IT taʼlim
16.8K subscribers
2.26K photos
2.77K videos
3.86K files
2.98K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
​​#Ustozlar_uchun.
Baholashda nimalarga e'tibor qaratish kerak?

O'quvchining o'zlashtirish darajasi faqatgina siz mavzuni qanchalik tushuntira olishingizga bog'liq emas. Baholash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu orqali siz o'quvchilar aynan nimani yaxshi o'zlashtirayotganini, kimda qanday kuchli va zaif tomonlar borligini aniqlaysiz. Kelgusi faoliyatingizni shunga qarab tashkillashtirasiz. O'quvchining o'zi ham siz bergan topshiriqdan keyin nimaga ahamiyat qaratishi kerakligini anglab yetadi. Mana shu jarayonni unumli tashkillashtirish uchun quyidagilarga e'tibor qaratish lozim.

Vaqt:
- topshiriq uchun ajratilgan vaqt
- belgilangan vaqt: boshlanish va tugash vaqti

Kutilgan natija:
- masalan, natija toʼliqligi yoki biror yechim namunasini qay darajada ko'rsata olganligi

Baholash mezonlari:
- Koʼp balli sistema boʼyicha
- Ogʼzaki savol-javob orqali
- Savolga berilgan javoblardan tashqari, oʼquvchi oʼzini qanday tutishi, reaksiyasi va muloqot qobiliyatlarini aniqlash

Muammo: yozma imtihonga nisbatan ogʼzaki imtihon oʼquvchi uchun psixologik jihatdan qiyinroq boʼladi.

Oʼquvchining natijasi oʼqituvchining savol berish tarziga bevosita bogʼliq:
- tushunarlilik
- bir maʼnolilik
- suhbatning ogʼir-bosiq, ishonch bildiruvchi ohangda olib borilishi
- oʼquvchi savollarga javob berishda qiynala boshlasa, osonroq savollar berilishi

Agar og'zaki imtihon olmoqchi bo'lsangiz:
Imtihon oluvchining subyektiv yondashuvini ( kayfiyati, yoqtirish yoki yoqtirmasligi ...) oldini olish uchun
- Аsosiy savollar va mazmun elementlari yozma ravishda rejalashtirilishi kerak
- Javoblar oldindan asosiy soʼzlar yordamida belgilangan boʼlishi kerak

Quyidagi baholash mezonlaridan iborat baholash formulalari ishlatilishi kerak:
- Toʼgʼri
- Qisman toʼgʼri
- Yordam berilgandan keyin toʼgʼri
- Xato
- Javob yoʼq

Baholashda yo'l qo'yiladigan xatolar:
- Xayrixohlik xatosi
- Kontrast xatosi (Kontrast – ikki narsa orasidagi keskin farq. Masalan, bolalar oʼzlashtirishidagi mayda farqlarni sezmaslik, ularga bir xil 4 qoʼyib ketaverish. Lekin, bola uyga vazifani oʼtgan safargidan yaxshi bajargan boʼlishi mumkin. Bu mayda muvaffaqiyat boʼlsa, oʼqituvchi sezmay oʼtishi mumkin.)
- Oʼrtacha baho berish xatosi
- Oʼz fikrini oʼzgartirmaslik xatosi
- Yoqtirmaslik xatosi
- Bir marta qolgan taassurot xatosi
- Kayfiyat xatosi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
G'ayrioddiy maktablar

Dunyodagi hamma maktablar ham doska, stol-stul va peshtaxtalardan iborat emas. Poyezd stansiyalarida o'qiydigan bolalar haqida eshitganmisiz? Qog'oz –kitobsiz ta’lim beradigan o'qituvchilar haqida-chi? Yoki qonun-qoidalarni o'quvchilarning o'zlari tuzadigan va uyga vazifalar berilmaydigan maktablar haqida-chi?

Batafsil: https://telegra.ph/Antiqa-maktablar-04-21

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
"Zamonaviy ustoz" haftalik ilmiy-ma'rifiy gazetasining to'rtinchi soni ham nashrdan chiqdi.

Gazetaning bu galgi sonidan ham ta'lim tizimidagi yangiliklar, tahliliy maqolalar va qiziqarli ma'lumotlar o'rin olgan.

📄Gazetaning elektron nusxasi

Вышел в свет четвертый номер еженедельной научно-просветительской газеты «Наставник».

В этом номере газеты также опубликованы новости, аналитические статьи и интересная информация о системе образования.

📄Электронная версия газеты

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Respublika ta’lim markazi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e'lon qiladi

Respublika ta’lim markazi "Bo‘lim boshlig'i" lavozimlariga to'liq bandlik asosida ishga taklif qiladi.

Yo‘nalishlar:
👉“Filologiya va chet tillarini o‘qitishni rivojlantirish bo‘limi”
👉“Darslik yaratish texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi”
👉“Maxsus pedagogika bo‘limi”
👉“Standart va baholash bo‘limi”
👉“Ijtimoiy fanlar, ijodiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘limi”
👉“Ta’limda raqamli resurslarni joriy etish bo‘limi”
👉“Xalqaro aloqalar bo‘limi”
👉“Matbuot xizmati”

Ishga qabul qilishda inobatga olinadi:
- Faoliyat yo‘nalishiga mos keluvchi kamida magistr yoki faoliyat yo‘nalishiga mos keluvchi sohada besh yildan kam bo‘lmagan ish staji;
- Xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
- Oʻz yoʻnalishida xalqaro nashrda ilmiy maqolalari chop etilgan boʻlishi.

Nomzodlardan rezyumelarni 2021-yilning 26-aprel sanasiga qadar rtmvshrjobs@gmail.com pochtasi orqali yuborish soʻraladi.

To‘liq ma’lumot uchun: 246-18-05

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
💫Farzandingizga matematikani sevishi va o'rganishiga yordam beradigan ikki foydali strategiya

👨‍👩‍👧‍👦Oilalar bolalarning 🔢 raqamlar va🔹️🔺️▪️ shakllarga bo'lgan tabiiy qiziqishini qo'llash orqali, ularning🧮 matematikaga bo'lgan umrbod muhabbatni rivojlantirishga yordam berishi mumkin.

Bu esa🏅 akademik muvaffaqiyatga asos yaratishi mumkin.

REL Northwest kompaniyasining ushbu qisqa videosi ota-onalar va vasiylarga bolalarga matematikani o'rganish va qadrlashda yordam beradigan ikkita amaliy , dalillarga asoslangan strategiyani o'rgatadi. 💥

🔔@UzbekistanEducationforExcellence
https://www.youtube.com/watch?v=Wpf1AwRRAR0
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ortga qaytgan “aql oqimi”

Respublika taʼlim markazi xorijda oʻqib, Xalq taʼlimi tizimiga qaytgan xodimlar bilan suhbat uyushtirdi.

Xorijda oʻqib qaytgan kadrlarning orttirgan tajribasi boʻlajak yosh kadrlarga "jonli misol" 😃 boʻladi degan umiddamiz.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
"1 daqiqa fransuzcha gapiramiz" chellenjida ishtirok eting!

Fransuz tilida og'zaki nutq ko'nikmalarini oshirishga yordam berish maqsadida Respublika ta'lim markazining Xorijiy tillar bo'limi "1 daqiqa fransuzcha gapiramiz" chellenjini e'lon qiladi.

Quyidagi mavzulardan birini tanlab, 1 daqiqalik videoingizni #10jours10concours , #parlefrançais1minute hashtegi ostida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtiring va @SaidovY telegram manziliga jo‘nating.

Tanlov mavzulari:
- 1-4- sinflar uchun: "Mening hobbiyim", "Mening uyim", "Mening sumkam"
- 5-8- sinflar uchun: "Mening maktabim", "Mening oilam" Men mutolaa qilishni yaxshi ko'raman", "Mening o'qituvchim"
- 9-11- sinflar uchun: "Kelajakdagi rejalarim", "Men yoqtirgan kasb", "Chet tillarini o‘rganish nega kerak?"
- Talabalar uchun: Mening talabalik hayotim
- Fransuz tili o‘qituvchilari uchun: "Fransuz tilining hayotimdagi o‘rni", "Yurtimizda fransuz tilining kelajagi"

📌Chellenj 20-apreldan 20-mayga qadar davom etadi. Yakuniy natijalar 21-25-may kunlari oralig‘ida e'lon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
​​Singapurdagi maktab direktori imtihonlardan avval ota-onalarga quyidagi mazmunda xat yozdi:

Aziz ota-onalar!
Tez orada maktab imtihonlari boshlanadi. Ishonchim komilki, har biringizda "bolam maktab imtihonlaridan yaxshi o'ta olarmikin?", degan hadik bor.
Bir narsani yodda tuting, imtihonda o'tirganlar orasida Matematikani chuqur tushunishiga hojat yo'q iste'dodli rassom, Tarixni chuqur o'rganmagan qobiliyatli tadbirkor, Kimyodan yuqori baho olomagan mahoratli musiqachi, Fizikadan ko'ra jismonan chiniqqanligi ahamiyatli bo'lgan sportchi o'tirgan bo'lishi mumkin.
Modomiki farzandingiz barcha fandan yuqori baho olsa, ajoyib! Biroq teskarisi bo'lsa... Agar shunday bo'lsa, iltimos, undan o'z-o'ziga bo'lgan ishonchni va eng qadrli bo'lgan jihatlarini tortib olmang. Unga hammasi joyida ekanligini ayting. Hayotda ulkan zafarlar olib keluvchi chinakam sinovlarni yengib o'tish uchun yashash muhim ekanini uqtiring. Har qanday sharoitda uni yaxshi ko'rishingizni his qilishiga yordam bering. Bitta imtihon yoki past baho insonning orzulari va istedodini yulib ololmaydi.
Farzandingizni shaxsiy rejalaringiz bilan yashashga majbur qilmang. Siz yaxshi pul topayotgan shifokor yoki muhandis eng baxtli insonlar, deb o'ylasangiz, xato qilasiz. Dunyoda eng baxtiyor va eng boy insonlar -- o'zi yaxshi ko'rgan ish bilan shug'ullanayotganlar. Farzandingiz qiziqishi va orzularini qo'llab-quvvatlang.
Iltimos, shunday qiling. Agar bularga amal qilsangiz, kun kelib farzandingiz dunyoni zabt etayotganiga guvoh bo'lasiz.

Hurmat bilan ...

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Maktablarda o'tilayotgan "Chaqiriqqqacha harbiy ta'lim"ning ahvoli qanday?

Respublika ta'lim markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasi bilan hamkorlikda Chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik ta'limi sohasida o'tkazilgan nazorat-tahlil tadbiri yakunlarini muhokama qilish maqsadida press-konferensiya tashkil etildi.

Tadbirda nazorat-tahlil natijasida o'rganilgan muammolar ko'rib chiqildi va ularning yechimiga oid takliflar bildirildi.

Batafsil: telegra.ph/Maktablarda-otilayotgan-Chaqiriqqqacha-harbiy-talimning-ahvoli-qanday-04-26

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Iqlimiy sandiqcha” dan foydalanib darslarni qanday tashkil qilish mumkin?

“Iqlimiy sandiqcha”ning imkoniyatlaridan foydalanib, SCIENCE, Fizika, Boshlangʻich sinflar hamda Tarbiya darslarida oʻquvchilarga ekologiya muammolari haqida maʼlumot berish va ularni bu muammolarga qarshi kurashishga undash mumkin.

Ushbu videodan qo'llanmaning 3-bobi — Iqlim oʻzgarishlarining oldini olish mavzusidan Fizika darslarida qanday foydalanish mumkinligini haqida bilib olasiz.

"Iqlimiy sandiqcha" interaktiv jamlanmasi O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamkorligida tayyorlandi va umumta'lim maktablariga bepul tarqatish uchun Xalq ta'limi vazirligiga sovg'a qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Bugungi dunyo va funksional savodxonlik

Savodxon kishi deganda odatda o'qish, yozish va osonroq matematik amallarni bajarish qobiliyati ega bo'lgan har qanday inson nazarda tutiladi.

Biroq, o'qiy olish, yoza olish va matematik amallarni bajara olish deganda biz nimani tushunamiz? Funksional jihatdan savodxon bo'lish uchun ushbu ko'nikmalarning qaysi darajasiga ega bo'lish kerak?

To'rtinchi sanoat inqilobi kishidan qaysi funksional savodxonlik turlarini talab qiladi?

Batafsil: https://telegra.ph/Bugungi-dunyo-va-funksional-savodxonlik-04-28-2

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiya fani o'qituvchilari uchun attestatsiya sinovlari qay tarzda o'tkaziladi?

Butun Respublikada o'qituvchilar uchun "sinovli kunlar"— attestatsiya davom etmoqda. Ko'pchilik Tarbiya fani o'qituvchilarini ham quyidadagi savollar qiynamoqda:

- Attestatsiya oʼtkazish kunlari va tartibi qanday belgilangan?
- Attestatsiya savollari asosan qaysi manbalardan beriladi?
- Berilgan adabiyotlarni qaysi elektron manbalardan olish mumkin?
- Testlar tarkibi nechta va qanday boʼladi?
- Oʼqituvchining asosiy qanday bilimlari baholanadi?

Video orqali bu savollarning barchasiga batafsil javob olishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube