IT taʼlim
20.9K subscribers
2.16K photos
2.74K videos
3.86K files
2.91K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💡AQSH ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan o'zbek olima ayoli bilan suhbat

🔹"O‘qituvchiga o‘z ustida ishlash uchun vaqt qoldirish zarur!"
🔹"Agar o‘qituvchining ko‘rsatkichi past bo‘lsa uning litsenziyasi olib qo'yiladi".
🔹"O‘qituvchining qo'lida o‘quvchining tarbiyasini nazorat qiluvchi richag bor".

AQSH ta'lim tizimi rivojiga hissa qo'shayotgan bu elementlar haqida 10 yildan ko'proq AQSH maktablarida ishlagan, pedagogika fanlari doktori — Mavluda Oripova bilan o'tkazilgan suhbat orqali bilib olishingiz mumkin.

🎥Suhbatni YouTube da tomosha qilish.
📄Suhbatni matn ko'rinishida o'qish.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Yangi o'quv yilidan Ona tili hamda Ona tili va o'qish savodxonligi fanlaridan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yuboriladi

Milliy o'quv dasturi asosida yangi avlod darsliklari amalga joriy qilingan sinflar uchun Ona tili va o'qish savodxonligi hamda Ona tili fanlaridan taqvim rejasida ko'rsatilgan nazorat ishlari uchun materiallar hamda baholash mezonlari Respublika taʼlim markazi tomonidan tayyorlanadi hamda tavsiya (hozircha oʻqituvchilar aynan shu materiallar asosida baholashga majburlanmaydi) sifatida oʻqituvchilarga yuboriladi.

Respublika taʼlim markazi baholash bo'yicha mutaxassisi Shokir Tursunning taʼkidlashicha, ushbu nazorat materiallari orqali maʼlum davr oralig'ida o'quvchilar oʻzlashtirishi lozim boʻlgan ko'nikmalar tekshiriladi.

Bundan tashqari, nazorat materiallarini tahlil qilish bo'yicha qo'llanma ham boʻlib, o'qituvchilar oʻquvchilarining baholarini batafsil izohlab berish imkoniga ega bo'ladilar.

Respublika ta'lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari Xalq ta'limi vazirligiga taqdim etiladi, vazirlik belgilangan taqvim-reja asosida hududiy xalq ta'limi boshqarmalarini nazorat materiallari bilan ta'minlaydi.

📌Nazorat materiallari yuboriladigan fanlar va sinflar roʻyxati:

1-, 2-, 3-sinflar uchun Ona tili va oʻqish savodxonligi;
6-, 7-, 10-sinflar uchun Ona tili.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro ekspertlar Yasmin Sitabkhan va Chelsea Peters ishtirokida 80 nafar oʻqituvchi uchun 4 kunlik treninglar boʻlib oʻtdi

Xalq taʼlimi vazirligi va USAIDning “Oʻzbekiston barkamollik uchun taʼlim dasturi” hamkorligida ona tili va oʻqish savodxonligi hamda matematika fanlaridan Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan tashrif buyurgan 80 dan ortiq oʻqituvchilar uchun 4 kunlik treninglar oʻtkazildi.

Treningni xalqaro ekspertlar Yasmin Sitabkhan va Chelsea Peters olib bordi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilindi. Shu asosda oʻquvchida kerakli koʻnikmalar shakllantiriladi

USAID va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda yoshlarni ishga joylashtirish imkoniyatini oshirish maqsadida “O'zbekistonda yoshlar bandligi va tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi amalga oshirilmoqda.

Hozirda loyiha doirasida Oʻzbekiston mehnat bozori tadqiq qilinib 8 ta sektor tanlab olindi. Shu asosda oʻquvchida qaysi ko'nikmlar shakllantirilishi kerakligi aniqlandi. Bu haqida batafsil 10-12-avgust kunlari loyiha ishtirokchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan tajriba almashinuv seminarida eʼlon qilinadi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Xabar berganimizdek, xalqaro trenerlar ishtirokida nemis tili o‘qituvchilari uchun tashkillashtirilgan seminarning 3-4- kunlari CLIL metodini o’rganish va qo’llashga bag’ishlandi.

Bugunga qadar ushbu metoddan Respublikamizning 10 ta maktabida foydalanilmoqda. Bu yondashuv tilni o`qitish markaziga emas muloqot vositasiga aylantiradi.

Mayizni gazlangan suvga solsak, cho’kadimi yoki suv yuzasida turib qoladimi? Sharni puflamasdan qanday shishirish mumkin? Endi bolalar bu kabi qiziqarli savollarga javob topish jarayonida nemis tilini ham o'rganadilar.

Seminar davomida ishtirokchilar KinderUni va JuniorUni raqamli ta’lim platformalaridan foydalanib, o’zlari mustaqil tarzda CLILiG dars ishlanmalarini yaratishdi.

Batafsil

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o'quv yilingizni yangi metodlar bilan boshlang!

🔹 O'quvchilarni darsga qiziqtira olmayabsizmi?
🔹 Endi ta'lim sohasiga kirib keldingiz va dars o'tishda tajribangiz kamlik qilyabdimi?
🔹 Eng yangi metodlardan xabaringiz yo'qmi?

Unda bu dars siz uchun❗️

🎯 Sizni 9-avgust seshanba kuni soat 20:30 da bo'lib o'tadigan "O'quvchilarni darsga qiziqtirishning 3 usuli" nomli bepul onlayn darsga taklif qilamiz.

⚡️ Dars so'ngida yana o'quvchilar bilan til topishish, qanday sevimli va hamma hurmat qiluvchi ustoz bo'lish va bu sohada yuqori natijalarga erishish haqida qimmatli tajribaga ega bo'lasiz.

Bepul onlayn darsga kirish uchun quyidagi kanalga o'ting 👇
https://t.me/+ZrjdsmEKTrUzNTRi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Вазир ва вазир ўринбосарлари иштирокида ўтган матбуот анжуманида соҳага доир муҳим масалалар қизғин муҳокама этилди

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида Халқ таълими вазирлигининг 2022 йил 6 ойлик фаолияти якунлари ҳамда янги ўқув йилига тайёргарлик масалаларига бағишланган матбуот анжумани ўтказилди.

Тадбир аввалида вазирлик фаолиятининг 2022 йил 1-ярим йиллик якунлари ҳамда бу борада амалга оширилган энг муҳим вазифалар ижросига доир муҳим масалаларга алоҳида тўхталиб ўтилди.

Батафсил: 👉https://uzedu.uz/y3/news/656


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ustozlar Milliy forumi — yangi o'quv yiliga oʻzgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti hamkorligida “Ustozlar Milliy forumi” tashkil etiladi.

Xalqaro forum davomida pedagoglar, fan mutaxassislari, ta’lim muassasalari rahbarlari ta’lim mazmuni va metodikasi, maktab boshqaruvining zamonaviy usullaridan boxabar boʻladilar.

👨‍🎓YUNESKOning Oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻlimi boshligʻi, xalqaro taʼlim siyosati boʻyicha ekspert — Karlos Vargas Tamez, Toshkent Xalqaro maktabi direktori — Bill Kralovek, Singapurdagi Nanyang Texnologiya Universiteti professori — Choy Ban Heng, Turkiyadagi Burdur Mehmet Akif Ersoy Universiteti Tabiiy fanlar professori — Dilek Erduran Avci o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishadi.

📌Forumni Zoom platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin👇
https://unesco-org.zoom.us/j/85313778929

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Ustozlar Milliy forumining yalpi yig'ilishi soat 10:00 da boshlanadi

📌Forumni YouTubedagi jonli efir orqali kuzatish uchun link:
https://www.youtube.com/watch?v=TmkG_jZPxBI

📌Ustozlar milliy forumining barcha shoʻbalari soat 14:00 dan boshlab YouTube orqali jonli efirda uzatiladi. Youtube linklari soat 13:45 da Respublika taʼlim markazi @edurtm_uz telegram kanali eʼlon qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube