EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17.2K subscribers
71.9K photos
18.9K videos
36 files
73.2K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
Dunyoni maftun etgan Istanbul mushuklari haqida qiziqarli faktlar

Bosfor, qadimiy obidalar va simit xushbo‘yligi bilan mashhur Istanbulning yana bir ajralmas ramzi hamda dunyoni maftun etgan timsoli — bu shaharning erka ko‘cha mushuklaridir. Asrlar davomida mahalliy aholi va san'atkorlarning hamrohiga aylangan bu to‘rt oyoqli "jonli obidalar" bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar trendiga aylanib, shahar turizmining eng samimiy hamda jozibador targ‘ibotchilariga aylanib bormoqda.

👉 Batafsil

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«10 million turist kelsa, paxta ektirmasdim» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir bo‘lib ishlagan davridagi fikrlarini esladi.

«Bosh vazir bo‘lib ishlab yurgan paytimda o‘zimga aytardim: agar O‘zbekistonga 10 million turist kelsa, paxta ektirmasdim, deyardim», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍29🔥12😢3🤷‍♂1
Maktab oldida 2 daqiqalik qoida: yangi zona nima uchun tashkil etildi?

Toshkentdagi ayrim maktablar oldida avtomobillar uchun qisqa muddatga to‘xtash zonalari tashkil etila boshlandi.

Mazkur hududlar ota-onalarga farzandini maktabga tezda tushirib qoldirish yoki olib ketish imkonini beradi. Biroq bu yerda avtomobilni 2 daqiqadan ortiq qoldirish mumkin emas.

To‘xtashga quyidagi vaqtlarda ruxsat etiladi:
— 07:00–08:30
— 13:00–14:30

Birinchi shunday zonalar Yunusobod tumanidagi 5-maktab hamda Shayxontohur tumanidagi 42-maktab oldida tashkil etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
🏦InfinBANK bilan tushumni kutmang: mablag‘lar hisobingizga 1 daqiqada tushadi

Tasavvur qiling: mijoz to‘lovni amalga oshirdi. Agar mablag‘ hisobingizga tez tushsa, siz darhol keyingi qadamni qo‘yasiz — meva-tsuv,ovar buyurtma qilasiz, hamkor bilan hisob-kitobni yopasiz yoki yangi loyihani boshlaysiz.

Shuning uchun InfinBANK POS-terminallari orqali qabul qilingan tushumlarni hisobraqamga 1 daqiqa ichida o‘tkazish imkoniyatini yaratdi. POS-terminalni esa bir necha bosqichda onlayn buyurtma qilish mumkin. Bankka borish shart emas.

Tez tushum — bu shunchaki qulaylik emas. Bu biznesning harakat tezligi, qaror qabul qilish sur’ati va yangi imkoniyatlarni boy bermaslik degani.

Batafsil ma’lumot: +998712025080

Reklama

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
“Menga yordam emas, imkoniyat kerak”

Effect.uz ga Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Amir Temur MFYda yashovchi fuqaro tahririyatimizga yana bir bor murojaat qildi.

Uning aytishicha, oilasi 4 kishidan iborat bo‘lib, hozirda moddiy sharoiti og‘ir. Mavjud qarzdorlik ham oilasi zimmasiga katta yuk bo‘lib turibdi. Biroq u shunchaki yordam kutib o‘tirmasdan, o‘z mehnati bilan oyoqqa turishni istaydi.

Shu maqsadda fuqaro 3 yil davomida bosqichma-bosqich amalga oshirishni rejalashtirgan 4 ta loyiha ishlab chiqqan:
gidroponika usulida yem ishlab chiqarish, echkichilik va sutdan qurut tayyorlash,Hikol zotli quyon boqish.

Loyihalarni amalga oshirish uchun 65 million so‘m mablag‘ zarur. Ularning yo‘lga qo‘yilishi orqali oilasiga doimiy daromad yaratish va kelgusida 10 ga yaqin fuqaroni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Murojaatchining ta’kidlashicha, loyihalar bozor o‘rganilib, hisob-kitoblar asosida va 3 yillik rivojlanish rejasi bilan ishlab chiqilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalladagi hokim yordamchisi uning holati va loyihalari bo‘yicha tuman shtabidan amaliy yordam so‘ragan. Mas’ullar “o‘zimiz aytamiz” deya javob bergan, biroq hozirgacha fuqaro bilan hech kim bog‘lanmagan.

Murojaatchi loyihalarini amalga oshirish, qarzdorlikdan chiqish va kelgusida boshqa fuqarolarga ham ish o‘rni yaratish uchun imkoniyat so‘ramoqda.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani hokimligi va mas’ullardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1
EFFECT.UZ | Расмий канал
​Навоий чўлларида Миср тажрибаси: биринчи кун келишувлари Навоий вилояти ҳокими Нормат Турсунов бошчилигидаги делегация айни дамда расмий ташриф билан Мисрда бўлиб турибди. Ташрифнинг биринчи кун тафсилотлари: ⬛️ Навоий вилояти делегацияси Мисрда: янги…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Misr safari: Navoiy delegatsiyasining 2-kuni

Navoiy viloyati hokimi N. Tursunov boshchiligidagi delegatsiya safarning 2-kunida qishloq xoʻjaligi va chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan muhim uchrashuvlar oʻtkazdi.

Asosiy tafsilotlar:

◾️"AL BOSHRA" kompaniyasi vakillari bilan
uchrashuv.

◾️Qashqadaryolik tadbirkorlar Konimexdagi chorvachilik imkoniyatlariga
qiziqish bildirdi.

◾️Qizilqumni o‘zlashtirishning Misr modeli
joriy etiladi.

◾️«Mustaqbal Misr» — cho‘l hududlarini qishloq xo‘jaligiga samarali
jalb etish tajribasi.

◾️«Mustaqbal Misr» loyihasi rahbariyati bilan
uchrashuv o‘tkazildi.

◾️«Mustaqbal Misr» loyihasi rahbariyati bilan
uchrashuvdan fotoreportaj.

◾️«Mustaqbal Misr» loyihasi
dala maydonlarida.

◾️Chorvachilik majmuasi qanday ishlashi kerak? Misr tajribasi Navoiyda ham
tatbiq etiladimi?

◾️Misr Cho‘l tadqiqotlari markazi bilan hamkorlik aloqalari
muhokama qilindi.

◾️Misr Cho‘l hududlarini o‘rganish markazi faoliyati bilan
tanishildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Sudyalik lavozimiga 17 nafar nomzod tayinlandi

Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga ko‘ra, 17 nafar nomzod sudyalik lavozimiga tayinlandi.

Jumladan:
➡️ 2 nafar sudya — 10 yillik muddatga;
➡️ 2 nafar sudya — muddatsiz davrga;
➡️ 13 nafar sudya — sudyalik vakolati muddatiga qayta tayinlandi.

Shuningdek, 4 nafar sudya egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Hammangni burningni qonataman", – Namanganda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi

16-sentabr kuni Kosonsoy tumanidagi Bomraha hududida joylashgan 39-maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini kitob o‘qiy olmagani uchun kaltakladi.

Holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshlangan.

Ayni vaqtda holatga huquqiy baho berish va tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
UzAuto Motors xususiylashtiriladi

O‘zbekistonda avtomobilsozlik sohasidagi yirik davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni boshlanmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors’dagi 99,7 foiz, UzAuto Motors Powertrain’dagi esa 100 foiz davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha tender e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lum qilinishicha, davlat ulushlarini xususiy investorlarga o‘tkazish bo‘yicha tanlov jarayoni tegishli tartibda tashkil etiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek molibdeniga dunyo bozori ochilmoqda

O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan molibden mahsulotlarini AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlariga eksport qilish rejalashtirilmoqda.

AQShning Yuta shtatida o‘tgan Xalqaro molibden assotsiatsiyasi yig‘ilishida Texnologik metallar kombinati (TMK) yirik sanoat kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi. TMK — assotsiatsiyaga a’zo bo‘lgan MDHdagi yagona kompaniya.

Asosiy maqsad — molibdenni shunchaki eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlab, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram