IT taʼlim
16.2K subscribers
2.26K photos
2.77K videos
3.86K files
2.98K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_uchun
Charades o'yini (fransuzcha “tomosha”)

Ushbu sodda, ammo klassik oʼyin darsni boshlashdan oldin oʼquvchilarni oʼz oʼrindiqlaridan turishga va darsga qatnashishga undaydigan ajoyib usuldir.

Resurslar: soʼzlar yozilgan kartochkalar.
Oʼtkazish tartibi: doska oldida turish uchun bir nafar oʼquvchini tanlang va oʼzingiz oldindan tayyorlagan biror soʼzni unga rolli ijro ettirin (gapirish mumkin emas). Sinfning qolgan qismi oʼquvchi nimani tasvirlamoqchi ekanini taxmin qilishi va topishi kerak. Oʼquvchilar oʼz taxminlarini baqirib aytishlari yoki qoʼl koʼtarib aytishlari bu sizning oʼqituvchilik mahoratingizga bogʼliq. Ijro etilgan soʼzni topgan oʼquvchi keyingi ijrochi sifatida doska oldiga taklif etiladi.

Eslatma: Oʼyin davomida barcha soʼzlarni yoki mavzuga oid soʼzni taʼriflash ham maqsadga muvofiq.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ustozlar_uchun
Finlyandiya taʼlim tizimida baholash

Bugun butun dunyo fin taʼlimini chuqur o‘rganishga kirishgan. Finlyandiya taʼlim tizimining taraqqiyotning tezligiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi bir qator farqli va samarali jihatlari mavjud. Ushbu jihatlar eng avvalo, erkinlik va mustaqillikka asoslangan. Finlyandiyada reyting yoki nazoratchi taʼlim inspeksiyasi mavjud emas.

O‘qituvchilar va maktablar katta avtonomiyaga ega bo‘lib, taʼlim tizimi o‘zaro ishonchga asoslanib qurilgan. Baholashning maqsadi nazorat qilish emas, balki boshqarish va rivojlantirish.

Batafsil: https://telegra.ph/Finlyandiya-ta%CA%BClim-tizimida-baholash-05-07

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
💡#Ustozlar_uchun hashtegi bilan e'lon qilingan foydali maqolalar to'plami

🔹Onlayn darslar uchun tavsiyalar
🔹Ta'lim texnologiyalaridan namunalar
🔹Ta'lim berishning dastlabki qonuniyatlari
🔹Kun davomida bilimlarni oʼzlashtirish darajasi
🔹Didaktik tamoyillar
🔹O'quvchilarni matematikaga qanday qiziqtirish mumkin?
🔹Sinf o’quvchilarini jipslashtiruvchi o’yinlar: "Haqiqat va yolg'on" o’yini
🔹O'qituvchi berishi mumkin bo'lmagan eng "yomon" savollar
🔹O’tilgan mavzuni mustahkamlovchi metodlar: Sinkveyn
🔹Darsga kirish qismi qilish uchun metodlar: "Warm up" metodi
🔹O'qituvchi e'tibor qaratishi kerak bo'lgan texnik qoidalar
🔹FSMU metodi
🔹FSMU- fikr, sabab, misol, umumlashtirish texnologiyasi
🔹”Kubik” metodi
🔹Agar o'quvchingiz darsga eshikdan emas derazadan kirsa nima qilar edingiz?
🔹Motivatsiya tomon yoʻl
🔹Guruhlarni boshqarish - moderatorlik
🔹Matematikani o'rgatish uchun 15 ta strategiya
🔹Munozara o'tkazish qoidalari
🔹Baholashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?
🔹Charades o'yini (fransuzcha “tomosha”)
🔹Finlyandiya taʼlim tizimida baholash
🔹"Kamroq – bu ko'proq" Finlyandiya ta'lim tizimiga singgib ketgan minimalizm
🔹MUSTAQIL TAʼLIM OLISH BOʻYICHA TAVSIYALAR
🔹Singapur ta'limini dunyodagi eng yaxshi ta'limga aylantirgan 6 ta omil
🔹Oʼquvchilarimizning aksariyati Matematikadan past natija koʼrsatishining sababi nima?
🔹Dunyodagi eng yaxshi yuzta o'qituvchining biri — Ingvi Omarssondan ta’limga doir 8 ta muhim savolga javob

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#ustozlar_uchun
Qanday qilib qiziqarli dars tashkil etish mumkin?

Zerikishning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biri bu-oʻzingiz qilayotgan ishdan zavqlanishdir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz oʻquvchilaringizga yaxshi kayfiyat bagʻishlasangiz, ular ham koʻproq narsani oʻrganishadi.

Hurmatli oʻqituvchilar, erta tongdan Sizga yaxshi kayfiyat hamrohligini tilaymiz!😊

Batafsil maqola bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ustozlar_uchun
Bolalarning yozish qobiliyatini rivojlantiruvchi amallar

Koʻpincha bolalarga biror mavzuda matn yozish vazifa qilib berilsa, ular buni qiyin topshiriq deb hisoblaydilar.

Biroq oʻqituvchilar qoʻllashi mumkin boʻlgan shunday usullar borki, ular yozishni oʻquvchingizning sevimli mashgʻulotiga aylantirishga yordam beradi.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin.

👉Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ustozlar_uchun
Oʻquvchilarni ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarini yaxshilovchi usullar

Bugungi taʼlimning oldida bolalarga nafaqat bilim berish, balki ularga ijtimoiy-hissiy taʼlim berish vazifasi ham turibdi.

Ijtimoiy-hissiy taʼlim — oʻz-oʻzini anglash, ijtimoiy farovonlikka erishish, akademik va shaxsiy hayotda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradigan hissiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonidir.

Quyidagi amallar oʻquvchilaringizdagi ijtimoiy-hissiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

👉Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube