This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent havosi yana nega ifloslandi?
Toshkentda havo ifloslanishi yana kun tartibiga chiqdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, havodagi zarrachalar miqdori kecha 18:00 dan keyin oshib, 20:00 dan so‘ng keskin kuchaygan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 21:00–23:00 oralig‘ida qayd etilgan.
Mutaxassislar bunga quruq ob-havo, chang ko‘tarilishi va havo almashinuvining susayishini asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.
❗️Bu Toshkentda havo ifloslanishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Poytaxtda bunday holatlar avval ham kuzatilgan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

Kontrakt to‘lovi uchun qo‘shimcha vaqt berildi
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrgacha, shu kun ham qo‘shilgan holda uzaytirildi.
Yangi muddat quyidagilarga taalluqli:
➖ bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖ o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar;
➖ o‘qishga qayta tiklangan talabalar.
15-oktyabrgacha:
— bazaviy to‘lov-kontraktning yillik qiymatidan kamida 25 foiz;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning yillik qiymatidan kamida 50 foiz to‘lanishi lozim.

“Hokimning qaror o‘qishga toqati yo‘q… Manam hokim bo‘lganman...”
Prezident va hokim suhbatidan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Prezident va hokim suhbatidan.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍52🔥12👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hurmatli Prezident, 2 ming emas, 4 ming ham emas — 50 ming AQSh dollari miqdorida maosh olayapman" – qoraqalpog‘istonlik pedagog.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍47🔥20👎7🤔2😢1
Rossiya osmonida ulkan “meduza” paydo bo‘ldi
Perm, Qozon va boshqa shaharlarda osmonni yoritgan g‘ayrioddiy ulkan iz ko‘plab odamlar e’tiborini tortdi.
Astronomlar ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisa Plesetsk kosmodromidan uchirilgan Soyuz-2.1b raketasining chiqindi gazlari bilan bog‘liq. Yuqori balandlikda raketadan chiqqan gazlarga Quyosh nurlari tushishi natijasida osmonда ulkan yorug‘lik izi hosil bo‘lgan.

🤷♂1
Banklar 461 mlrd so‘mni firibgarlardan saqlab qoldi
O‘zbekistondagi banklar 2026-yilning birinchi yarmida 18,1 mln ta firibgarlik operatsiyasining oldini oldi. Natijada mijozlarning jami 461 mlrd so‘mlik mablag‘i saqlab qolingan.
Oldi olingan operatsiyalarning 3,9 mln tasi eng yirik 10 ta bank, 14,2 mln tasi esa boshqa banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, banklarda yuqori xavfli operatsiyalarni aniqlash va cheklashga xizmat qiluvchi sessiyaviy antifrod tizimlari joriy etilgan.
Mobil ilovalardagi antivirus tizimlari orqali 1,28 mln ta qurilmaning kirishi cheklangan, 2 mln ta qurilmadan esa zararli dasturlar olib tashlangan.

Navoiyda zararli chigirtkalarga qarshi kuzgi monitoring ishlari olib borilmoqda
Navoiy viloyatida 2027-yil bahorida zararli chigirtkalar tarqalish xavfi bo‘lgan hududlarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida kuzatuv ishlari davom etmoqda.
Maʼlumki, to‘g‘riqanotli zararkunandalar ekinlar va yaylovlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Yurtimizda chigirtkalarning 200 ga yaqin turi uchrab, shundan 8–10 turi o‘simliklar hamda yaylovlarga keskin zarar yetkazadi.
Viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan profilaktik chora-tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2026-yildagi kimyoviy ishlov berish natijasida zararkunandalarning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Viloyat hududlarida 2027-yilda chigirtka ko‘payishining oldini olish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuxum qo‘yilgan maydonlarni kovlab ko‘rish orqali monitoring ishlari olib borilmoqda.

So‘xda kutilmaganda katta suv manbai ochildi
So‘x tumanining Qizilqiyoq mahallasida kichik GES qurilishi uchun yer qazish ishlari olib borilayotganda tog‘ bag‘ridan kutilmaganda musaffo suvli buloq otilib chiqdi.
Dastlabki kuzatuvlarga ko‘ra, buloqdan soatiga qariyb 60 kub metr suv chiqmoqda. Bu esa e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan tabiiy suv manbai ekanini ko‘rsatadi.
Ayniqsa, So‘x aholisi yillar davomida ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelib kelayotgani hisobga olinsa, Qizilqiyoqda aniqlangan ushbu buloqning ahamiyati yanada ortadi.
Biroq, suvning musaffoligi uning ichimlik uchun yaroqliligini anglatmaydi. Shu sababli buloq suvi maxsus laboratoriyalarda to‘liq tekshirilishi, uning kimyoviy va bakteriologik tarkibi, ichimlik suvi talablariga muvofiqligi, debiti, zaxirasi hamda yil davomida barqarorligi aniqlanishi zarur.
Agar tahlillar natijasida suv ichimlik uchun yaroqli ekani tasdiqlansa, undan So‘x aholisining doimiy ehtiyojlari uchun foydalanish imkoniyatini o‘rganish mumkin.
Shuningdek, yangi suv manbasini ifloslanishdan himoya qilish, uning tabiiy holatini saqlash va kelajak avlodlar uchun asrab qolish ham muhim.

👍5🤷♂2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax brendi dunyoga yuz tutish arafasida: fermerlar uchun zamonaviy texnika imkoniyatlari haqida
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnika va innovatsion uskunalardan foydalanish fermerlar mehnatini yengillashtirib, ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Videoda qishloq xo‘jaligi vaziri matbuot kotibi Dilshodbek Nazirov qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan zamonaviy traktor – "Jizzax” nomi bilan taqdim etilayotgan yangi brend va uning ishlash jarayoni haqida so‘z yuritadi.
🎥 Videoni tomosha qiling va batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.

🤷♂3👍2🔥1
Toshkentning ayrim hududlarida suv vaqtincha o‘chiriladi
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi ta’mirlash ishlari sabab 21 sentyabrdan 22 oktyabrgacha poytaxtning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha cheklanadi.
📍 21–22 sentabr: Chilonzor, Sergeli va Yakkasaroy
📍 23–24 sentabr: Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod
📍 28–29 sentabr: Yunusobod va Olmazor
📍 5–6 oktabr: Yunusobod, Shayxontohur va Chilonzor
📍 7–8 oktabr: Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir, Sergeli, Mirobod va Yangihayot
📍 12–13 oktabr: Yunusobod
📍 14–15 oktabr: Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa
📍 19–20 oktabr: Yunusobod
📍 21–22 oktabr: Chilonzorning ayrim mahallalari.
Suv bosimi pasayishi yoki ta’minot vaqtincha to‘xtashi mumkin. Zarur hududlarga maxsus suv tashuvchi avtomashinalar yuboriladi.

Toshkentda 5 kun issiq suv bo‘lmaydi
Toshkent shahrining ayrim tumanlarida 21–25-sentabr kunlari issiq suv ta’minotida rejali uzilishlar kuzatiladi.
Bu kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.
Issiq suv vaqtincha quyidagi hududlarning ayrim mahallalarida bo‘lmaydi:
▪️ Mirzo Ulug‘bek — 21 ta MFY
▪️ Yashnobod — 5 ta MFY
▪️ Yunusobod — 2 ta MFY
▪️ Shayxontohur — 18 ta MFY
▪️ Olmazor — 8 ta hudud
▪️ Chilonzor — 2 ta MFY
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.

Bank xodimlari omonatdagi 300 ming dollarni o‘zlashtirdi
Toshkent shahrida tijorat banklaridan birining mas’ul xodimlari fuqaro I.M.ning omonatida saqlanayotgan 500 ming AQSh dollaridan 300 ming dollarini uning nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o‘zlashtirib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish va ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👎2😢1
Toshkentdagi ikki sobiq yuqori lavozimli xodim sudlanmoqda
Toshkentda soliq va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish tizimida rahbar lavozimlarda ishlagan ikki mansabdorning jinoyat ishlari sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Gʻaniyev Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 223-moddasi 2-qismi “v” va “g” bandlari bilan ayblanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Gʻaniyev “tadbirkor”lar nomidan faoliyat yuritgan shaxslarga soliqdan qochish yo‘llarini ko‘rsatib kelgan.
Shuningdek, Toshkent shahar soliq boshqarmasining sobiq boshlig‘i Yunusjon Nasimjonovga oid jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudida ko‘rib chiqilmoqda.
Nasimjonov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblanmoqda.
U 2021–2026-yillarda Toshkent shahar soliq boshqarmasiga rahbarlik qilgan. 2026-yil 27-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Nasimjonovni lavozimidan ozod etish, uning faoliyatini o‘rganish va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berilgan edi.