Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarni Yangi Toshkentga sarmoya kiritishga chaqirdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yangi Toshkent hududida barpo etilayotgan zamonaviy bino va inshootlarning qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Uning ta’kidlashicha, britaniyalik me’morlar tomonidan puxta ishlab chiqilgan shahar konsepsiyasi Yangi Toshkentning kelgusi o‘n yilliklari uchun mustahkam asos yaratadi.
«Aynan shuning uchun tadbirkorlarimiz Yangi Toshkentga alohida e’tibor qaratishlarini istardim. Bu yerga sarmoya kiriting, qurilish qiling, o‘z biznesingizni yo‘lga qo‘ying. Mazkur maskanning istiqboli va imkoniyatlari beqiyos», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

👍25🔥14👎1
«Bitta fuqaroning dardi hal bo‘lsa ham, bu katta natija!» — Behzodjon Karimov
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda aholining yer, ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq eng og‘riqli muammolari bevosita muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida sohadagi byurokratiyani qisqartirish, murojaatlarni asossiz rad etish holatlariga chek qo‘yish hamda «UZKAD» tizimidagi ortiqcha bosqichlarni soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, endilikda asosiy vakolatlar quyi bo‘g‘inga tushirilib, masalalarni joyida, sansalorliksiz hal etishga asosiy urg‘u berilmoqda.
"Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bir kunda bitta fuqaroni eshitib, muammosiga yechim topsak ham — bu katta natija. Odamlar davlat borligini, adolat va qonun ustuvorligini his qilishi shart", — dedi Behzodjon Karimov o‘z chiqishida.
Videoreportajni bugun kechki dasturlarimizda tomosha qilishingiz mumkin.

👍2🔥1
EFFECT.UZ | Расмий канал
"Hammangni burningni qonataman", – Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi 16-sentabr kuni Kosonsoy tumanidagi Bomraha hududida joylashgan 39-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kitob o‘qiy olmagani uchun kaltakladi. Holat aks…
Kosonsoyda o‘quvchini kaltaklagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 39-maktabda 1-sinf o‘quvchisini kaltaklagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi А.N. ishdan bo‘shatildi.
Avvalroq, ushbu holat bo‘yicha video kanalimizda eʼlon qilingan edi. Tekshiruv ishlari yakunlanib, o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinibdi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 39-maktabda 1-sinf o‘quvchisini kaltaklagan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi А.N. ishdan bo‘shatildi.
Avvalroq, ushbu holat bo‘yicha video kanalimizda eʼlon qilingan edi. Tekshiruv ishlari yakunlanib, o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinibdi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Telegram
EFFECT.UZ | Расмий канал
"Hammangni burningni qonataman", –Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
16-sentabr kuni Kosonsoy tumanidagi Bomraha hududida joylashgan 39-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kitob o‘qiy olmagani uchun kaltakladi.
Holat aks…

341,3 mlrd so‘m: yana 417 ta loyiha moliyalashtiriladi
2026-yilgi “Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsumida 417 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilindi.
Shundan 346 tasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tashabbusi bilan qo‘shimcha g‘olib deb topildi. Mazkur loyihalar 50 dan ortiq ovoz to‘plagan, biroq asosiy g‘oliblar qatoridan joy olmagan. Ularni moliyalashtirish uchun 240,3 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Yana 71 ta loyiha xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari qarorlari asosida mahalliy byudjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Bu loyihalar uchun 101 mlrd so‘m ajratiladi.
Umuman, 417 ta qo‘shimcha g‘olib loyihani amalga oshirish uchun 341,3 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Ota-onalar endi farzandining baholarini telefondan kuzatishi mumkin
Farzandingiz maktabda qanday o‘qiyotganini bilish uchun kundalik daftarini kutib o‘tirish shart emas.
Endi ota-onalar my.gov.uz orqali farzandining har bir fan bo‘yicha joriy va o‘rtacha baholarini, shuningdek, sinfdagi baholar statistikasi bilan tanishishi mumkin.
Shuningdek, portalda bolaning maktabi nomi va manzili, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar soni haqidagi ma’lumotlar ham mavjud.
Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portalidagi “Mening oilam” bo‘limiga kirib, farzand haqidagi ma’lumotlar yonidan “Maktab ma’lumotlari” tugmasini tanlash kerak.

Saida Mirziyoyeva “O‘zbekfilm” faoliyati bilan tanishdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kinostudiyani zamonaviy O‘zbekiston kino industriyasining milliy brendi va tayanch markaziga aylantirish endigi vazifa ekanini o‘zining Telegram kanalida yozdi.
Uning fikricha, bu ishlarni amalga oshirish uchun kino sohasida boshqaruv tizimi o‘zgarishi kerak. Mirziyoyeva bundan buyon davlat filmning ijodiy jarayoniga aralashadigan buyurtmachiga emas, sohani rivojlantiradigan va moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydigan strategik hamkorga aylanishini aytdi.
Unga ko‘ra, xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar endi industriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Kinoni ishlab chiqarishdan tomoshabingacha bo‘lgan butun zanjir yangilanadi. Milliy kino merosini saqlash, restavratsiya va raqamlashtirish tizimi kuchaytiriladi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Abu Ali ibn Sinoning bolaligi haqidagi tarixiy film suratga olinayotgan maydonda ham bo‘ldi.

👍117🔥66👎2😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
EFFECT.UZ | Расмий канал
«Bitta fuqaroning dardi hal bo‘lsa ham, bu katta natija!» — Behzodjon Karimov Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda aholining yer, ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Har bir murojaatni diqqat bilan eshitamiz" — Behzodjon Karimov
Ko‘chmas mulkni rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarini yangilash va yillar davomida yechimini kutayotgan murojaatlar...
17-sentabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Geodeziya va kartografiya texnikumida Davlat kadastrlari palatasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv tizimga yangi tayinlangan rais vazifasini vaqtincha bajaruvchi Behzodjon Karimovning mazkur formatdagi ilk ochiq muloqoti bo‘ldi.
Qabulda Palata markaziy apparati hamda Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari to‘liq tarkibda ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Behzodjon Karimov so‘zga chiqib, sohadagi vakolatlar bosqichma-bosqich quyi bo‘g‘inga tushirilayotgani, murojaatlarni asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi hamda «UZKAD» tizimidagi ortiqcha bosqichlarni qisqartirish bo‘yicha ishlar olib borilayotganini bildirdi.
"Biz uchun eng muhimi — fuqaro murojaati e’tiborsiz qolmasligi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, bir kunda hatto bitta fuqaroning dardi va muammosiga yechim topsak ham — bu katta natija.
Odamlar davlat borligini, qonun ustuvorligini amalda his qilishlari shart. Har bir murojaat ortida inson manfaati turibdi".
Sayyor qabulga nafaqat poytaxtliklar, balki bevosita tahririyatimiz — Effect.uz’ga murojaat qilgan viloyatlik fuqarolar ham kelishdi.
Xususan, Xorazm viloyatining Xiva shahridan hamda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidan yetib kelgan murojaatchilar o‘zlarining anchadan buyon yechilmay kelayotgan mulk, kadastr, noqonuniy qurilayotgan obyektlar hamda ijrosi ta’minlanmayotgan qarorlar yuzasidan bevosita raisga murojaat qilishdi.
Behzodjon Karimov har ikki murojaatni ham shaxsan o‘z nazoratiga olganini aytib, masalalar o‘rganib chiqilgach, Effect.uz tahririyati orqali ularning natijasi bo‘yicha axborot berilishini bildirdi.
Qabul yakunidagi matbuot anjumanida Effect.uz jurnalisti Davron Xolboyev tizimning OAV bilan munosabatlariga doir savol bilan rahbariga yuzlandi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ochiqlik va islohotlar qog‘ozda yoki minbarlarda emas, amalda — har bir xodimning fuqaroga va so‘z erkinligiga bo‘lgan munosabatida ko‘rinadi.
Yangi rahbarning ilk sayyor qabulida berilgan va’dalar, shaxsiy nazoratga olingan ko‘plab fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, Xiva va Kattaqo‘rg‘onlik fuqarolarning muammolari qanday yechim topadi? OAVga nisbatan to‘siqlar haqiqatan ham bartaraf etiladimi?
Barchasini vaqt ko‘rsatadi. Effect.uz esa mazkur masalalar ijrosini diqqat bilan kuzatib boradi.

👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payariqda o'qituvchining o'limi: Ayblanuvchi qiynoq bo'lganini iddao qilmoqda
2026-yil 15-fevraldan 16-fevralga o‘tar kechasi Samarqand viloyati Payariq tumanida o‘qituvchi Qo‘chqor Holiqulov shafqatsizlarcha o‘ldirilgan.
Jinoyat ishi doirasida Hasanjоn Ibrohimov ayblanuvchi sifatida jalb qilingan.
Biroq marhumning yaqinlari tergov bir tomonlama olib borilganidan noroziligini bildirgan.
Ayblanuvchi esa huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborgan murojaatlarida jinoyatni sodir etmaganini, uni qiynoqlar orqali tan olishga majburlashganini iddao qilmoqda.
U IIB xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini ham so‘ragan.
Mazkur da’volar vakolatli organlar tomonidan huquqiy baholanishi kerak.
Shuningdek, shaxsning aybdor yoki aybsizligini faqat sud aniqlaydi.
Jinoyat ishi iyun oyida sudga yuborilgan.
Ish avval Payariq tumanida ko‘rilgan, sud nihoyasiga yetmasdan sudya mehnat ta'tiliga chiqgan keyinchalik Oqdaryo tumani sudiga o'tkazilgan.
Bu yerda ham ishni ko'rib chiqayotgan sudya mehnat ta'tiliga chiqib ketgan.
Endigi sud qaysi tumanga o'tkazilishi nomalumligicha qolmoqda ?
Aminmizki qachondir bu sud o'z nihoyasiga yetadi va adolatli hukm e'lon qilinadi.
👉🏻To'liq video👈🏻

👍4😢2🤷♂1
Taniqli o‘zbek aktrisasi Yodgora Ziyomuhamedova 74 yoshida vafot etdi
Yodgora Ziyomuhamedova 1952-yil 23-aprelda tug‘ilgan. U o‘zining ijodiy faoliyati davomida o‘zbek sanʼati va kinematografiyasida munosib iz qoldirgan.
Marhumaning oila aʼzolari, yaqinlari va muxlislariga chuqur taʼziya bildiramiz.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Yodgora Ziyomuhamedova 1952-yil 23-aprelda tug‘ilgan. U o‘zining ijodiy faoliyati davomida o‘zbek sanʼati va kinematografiyasida munosib iz qoldirgan.
Marhumaning oila aʼzolari, yaqinlari va muxlislariga chuqur taʼziya bildiramiz.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Toshkent viloyatida suv narxlari oshadi: yangi tariflar qachondan kuchga kirishi ma’lum
Toshkent viloyatida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar 3-oktabrdan amal qila boshlaydi.
Aholi uchun QQSsiz tariflar:
— ichimlik suvi — 1 kub metr uchun 3 100 so‘m;
— kanalizatsiya — 1 kub metr uchun 1 500 so‘m.
Byudjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun:
— ichimlik suvi — 16 000 so‘m;
— kanalizatsiya — 4 000 so‘m.