uzgan. Hodisa oqibatida 4 nafar o‘quvchi jarohatlangan, yana bir kishi halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Voqeadan so‘ng litsey atrofiga xavotirga tushgan o‘quvchilarning ota-onalari yig‘ilgan. Huquq-tartibot xodimlari hududda xavfsizlikni ta’minlamoqda.

Hujum sabablari, shuningdek, voqeani sodir etgan shaxsning kimligi aniqlanmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qo‘qonda 6 mlrd so‘mlik gaz “yo‘qoldi”

Qo‘qon shahridagi Qaymoqli guzar MFY hududida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlandi.

O‘rganishlar davomida holat bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi. Hisob-kitob natijasida zarar miqdori 6 milliard so‘mni tashkil etgan.

Holatga oid barcha hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
😢4🤷‍♂2👍1
Mudofaa vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mudofaa vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Qahramonjon Zoidov mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Jahongir Muratov esa mudofaa vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍16🔥7