EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17.2K subscribers
71.9K photos
18.9K videos
36 files
73.2K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
EFFECT.UZ | Расмий канал
«Bitta fuqaroning dardi hal bo‘lsa ham, bu katta natija!» — Behzodjon Karimov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda aholining yer, ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har bir murojaatni diqqat bilan eshitamiz" — Behzodjon Karimov

Ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarini yangilash va yillar davomida yechimini kutayotgan murojaatlar...

17-sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Geodeziya va kartografiya texnikumida Davlat kadastrlari palatasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu uchrashuv tizimga yangi tayinlangan rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi Behzodjon Karimovning mazkur formatdagi ilk ochiq muloqoti bo‘ldi.

Qabulda Palata markaziy apparati hamda Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari to‘liq tarkibda ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Behzodjon Karimov so‘zga chiqib, sohadagi vakolatlar bosqichma-bosqich quyi bo‘g‘inga tushirilayotgani, murojaatlarni asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi hamda «UZKAD» tizimidagi ortiqcha bosqichlarni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi.

"Biz uchun eng muhimi — fuqaro murojaati e’tiborsiz qolmasligi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bir kunda hatto bitta fuqaroning dardi va muammosiga yechim topsak ham — bu katta natija.

Odamlar davlat borligini, qonun ustuvorligini amalda his qilishlari shart. Har bir murojaat ortida inson manfaati turibdi
".

Sayyor qabulga nafaqat poytaxtliklar, balki bevosita tahririyatimiz — Effect.uz’ga murojaat qilgan viloyatlik fuqarolar ham kelishdi.

Xususan, Xorazm viloyatining Xiva shahridan hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan yetib kelgan murojaatchilar o‘zlarining anchadan buyon yechilmay kelayotgan mulk, kadastr, noqonuniy qurilayotgan obyektlar hamda ijrosi ta’minlanmayotgan qarorlar yuzasidan bevosita raisga murojaat qilishdi.

Behzodjon Karimov har ikki murojaatni ham shaxsan o‘z nazoratiga olganini aytib, masalalar o‘rganib chiqilgach, Effect.uz tahririyati orqali ularning natijasi bo‘yicha axborot berilishini bildirdi.

Qabul yakunidagi matbuot anjumanida Effect.uz jurnalisti Davron Xolboyev tizimning OAV bilan munosabatlariga doir savol bilan rahbariga yuzlandi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ochiqlik va islohotlar qog‘ozda yoki minbarlarda emas, amalda — har bir xodimning fuqaroga va so‘z erkinligiga bo‘lgan munosabatida ko‘rinadi.

Yangi rahbarning ilk sayyor qabulida berilgan va’dalar, shaxsiy nazoratga olingan ko‘plab fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, Xiva va Kattaqo‘rg‘onlik fuqarolarning muammolari qanday yechim topadi? OAVga nisbatan to‘siqlar haqiqatan ham bartaraf etiladimi?

Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Effect.uz esa mazkur masalalar ijrosini diqqat bilan kuzatib boradi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payariqda o'qituvchining o'limi: Ayblanuvchi qiynoq bo'lganini iddao qilmoqda

2026-yil 15-fevraldan 16-fevralga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Payariq tumanida o‘qituvchi Qo‘chqor Holiqulov shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.

Jinoyat ishi doirasida Hasanjоn Ibrohimov ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.

Biroq marhumning yaqinlari tergov bir tomonlama olib borilganidan noroziligini bildirgan.

Ayblanuvchi esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborgan murojaatlarida jinoyatni sodir etmaganini, uni qiynoqlar orqali tan olishga majburlashganini iddao qilmoqda.

U IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini ham so‘ragan.

Mazkur da’volar vakolatli organlar tomonidan huquqiy baholanishi kerak.

Shuningdek, shaxsning aybdor yoki aybsizligini faqat sud aniqlaydi.

Jinoyat ishi iyun oyida sudga yuborilgan.

Ish avval Payariq tumanida ko‘rilgan, sud nihoyasiga yetmasdan sudya mehnat ta'tiliga chiqgan keyinchalik Oqdaryo tumani sudiga o'tkazilgan.

Bu yerda ham ishni ko'rib chiqayotgan sudya mehnat ta'tiliga chiqib ketgan.

Endigi sud qaysi tumanga o'tkazilishi nomalumligicha qolmoqda ?

Aminmizki qachondir bu sud o'z nihoyasiga yetadi va adolatli hukm e'lon qilinadi.

👉🏻To'liq video👈🏻

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍4😢2🤷‍♂1
Taniqli o‘zbek aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi

Yodgora Ziyomuhamedova 1952-yil 23-aprelda tug‘ilgan. U o‘zining ijodiy faoliyati davomida o‘zbek sanʼati va kinematografiyasida munosib iz qoldirgan.

Marhumaning oila aʼzolari, yaqinlari va muxlislariga chuqur taʼziya bildiramiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent viloyatida suv narxlari oshadi: yangi tariflar qachondan kuchga kirishi ma’lum

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar 3-oktabrdan amal qila boshlaydi.

Aholi uchun QQSsiz tariflar:
— ichimlik suvi — 1 kub metr uchun 3 100 so‘m;
— kanalizatsiya — 1 kub metr uchun 1 500 so‘m.
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun:
— ichimlik suvi — 16 000 so‘m;
— kanalizatsiya — 4 000 so‘m.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga boradi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ikki kunlik tashrifi rejalashtirilmoqda.

Tashrif davomida davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar bilan tanishishi kutilmoqda.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, mahallalarni obod qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechiriladi. Bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish hamda yangi obyektlar qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar muhokama qilinadigan yig‘ilish ham o‘tkazilishi kutilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍42👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1 kg paxta terimi uchun qancha haq to‘lanadi?

Joriy yil mavsumda qo‘lda terilgan paxtaning har bir kilogrami uchun 2 000 so‘mdan haq to‘lanishi aytilmoqda.

Mashinada terilgan paxta uchun esa har bir kilogrammga 1 500 so‘m va 1 400 so‘m miqdorida haq to‘lanishi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, paxta terimi mavsumida to‘lov miqdori hudud va terim usuliga qarab farq qilishi mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Makkaga yo‘naltirilgan dron hujumini qat’iy qoraladi

16-sentabr kuni Makka tomon uchirilgan dron Saudiya Arabistoni tomonidan urib tushirilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hodisani qat’iy qoralab, Saudiya Arabistoni bilan birdamligini bildirdi. Muqaddas qadamjolar, tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga tahdid soluvchi har qanday harakat nomaqbul ekani ta’kidlandi.

Vazirlik barcha tomonlarni vazminlikka, xalqaro huquq normalariga rioya qilishga hamda keskinlikni yanada kuchaytirmaslikka chaqirdi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Face ID davomat: endi darsga kelish nazoratda

Toshkent shahridagi ayrim maktablarda o‘quvchilarning darsga qatnashishini avtomatik aniqlaydigan SI Davomat tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda.

Hozircha tizim Sergeli tumanidagi 26 ta maktabda test qilinmoqda. Ushbu maktablarda o‘quvchilar davomatini qayd etish uchun jami 446 ta smart-kamera o‘rnatilgan.

Tizim o‘quvchining darsga kelgan-kelmaganini Face ID texnologiyasi orqali aniqlaydi. Agar o‘quvchi sababsiz dars qoldirsa, ota-onasiga SMS xabarnoma yuboriladi.

Shuningdek, SI Davomat o‘quvchining kasalligi haqidagi ma’lumotlarni ham hisobga olib, tegishli ma’lumotlarni mas’ul xodimlarga yetkazadi.

Kelgusida tizimni Toshkentdagi boshqa maktablarda ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini marhum davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga borishdan boshladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SSPEdan bolani qanday himoya qilish kerak?

SSPE — qizamiqdan keyin yillar o‘tib namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan, markaziy asab tizimi va bosh miyani zararlaydigan og‘ir asorat.

Bugun O‘zbekistonda SSPE bilan kasallangan 238 nafar bola ro‘yxatga olingan. Ularning 133 nafari — qizamiqqa qarshi emlanmagan.

SSPEdan himoyalanishning eng samarali yo‘li — qizamiqning oldini olish. Buning uchun bolani qizamiqqa qarshi vaksinani o‘z vaqtida olish muhim.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Toshkent viloyatida “Yangi Toshkent” aeroporti qurilishi doirasida Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridagi 7 ta qabriston boshqa hududga ko‘chiriladi.

Ularning 2 tasi Quyi Chirchiq, 5 tasi esa O‘rta Chirchiq tumanida joylashgan. Ushbu qabristonlarda ko‘p yillardan buyon dafn marosimlari o‘tkazilmagan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mazkur hududlardan foydalanish va qabristonlarni ko‘chirishga ruxsat bergan.

Qurilish ishlari davomida suyak qoldiqlari aniqlansa, ular diniy urf-odatlarga rioya qilingan holda boshqa qabristonlarga qayta dafn etiladi. Barcha ishlar sanitariya va ekologik talablarga muvofiq amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sharoit yaxshi bo‘lsa, odamlar bu yerga ko‘chib keladi” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Kegeyli tumanidagi sanoatlashgan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi.

Tashrif davomida davlat rahbari hududda yaratilayotgan sharoitlar, bog‘dorchilik va yangi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi.
“Odamlar ko‘chib keladi, sharoit zo‘r bo‘lib, uylar yaxshi bo‘lsa", – dedi Prezident.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍21🔥14👎2
O‘zbekistonda 10 ta yangi elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

123,5 mln yevroga Škoda kompaniyasining 10 ta yangi elektropoyezdi xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangi poyezdlar 7 ta yo‘nalishda, jumladan Toshkent–Chinorkent, Toshkent–Bekobod, Toshkent–Angren, Qo‘qon–Marg‘ilon, Samarqand–Buxoro hamda Samarqand–Shahrisabz yo‘nalishlarida qatnaydi.

Poyezdlar 432 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan, maksimal tezligi 160 km/soat bo‘ladi. Taxminiy yo‘l haqi 10–30 ming so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.

Yangi elektropoyezdlarda iqlim nazorati, USB quvvatlash moslamalari, LED displeylar, videokuzatuv va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar bo‘ladi. Loyiha 2030-yilgacha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilar o‘quvchini xo‘rlasa, 2,2 mln so‘mgacha jarima to‘laydi

O‘zbekistonda ta’lim jarayonida voyaga yetmagan o‘quvchiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qilish, kamsitish yoki xo‘rlash uchun jarima joriy etildi.

Jarima miqdori 1 dan 5 BHMgacha — 440 ming so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha etib belgilangan.

Bundan tashqari, jarimaga tortilgan shaxsga 1 yil davomida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

Ushbu choralar qilmishda jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan holatlarga nisbatan qo‘llanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Pedagoglar farzandlari uchun kontrakt 30 foizga arzonlashadi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi.

Chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llanadi va har o‘quv yilida bir marta beriladi.

📌 Ariza kontrakt.edu.uz orqali yuboriladi. Murojaat 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Videoni birga ko‘raylik!" — Sanjar Karimov sudi qizg‘in pallada

Sud himoya Sanjar Karimov himoyachilari tomonidan kiritilgan barcha yigirmaga yaqin iltimosnomalar rad etdi

Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi binosida jamoatchilik diqqat markazida bo‘lib turgan yirik sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda multimilioner, sobiq deputat hamda taniqli avtobloger Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayoni kutilganidan ham ancha keskin va qizg‘in pallaga kirdi. Majlis davomida Sanjar Karimovning huquq va manfaatlarini himoya qilayotgan olti nafar advokat tomonidan sud jarayonida yigirmaga yaqin muhim iltimosnoma kiritildi.

Biroq raislik etuvchi sudya himoya tomonining deyarli barcha iltimosnomalarini ketma-ket rad etdi.

Shundan so‘ng advokatlar ish bo‘yicha jabrlanuvchi tariqasida qatnashayotgan F.R.ga yuzlanib, unga bir qator qat’iy va oydinlashtiruvchi savollar berdilar.

Majlis yakuniga yetayotganda esa advokatlar kiritilgan talablar asossiz ravishda rad etilayotgani hamda butun sud jarayoni bir tomonlama va shubhali kechayotganini ta’kidladilar.

Ular bir ovozdan sud tarkibiga ishonchsizlik bildirib, avvalo unda qatnashayotgan davlat ayblovchisi (prokuror)ni, so‘ngra ishni ko‘rib chiqayotgan sudyalarning o‘zlarini ham chetlatish (almashtirish) haqida iltimosnoma kiritdilar.

Biroq sud maslahatxonaga kirib chiqqach, bu talab ham rad etilganini e’lon qildi.

Sud binosidan chiqqan Sanjar Karimov OAV xodimlariga bergan intervyusida tergov va ayblovdagi asosiy tafsilotlarga to‘xtaldi:

"Mana o‘sha palto. Guvohlar va ayblovda aynan paltoning ichidan topildi, deyilyapti. Modomiki shunday ekan, paltodan topilgani aytilayotgan o‘sha videotasvirlarni barchamiz birgalikda, ochiq ko‘raylik", — deya o‘z e’tirozini bildirdi.

Sud majlisida tomonlar o‘rtasidagi bahslar ochiq qolmoqda: qonun ustuvorligi ta’minlanishi kerak bo‘lgan mahkamada himoya tomoni bildirayotgan iltimosnomalarning deyarli barchasi rad etilishi qanchalik adolat tamoyillariga to‘g‘ri keladi?

Eslatib o‘tamiz, keyingi sud jarayoni 21-sentabr kuniga belgilangan. Effect.uz voqealar rivojini xolis va tezkor yoritib borishda davom etadi.

Videoreportajni bugun kechki dasturlarimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Real Sanjik” BMT'ga murojaat qildi

Bugun, 18-sentyabr kuni tadbirkor Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi bo‘yicha apellyatsiya sudining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudda Sanjar Karimovning advokatlari Sudyalar hay'atidan, "Sanjik"ning ofisi tintuv qilinganda tergov bayonnomasida keltirilgan 10 ming so‘mlik narkotikka o‘xshash moddalar qanday qilib ekspertiza hujjatlarida 5 ming so‘mlik kupyura deb qayd etilganini bildirib, tafovutga aniqlik kiritishni so‘radi. Bu iltimosnomani prokuror ham, Sudyalar hay'ati ham bir ovozdan rad etdi.

Shuningdek, Sanjar Karimov va uning oila a'zolari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari hamda Asossiz hibsga olishlar bo‘yicha ishchi guruhiga murojaat qildi.

Hozirda sud jarayonlari davom etmoqda.

👉🏻To'liq video👈🏻

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍9😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YPX inspektorini urib o‘ldirgan o‘quvchiga hukm o‘qildi

Toshkentning Mirobod tumanida YPX inspektorini BMW avtomobilida urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisiga sud hukmi o‘qildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👎2😢1