IT taʼlim
21.5K subscribers
2.14K photos
2.73K videos
3.86K files
2.9K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#Ayni_vaqtda
#Xalqaro_aloqalar
Yaponiya Oʻzbekiston maktablari uchun matematikani oʻzlashtirishga qaratilgan raqamli dasturni taklif qildi

Tadqiqotlarga koʻra, 1-4-sinfda ota-onalar bolalari bilan shugʻullangani bois oʻzlashtirish yaxshi boʻlib yuqori sinflarda susayadi. Sababi yuqori sinf dasturlari murakkablashgani sari ota-onalar darslarni tushuntirishga qiynaladilar.

“Digital drill” raqamli platformasi esa Yaponiya maktablarida 6-7-sinflarning aynan oʻzlashtirishi qiyin boʻlgan oʻquvchilarni matematika dasturlarini oson va sodda tushunishga qaratilgan.

BATAFSIL

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_geografiya
Darslikda geoxronologik jadvalning rasm koʻrinishida berilishi oʻquvchida yerning shakllanish bosqichlari haqida tasavvur uygʻotadi

Geoxronologik jadval avval faqat jadval koʻrinishida berilganligi tufayli oʻquvchilar bu jadvalning mazmunini tushunmagan. Lekin endi bu jadval rasmli koʻrinishda ham berilgan. Natijada oʻquvchilar yerning bugungacha boʻlgan shakllanish bosqichlarini tasavvur qila oladilar.

©️Zuhra Xasanova. Xorazm viloyatidagi 5-maktabning geografiya fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_kimyo

Oddiy yelim idish, soqol olish vositasi va turli ranglar yordamida bajarilgan tajriba orqali o'quvchilar kislotali yomg'ir nima ekanligi va uning atmosferaga zarari haqida bilib olishdi.

©️Nafisa Mirzayeva. Xorazm viloyatidagi 40-maktabning Kimyo fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya

"10-sinf Biologiya darsligida modifikatsion jadval grafik-chizma asosida tasvirlanganligi o'quvchilar bu mavzuni osonroq o'zlashtirishini ta'minlaydi".

©️Zulayxo Bobonorova. Samarqand viloyatidagi 14-maktabning biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_tabiiy_fan

"Ilgari “qayering ogʻriyapti?” degan savolga faqat “qornim”, deb javob bergan oʻquvchilar, Tabiiy fanlar darsligidagi odam tana organlarini modellashtirish topshirigʻidan keyin aynan qaysi organida ogʻriq borligini aniq ayta oladi"

©️Sharipboy Xudoyberganov. Xorazm viloyatidagi 50-maktabning Tabiiy fan o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot

28 yillik ish tajribamga asoslangan holatda tavsiya etilayotgan darsliklarimizda berilgan barcha mavzularni qoʻllab-quvvatlayman!

©️Lobar Rustamova, Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani 1-IDUM ona tili va adabiyot oʻqituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_adabiyot
Yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi

Badiiy asarni tahlil qilishda men har bir qismni ochib berish uchun adabiyotshunoslik nazariyasiga oid kitoblarga murojaat qilar edim. Zamonaviy darslik bunga zarurat qoldirmadi, sababi endi yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi.

©️Muharram Kamolova, Buxoro viloyati Jondor tumani 2-sonli IDUMning oliy toifali Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_tasviriy_sanat
Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga undaydi
STREET ART, POP ART, 3D texnikasi, GRAFITTO, ZENTAGLE VA DOODLING, Kompyuter grafikasi, haykaltaroshlik va yangi fotografiya kompozitsiyasi darslikni yana ham qiziqarli va sermazmun boʻlishiga asos boʻlgan. Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga, kreativ yondashishiga va oʻz ustida koʻproq ishlashga undaydi.

©️Maftuna Mardonova , Samarqand viloyati Toyloq tumani 3-maktabning Tasviriy san'at fani o'qituvchisi

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Yangi darslikning meni quvontirgan jihati, bu darslikka O'zbekistonning hayvonot va o'simliklar dunyosi kiritilganligi bo'ldi

Bu esa ularga darslikda berilganlarni hayotda o'z ko'zlari bilan ko'rish imkonini berish bilan birga, yurtimizga muhabbat hissini ham uyg'otadi.

©️Nodira Otajonova. Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 8-maktabning Biologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_texnologiya
Texnologiya darsligi bilan oʻquvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uygʻonadi

Texnologiya darslarida robototexnika asoslarining ham oʻrgatilishi ular kelajakda bundan-da murakkab texnologiyalarni yaratishlari mumkinligiga ishonch uygʻotadi.

©️Bibixatysha Nietullaeva. Qoraqalpog'iston Respublikasi Shumanay tumani 7-maktabning Texnologiya fani o'qituvchisi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Yangi yaratilgan kitoblarni tajriba-sinov viloyatlariga tarqatish jarayoni haqida hikoya hamda loyiha boshqaruvchilari va hamkorlaridan olingan intervyular

🇺🇲Visual story on the new books distribution to the selected regions of Uzbekistan, including commentaries from the Program managers and partners.

🔊Rasmiy telegram kanalimizga obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring⬇️ @UzbekistanEducationforExcellence

🔊Subscribe to our official channel and follow the news ⬇️
@UzbekistanEducationforExcellence
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉Fransuz tilida adabiyot
👉Xitoy tilida matematika
👉Nemis tilida falsafa
👉Ingliz tilida sanʼat
👉Ispan tilida jismoniy tarbiya

👩‍🏫O'zingizni til o'qituvchisi deb hisoblashdan ko'ra, 👩‍🎨o'zingizni fan o'qituvchisi deb tasavvur qiling.

Asosiy farq shundaki, sizning o'quvchingiz ushbu fanni CLIL metodi orqali boshqa tilda o'rganishadi.

📖22 nafar kuchli o'qituvchilar nemis tilini o'qitishda CLIL metodini qo'llash yuzasidan narrativ yondashuvni amaliyotga joriy qilgan Gyote Institutning Bratislava filiali mutaxassisi, xalqaro darajadagi germaniyalik trener Beate Menzlovadan dars olishni boshlashdi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qashqadaryo_seminari_biologiya
Baxtiyor Sheraliyev: "Mukammal darslik yaratish amalda imkonsizligini hisobga olib aytaman, darslik kamchiliklardan holi emas, ammo zamonaviy yondashuvlar asosida yaratilgani va boyitilgani haqiqat"

Darsliklarimizda ilgari milliy misollar ya'ni O'zbekiston sharoitidagi hayvon va o'simliklar kam uchrar edi, hozir yangi avlod darsliklarida esa o'quvchi bemalol kundalik hayotida ko'rib o'rgana olishi mumkin bo'lgan misollarga urg'u berildi.

Shuningdek, darslikning yana bir o'ziga xosligi sifatida undagi tasvirlarning ko'pligi va shu tasvirlarning o'quvchiga ovozli tarzda ma'lumot uzatishini aytish kerak.

Undan tashqari nazariy va amaliy bilimlar taqsimotida 60/40 ya'ni amaliy bilimlar ulushining nazariy ma’lumotlardan sezilarli darajada oshganini ko'rish mumkin.

©️Baxtiyor Sheraliyev, Xitoy Chongqing shahridagi Janubiy-g'arbiy universitet PostDoc tadqiqotchisi, biolog olim

Kanalga obuna bo'lish:
👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qashqadaryo_seminari_matematika
Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi.

3-sinfda parellel perpendikulyar chiziqlar figurani burish, siljitish va aylantirish degan mavzular qo‘yildi.

Shuningdek, darsliklarda masalalarni kengroq ya’ni illustratsion, grafik asosidagi, jadval ko‘rinishidagi turlarini qamrab olish hisobiga matnli masalalarni qisqarganini aytish mumkin.

Bundan ko‘zlangan maqsad, eng avval, bolani tasvir va jadvallarga qarab masala tuza olish va mustaqil fikrlashga undash. Shuningdek, matnli masalalarni qisqa shaklda qayta yozib, ishlash kabi uzoqroq vaqt talab qiluvchi yondashuvlardan qochish. Bundan tashqari fanlararo integratsiyani ham usullar orqali yo‘lga qo‘yish.

©️Toshkent davlat Pedagogika universiteti dotsenti, matematika darsligi muallifi Lola O'rinboyeva

Batafsil
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Qashqadaryo_seminari
Milliy o'quv dasturini 3-, 6-, 7-,10- sinflarda amaliyotga joriy etuvchi pedagog kadrlar uchun tashkil etilgan Qashqadaryo o'quv-seminarini yoritish yuzasidan tayyorlangan materiallar jamlanmasi

🔷Qashqadaryoda Respublika oʻquv seminarining ochilishi boʻlib oʻtdi
🔷Endi bolalardagi jamoaviy ishlash koʻnikmasi ham individual ishlash koʻnikmasi bilan birdek shakllantiriladi
🔷Yuqori sinflarda grammatika qoidalar beriladimi?
🔷Geografik xaritalar darslikda ilk bor 3 tilda beriladi
🔷Qashqadaryo seminaridan fotolavhalar
🔷Adabiyot real hayotda uchraydigan muammolarga yechim topishni ham oʻrgatishi kerak
🔷Darslikdagi kichik bir hikoya orqali “bullying”ning ayanchli oqibatlari koʻrsatilgan
🔷Darslikda savollarni “sizningcha”, “nima deb oʻylaysiz” tarzida berdik
🔷Oʻquvchida turli holatlarni taqqoslab tahlil qilish koʻnikmasi ham shakllantiriladi
🔷Sinfdagi 35 ta bola kelajakda egallashi mumkin boʻlgan turli kasblarning elementlari mavzularga singdirilgan
🔷Yangi o'quv yilidan boshlab nemis tili darslari Klett nashriyotining darsliklari asosida o'tiladi
🔷Tarix darsligidagi tasviriy maʼlumot koʻpaygani bola egallaydigan bilim hajmini qisqartirmaydi, aksincha uni samaraliroq yetkazib beradi!
🔷Darslikda geoxronologik jadvalning rasm koʻrinishida berilishi oʻquvchida yerning shakllanish bosqichlari haqida tasavvur uygʻotadi
🔷Kislotali yomg'ir hodisasi amaliyotda ko'rsatib berildi
🔷10-sinf Biologiya darsligida modifikatsion jadval grafik-chizma asosida tasvirlanganligi ajoyib yangilik
🔷Tabiiy fanlar darsligidagi odam tana organlarini modellashtirish topshirigʻidan keyin bolalar aynan qaysi organida ogʻriq borligini aniq ayta oladi
🔷28 yillik ish tajribamga asoslangan holatda tavsiya etilayotgan darsliklarimizda berilgan barcha mavzularni qoʻllab-quvvatlayman!
🔷Yangi adabiyot darsligi badiiy asarni tahlil qilishga oʻrgatadi
🔷Darslik oʻqituvchi va oʻquvchini ijod qilishga undaydi
🔷Yangi darslikning meni quvontirgan jihati, bu darslikka O'zbekistonning hayvonot va o'simliklar dunyosi kiritilganligi bo'ldi
🔷Texnologiya darsligi bilan oʻquvchilarda zamonaviy kasblarga qiziqish uygʻonadi
🔷Tabiiy fanlar darsligi global muammolarga yechim topadigan kadrlarni tayyorlaydi
🔷Matematika darsligida oʻquvchiga ogʻzaki hisoblashni oʻrganish uchun berilgan usullar kundalik hayotda asqatadi
🔷Dastlab bu topshiriqlar bizga juda murakkab tuyulgan edi
🔷Darslikka kiritilgan shakllarni burish, siljitish, aylantirish mavzusi oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.
https://t.me/edurtm_uz/9560Mukammal darslik yaratish amalda imkonsiz
🔷Boshlang’ich sinf matematikasidagi yangiliklardan biri geometriya bo‘limini ajratib o‘qitilayotgani bo‘ldi
🔷Fizika fani endi sinflar kesimida alohida - alohida bo‘limlar tarzida emas, spiralsimon yondashuv asosida o‘qitiladi
🔷
Хотелось бы отметить, что для работы с этими учебниками и учителям необходимо будет постоянно развиваться и работать над собой.
🔷Новые учебники отличаются от действующих, в первую очередь, подачей информации

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi

Bu bosqichda ishtirokchilarning tinglab tushunish, yozish, gapirish va oʻqish koʻnikmalari Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment English tashkilotining xalqaro Linguaskill testlari asosida sinovdan oʻtkazildi.

Tanlovning mukofot jamgʻarmasi 54 mlrd soʻmni tashkil qiladi. Bunda gʻolib maktab qariyb 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan pul mukofotini qoʻlga kiritadi.

Bundan tashqari, Respublika bosqichida qatnashgan 70 ta oʻquvchining barchasi oʻqituvchisi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaga taʼlim safariga joʻnatiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Ушбу тизим тажриба тариқасида Самарқанд вилояти ва Давлат солиқ қўмитасида синовдан ўтказилди.

Самарқанд вилояти ҳокими ва ДСҚ раиси янги тизим орқали қандай натижаларга эришгани ҳақида ахборот берди.

Уларнинг ҳисоботини тинглаб, давлатимиз раҳбари йил якунигача ишга қабул қилишнинг очиқ танлов тизимини барча идораларда жорий қилиш топшириғини берди.

Бунинг учун, икки ой муддатда олийгоҳлар дипломлари ва меҳнат дафтарчаларини мавжуд электрон базага тўлиқ киритиб, уни Танлов электрон платформасига интеграция қилиш вазифаси қўйилди.

Йил якунига қадар 4 мингта бўш лавозимга танлов ўтказиш топширилди.

“Ҳар бир вазирлик ва ҳокимлик кадрлар танлашни олийгоҳлардан бошлаши зарур.

Бу тажрибани тизимли йўлга қўйиш учун ҳар бир вазир ва вилоят ҳокими бир ой муддатда Ёш мутахассисларни танлаш дастурини эълон қилади.

Дастур доирасида олийгоҳларнинг битирувчи курсларида ўқиётган қобилиятли ёшлар сараланиб, вазирлик ва ҳокимлик тизимида стажировка ўтайди ва ўқишни тамомлагач, танлов асосида ишга қабул қилинади.

Бунда, нафақат ўзимиздаги олийгоҳ талабалари, балки нуфузли хорижий олийгоҳларда ўқиётган ёшларимиз ҳам қамраб олинади”, деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koreyalik eng ilg'or o'qituvchilar ishtirokida treninglar boshlandi

Koreys tili Respublikamizda oʻqitiladigan 10 ta eng muhim xorijiy tillardan biridir. Bugungi kunda Xalq ta'limi tizimidagi 20 ta maktabda koreys tili o'rgatiladi.

Koreys tilini xorijiy til sifatida oʻrgatish uchun oʻquv dasturi va darsliklarni yaratish hamda oʻqituvchilarni ushbu oʻquv dasturi asosida dars oʻtishga tayyorlash maqsadida Koreya Respublikasi ta'lim markazi bilan hamkorlikda 9 nafar Koreyalik mutaxassislar ishtirokida treninglar boshlandi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥Ustozlar Milliy forumi — yangi o'quv yiliga oʻzgacha ruh va yangi formatdagi tayyorgarlik!

- AKT vositasida oʻqitish va oʻrganish;
- Oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvi;
- Professional muloqot;
- Formativ fikr-mulohazalar va baholash;
- Ijodiy va tanqidiy fikrlash;

👆Bu masalalarning barchasi Ustozlar Milliy forumida muhokama etiladi.

Joriy yilning 10-11-avgust kunlari Xalq taʼlimi vazirligi va YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan metodist va maktab direktorlari uchun fanlar kesimida tashki qilingan 9 ta shoʻbada mahalliy va xorijiy trenerlar ishtirokida oʻquvlar tashkil qilinadi.

📌Hurmatli ustozlar, yangiliklarga tayyor turing! Hademay ushbu forum sizning hududingizga yetib boradi.

Seminar 16-18-avgust kunlari viloyatlarda, 23-25-avgust kunlari shahar va tumanlarda, 27-29-avgust kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tarzida oʻtkaziladi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube