EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
70.9K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
BMT "Real Sanjik"ning sudida inson huquqlari buzilganini tasdiqladi

Bugun, 21-sentyabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya instansiyasining navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu galgi sud jarayonida "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi – inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ham qatnashdi. Bu haqda EFFECT.UZ jurnalisti maʼlum qildi.

Avvalgi xabarlarimizda, Sanjar Karimov va uning himoya tomoni mazkur ish yuzasidan BMT tuzilmalariga murojaat qilgan. Karimovning AQSH fuqarosi bo‘lgan yaqinlari ham Amerika rasmiylariga yordam so‘rab murojaat yo‘llagani haqida ma'lum qilingandi.

Karimov BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat yo‘llagandi. Murojaatda u o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi va jinoyat ishini yuritish jarayonida, uning fikricha, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni bayon qilgan.

Xususan, Karimov va uning himoya tomoni giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq ayblovni rad etmoqda. Ularning pozitsiyasiga ko‘ra, ushbu epizod bo‘yicha dalillarni olish va rasmiylashtirish jarayonida qonuniylik bilan bog‘liq savollar mavjud.

Shuningdek, sudlanuvchining onasi va opasi AQSH fuqarolari sifatida farzandiga nisbatan adolatsiz sud hukmi bo‘yicha AQSH Davlat kotibi, AQSH Adliya departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining AQSHdagi vakili K.Allamjonovdan yordam so‘radi.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ham Sanjar Karimovga qo‘yilgan giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq ayblov yuzasidan o‘z pozitsiyasini bildirib, mazkur epizodni asossiz deb hisoblashini va uni ayblovdan chiqarish kerakligini bildirdi.

BMT Oliy Komissiyasi Kotibyati Sanjar Karimovning sud jarayonida bir qancha jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlanganini ma'lum qildi. Va ushbu hujjat tahririyatga taqdim etildi.

Hozirda sud jarayonlari Toshkent shahar JIB sudida sud ishi jonli tarzda davom etmoqda. Voqealar rivojini EFFECT.UZ bilan kuzatib boring.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍6😢3
Madad Invest Bank sobiq rahbari Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi

Farg‘onalik tadbirkor, Madad Invest Bank’ning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Mo‘minjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi.

Yo‘ldoshev Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatida ayblanmoqda.

U qurilish va to‘qimachilik sohalaridagi bir qator bizneslarga egalik qilgani bilan tanilgan.

Shuningdek, Jahon banki 2019-yilda tender jarayonida raqobatchi kompaniya vakiliga bosim o‘tkazilgani bilan bog‘liq holat sabab Yo‘ldoshevni o‘z loyihalarida ishtirok etishdan kamida 4 yilga chetlatgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Vafotidan 23 yil o‘tib nomiga mulk rasmiylashtirilgan fuqaro: Sergelidagi uy mojarosi

Effect.uz tahririyatiga Toshkent shahri Sergeli tumani «Xonobod» MFYda joylashgan xonadon yuzasidan navbatdagi murojaat kelib tushdi. Unda ko‘chmas mulk hujjatlarining qonuniyligi jiddiy shubha ostiga olinmoqda.

Murojaatchi Mirobiddin Hakimovning ma’lum qilishicha, mazkur yer maydoni 1972-yilda onasi Qutbi Hakimovaga ajratilgan bo‘lib, onasi 1999-yil 22-iyunda vafot etgan. Biroq Davlat reyestrida ushbu uy-joyga bo‘lgan mulk huquqi oradan 23 yil o‘tib — 2022-yil 23-sentabrda marhumaning nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ish bo‘yicha qator jiddiy savollar ochiq qolmoqda:

Vafot etganiga 23 yil bo‘lgan shaxs nomiga mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish arizasini kim bergan va qaysi hujjatlar asos qilib olingan?
Q. Hakimova vafotidan 20 kun oldin qizi Tursunoy Xiziralieva nomiga rasmiylashtirilgan vasiyatnomadagi imzo marhumaning o‘ziga tegishlimi? Murojaatchi imzo soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini bildirib, holat bo‘yicha rasmiy ekspertiza o‘tkazilmaganini aytmoqda.

Keyinchalik uy-joy meros hamda hadya shartnomasi orqali uning o‘g‘li Jamol Xiziralievga o‘tkazilgan va u xonadonda uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan oila a’zolarini majburiy ko‘chirish bo‘yicha sudga da’vo kiritgan.

Murojaatchi avvalgi sud jarayonlarida eng asosiy ikki jihatga — marhuma nomiga 2022-yilda mulk rasmiylashtirilgani asosi hamda 1999-yildagi vasiyatnomaning haqiqiyligiga oydinlik kiritilmaganini aytib, holat to‘liq tekshirilishini so‘ramoqda.

Effect.uz ushbu holat bo‘yicha sud jarayonlarini yoritib boradi.

👉 ТЎЛИҚ ВИДЕО

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaziyat bo‘yicha birozdan so‘ng Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi binosida masala ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Navoiylik 10-sinf o‘quvchisi IELTS imtihonida 8,5 ballik natijani qayd etdi

Navoiy shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi Behruz Jo‘rayev xalqaro IELTS imtihonida yuqori 8,5 ballik natijani ko‘rsatib, ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha C2 sertifikatini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, iqtidorli o‘quvchi ushbu ko‘rsatkichga maktab davridayoq erishgan.

Shuningdek, Behruz Jo‘rayev bundan avval Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida Navoiy viloyati sharafini himoya qilib, faxrli 2-o‘rinni egallagan jamoa tarkibida ham faol qatnashgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent aeroportida 1,3 milliard so‘mlik oltin yashirincha olib kirilayotgani aniqlandi

«Dubay–Toshkent» reysi bilan O‘zbekistonga kelgan fuqaroning yuki bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 141 dona zargarlik buyumi va 3 dona oltin quyma aniqlangan.

Ularning sof og‘irligi 921,37 gramm, umumiy qiymati esa ekspertiza xulosasiga ko‘ra 1 milliard 293 million so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari, yuk orasidan aksiz markalari bo‘lmagan 120 quti tamaki mahsuloti hamda 90 dona nikotinli snyus ham topilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sanjar Karimovning hafsalasi pir bo‘ldimi?

Sud tergovi davomida Sanjar Karimovning himoyachilari tomonidan qator iltimosnomalar kiritildi. Biroq sud hay’ati ularning barchasini rad etdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Tojikistondagi zilzila Oʻzbekistonda sezildi

Bugun, 21 sentyabr kuni soat 15:48da Tojikistonning Togʻli Badaxshon hududida qariyb 5 magnitudali zilzila sodir boʻldi.

Zilzila So‘x tumani, Quvasoy shahri va Fargʻona tumanida 2 ball kuch bilan sezilgan. Zilzila o‘chogʻi 160 km chuqurlikda joylashgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkentda yetarlicha isitilmayotgan ko‘p qavatli uylar tekshiriladi

21 sentyabrdan Toshkentdagi ayrim ko‘p qavatli uylarda Jahon banki mutaxassislari ishtirokida kompleks energiya auditi o‘tkaziladi.

Binolarning issiqlik yo‘qotishi, tashqi devorlar, tom va yerto‘lalar, eshik-derazalar hamda ichki isitish tizimlari tekshiriladi.

Audit natijalariga ko‘ra, uylarni samarali isitish va issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha yagona metodologiya ishlab chiqiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda 140 ta futbol maydoniga teng hududda "Kelajak metallari texnoparki" qurilmoqda

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan kritik minerallar bo'yicha Markaziy Osiyodagi birinchi “Kelajak metallari texnoparki” bunyod etilmoqda.

Respublikamizning 3 ta hududida (Chirchiq, Ohangaron, Nurobod) tashkil etilayotgan texnoparklarning umumiy maydoni 100 gektardan ortiq. Bu qariyb 140 ta futbol maydoniga teng hudud, degani.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiqda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

Chirchiq shahrida narkotik moddalar tayyorlash bilan shugʻullangan yashirin laboratoriya faoliyatiga chek qoʻyildi.

Narkolaboratoriya tashkil etgan shaxslar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
❗️ ANORBANK атрофидаги гап-сўзлар: асл вазият қандай?

Ижтимоий тармоқларда банк акциядорларидан бири билан боғлиқ турли хабарлар тарқалиб, кўпчилик мижозларда ҳақли саволларни келтириб чиқарди. Бундай вазиятда ортиқча хавотирга берилмай, холис фактларга таяниш муҳим.

Банк томонидан берилган расмий изоҳга кўра, тарқалган хабарлар акциядорнинг шахсий иши бўлиб, бу ҳолат ANORBANK’нинг молиявий капитали, бошқарув тизими ва кундалик фаолиятига алоқадор эмас.

Ҳозирда банкнинг барча хизматлари, жумладан, мобиль илова, пул ўтказмалари, карталар ва омонатлар одатдагидек, ҳеч қандай узилишларсиз ишламоқда. Шунингдек, ваколатли давлат органларидан банкка бирор бир расмий сўров ёки огоҳлантириш келиб тушмагани маълум қилинган.

Тармоқлардаги турли аноним манбалар ва «ички маълумотлар»га асосланган хабарлар эса ҳеч қандай расмий тасдиққа эга эмаслиги таъкидланган ҳолда Молиявий хавфсизликни таъминлаш учун фақат тасдиқланган ва расмий манбалар ахборотига таяниш тавсия этилади.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda 7 nafar talaba 4 nafar tengdoshini talon-toroj qilgani aytilmoqda

19 sentyabr kuni Namangan shahridagi «Dashtbog‘» mahallasida joylashgan 2-sonli kasb-hunar texnikumida talon-toroj holati sodir bo‘lgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Madad Invest Bank asoschisi xalqaro qidiruvga berildi

Farg‘onalik tadbirkor, Madad Invest Bankning sobiq yirik aksiyadori va kuzatuv kengashi raisi Mo‘minjon Yo‘ldoshev O‘zbekiston so‘roviga asosan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Mashinistlar uchun guvohnoma olish tartibi o‘zgaradi

2027-yil 1-yanvardan boshlab lokomotiv va metro poyezdlarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, mashinistlik huquqini olish uchun testlar elektron shaklda o‘tkaziladi. Yangi guvohnoma esa 10 yil muddatga beriladi.

Amalda faoliyat yuritayotgan mashinistlar 2029-yil 1-yanvarga qadar yangi namunadagi guvohnomani olishlari lozim.

Shuningdek, guvohnoma yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, ayrim holatlarda qayta test topshirmasdan dublikat olish imkoniyati ham yaratiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyada «Oltin mukofot»ga sazovor bo‘ldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taqdim etilgan va Gollivudlik aktyor Ben Kingsli ishtirok etgan «Ma’rifat aks-sadosi» filmi Ispaniyaning Tortosa shahrida bo‘lib o‘tgan 10-yubiley Terres Travel Festival – Films & Creativity 2026 festivalida «Turistik xizmat» (Tourism Service) nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin mukofot»ni qo‘lga kiritdi.

👉 Batafsil

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
O‘zbekiston Hindistonni mag‘lub etdi

Samarqandda o‘tayotgan 46-Jahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozondi.
Uch nafar shaxmatchimiz — Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.
Uchrashuv taqdiri esa Nodirbek Yoqubboyev va Nihal Sarin o‘rtasidagi bahsda hal bo‘ldi. Murakkab vaziyatda Yoqubboyev raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani qo‘lga kiritdi va jamoamizga hal qiluvchi ochkoni olib berdi.
Shu tariqa O‘zbekiston amaldagi chempion ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍5
“Real Sanjik” ishida guvohlar va xolislarga o'rin yo'q–Sud hay'ati

BMT Oliy Komissiyasi Kotibiyati Sanjar Karimovning sud jarayonida bir qancha jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlab, tegishli tavsiyalar berdi. Bu haqda, bugun, 21-sentyabr kuni o‘tkazilgan apellyatsiya instansiyasining navbatdagi sud majlisida Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Sud tergovida sudlanuvchining 8 nafar advokatlari sud jarayoniga tintuvda qatnashgan xolislarni, shuningdek, bosim ostida Karimov bilan do‘stona munosabatlarda bo‘lganini da’vo qilayotgan Feruza Rahmatullayevaning turmush o‘rtog‘i Bahrom Rahmatullayevni ham guvoh tarzida chaqirtirilish so‘raldi. Biroq Sud hay’ati ushbu iltimosnomalarni asossiz deb xolislar va guvohlarni sud tergoviga jalb qilinishini rad etdi.  

Bundan tashqari, sud jarayoniga "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati raisi –  A.Tashanov ham sudlanuvchining murojaati asosida o‘z pozitsiyasini saqlagan holda himoyachi sifatida qatnashish iltimosnoma qilib kiritilganda sud hay’ati mazkur iltimosnomani ham rad etdi. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Sanjar Karimov va uning himoya tomoni mazkur ish yuzasidan BMT tuzilmalariga murojaat qilgan. Karimovning AQSH fuqarosi bo‘lgan yaqinlari ham Amerika rasmiylariga yordam so‘rab murojaat yo‘llagani haqida ma’lum qilingandi. 

“Real Sanjik” BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat yo‘llagandi. Murojaatda u o‘ziga nisbatan chiqarilgan sud hukmi va jinoyat ishini yuritish jarayonida, uning fikricha, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishlarni bayon qilgan. BMT Oliy Komissiyasi Kotibiyati Sanjar Karimovning sud jarayonida bir qancha jiddiy qonun buzilish holatlarini aniqlanganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari Advokatlar tomonidan bir qancha ishga aloqador bo‘lgan faktlarni ochiqlash maqsadida iltimosnoma kiritilganda bu ham sud hay’ati va prokuror tomonidan bir ovozdan rad etildi. Shundan so‘ng Karimovning advokatlari sud hay’atining xolisligiga shubha bildirilib sud hay’atiga yana bir bor raddiya berdi. Biroq mazkur raddiya ham rad etildi. 

Sudlanuvchining himoyachilari tomonidan 10 dan ortiq kiritilgan ishni ochishga xizmat qilishga yordam beruvchi barcha iltimosnomalar rad etildi.


Mazkur sud ishida muzokaralar joriy yilning 25-sentyabr kuniga qoldirildi. Voqealar rivojini EFFECT.UZ’da kuzatib boring.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍9😢2
Jamoat transportlari 2 yildan beri texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan — EFFECT.UZ manbasi

Tahririyatga murojaat qilgan 18-avtobus saroyi haydovchilari mehnat sharoiti, avtobuslarning texnik holati, ehtiyot qismlar bilan ta’minlash va ularga nisbatan qo‘llanilayotgan jarimalar yuzasidan qator e’tirozlarni bildirdi. EFFECT.UZ jarayonni xolis yoritish maqsadida voqea joyiga yetib bordi.

Haydovchilarning aytishicha, ular mazkur muammolar bo‘yicha bir necha bor murojaat qilgan. Biroq murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yechimsiz qolayotgani sababli, ular yuqori turuvchi tashkilotlarga, jumladan, Prezident va Transport vaziriga video murojaat bilan chiqishga majbur bo‘lgan.
Shundan so‘ng 18-avtobus saroyida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgani aytilmoqda. Biroq haydovchilarni hozir boshqa savol qiziqtirmoqda: tekshiruv natijasi nima bo‘ldi? Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha kimga va qanday chora ko‘rildi? Haydovchilar ko‘targan muammolar bartaraf etildimi?
Ehtiyot qismlar masalasi
Haydovchilarning ta’kidlashicha, ayrim avtobuslarda zarur ehtiyot qismlar yetishmasligi texnik muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, eshik blokirovkalari ehtiyot qismlar yetishmasligi sababli to‘liq ishlamayotgani aytilmoqda. Shuningdek, avtobuslardagi spidometr — tezlikni o‘lchash qurilmasi bo‘yicha ham savollar bor.
Haydovchilardan biri taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, ayrim avtobuslardagi mazkur qurilma oxirgi marta 2024-yil 10-dekabrda tekshiruvdan o‘tkazilgan, uning amal qilish muddati esa 2025-yil 10-dekabrda tugagan. Shundan keyin qayta tekshiruvdan o‘tkazilmagani iddao qilinmoqda.
Agar bu ma’lumotlar tasdiqlansa, bu holat avtobuslarni texnik jihatdan nazorat qilish tizimi bo‘yicha jiddiy savollarni yuzaga keltiradi.
Jarimalar ham haydovchilar e’tirozida
Haydovchilarning yana bir e’tirozi — ularga qo‘llanilayotgan ichki jarimalar bilan bog‘liq. Ularning aytishicha, turli holatlar bo‘yicha jarimalar ish haqidan 10–15 foiz miqdorida ushlab qolinmoqda.
Haydovchilar mazkur jarimalarning qonuniy asoslari, ularni kim belgilashi va undirilgan mablag‘lar qayerga yo‘naltirilayotgani bo‘yicha aniq ma’lumot berishni so‘ramoqda. Ayniqsa, agar ushbu jarimalar qonuniy tartibda undirilayotgan bo‘lsa, ularning huquqiy asosi qanday? Undirilgan mablag‘lar qaysi hisob raqamiga tushmoqda? Bu savollarga hozircha aniq javob berilmagan.
Shuningdek, haydovchilar o‘zlari shikoyat qilgan mansabdorlarga nisbatan amaliy chora ko‘rilmaganini ham ta’kidlamoqda.

EFFECT.UZ O‘zbekiston miqyosida sodir bo‘layotgan dolzarb mavzularni tezkor yoritishda davom etadi. EFFECT.UZ'ni kuzatib boring.

TO‘LIQ VIDEO

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2