EFFECT.UZ | Расмий канал
✔
17.2K subscribers
71.8K photos
18.8K videos
36 files
73.1K links
🌐 EFFECT.UZ ахборот агентлигининг расмий Telegram канали

Батафсил: @effectuz_live
Сайт: www.effect.uz

Мурожаат ва ҳамкорлик таклифлари учун: @effectgamurojaat

Почта: www.effect.uz@gmail.com

Алоқа учун:
+998971663232
+998979663232
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Men sovğa qilgan maşinada boşqaça nomer yurmasligi kerak” – Namanganda hokim yigitga avtomobil sovğa qildi, bolakayning dadil murojaati esa eʼtiborni tortdi

Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov iştirokidagi uçraşuvda bir yigitga avtomobil sovğa qilingan. Şu jarayonda bolakayning dadilligi ham eʼtiborni tortdi. U hokim oldida tortinmay öz istagini oçiq bildirib, avtomobil davlat raqami masalasida ham murojaat qilişga jurʼat topgan.

«Men ham xalqimizga xizmat qilmoqçi edim. Öşanda sizlarning raqamlaringizga, maşinalaringizga havas qilib, şu yaxşilikda raqam qilsangizlar, xursand bölib qolamiz. Sizlardan esdalik bölib qolardi», — dedi yigit.


Şundan Şavkat Abdurazzoqov YHXX xodimlariga murojaat qilib, sovğa qilingan avtomobil uçun alohida raqam masalasini tilga oldi.

«Qani, GAI, bir nollik raqam olib beringlar, men sovğa qilgan maşinada boşqaça nomer yurmasligi kerak», — dedi viloyat hokimi.


Hokimning uşbu sovğasi bolakay uçun bir umrlik yoddan çiqmas lahzaga aylandi, tarmoqda esa ijobiy fikrlarga sazovor bölmoqda.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍4🤔1
5 million tonna paxta qanday yetiştirildi? 2026-yil hosili ortidagi 11 haqiqat

Özbekistonda 2026-yilda paxta yetiştiriş böyiça yangi natija qayd etildi. Respublika böyiça 5 million 2 ming tonna paxta xomaşyosi yetiştirilib, örtaça hosildorlik 56,2 sentnerni taşkil qildi.

1990–2026-yillar statistikasiga köra, 1990-yilda 1,83 mln gektar maydondan 5,058 mln tonna paxta olingan bölsa, hosildorlik 27,6 sentner bölgan. 2026-yilda esa 890 ming gektar maydondan 5,002 mln tonna hosil olingan va hosildorlik 56,2 sentnerga yetgan.

Bu natijaga erişişda ekiş sxemasidan tortib, uruğçilik, defoliatsiya, mexanizatsiya, raqamli monitoring va moliyaviy imtiyozlargaça bölgan bir qator çoralar qöllangan.

👉 https://effect.uz/n/451

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍44🔥21
Sudlar 8,8 trillion sömdan ziyod majburiy tölov undiriş böyiça 1 milliondan ortiq buyruq çiqardi – Oliy sud

Uşbu buyruqlar voyaga yetmagan bolalar uçun aliment, iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar böyiça qarzdorlik hamda boşqa majburiy tölovlarni undiriş bilan boğliq.

👉 https://effect.uz/n/452

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍1
9 ta viloyatda sel-suv toşqini xavfi eʼlon qilindi

«Özgidromet» 6–7 va 9–11-noyabr kunlari toğoldi va toğli hududlarida sel-suv toşqini yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirdi.

👉 https://effect.uz/n/453

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Yandex Go Market Özbekistonda faoliyatini töxtatadi

Market Yandex Go orqali foydalanuvçilar yetkazib beriş muddati bir neça kunni taşkil etuvçi tovarlarga buyurtma beriş imkoniga ega edi.

👉 https://effect.uz/n/454

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2😢2
Aholiga gaz va kömir yetkazib beriş ustidan nazorat kuçaytiriladi

Kuz-qiş mavsumida gaz va kömir taʼminotidagi qonunbuzilişlarga yöl qöyilmasligi uçun masʼullarga topşiriqlar berildi.

👉 https://effect.uz/n/455

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍5👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyevaning farzandlari onasi haqida gapirdi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning farzandlari onasi haqidagi fikrlari aks etgan video e'lon qilindi.

Videoda farzandlaridan onasining qaysi fazilatlarini eng köp qadrlaşi söralgan.

«Juda-juda masʼuliyatlilar. Juda köp işlaydilar, lekin har doim bizga vaqt topadilar», — deydi ular.

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍46🔥12👎4
Prezident isteʼfo arizasini berdi

Paragvay prezidenti bank inqirozidan keyin isteʼfo arizasini taqdim etdi.

👉 https://effect.uz/n/456

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍3👎1
Havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd va monitoring tadbirlari davom etmoqda

Toşkent şahrida atmosfera havosi sifati 24 soat davomida kuçaytirilgan tartibda monitoring qilinmoqda.


👉 https://effect.uz/n/457

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Karmanada çala qolgan yöl: Hokim aholi murojaatlariga befarqmi?

Effect.uz tahririyatiga Navoiy viloyati Karmana tumanidan yöl taʼmiri bilan boğliq murojaat kelib tuşdi.

Murojaatda "Ayronçi" MFY aholisi mahalla köçasining asfaltlaş işlari bir yildan buyon yakuniga yetkazilmayotgani, yölga har safar oz miqdorda asfalt yotqizilib, işlar çala qoldirilayotganidan norozilik bildirgan.


👉 https://effect.uz/n/458

👉 Töliq video

Telegram I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
132 ta quriliş taşkilotining şartnomalarida nojöya şartlar aniqlandi

Raqobat qömitasiga 2026-yilning 9 oyida quriliş sifati va muddati böyiça 1 700 dan ortiq şikoyat kelib tuşgan. Natijada isteʼmolçilar foydasiga 14,5 mlrd sömlik mablağ qayta hisob-kitob qilindi.

Bildirilgan eʼtirozlar asosida Toşkent şahri va viloyatlardagi 132 ta quruvçi taşkilotning şartnomalari örganildi. Tahlillarga köra, şartnomalarning 77,3 foizida pul qaytariş muddati, 63,6 foizida kafolat muddati, 54,5 foizida nuqsonlarni bartaraf etiş va 50,8 foizida penya körsatilmagan. 59,1 foiz şartnoma faqat quruvçi manfaatini közlagan, 30,3 foizi davlat tilida emas.

Şuningdek, mablağning 4–15 foizini uşlab qoliş, pulni uy qayta sotilgaç qaytariş va narxni bir tomonlama oşiriş kabi noqonuniy talablar aniqlanib, tegişli organlarga takliflar kiritildi.

Qömita uy sotib olişda şartnomani imzolaşdan oldin uni mutaxassis bilan puxta örganişni tavsiya etadi.


Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Jizzaxda «Onix» haydovçisidan 215 gramm marixuana topildi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://effect.uz/n/459

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍3
Özbekistonda nimalar qimmatladi va arzonlaşdi?

Özbekistonda 2026-yil oktyabr oyida tovarlar va xizmatlar narxlari örtaça 0,6 foizga oşdi.


👉 https://effect.uz/n/460

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan himoya qiliş taklif qilindi

«ŞHT plyus» xavfsizlik masalalari böyiça birinçi ekspert muloqotida DXX raisi Bahodir Qurbonov voyaga yetmaganlarni buzğunçi axborot taʼsiridan himoya qiliş va onlayn radikallaşuvning oldini oliş zarurligini taʼkidladi.

«Ekstremistik ğoyalarga qarşi kuraş faqat taqiqlangan kontentni öçiriş bilan çeklanmasligi kerak. Aholining raqamli va media savodxonligini oşiriş, tanqidiy fikrlaşni rivojlantiriş ham muhim», — dedi u.

Qurbonov yoşlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga alohida eʼtibor qaratiş, şuningdek, voyaga yetmaganlarning ijtimoiy tarmoqlarga kirişini çeklaşni taklif qildi.

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍7
Dam oliş kunlari havo harorati 30 darajaga yetişi kutilmoqda

Dam oliş kunlari mamlakat hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib qoladi.


👉 https://effect.uz/n/461

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Zarafşon milliy boği ekotizimi xavf ostidami?

Zarafşon milliy tabiat boği maʼmuriyati rasmiy munosabat bildirdi.

👉 https://effect.uz/n/462

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍2
Matbuot kotiblari imtihondan ötkazildi: 13 nafari talabga javob bermadi

Jizzax va Sirdaryoda 37 nafar matbuot kotibi attestatsiyadan ötkazildi: 13 nafari sinovdan öta olmadi. Hududiy hokimliklar va boşqarmalar axborot xizmatlari rahbarlarining kasbiy bilimi hamda malakasini baholaş böyiça attestatsiya jarayonlari davom etmoqda.

Maʼlum bölişiça, Jizzax viloyatida attestatsiyada qatnaşgan 21 nafar talabgordan 13 nafari muvaffaqiyatli natija qayd etgan. Qolgan 8 nafar nomzod esa belgilangan talablarga javob bermagan.

Sirdaryo viloyatida ham natijalar eʼlon qilingan. Unga köra, 16 nafar talabgordan 11 nafari attestatsiyadan muvaffaqiyatli ötgan, 5 nafari esa yetarli ball töplay olmagan.

Qayd etilişiça, sinovlar Kontent markazi direktorining 2026-yil 13-yanvardagi 70-son buyruği bilan tasdiqlangan hamda Adliya vazirligida 3760-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan nizom asosida taşkil etilmoqda.

Telegram
I Facebook I YouTube I Instagram
👍2