EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17K subscribers
71K photos
18.3K videos
36 files
72.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar farzandlari uchun kontrakt 30 foizga arzonlashadi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi.

Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi va har o‘quv yilida bir marta beriladi.

📌 Ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi. Murojaat 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Videoni birga ko‘raylik!" — Sanjar Karimov sudi qizg‘in pallada

Sud himoya Sanjar Karimov himoyachilari tomonidan kiritilgan barcha yigirmaga yaqin iltimosnomalar rad etdi

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib turgan yirik sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda multimilioner, sobiq deputat hamda taniqli avtobloger Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayoni kutilganidan ham ancha keskin va qizg‘in pallaga kirdi. Majlis davomida Sanjar Karimovning huquq va manfaatlarini himoya qilayotgan olti nafar advokat tomonidan sud jarayonida yigirmaga yaqin muhim iltimosnoma kiritildi.

Biroq raislik etuvchi sudya himoya tomonining deyarli barcha iltimosnomalarini ketma-ket rad etdi.

Shundan so‘ng advokatlar ish bo‘yicha jabrlanuvchi tariqasida qatnashayotgan F.R.ga yuzlanib, unga bir qator qat’iy va oydinlashtiruvchi savollar berdilar.

Majlis yakuniga yetayotganda esa advokatlar kiritilgan talablar asossiz ravishda rad etilayotgani hamda butun sud jarayoni bir tomonlama va shubhali kechayotganini ta’kidladilar.

Ular bir ovozdan sud tarkibiga ishonchsizlik bildirib, avvalo unda qatnashayotgan davlat ayblovchisi (prokuror)ni, so‘ngra ishni ko‘rib chiqayotgan sudyalarning o‘zlarini ham chetlatish (almashtirish) haqida iltimosnoma kiritdilar.

Biroq sud maslahatxonaga kirib chiqqach, bu talab ham rad etilganini e’lon qildi.

Sud binosidan chiqqan Sanjar Karimov OAV xodimlariga bergan intervyusida tergov va ayblovdagi asosiy tafsilotlarga to‘xtaldi:

"Mana o‘sha palto. Guvohlar va ayblovda aynan paltoning ichidan topildi, deyilyapti. Modomiki shunday ekan, paltodan topilgani aytilayotgan o‘sha videotasvirlarni barchamiz birgalikda, ochiq ko‘raylik", — deya o‘z e’tirozini bildirdi.

Sud majlisida tomonlar o‘rtasidagi bahslar ochiq qolmoqda: qonun ustuvorligi ta’minlanishi kerak bo‘lgan mahkamada himoya tomoni bildirayotgan iltimosnomalarning deyarli barchasi rad etilishi qanchalik adolat tamoyillariga to‘g‘ri keladi?

Eslatib o‘tamiz, keyingi sud jarayoni 21-sentabr kuniga belgilangan. Effect.uz voqealar rivojini xolis va tezkor yoritib borishda davom etadi.

Videoreportajni bugun kechki dasturlarimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Real Sanjik” BMT'ga murojaat qildi

Bugun, 18-sentyabr kuni tadbirkor Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudda Sanjar Karimovning advokatlari Sudyalar hay'atidan, "Sanjik"ning ofisi tintuv qilinganda tergov bayonnomasida keltirilgan 10 ming so‘mlik narkotikka o‘xshash moddalar qanday qilib ekspertiza hujjatlarida 5 ming so‘mlik kupyura deb qayd etilganini bildirib, tafovutga aniqlik kiritishni so‘radi. Bu iltimosnomani prokuror ham, Sudyalar hay'ati ham bir ovozdan rad etdi.

Shuningdek, Sanjar Karimov va uning oila a'zolari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat qildi.

Hozirda sud jarayonlari davom etmoqda.

👉🏻To'liq video👈🏻

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍9😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YPX inspektorini urib o‘ldirgan o‘quvchiga hukm o‘qildi

Toshkentning Mirobod tumanida YPX inspektorini BMW avtomobilida urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisiga sud hukmi o‘qildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ohangaronda katta miqdorda pul talab qilindi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida parrandachilik fabrikasi qurilishi bilan bogliq noqonuniy holat aniqlandi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonlik haydovchi 9 yilga qamaldi

2025-yil oktabr oyida Rossiyaning Ufa shahrida 12 ta avtomobil ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Katta o‘g‘rilik va mas’uliyatsizlik” — Xorazmda 700ming dollar qayerda ? Shubhali kreditlar ortidagi jumboqlar fosh etilmoqda!

Ishga mas’uliyatsizlik bilan yondashadigan ayrim mas’ullar shuni yaxshi bilib qo‘ysin: bu vaziyat shunchaki javobsiz qolmaydi, albatta qonuniy chora ko‘riladi!

Sanoat Qurilish Bankidan olingan 700 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ qanday qilib o‘zlashtirib yuborildi?

Soha vakillarining ko‘pchiligi o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab, turli qing‘irliklar (o‘g‘rilik va o‘zlashtirish) ortidan yurgani aniq. Ayni paytda ochiq-oydin ko‘rinib turgan qonunbuzarliklarga fosh etuvchi baho berish vaqti keldi.

👉🏻To'liq video👈🏻

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Nukusdagi tibbiyot akademiyasida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi tibbiyot akademiyasida yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va tibbiyot sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlari bilan tanishdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍63🔥17👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qoraqalpog‘istonda yangi loyihalarga start berildi

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonda yakunlangan qator loyihalarni ishga tushirdi.

Shuningdek, hududda yangi quvvatlarni barpo etish bo‘yicha loyihalar qurilishiga start berildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍78🔥11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Mendirman o‘sha”: Prezident va nukuslik yoshlar

Davlatimiz rahbariga nukuslik yoshlar jonli ijroda “Mendirman o‘sha” qo‘shig‘ini kuyladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍85🔥17👎3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarning 30 dan ortiq muammosi ochiq muloqotda ko‘rib chiqildi

Yashnobod tumanida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi rahbari bilan yuzma-yuz uchrashuvda biznes vakillarining 30 dan ortiq muammoli masalasi muhokama qilindi.

Murojaatlarning har biri bo‘yicha individual yondashuv asosida ish olib borilib, aksariyat masalalar uchrashuvning o‘zida hal etildi.

Muloqot davomida tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarning sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

😎BUKHARA NEWS
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukus ko‘chasida Prezidentga samimiy munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 rejimida faoliyat yuritadigan ko‘chaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbariga shahar aholisi va yoshlar tomonidan samimiy munosabat bildirildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍79🔥12👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident yosh futbolchilar bilan uchrashdi

Davlatimiz rahbari Nukus shahridagi yangilangan stadionga tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍103🔥14👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentning Qoraqalpog‘istonga tashrifi

Davlat rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida amalga oshirilgan muhim uchrashuvlar, tashriflar va yangiliklar.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍56🔥14👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bir qaror — bir umrlik pushaymon

Korrupsiya ortida faqat pul yoki mansab emas, inson taqdiri ham turishi mumkin. Qonunbuzarlik uchun jazo bor. Ammo insonni eng og‘ir jazolaydigan narsa — yo‘qotilgan vaqt, so‘ngan ishonch va kech anglangan pushaymonlik.

Ba’zi xatolarning oqibatini pul bilan qoplab bo‘lmaydi. Chunki yo‘qotilgan umrni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Mazkur hayotiy hikoya korrupsiyaning inson taqdiriga ta’siri va kech anglangan haqiqat haqida.

Korrupsiya holatiga duch kelsangiz, Agentlikning 1253 raqamli “Call-markazi” orqali murojaat qiling.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Qoraqalpog‘istonda 7 milliard dollarlik yangi loyihalarga start berildi

Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

So‘nggi yillarda hududga katta mablag‘ va imtiyozlar yo‘naltirildi. O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1,7 milliard dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yilga nisbatan 22 barobar ko‘p. Joriy yilning birinchi yarmida hudud iqtisodiyoti 10,2 foizga o‘sdi.

Qoraqalpog‘istonda 860 MVt yangi energetika quvvatlari ishga tushirildi. “Yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi. Kecha esa 7 milliard dollarlik 47 ta yangi loyiha qurilishiga start berildi. Jumladan, Qo‘ng‘irotda 1,5 GVt quvvatli, 2,6 milliard dollarlik shamol elektr stansiyasi barpo etiladi.

2030-yilgacha shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 3,3 GVtga, “yashil” energiya ulushi esa 76 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Hududda ijtimoiy infratuzilma va transport sohasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. A-380 avtomagistralining yana 92 kilometri qurilishi boshlandi. Kelasi yil mart oyidan Toshkent–Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

Shuningdek, “Tuyamo‘yin” suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilish va Qo‘ng‘irotdan Mo‘ynoqqa 100 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlari boshlanadi.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍27🔥8👎1
Qoraqalpog‘istonda 2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin maydonini sug‘orish uchun yiliga 5,7 mlrd kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi — 2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda.

To‘rtko‘ldagi “Yonbosh” kanalidan o‘tadigan 115 mln kub metr suvning 44 mln kub metri yo‘qotiladi. Kanal betonlansa, yana 9 ming gektar yerga suv yetkazish imkoniyati yaratiladi.

Bo‘zatovdagi “Erkindaryo” kanalining 8 kilometri betonlanib, 3 ming gektar yangi yer o‘zlashtiriladi va 15 ming gektarda suv ta’minoti yaxshilanadi.
Bu ishlar uchun 135 mlrd so‘m ajratiladi. Kelasi yili To‘rtko‘l va Bo‘zatovda 17 ming gektarda ozuqa ekinlari ekilib, 2 ming nafar aholi daromadli qilinishi belgilandi.

Shuningdek, suv obyektlarini modernizatsiya qilish uchun Yaponiyadan 4,5 mln dollar grant jalb qilingan. Kelasi yil bunday grantlar hajmini 100 mln dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

O‘tgan yili 276 ta suv nasosi energiya tejamkoriga almashtirilib, yiliga 16 mln kVt/soat elektr energiyasi tejalmoqda. 1-aprelgacha yana 259 ta nasos yangilanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍35🔥27
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda maktab direktorlari nega temir yo‘l bo‘yiga olib chiqildi?

Videoda maktab direktorlari temir yo‘l bo‘yida, aholi xonadonlari yaqinida turgani aks etgan. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda boshlang‘ich sinf o‘quvchisi kaltaklangani aytilgan holat o‘rganilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bola kaltaklandimi?” sarlavhali video yuzasidan Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, Kosonsoy tumanidagi 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Centrum Air Istanbul–Toshkent reysi kechikishi sababini ma’lum qildi

Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 17-sentyabrdagi C6302 Istanbul–Toshkent reysi kechiktirilgani yuzasidan rasmiy izoh berdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkiyada “Chuqur” seriali yulduzi qo‘lga olindi

Turkiyaning Bakirkoy tumani prokuraturasi giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq tergov doirasida 18 nafar shaxsni qo‘lga olish haqida qaror chiqardi.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1