Yangi qurilishlar shaharga foyda keltirishi kerak — Saida Mirziyoyeva
Toshkentning jadal kengayishi fonida shaharsozlik va ekologiya masalalariga jiddiy yondashish zarur.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik loyiha tashabbuskorlari, urbanistlar, mustaqil mutaxassislar va soha vakillari bilan uchrashdi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram

Unda yangi qurilishlarning muhandislik kommunikatsiyalari, elektr va suv ta’minotiga tushirayotgan yuklamasi muhokama qilindi.
“Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, Toshkentni yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz shaharga aylantirishga hissa qo‘shayotgan biznes vakillari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍35🔥11👎3
"Zeekr" egalari ogohlantirildi
O‘zbekistondagi Zeekr egalari avtomobillarini ehtimoliy zavod nuqsoni bo‘yicha tekshirtirishga chaqirilmoqda.
Toshkentda yaqinda yonib ketgan Zeekr avtomobiliga akkumulyatordagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xitoyda shunga o‘xshash muammo 38 mingdan ortiq avtomobilda aniqlangan. Nuqson batareyaning qizib ketishi va yong‘inga olib kelishi mumkin.
Zeekr egalari VIN-kodini tekshirishi va zarur bo‘lsa, servis markaziga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Qorovulbozorda neft omborida kuchli yong‘in
Bugun, 15-sentabr kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neft saqlash omborida rezervuarlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.
Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bordi. Hozirda yong‘in o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tesla — faqat avtomobil emas: bu ilm-fandagi o‘lchov birligi ham!
Ko‘pchilik “Tesla” deganda Ilon Maskning elektromobillarini tasavvur qiladi. Ammo tesla (T) — bundan ancha oldin paydo bo‘lgan ilmiy tushuncha.
Tesla — magnit maydon induksiyasini o‘lchashning xalqaro SI birligi bo‘lib, buyuk fizik Nikola Tesla sharafiga nomlangan.
Xo‘sh, magnit maydon nima uchun kerak? Tesla birligi qayerlarda qo‘llanadi va uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati nimada?
Batafsil — videolavhada.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Seuldagi O‘zbekiston – Koreya biznes forumi ochilishidagi nutqidan asosiy fikrlar:
📌 Koreya – O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan do‘sti va alohida strategik sherigi;
📌 Koreya biznesi O‘zbekistonda shunchaki faoliyat yuritishga emas, balki yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirishga investitsiya kiritishga taklif qilindi;
📌 Maqsad – O‘zbekistonni mintaqadagi asosiy ishlab chiqarish, texnologik va eksport maydonlaridan biriga aylantirish;
📌 Mamlakatimizda muhim minerallar sohasida yaqin yillarda umumiy qiymati 4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 120 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan;
📌 O‘zbekistonning tabiiy resurslari, inson kapitali va o‘sib borayotgan bozorini Koreyaning texnologiyalari, muhandislik tajribasi va jahon brendlari bilan uyg‘unlashtirish taklif etildi;
📌 Ustuvor vazifa – shunchaki xomashyo eksport qilish emas, balki O‘zbekistonda chuqur qayta ishlashdan tortib, tayyor yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish;
📌 2030-yilga qadar O‘zbekiston elektrotexnika sanoati hajmini 11 milliard dollarga, eksportni esa 5 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan;
📌 Strategik vazifa – yig‘uv ishlab chiqarishlaridan zamonaviy, to‘liq siklli klasterlarga o‘tish;
📌 Koreya kompaniyalari, universitetlari va tadqiqot markazlarini o‘zbekistonlik hamkorlar bilan yagona tandemga birlashtirish taklif etildi;
📌 Nafaqat mahsulot ishlab chiqarish, balki intellektual mulk huquqiga ega bo‘lgan yangi mahsulotlarni ishlab chiqish ham muhim;
📌 Koreyaning yetakchi kompaniyalariga ilmiy tadqiqotlar, klinik baza va ishlab chiqarishni birlashtirgan biofarmatsevtika klasteri tashkil etish taklif qilinmoqda;
📌 Asosiy e’tibor mutaxassislar tayyorlashga qaratilishi lozim. Shu bois, O‘zbekiston – Koreya muhandislarni tayyorlash yagona ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish muhim hisoblanadi;
📌 Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi;
📌 O‘zbekiston Koreya kompaniyalarining Markaziy Osiyodagi ishlab chiqarish va eksport xabiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Shu maqsadda O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tashkil etish taklif qilindi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27🔥11👎2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqning kayfiyatini tushuninishga majburmiz – Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik loyiha tashabbuskorlari, urbanistlar, mustaqil mutaxassislar va soha vakillari bilan uchrashdi.
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik loyiha tashabbuskorlari, urbanistlar, mustaqil mutaxassislar va soha vakillari bilan uchrashdi.
“Qurilishlar boʻlyapti, lekin kimdir bu yerda qancha bola va bolalar bogʻchasi boʻlishi kerakligini oʻylayaptimi? Bu Xalqning kayfiyati, tushunishga majburmiz. Eng asosiy bu – Xalq, inson qadri, har bir kishining muammosi”, deydi Mirziyoyeva.
👍30🔥13👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida yangi loyihalar
O‘zbekiston–Koreya biznes forumida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar paketi imzolandi.
Forum doirasida yangi loyihalar ham ishga tushirilib, o‘zaro savdo va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
O‘zbekiston–Koreya biznes forumida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar paketi imzolandi.
Forum doirasida yangi loyihalar ham ishga tushirilib, o‘zaro savdo va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍26🔥9👎1
Samarqand hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
Rustam Qobilov viloyat hokimining rasmiy delegatsiyalar tashrifi masalalari bo‘yicha yangi tashkil etilgan o‘rinbosari lavozimini egalladi. U bunga qadar turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari edi.
Uning o‘rniga Jo‘rabek Suyunov tayinlandi. Suyunov bunga qadar Samarqand viloyati turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi tayinlovlar viloyatda boshqaruv va tegishli yo‘nalishlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi rahbarlarining rasmiy kutib olish marosimida kutilmagan hodisa yuz berdi
Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi davlat rahbarlari va ularning rafiqalari ishtirokida oʻtkazilgan rasmiy kutib olish marosimida davlatimiz madhiyasi yangrayotgan tantanali daqiqalarda Koreya Respublikasi faxriy qorovul boʻlinmasining bayroqdor xodimi yiqilib tushdi.
Hodisa yuz berganiga qaramay, rasmiy marosim belgilangan tartibga muvofiq davom ettirildi.

👍25🔥15👎1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jasur Umirovning katerdagi videosi muhokamalarga sabab bo‘ldi
Xonanda Jasur Umirov yosh farzandi bilan qutqaruv nimchasisiz katerda harakatlangan. Yuqori tezlikda harakatlanish aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, turli munozaralarga sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng FVV hamda IIV Turizm politsiyasi xodimlari xonanda bilan suhbat o‘tkazdi. Unga suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish va katerda harakatlanish vaqtida qutqaruv nimchasidan foydalanish zarurligi tushuntirildi.
Jasur Umirov ham ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatida mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

O‘zbekistonda pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshiriladi
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2028-yildan pensiya yoshi har yili 3 oydan oshirib boriladi. 2039-yilga kelib erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2028-yildan pensiya yoshi har yili 3 oydan oshirib boriladi. 2039-yilga kelib erkaklar uchun 63 yosh, ayollar uchun 58 yosh etib belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2027-yildan pensiya hisobida inobatga olinadigan ish haqi davri 5 yildan 20 yilgacha bosqichma-bosqich oshiriladi. Pensiya uchun talab etiladigan eng kam ish staji ham 7 yildan 2034-yilga borib 15 yilga yetkaziladi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ham o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan. Kam daromadli fuqarolarning ixtiyoriy jamg‘armalariga davlat tomonidan qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi. 2030-yildan esa jamg‘arilgan mablag‘lardan og‘ir kasallikni davolash va ipoteka uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida foydalanish imkoniyati berilishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etish joiz, hujjat hozircha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan loyiha hisoblanadi.
Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Qo'yliq avenue»: 48 kunda 38 ta xonadon egalariga topshirildi
Muammo ko‘tarildi — yechim tez topildi. Effect.uz’ga kelib tushgan murojaatdan so‘ng qurilish jarayoni jadallashtirilib, dastlabki 38 ta xonadon o‘z egalariga topshirildi.
Effect.uz’ga qilingan murojaatdan so‘ng Toshkent shahar hokimi masalani shaxsiy nazoratiga oldi. Zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, qurilish jarayonlari qat’iy nazoratga olindi.
Oradan atigi 48 kun o‘tib, loyihaning birinchi pod’ezdidagi 38 ta xonadon o‘z egalariga topshirildi.
Endilikda xonadon egalari o‘z uylarida dastlabki ta’mirlash ishlarini boshlash imkoniga ega.
Qurilish jarayonini kuzatib kelayotgan xonadon egalarining aytishicha, Sergeli tumani hokimi ham obyektga muntazam tashrif buyurib, ishlarning borishini shaxsan nazorat qilib borgan.
Quruvchi kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ishlar shu sur’atda davom ettiriladi. 1-noyabrga qadar yana 4 ta pod’yez — jami qariyb 200 ta xonadonni o‘z egalariga topshirish rejalashtirilgan.
Bir murojaat — tezkor choralar — 48 kunda ilk natija. «Qo‘yliq Avenue»dagi qurilish jarayonida ijobiy o‘zgarishlar davom etmoqda.
👉🏻To'liq video👈🏻

👍2