EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
71K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gulistonda giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida «Qoradori-2026» keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida giyohvandlik moddasini saqlab kelgan shaxs aniqlandi.

Holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sifatli temir konstruksiyalar — endi yanada oson!

Uyingiz va biznesingiz uchun konteyner temiridan mustahkam yechimlar:

✅ Xizmatlarimiz:
• Katta hajmdagi tom va naveslar;
• Zamonaviy kottejlar qurish;
• Darvozaxonalarni ustunsiz yopish;
• Barcha turdagi payvandlash ishlari.

💎 Nima uchun biz?
• Hamonbop narx: Yuqori sifat, qulay narx.
• Tayyor xomashyo: Temir mahsulotlari o‘zimizdan!
• To‘lov sizga qulay usulda: Naqd yoki pul o‘tkazish.
• O‘zbekiston bo‘ylab: Respublikaning istalgan nuqtasiga boramiz.

📞 Murojaat uchun:
+998335808005
+998885808005

👉KANALGA AʼZO BO‘LISH👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashishi mumkin

Prognozlarga ko‘ra, 19-sentabr soat 21:00 dan 20-sentabr 04:00 gacha poytaxtda havo sifati AQI 101–150 darajasiga yetishi mumkin. Bu sezgir guruhlar uchun zararli hisoblanadi.

Tongga yaqin iflos havo massalari janubi-g‘arbga siljishi, soat 08:00–09:00 ga kelib esa havo sifati “o‘rtacha” darajaga qaytishi kutilmoqda.

Mutaxassislar buni quruq ob-havo, chang ko‘tarilishi, harorat inversiyasi va havo almashinuvining sustligi bilan izohlamoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun yangi imkoniyat: endi ichki reysga alohida chipta shart emas

Etihad va Uzbekistan Airways hamkorligi orqali xorijlik sayyohlar Abu-Dabidan O‘zbekistonning qator shaharlari — Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termiz, Farg‘ona, Namangan va Andijonga bitta chipta bilan parvoz qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ya’ni, sayyohlar Toshkentga kelib, keyingi ichki reys uchun alohida chipta xarid qilishi shart emas.
Bu imkoniyat O‘zbekiston hududlari bo‘ylab sayohat qilishni yanada qulaylashtirishi kutilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2🤔2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent havosi yana nega ifloslandi?

Toshkentda havo ifloslanishi yana kun tartibiga chiqdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, havodagi zarrachalar miqdori kecha 18:00 dan keyin oshib, 20:00 dan so‘ng keskin kuchaygan. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 21:00–23:00 oralig‘ida qayd etilgan.

Mutaxassislar bunga quruq ob-havo, chang ko‘tarilishi va havo almashinuvining susayishini asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatmoqda.

❗️Bu Toshkentda havo ifloslanishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Poytaxtda bunday holatlar avval ham kuzatilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Kontrakt to‘lovi uchun qo‘shimcha vaqt berildi

2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida kontrakt to‘lovini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 15-oktyabrgacha, shu kun ham qo‘shilgan holda uzaytirildi.

Yangi muddat quyidagilarga taalluqli:
➖ bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar;
➖ o‘qishi ko‘chirilgan yoki ko‘chirib tiklangan talabalar;
➖ o‘qishga qayta tiklangan talabalar.

15-oktyabrgacha:
— bazaviy to‘lov-kontraktning yillik qiymatidan kamida 25 foiz;
— tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning yillik qiymatidan kamida 50 foiz to‘lanishi lozim.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Hokimning qaror o‘qishga toqati yo‘q… Manam hokim bo‘lganman...”

Prezident va hokim suhbatidan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍52🔥12👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hurmatli Prezident, 2 ming emas, 4 ming ham emas — 50 ming AQSh dollari miqdorida maosh olayapman" – qoraqalpog‘istonlik pedagog.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍47🔥20👎7🤔2😢1
Rossiya osmonida ulkan “meduza” paydo bo‘ldi

Perm, Qozon va boshqa shaharlarda osmonni yoritgan g‘ayrioddiy ulkan iz ko‘plab odamlar e’tiborini tortdi.

Astronomlar ma’lumotiga ko‘ra, bu hodisa Plesetsk kosmodromidan uchirilgan Soyuz-2.1b raketasining chiqindi gazlari bilan bog‘liq. Yuqori balandlikda raketadan chiqqan gazlarga Quyosh nurlari tushishi natijasida osmonда ulkan yorug‘lik izi hosil bo‘lgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🤷‍♂1
Banklar 461 mlrd so‘mni firibgarlardan saqlab qoldi

O‘zbekistondagi banklar 2026-yilning birinchi yarmida 18,1 mln ta firibgarlik operatsiyasining oldini oldi. Natijada mijozlarning jami 461 mlrd so‘mlik mablag‘i saqlab qolingan.

Oldi olingan operatsiyalarning 3,9 mln tasi eng yirik 10 ta bank, 14,2 mln tasi esa boshqa banklar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, banklarda yuqori xavfli operatsiyalarni aniqlash va cheklashga xizmat qiluvchi sessiyaviy antifrod tizimlari joriy etilgan.

Mobil ilovalardagi antivirus tizimlari orqali 1,28 mln ta qurilmaning kirishi cheklangan, 2 mln ta qurilmadan esa zararli dasturlar olib tashlangan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Anorbank atrofidagi vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berildi

So'nggi kunlarda internetda bank aksiyadorlaridan biri bilan bog'liq turli xabarlar tarqalmoqda. Bank bu borada o'z pozitsiyasini ma'lum qildi:

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Navoiyda zararli chigirtkalarga qarshi kuzgi monitoring ishlari olib borilmoqda

Navoiy viloyatida 2027-yil bahorida zararli chigirtkalar tarqalish xavfi bo‘lgan hududlarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida kuzatuv ishlari davom etmoqda.

Maʼlumki, to‘g‘riqanotli zararkunandalar ekinlar va yaylovlar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Yurtimizda chigirtkalarning 200 ga yaqin turi uchrab, shundan 8–10 turi o‘simliklar hamda yaylovlarga keskin zarar yetkazadi.

Viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan profilaktik chora-tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, 2026-yildagi kimyoviy ishlov berish natijasida zararkunandalarning keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Viloyat hududlarida 2027-yilda chigirtka ko‘payishining oldini olish maqsadida mutaxassislar tomonidan tuxum qo‘yilgan maydonlarni kovlab ko‘rish orqali monitoring ishlari olib borilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
So‘xda kutilmaganda katta suv manbai ochildi

So‘x tumanining Qizilqiyoq mahallasida kichik GES qurilishi uchun yer qazish ishlari olib borilayotganda tog‘ bag‘ridan kutilmaganda musaffo suvli buloq otilib chiqdi.

Dastlabki kuzatuvlarga ko‘ra, buloqdan soatiga qariyb 60 kub metr suv chiqmoqda. Bu esa e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydigan tabiiy suv manbai ekanini ko‘rsatadi.

Ayniqsa, So‘x aholisi yillar davomida ichimlik suvi ta’minotida qiyinchiliklarga duch kelib kelayotgani hisobga olinsa, Qizilqiyoqda aniqlangan ushbu buloqning ahamiyati yanada ortadi.

Biroq, suvning musaffoligi uning ichimlik uchun yaroqliligini anglatmaydi. Shu sababli buloq suvi maxsus laboratoriyalarda to‘liq tekshirilishi, uning kimyoviy va bakteriologik tarkibi, ichimlik suvi talablariga muvofiqligi, debiti, zaxirasi hamda yil davomida barqarorligi aniqlanishi zarur.

Agar tahlillar natijasida suv ichimlik uchun yaroqli ekani tasdiqlansa, undan So‘x aholisining doimiy ehtiyojlari uchun foydalanish imkoniyatini o‘rganish mumkin.

Shuningdek, yangi suv manbasini ifloslanishdan himoya qilish, uning tabiiy holatini saqlash va kelajak avlodlar uchun asrab qolish ham muhim.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍5🤷‍♂2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax brendi dunyoga yuz tutish arafasida: fermerlar uchun zamonaviy texnika imkoniyatlari haqida

Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnika va innovatsion uskunalardan foydalanish fermerlar mehnatini yengillashtirib, ish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Videoda qishloq xo‘jaligi vaziri matbuot kotibi Dilshodbek Nazirov qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan zamonaviy traktor – "Jizzax” nomi bilan taqdim etilayotgan yangi brend va uning ishlash jarayoni haqida so‘z yuritadi.

🎥 Videoni tomosha qiling va batafsil ma’lumotga ega bo‘ling.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🤷‍♂3👍2🔥1