IT taʼlim
21.2K subscribers
2.15K photos
2.74K videos
3.86K files
2.9K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни | Шуҳрат Саттаров - Республика таълим маркази директори
#1Oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Nima uchun Oʻzbekiston maktablarida “Tarbiya” fani joriy etildi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida nima uchun maktablarida “Tarbiya” fani joriy etilganining mohiyatini ochib berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy gʻoya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli gʻoya va tahdidlardan asrash, ularni oʻz mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

“Shu sababli biz birinchi marta umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etmoqdamiz”, — deya taʼkidladi Prezident.

Uning fikriga koʻra, maʼrifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qoʻllanmasi sifatida bugungi kunda ham oʻzining qadri va ahamiyatini yoʻqotgan emas.

“Biz “Tarbiya” fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur”- oʻz soʻzini yakunladi davlat rahbari.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1 октябрь – Ўқитувчи ва мураббийлар куни | Меҳринисо Пардаева - Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори
#1Oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
Respublika taʼlim markazi faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida Respublika taʼlim markazi faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqilishi haqida koʻrsatma berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, ularda nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlmoqda.

“Amaldagi taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlari asosan oʻquvchini taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlashga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularni erkin fikrlash va mustaqil hayotga tayyorlash masalasi eʼtibordan chetda qolmoqda. Bunday holatlarga barham berish uchun, xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozim”, -deya taʼkidladi.

Davlat rahbari marosimdagi nutqida umumtaʼlim maktablarida darslik va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimi mavjud emasligi hamda maktab darsliklarini yaratish va chop etishni tartibga solish masalasi ham dolzarb boʻlib qolayotganiga ham toʻxtalib oʻtdi.

Soʻz yakunida Respublika taʼlim markazi faoliyati zamonaviy talablar asosida tubdan qayta koʻrib chiqilib, takomillashtirilishi hamda markazning faoliyati Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir oʻrinbosari B.Musayev tomonidan shaxsan muvofiqlashtirilishi va nazoratga olinishi zarurligi aytildi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#ustozimga_maktub

Avval ham aytgandim. Bu voqeani takror va takror aytishdan charchamayman!

Adashmasam, 2005 yoki 2006-yillarning kuzi edi. “Andijon voqealari” dan ozroq vaqt oʻtgandi. Paxta rejasini bajarish har qachongidan ham kuchli davlat siyosatiga aylantirilgandi. Tuman markazidagi bozorda oʻqituvchi va oʻquvchilarning ota-onalari paxta chanogʻi qoʻlni yirtmasligi uchun qoʻlqop, shamollamaslik uchun issiq kiyimlar sotib olish bilan band edi.

Shunaqa vaqtlardan birida, katta tanaffus vaqtigacha kutmay, oʻqituvchidan ruxsat soʻrab, maktab hovlisidagi oshxonaga otlandim. Qornim ozroq ochqab qolgandi. Direktorimiz Homid domlaning xonalari yonidan oʻtayotib, telefon orqali boʻlayotgan muloqotni eshitib qoldim:

“Bilaman, bilaman hokim buva, paxta davlat siyosati. Lekin ertaga vatanni rivojlantiradigan yoshlarni tarbiyalashimiz ham kerak. Keling, bizning oʻqituvchilar, oʻquvchilarimizni paxtaga chiqarmang, iltimos. Paxta rejasini ilojini qilib texnik xodimlar va homiylarimiz bilan birga bajararmiz, sotib olarmiz, balki. Keling endi, iltimos...”

Bu suhbatni mendan boshqa hech kim eshitmadi. Ana shunda direktorimizga hurmatim yana-da oshdi. Menga shu suhbat orqali yana bir dars bergandi. Doim iloji topiladi, faqat xohish boʻlsa bas. Unga yuqoridan buyruq deb, hammani paxtaga haydash qulay edi. Lekin u millatning kelajagi — oʻquvchilarini oʻyladi. Tushundingiza, nima demoqchiligimni?

1998-yili Fargʻona viloyati Oltiariq tumani Hamza (hozirda Tinchlik) shaharchasidagi 1-ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab internatiga imtihon asosida qabul qilinib, 11 yil davomida tahsil oldim. Biror marta paxtaga chiqmadik. Sovuq chanoqlarni qoʻlimiz tutmadi. Hozir ham Homid domla ushbu maktabda direktor, viloyatda domla va uning jamoasining obroʻsi katta.

Hozirda bu maktabni bitirganlar katta-katta dargohlarda ishlashmoqda. Bu hammasi mazkur maktab jamoasining mehnati evaziga boʻldi va boʻlmoqda. Qadrli ustozlar, murabbiylar! Barchangizni bayramingiz bilan tabriklayman. Sizlarga boshim yerga tekkunicha taʼzimdaman. Jamiyatda mavqeingiz doim yuksakda boʻlsin. Sizlar eng yaxshilariga munosibsiz. Boringizga shukr!

@Zafarbek_Solijonov

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЮНИСЕФнинг Ўзбекистондаги масъули барча устоз ва мураббийларга табрик йўллади (ВИДЕО)

Бугун, 1 октябрь – Устоз ва мураббийлар куни билан барча Ўзбекистон устозларини чин дилдан қутлайман! жаҳон тажрибаси шуни кўрсатмоқдаки, таълим сифати айнан ўқитувчи шахсига боғлиқ. Ўзбекистондаги 500 мингдан ортиқ халқ таълими соҳасида фаолият кўрсатаётган ўқитувчилар ҳар кун жамият ривожи йўлида ўз меҳнатини аямай, кичик қаҳрамонлик кўрсатиб келмоқдалар.

Менинг ватаним Ҳиндистонда шундай дейишади: «Устоз худога тенг». Ҳақиқатдан ҳам, устозларнинг машаққатлари инсоннинг камол топишига, уни етук, жамиятга фойдали шахс бўлиб етишишига хизмат қилади.

Яна бир бор барчангизни устоз ва мураббийлар куни билан чин дилдан муборакбод этаман.

Ҳурмат ила,
Дипа Шанкар,
ЮНИСЕФнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси таълим секцияси бошлиғи


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ota_onalar_uchun

Hurmatli ota-onlar, pandemiya davrida Siz oʻzgartira oladigan muhim bir vaziyat bor. Bu farzandlaringizga gigiyena qoidalariga amal qilishning muhimligini uqtirishdir.

Ushbu posterlarni bolalaringiz bilan birgalikda tomosha qilib, ulardan fikrlarini soʻrang!

5-6 daqiqa birgalikdagi muhokamaga ajratilgan vaqt virusdan zararlanish xavfini kamaytirishiga ishonamiz!

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Qo`llarni yuvish nima uchun muhim va ular qachon yuviladi?

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Gigienik tarbiyadan so'ng ushbu so'rovnomada ishtirok etishni unutmang!
Posterlar farzandizga ma'qul bo'ldimi? Farzandingiz ayniqsa, pandemiya sharoitida gigiena qoidalariga amal qilish muhimligini angladimi?
Anonymous Poll
49%
Xa, manzur bo'ldi. Muhimligini anglab yetdi.
9%
Xa, manzur bo'ldi, biroq muhimligini anglamadi.
7%
Postlar manzur bo'lmadi.
15%
Bunga ehtiyoj yo'q. Farzandim gigiena qoidalariga amal qiladi. Muhim ekanligi uqtirilgan.
20%
Farzandimga gigiena qoidalari uqtirilgan bo'lsada, yana bir bor ushbu postlar bilan birga ishladik.
#Jahon_mamlakatlarining_talim_tizimi
ISPANIYA

Ispaniyada barcha bolalar uchun bepul oʻqitiladigan davlat maktablari, katolik cherkovi yoki mahalliy hokimiyat tomonidan moliyalashtiriladigan yarim davlat maktablari va xalqaro bakalavr diplomini olish imkoniyatini beradigan xususiy maktablar (colegios privados) mavjud.

Ispaniya maktablarida oʻqitish nafaqat ispan tilida, balki mamlakat mintaqasiga qarab ikkinchi rasmiy tilda (kataloniya, valensiya va boshqalar) olib boriladi, uni oʻrganish majburiydir.

Ikkinchi yoki uchinchi soat darsdan soʻng maktab oʻquvchilariga tushlik uchun tanaffus beriladi. Shuningdek ota-onalarga bolalarga tushlik uchun qanday ovqat berish kerakligi haqidagi “tushliklar taqvimi” deab ataluvchi tavsiyalar beriladi. Katta yarim soatlik tanaffusda bolalar maktab hovlisida oʻynashadi. Maktabda ikkinchi yilga qolish odatiy holat.

Qo`shimcha ma`lumotlar infografika orqali berildi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#rasmiy_munosbat
Rus tilidagi “Yozuv” daftarida lotin harflari bosilib ketmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1-sinflar uchun rus tilida oʻqitiladigan “Yozuv” mashqlari daftari boʻyicha shikoyatlar oʻz tasdigʻini topmadi.

“Yozuv” daftari mualliflari daftaridagi mashqlar oʻquvchilarni "в" va "д" kichik harflarni yozishga va mayda motorikani rivojlantirishga tayyorlaydigan harflarning alohida elementlari ekanligini maʼlum qildi.

Shunga asoslangan holda, Respublika taʼlim markazi rus tilida oʻqitiladigan “Yozuv” daftaridagi belgilar lotin alifbosidagi kichik “L” harfi emas, rus tilidagi kichik “в” va “д” harflarining elementlari ekanligini xabar qiladi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram