EFFECT.UZ | Расмий канал
17.1K subscribers
70.8K photos
18.2K videos
36 files
71.9K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998909053332
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
“Real Sanjik” adashining kasriga qoldi(mi?)

14-sentyabr kuni Sanjar Karimovning apellyatsiya instansiya sudining navbatdagi sud taftishi boʻlib oʻtdi. “Real Sanjik”ning himoyachilari AQSHdan keltirilgan stenogrammani (yozib olingan audio) taqdim etdi. Bu haqda EFFECT.UZ jurnalisti maʼlum qildi.

👉 https://effect.uz/n/236

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seulda Oʻzbekiston bayrogʻi porladi: Lotte Tower ikki davlat doʻstligi ramziga aylandi

555 metr balandlikda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya bayroqlari ranglari uygʻunlashdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi munosabati bilan shaharning qator nufuzli joylarida Oʻzbekiston davlat ramzlari aks ettirilmoqda.

13-sentyabr kuni esa bu jarayon Seulning eng mashhur inshootlaridan biri — Lotte World Towerda oʻzining yorqin ifodasini topdi.

Kechqurun 555 metr balandlikdagi osmonoʻpar bino fasadida Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlat bayroqlari ranglari uygʻunlashib, Seul tunlarini yoritdi.

123 qavatli Lotte World Tower Janubiy Koreyaning eng baland binosi boʻlib, mamlakatning zamonaviy meʼmorchiligi va iqtisodiy taraqqiyoti ramzlaridan biri hisoblanadi.

Mashhur osmonoʻpar inshootda ikki davlat bayroqlari ranglarining birgalikda namoyon boʻlishi Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstlik va yaqin hamkorlikning ramziy ifodasi boʻldi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilar giyohvand moddalar boʻyicha tekshiriladi

Oʻzbekistonda muddatli va kontrakt asosida harbiy xizmatga kiruvchi fuqarolar giyohvand moddalarni isteʼmol qilgan-qilmaganligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkaziladi.

Avval ekspress-test orqali tekshiriladi. Natija ijobiy chiqsa, qon namunasi qayta tekshiriladi. Ijobiy natija qayd etilgan yoki biologik namuna topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy koʻrikka qoʻyilmaydi.

Tekshiruv davomida olingan maʼlumotlar va natijalar maxfiy saqlanadi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1
Yangi qurilishlar shaharga foyda keltirishi kerak — Saida Mirziyoyeva

Toshkentning jadal kengayishi fonida shaharsozlik va ekologiya masalalariga jiddiy yondashish zarur.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik loyiha tashabbuskorlari, urbanistlar, mustaqil mutaxassislar va soha vakillari bilan uchrashdi.

Unda yangi qurilishlarning muhandislik kommunikatsiyalari, elektr va suv ta’minotiga tushirayotgan yuklamasi muhokama qilindi.

“Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerak”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Toshkentni yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz shaharga aylantirishga hissa qo‘shayotgan biznes vakillari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.


Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍35🔥11👎2
"Zeekr" egalari ogohlantirildi

O‘zbekistondagi Zeekr egalari avtomobillarini ehtimoliy zavod nuqsoni bo‘yicha tekshirtirishga chaqirilmoqda.

Toshkentda yaqinda yonib ketgan Zeekr avtomobiliga akkumulyatordagi nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Xitoyda shunga o‘xshash muammo 38 mingdan ortiq avtomobilda aniqlangan. Nuqson batareyaning qizib ketishi va yong‘inga olib kelishi mumkin.

Zeekr egalari VIN-kodini tekshirishi va zarur bo‘lsa, servis markaziga murojaat qilishi tavsiya etiladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Qorovulbozorda neft omborida kuchli yong‘in

Bugun, 15-sentabr kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi neft saqlash omborida rezervuarlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Voqea joyiga zudlik bilan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, yong‘inni bartaraf etish ishlarini olib bordi. Hozirda yong‘in o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 3 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisaning kelib chiqish sabablari va boshqa tafsilotlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tesla — faqat avtomobil emas: bu ilm-fandagi o‘lchov birligi ham!

Ko‘pchilik “Tesla” deganda Ilon Maskning elektromobillarini tasavvur qiladi. Ammo tesla (T) — bundan ancha oldin paydo bo‘lgan ilmiy tushuncha.

Tesla — magnit maydon induksiyasini o‘lchashning xalqaro SI birligi bo‘lib, buyuk fizik Nikola Tesla sharafiga nomlangan.

Xo‘sh, magnit maydon nima uchun kerak? Tesla birligi qayerlarda qo‘llanadi va uning kundalik hayotimizdagi ahamiyati nimada?

Batafsil — videolavhada.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram