Edu.uz
159K subscribers
17.6K photos
3.71K videos
230 files
11.2K links
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Manzil: Toshkent sh., Olmazor t., Universitet k., 7-uy. Tel.: 1006, 712306464

📲https://gov.uz/edu
📲instagram.com/edu.uz/
📲facebook.com/eduuzofficial
📲http://youtube.com/c/eduu
📲https://twitter.com/eduuzoffi
Download Telegram
#Turar_joy_dayjesti

🔰Bugungi kunda har bir OTM uchun talabalarni turar-joy bilan ta’minlash asosiy va dolzarb masala bo‘lib turibdi. Talabalarga qulaylik yaratish, ular uchun talabalar turar-joyidan joy olish imkonini berish, ijaraga turar-joy topishda ko‘maklashish maqsadida oliy ta’lim muassasalari tomonidan amaliy ko‘mak tadbirlari yְo‘lga qo‘yildi.

🔸Jizzax politexnika institutida talabalarning talabalar turar-joyiga joylashishi va ijaraga turar-joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi.

🔹Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida talabalarni turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha shtab tashkil etildi.

🔸Toshkent iqtisodiyot universitetining qo‘shimcha uyi borlarga murojaati: “Xonadoningizga bizning talaba yoshlarni ijaraga joylashtirsangiz, butun yashash vaqtidagi nazoratni o‘z zimmamizga olamiz”.

🔹Jizzax davlat pedagogika instituti prorektori bilan talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil qilindi.

🔸Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti prorektori bilan talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash yuzasidan ovozli chat tashkil qilindi.

🔹Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalar turar-joyiga talabalarni joylashtirishda adolat, halollik va oshkoralikni ta'minlash maqsadida hujjatlarni elektron platforma orqali qabul qilishni yo‘lga qo‘ydi.

🔸TIQXMMI Buxoro filiali direktori talabalar turar-joyida bo‘lib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va talabalarni yotoqxonaga joylashtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

🔹Urganch davlat universitetida talabalar turar-joyiga talabalarni joylashtirish adolat, halollik va oshkoralik mexanizmi asosida amalga oshirilmoqda.

🔸Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar-joyiga bir kunda 131 nafar talaba joylashtirildi.

🔹Guliston davlat universiteti yoshlar yetakchisi talabalar turar-joyida ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔸Namangan davlat universiteti rahbariyati tomonidan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida yotoqxona uchun belgilangan toʻlov miqdoriga chegirma belgilandi.

🔹Milliy rassomlik va dizayn instituti prorektori ishtirokida talabalarni turar-joyi bilan qamrab olish mavzusida ovozli chat tashkil qilindi.

🔸Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori bilan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash masalasida ovozli chat tashkil etildi.

🔹Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib o‘tgan onlayn muloqotda talabalarni turar-joy va ijaraga joylashtirishdagi imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

🔸Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filiali direktor o‘rinbosari bilan telegram kanali orqali talabalar turar-joyiga talabalarning joylashtirilishi tartibi mavzusi doirasida ovozli chat o‘tkazildi.

🔹TIQXMMI Qarshi filiali direktor o‘rinbosari bilan talabalarni turar-joy bilan ta’minlash mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

🔸O‘zbekiston milliy universiteti prorektorlari bilan talabalar turar-joyiga joylashtirish tartiblari mavzusida ovozli chat o‘tkazildi.

🔹Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rasmiy telegram kanalida talabalarning turar-joyga joylashishi va ijaraga turar-joy topishida ko‘maklashish bo‘yicha ovozli chat tashkil etildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov

👉 Matn formatida o'qish
👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

👉 Batafsil oʻqish
🎥 Video formatida koʻrish
👉 Kontrakt miqdorlari
👉 Kontrakt miqdorlarining taqqoslama jadvali
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 44 kun qoldi..
—————
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 44 дня.

👉🏻Телеграм - Фейсбук - Инстаграм - You Tube - Twitter
#So'ragan_edingiz

120-SAVOL:
Men qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliygohning 1-bosqichini yakunlab, oʻqishimni Andijon davlat universitetiga koʻchirish uchun hujjat topshirdim va imtihondan ham o‘tib chiqdim. Agar men bu yil ushbu imtihondan oʻta olmasam, kelgusi yili ham oʻqishni koʻchirish imkoni bo‘ladimi?

JAVOB:
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda oʻqishni koʻchirish ma’lum bir kursdan amalga oshirilishi belgilanmagan.

121-SAVOL:
Men keyingi yil texnikumni bitiraman. Universitetda o‘qishimni davom ettirmoqchiman. O‘zim xohlagan universitetga imtihonsiz topshira olamanmi?

JAVOB:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-KURSDAN o‘qishini davom ettirish mumkin.

👉 Bungacha berilgan savollarga javoblar
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Professional_ta'lim |#Qabul_2021

⚡️DIQQAT! ESLATMA‼️

❗️Bugun, 10-sentabr kollejlar va texnikumlarga 2021/2022-o‘quv yili uchun hujjatlarni onlayn qabul qilishning OXIRGI KUNI.

👉 Kollejlar uchun elektron platformahttps://kollej.edu.uz.

Kollejlarga quyidagi ta'lim shakllari bo'yicha kvotalar tasdiqlangan:

➡️ KUNDUZGI
➡️ KECHKI
➡️ SIRTQI
➡️ DUAL

👉 Texnikumlar uchun elektron platformawww.texnikum.edu.uz.

Texnikumlarga quyidagi ta'lim shakllari bo'yicha kvotalar tasdiqlangan:

➡️ KUNDUZGI
➡️ KECHKI
➡️ SIRTQI
➡️ DUAL

🔰Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

1️⃣ Elektron ariza to‘ldiriladi;

2️⃣ Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi yuklanadi;

3️⃣ passport ma’lumotlar kiritiladi.
———
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

🔘 Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:

▶️ Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

☑️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

➡️ Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

🎓 Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

➡️ Batafsil
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uzlidep #Mirziyoyev #saylov2021 #InsonQadriUchun

Inson farovonligi, erkinligi, xavfsizligi, qadri uchun

©️O'zLiDeP
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etishga ruxsat etildi

“Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (563-son, 09.09.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga koʻra, talabalar turar joylari davlat-xususiy sheriklik asosida quyidagi shakllarda barpo etiladi:

loyihalarni tadbirkorning oʻz mablagʻidan kelishiladigan shartlar asosida moliyalashtirish;
loyihalarni tadbirkor va Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan aralash moliyalashtirish (kamida 200 oʻrinli turar joyni barpo etish uchun);
loyihalarni tadbirkorning toʻliq oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish (kamida 400 oʻrinli turar joyni barpo etish sharti bilan).

Turar joylarni qurish uchun viloyat hokimlari tomonidan OTMga 0,5 gektargacha yer unga yaqin joylardan ajratiladi.

Tadbirkorga tegishli yer yoki binoda kamida 50 oʻrinli turar joy tashkil etish tizimi joriy etiladi.

💰 Bunda, toʻlov OTM bilan kelishiladi hamda u yerda yashagan har bir talaba uchun tadbirkorga bir oʻquv yili uchun Toshkent shahrida BHMning 10 baravari, boshqa hududlarda esa 5 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

☑️ OTMning oshxona va bufetlarini olgan tadbirkorlarga davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari qoʻllaniladi.

Bunda, tadbirkorlar talabalar uchun sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar tayyorlash hamda ularni arzon narxlarda sotish majburiyatini oladi.

📌 2021-yil 1-sentabrdan talabalar bilan ishlash boʻyicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda oʻrniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam koʻrsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

💼 Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.

Qarorga koʻra, respublika boʻyicha jami 228 ta talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022-yilda 47 ta, 2023-yilda 67 ta, 2024-yilda 62 ta, 2025-yilda 52 ta talabalar turar joylarining qurilishi belgilangan.
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Shavkat Mirziyoyev taqdim etayotgan Yangi O‘zbekiston strategiyasida oliy ta’lim tizimidagi vazifalardan

________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tokio shahridagi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari orasida OTM talabalari va bitiruvchilari ham ishtirok etib, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda terma jamoamizning g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishdi.
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Talabaga_yengillik

Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Hukumat qarori bilan talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilangan edi.

Ipoteka banki talabalarga imtiyozli taʼlim kreditini ajratish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilmoqda.

🎥 Batafsil videolavhada 👆

➡️ Ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati
________
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Rossiyaning “Бюджет” jurnali O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekiston” nomli maxsus sonini nashr etdi.

Unda O‘zbekiston hukumati vakillari so‘nggi 5 yilda mamlakatimizning turli sohalardagi yutuqlari xususida o‘z mulohazalarini bildirishgan. Xususan, jurnalda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulovning “Oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik” nomli maqolasi chop etildi.
_____
Российский журнал «Бюджет» совместно с Посольством Республики Узбекистан в Российской Федерации выпустил специальный под названием «Новый Узбекистан», посвященный 30-летию независимости нашей страны.

В нем рассказывается о достижениях современного Узбекистана в различных сферах жизни за последние годы. В журнале была опубликована статья Министра высшего и среднего специального образования Абдукодира Тошкулова на тему «Международное сотрудничество в сфере высшего образования».

📰 Читать статью
_
👉@eduuz