Edu.uz | Lotin
4.25K subscribers
718 photos
107 videos
15 files
497 links
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yangiliklari/Новости Министерства высшего и среднего специального образования

📞 1006
📧 press@edu.uz
🌐 www.edu.uz
📲 instagram.com/edu.uz/
📲 facebook.com/eduuzrasmiy
📲 http://youtube.com/c/eduuz
Download Telegram
#Murojaatlar_nazoratda

🗓 2022-yil yanvar oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 910 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 27 tasi og‘zaki (3,0%), 223 tasi yozma (24,5%), 660 tasi (72,5%) elektron murojaatlardir.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3495

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#FAQ

Eng koʻp berilayotgan savollarga help.edu.uz platformasi orqali javob oling

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida fuqarolardan kelib tushayotgan eng koʻp savollarga oson javob olish maqsadida help.edu.uz platformasi ishga tushirildi.

Endilikda oʻzingizni qiziqtirgan savollarga platforma orqali oson va qulay javob topishingiz mumkin.

Savollar vazirlikning 1006 ishonch telefoni va Call-markaz (71-203-64-64) orqali hamda fuqarolar tomonidan yuborilgan onlayn murojaatlar asosida doimiy ravishda boyitib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#eʼlon
#tanlov

Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 16-25 yoshgacha boʻlgan yoshlar (oʻquvchi va talabalar) oʻrtasida tashkil etilgan "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda.

Tanlov uchun roʻyxatdan oʻtish 2022-yil 28-fevral soat 18:00 ga qadar davom etadi.

☝️ Tanlov nizomiga asosan 1-mart kuni soat 9:00 da www.vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot orqali IQ-test sinovlari boshlanadi.

✔️ Har bir ishtirokchiga 25 ta test savoli beriladi va har bir toʻgʻri javob uchun 8 balldan baho qoʻyiladi. 110 balldan yuqori toʻplagan ishtirokchi tanlovda qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Shundan soʻng ishtirokchi sayt orqali oʻz loyihasini yuklashi mumkin.

➡️ Tanlovga taqdim etiladigan loyiha yoki gʻoya ilmiy va innovatsion xarakterga ega boʻlishi kerak.

❗️ Sayt orqali yuklanadigan loyiha taqdimoti 5 ta slayddan iborat boʻlishi va hajmi 10 Mb oshmasligi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#XUSHXABAR

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi “Young University Rankings – 2022” (Yosh universitetlar reytingi – 2022) reyting natijalarini eʼlon qildi.

Reyting natijasiga koʻra, respublikadagi 4 ta oliy taʼlim muassasaci ilk bor yangi turdagi maqom — “Reporter” universitetlar qatorida eʼtirof etildi. Bular:

🏛 Toshkent davlat yuridik universiteti;
🏛 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
🏛 Turin politexnika universiteti;
🏛 Urganch davlat universiteti
.

Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qoʻyishdi.

➡️ Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3503

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

OTM rahbarlari “Skolkovo” dasturlari asosida oʻqitiladi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov “SKOLKOVO” boshqaruv maktabi rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv Rossiyaning ushbu nufuzli taʼlim tashkiloti delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida tashkil etildi.

➡️ Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/3504

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ilk marotaba akademik litseylar uchun davlat taʼlim standarti ishlab chiqildi

Mazkur DTS respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan OTM tasarrufidagi barcha akademik litseylar, shuningdek, “Temurbeklar maktabi” va “Yosh chegarachilar” harbiy akademik litseylari, Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari faoliyatini baholash hamda malaka talablari, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.

➡️ Batafsil

💾 DTSni yuklab olish

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ilm #fan #innovatsiya

⚡️Nazariya amaliyotga koʻchdi

🚥 Fargʻona politexnika instituti
olimlari tomonidan yaratilgan koʻchma svetoforlar serqatnov koʻchalarga oʻrnatilmoqda.

📌 Ahamiyatlisi, aqlli svetoforlar energiya tejamkor hisoblanib, quyosh batareyalarida ishlaydi va istalgan joyga oʻrnatish imkoniyati mavjud.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_uchun_motivatsiya

Talaba agar bir maqsadga ishonsa, unga umid bogʻlab, astoydil harakat qilsa u albatta amalga oshar ekan. Men bunga oʻzim misolimda amin boʻldim.

2021/2022 oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Risolat Maxsimova oʻz taassurotlarini boʻlishdi.


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!

AKFA universiteti 2022—2023-oʻquv yili uchun abituriyentlardan hujjatlar qabul qilishni boshladi.

Qabul jarayoni 17 ta yoʻnalish boʻyicha joriy yilning 20-avgust kuniga qadar davom etadi. Hujjatlar toʻliq onlayn qabul qilinadi.

✍️ Kirish imtihonlari 7-mart, 7-aprel, 7-may, 7-iyun, 7-iyul va 25-avgust kunlari oʻtkaziladi. Grant oʻrinlari uchun imtihon 7-iyul kuni boʻlib oʻtadi.

📑 Onlayn arizani toʻldirish jarayonida quyidagi hujjatlar elektron nusxasi talab etiladi:

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID);
- oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim haqidagi hujjat (shahodatnoma yoki diplom);
- 3,5 x 4,5 fotosurat;
- IELTS (yoʻnalishga qarab kamida 5.0 yoki 5.5 ball) yoki uning TOEFL yoki Duolingo English Test ekvivalenti.

❗️Abituriyent uchun universitet toʻgʻrisida bilishi zarur boʻlgan foydali manbalar:

➡️ Hujjat topshirish mumkin boʻlgan taʼlim yoʻnalishlar — http://www.akfauniversity.org/our-programs/;

➡️ 2022—2023-oʻquv yili uchun qabul shartlari — https://bit.ly/3HBFUpx;

➡️ Universitet faoliyati va qabul jarayoniga oid toʻliq maʼlumotlar — https://bit.ly/34hdUJv.

📞 Batafsil maʼlumot uchun:
Tel.: +998 71 200-01-23

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Talaba ham, ijarachi ham daromad solig‘i to‘lamaydi

▪️Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan talabani ijaraga qo‘ygan fuqaro ham daromad solig‘idan ozod qilinadi.

➡️ Talaba va ijaraga beruvchi shaxs tomonidan ijara shartnoma E-ijara interaktiv xizmati orqali ijara.soliq.uz saytiga kirib tuziladi.

📌 Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi

©️@manaviyateduuz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Professional taʼlim tizimidagi sirtqi va kechki taʼlimning huquqiy asosi mustahkamlanadi

📜 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Professional taʼlim muassasalarida sirtqi va kechki taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️Unga koʻra:

✔️oʻquv semestri yakunigacha boʻlgan muddatda sirtqi taʼlimda oʻqish mustaqil, shu jumladan, masofadan turib taʼlim olish shaklida amalga oshiriladi;

✔️oʻquvchi har bir semestr davomida tasdiqlangan reja-jadval asosida kamida bir marta taʼlim muassasasiga oʻquv sessiyasiga chaqiriladi;

✔️sirtqi va kechki taʼlimda masofadan turib oʻqitish oʻquvchilarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda amalga oshiriladi;

✔️kechki taʼlimda oʻqish bir haftada 4-5 kundan iborat bo‘ladi.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanlov

⚡️“Spark” avtomobiliga ega boʻlmoqchimisiz?

Shoir va yozuvchilar hayoti, ijodi haqida bilim va imkoniyatlaringizga ishonasizmi? Unda “Ilhom” mukofoti tanlovida ishtirok etib, oʻzingizni sinab koʻring!

“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

❇️ Tanlov gʻoliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1️⃣-oʻrin – “Spark” avtomobili;
2️⃣-oʻrin – 30 mln soʻm pul mukofoti;
3️⃣-oʻrin – 15 mln soʻm pul mukofoti.

Tanlov 2 bosqichda oʻtkaziladi:

👉 1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy taʼlim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;

👉 2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.

❗️“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash har yili Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.

Shoshiling, 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullariga ariza bilan murojaat qiling!

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pittsburg universiteti bilan akademik hamkorlik qiladi

AQSHning Pittsburg Universiteti, turli xalqaro reyting agentliklar ma’lumotiga ko‘ra, jahonning Top-200 universitetlari qatoriga kiradi.
Hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida Pittsburg universitetining taklifiga binoan joriy yilning 27-mart – 7-aprel kunlari Universitetning rektori – Jasur Alimdjanovich Rizayev boshchiligidagi delegasiyasi Pittsburg Universitetiga rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Univesitetning tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha bosh maslahatchisi prof. Anantxa Shekxar tomonidan bu bo‘yicha hamda universitetning fundamental tadqiqotlar markazi faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. 2022 yil davomida SamDTU va Pittsburg universiteti o‘rtasida akademik mobillik, ilmiy yo‘nalishlarda almashinuv dasturlar sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Oliygoh.uz | rasmiy
⚡️ IELTS sertifikati borlar uchun — “The Best Essay 2022” Respublika tanlovi

Registon ta’lim loyihasi Respublika miqyosida “The best essay 2022” tanlovini e’lon qiladi. Ishtirok eting va maxsus sovg‘alarni yutib oling!

Tanlov kimlar uchun?
IELTS 6 va undan yuqori yoki CEFR B2+ sertifikati borlar uchun

🏆 Mukofotlar: noutbuk kompyuter, planshet, mobile telefon, maxsus guvohnomalar, diplomlar va maxsus sovg'alar!

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🎉 G'oliblar munosib taqdirlanishadi. Eng muhimi, tanlov ishtirokchilarining barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar beriladi.

👉 Registration: @Best_essay_bot

👉 Apply for the competition
#SHARH

Qabul kvotalari kamaymaydi, aksincha 28 foizdan 38 foizga yetkaziladi

Maʼlumki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan 2022/2023 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi.

Unda koʻzda tutilayotgan ayrim oʻzgarishlar ijtimoiy tarmoqlar, jumladan “Qalampir.uz” internet nashrida “OTMga qabul oʻrinlari kamaytirilmoqda” mazmunida notoʻgʻri talqin qilinmoqda.

Aslida qanday?

Loyihaga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari jami 123 460 (bakalavr – 112 378, magistratura uchun – 11 082) nafar etib belgilanmoqda.

Alohida eʼtibor qaratish lozimki, bu koʻrsatkichlarda moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan 36 ta oliy taʼlim muassasasining toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul parametrlari koʻzda tutilmagan.

Agarda ushbu parametrlarni ham qoʻshib hisoblasak, 2021/2022-oʻquv yiliga nisbatan qabul kvotalari 10 foizga oshirilib, oʻtgan yilgi 180 ming koʻrsatkich bu yil 200 mingga yetkazilishi kutilmoqda.

Demak, qabul oʻrinlari kamaymaydi, aksincha oshiriladi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Xalqaro_anjuman

Chirchiq shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya!

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida “Yangi O‘zbekistonda pedagogik taʼlim innovatsion klasterini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazilmoqda.

Anjuman 6 ta shoʻbada taʼlimdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama etildi.
Mazkur anjumanda oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, akademik litseylar, umumiy o‘rta taʼlim maktablaridan 240 ga yaqin professor-o‘qituvchilar bilan bir qatorda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya Federatsiyasi, Polsha va Germaniya kabi xorijiy mamlakatlardan ham 40 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ilmiy-maqola va tezislari balan ishtirok etishmoqda.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida institut rektori, professor Muxamedov G’ofurjan Israilovich bugungi anjuman xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yo‘nalishlar va fanlararo gorizontal aloqalarni mustahkamlash borasida muhim ahamiyat kasb etishi xususida nutq so‘zladi.