IT taʼlim
20.9K subscribers
2.16K photos
2.74K videos
3.86K files
2.91K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilindi. Shu asosda oʻquvchida kerakli koʻnikmalar shakllantiriladi

USAID va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida “O'zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi amalga oshirilmoqda.

Hozirda loyiha doirasida Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilinib 8 ta sektor tanlab olindi. Shu asosda oʻquvchida qaysi ko'nikmlar shakllantirilishi kerakligi aniqlandi. Bu haqida batafsil 10-12-avgust kunlari loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan tajriba almashinuv seminarida eʼlon qilinadi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Xabar berganimizdek, xalqaro trenerlar ishtirokida nemis tili o‘qituvchilari uchun tashkillashtirilgan seminarning 3-4- kunlari CLIL metodini o’rganish va qo’llashga bag’ishlandi.

Bugunga qadar ushbu metoddan Respublikamizning 10 ta maktabida foydalanilmoqda. Bu yondashuv tilni o`qitish markaziga emas muloqot vositasiga aylantiradi.

Mayizni gazlangan suvga solsak, cho’kadimi yoki suv yuzasida turib qoladimi? Sharni puflamasdan qanday shishirish mumkin? Endi bolalar bu kabi qiziqarli savollarga javob topish jarayonida nemis tilini ham o'rganadilar.

Seminar davomida ishtirokchilar KinderUni va JuniorUni raqamli ta’lim platformalaridan foydalanib, o’zlari mustaqil tarzda CLILiG dars ishlanmalarini yaratishdi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o'quv yilingizni yangi metodlar bilan boshlang!

🔹 O'quvchilarni darsga qiziqtira olmayabsizmi?
🔹 Endi ta'lim sohasiga kirib keldingiz va dars o'tishda tajribangiz kamlik qilyabdimi?
🔹 Eng yangi metodlardan xabaringiz yo'qmi?

Unda bu dars siz uchun❗️

🎯 Sizni 9-avgust seshanba kuni soat 20:30 da bo'lib o'tadigan "O'quvchilarni darsga qiziqtirishning 3 usuli" nomli bepul onlayn darsga taklif qilamiz.

⚡️ Dars so'ngida yana o'quvchilar bilan til topishish, qanday sevimli va hamma hurmat qiluvchi ustoz bo'lish va bu sohada yuqori natijalarga erishish haqida qimmatli tajribaga ega bo'lasiz.

Bepul onlayn darsga kirish uchun quyidagi kanalga o'ting 👇
https://t.me/+ZrjdsmEKTrUzNTRi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Вазир ва вазир ўринбосарлари иштирокида ўтган матбуот анжуманида соҳага доир муҳим масалалар қизғин муҳокама этилди

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Халқ таълими вазирлигининг 2022 йил 6 ойлик фаолияти якунлари ҳамда янги ўқув йилига тайёргарлик масалаларига бағишланган матбуот анжумани ўтказилди.

Тадбир аввалида вазирлик фаолиятининг 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари ҳамда бу борада амалга оширилган энг муҳим вазифалар ижросига доир муҳим масалаларга алоҳида тўхталиб ўтилди.

Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/656


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ustozlar Milliy forumi — yangi o'quv yiliga oʻzgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Ustozlar Milliy forumi” tashkil etiladi.

Xalqaro forum davomida pedagoglar, fan mutaxassislari, ta’lim muassasalari rahbarlari ta’lim mazmuni va metodikasi, maktab boshqaruvining zamonaviy usullaridan boxabar boʻladilar.

👨‍🎓YUNESKOning Oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻlimi boshligʻi, xalqaro taʼlim siyosati boʻyicha ekspert — Karlos Vargas Tamez, Toshkent Xalqaro maktabi direktori — Bill Kralovek, Singapurdagi Nanyang Texnologiya Universiteti professori — Choy Ban Heng, Turkiyadagi Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti Tabiiy fanlar professori — Dilek Erduran Avci o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishadi.

📌Forumni Zoom platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin👇
https://unesco-org.zoom.us/j/85313778929

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Ustozlar Milliy forumining yalpi yig'ilishi soat 10:00 da boshlanadi

📌Forumni YouTubedagi jonli efir orqali kuzatish uchun link:
https://www.youtube.com/watch?v=TmkG_jZPxBI

📌Ustozlar milliy forumining barcha shoʻbalari soat 14:00 dan boshlab YouTube orqali jonli efirda uzatiladi. Youtube linklari soat 13:45 da Respublika taʼlim markazi @edurtm_uz telegram kanali eʼlon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Ayni_vaqtda
#Ustozlar_milliy_forumidan

Xalq taʼlimi tizimidagi muammolar faqatgina Xalq taʼlimi vazirligi harakatlari bilan hal boʻlib qolmaydi. Taʼlim tizimi millionlab kishilarni birlashtirgan zanjir. Bu zanjirning bittasi uzilib qolsa ham tizim buziladi.

Shuning uchun, aziz ustozlar kichik bir oʻzgarish qilish uchun ham har birimiz harakat qilishimiz kerak.

©️Baxtiyor Saidov, Xalq ta'limi vaziri

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube