IT taʼlim
21.6K subscribers
2.13K photos
2.73K videos
3.86K files
2.9K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
“Йилнинг энг яхши ўзбек тили ўқитувчиси” танловининг республика босқичи ғолиблари тақдирланди

Жорий йилнинг 10 ноябрь куни пойтахтимиздаги 110-сонли умумтаълим мактабида “Йилнинг энг яхши ўзбек тили ўқитувчиси” танловининг республика босқичи ғолибларини тақдирлаш маросими ўтказилди.

Танловнинг республика босқичи ғолиблари қуйидаги миқдорда пул мукофотлари билан тақдирланди:

1-ўрин учун —
30 млн. сўмдан,

2-ўрин учун — 20 млн. сўмдан,

3-ўрин учун — 10 млн. сўмдан пул мукофотлари ҳамда “Халқ таълими аълочиси” кўкрак нишони билан тақдирланди.

Батафсил: 👉https://bit.ly/30bOPgD


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yilning eng yaxshi oʼzbek tili oʼqituvchisi” tanlovining respublika bosqichi gʼoliblari taqdirlandi

Tanlovda
Ona tili fanidan:

👉1-oʼrin
ni Surxondaryo viloyati Jarqoʼrgʼon tumani 46-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi Xusniddin Turgʼunboev;
👉2-oʼrinni Toshkent viloyati Olmaliq shahri 19-sonli IDUM ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi Nilufar Xakimova;
👉3-oʼrinni Navoiy viloyati Navoiy shahri 11-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib oʼqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi Komila Rajabova egalladi.

Oʼzbek tili fanidan:

👉1-oʼrin
ni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Nukus shahri 44-sonli maktabning oʼzbek tili oʼqituvchisi Mehriyo Tuleshova;
👉2-oʼrinni Namangan viloyati Uchqoʼrgʼon tumani 39-maktabning oʼzbek tili oʼqituvchisi Sevara Аbdullaeva;
👉3-oʼrinni Toshkent shahri Yakkasaroy tumani 91-sonli IDUM oʼzbek tili oʼqituvchisi Oybek Boyatov egalladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Pedagog_lugati
💡Fasilitator

Oxirgi 10 yillikda nafaqat oʻqituvchining ta’limdagi roli, balki o’qituvchi so’ziga yuklangan ma’no ham kengaydi.

“Mentor”, “fasilitator”, “edvayzer” kabi so’zlar bugungi ta’limda o’qituvchi so’zi bilan teng ishlatilmoqda.

"Fasilitator" so'zi ingliz tilidan tarjima qilinganda "yordamchi" degan ma’noni anglatadi?

🤔Xo'sh, ma'nosi "yordamchi" bo'lgan bu so'z nega "o'qituvchi" bilan barobar qo'llanilyapti?

Chunki XXI asr ta’limida o’qituvchi “yakka hokimiyat” egasi emas, balki tashkilotchi, o’quvchining yaxshi ta’lim olishiga yordamchi vazifasini bajaryapti.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Geoloyiha

Daryo sistemasining maketini yasash orqali qanday qilib o'quvchiga geografik obyektlar nomini qiziqarli usulda o'rgatish mumkin?

Yuqoridagi videodan ushbu savolga javob topishingiz mumkin.

📌Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 4-umumta'lim maktabining Geografiya fani o'qituvchisi Xurshida Zaripova daryo sistemasi maketini yasab ko'rsatadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Noyabr — Rus tili va xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan o'tkaziladigan onlayn olimpiadada ishtirok eting!

🔖Olimpiada Rus, ingliz, nemis, fransuz tillari doirasida;

👨🏼‍🏫1-2-sinf, 3-4-sinf, 5-6-sinf, 7-8-9-sinf, 10-11-sinf o'quvchilari o'rtasida va o'qituvchilar o'rtasida;

📆17-18-19-20-noyabr kunlari;

Soat 11:00 dan 21:00 gacha;

📍khiso.uz saytida bo'lib o'tadi.

Qatnashish istagida bo'lganlardan @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so'raladi.

Olimpiadada bilimingizni sinab ko‘ring va sertifikat sohibi bo‘ling!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
📢Diqqat!

“Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish: baholash turlari, instrumentlari va mezonlari” mavzusidagi konferensiyada ishtirok eting!

Xalq ta’limi vazirligi hamda Respublika ta’lim markazi hamkorligida 2021-yil 28-dekabr kuni “Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining o‘quv faoliyati natijalarini baholash tizimini takomillashtirish: baholash turlari, instrumentlari va mezonlari” mavzusidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

👉Oʻquv faoliyati natijalari;
👉Filologiya fanlari;
👉Aniq fanlar;
👉Tabiiy fanlar;
👉Ijtimoiy fanlar;
👉Amaliy fanlar.

Konferensiya uchun maqolalar 2021-yil 15-dekabrga qadar standartvabaholash@gmail.com elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

📌Qo‘shimcha ma’lumotlarni 90-953-25-85, 99-520-64-55 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

📜Axborot xati bilan tanishish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌳 Respublika ta'lim markazi xodimlari "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etdi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#kitobulashamiz
#audiokitob

Yoshligimizda “Samoviy sarguzashtlar” filmini sevib tomosha qilganmiz. Saʼdullo Quronovning “Galaktikada bir kun” ilmiy-fantastik qissasi beixtiyor oʻsha filmni yodga soladi. Oʻzga sayyoraliklar, fazoviy kema, sayyoralararo sayohat nafaqat kichik, balki katta yoshdagi kitobxonlarni ham qiziqtirishi aniq.

Asarni oʻqirkansiz, qiziqarli voqea va hodisalar ichida qahramonlar bilan birga yashaysiz. Shu bilan birga koinot, galaktikalar, turli osmon jismlari va hodisalari haqida ilmiy maʼlumotlar bilan ham tanishasiz.

Endilikda kitob audio shaklda mavjud. 👇
Yuklab olish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Чет элдаги нуфузли университетни битириб, IELTS 8 олиб чет элдаги ёки Тошкентдаги ишни эмас, вилоятдаги мактабда ўқитувчиликни танлаб дарс бераётган замонамиз қаҳрамони фаолияти кўпчиликка ўрнак бўлади деб уйлаймиз.

Ушбу қисқа видеофильмни барча ўқитувчилар томоша қилишларини тавсия этамиз. Айниқса, барча чет тили ўқитувчилари CEFR ва С1 сертификатга ҳаракат қилишлари зарур, шунда ойлик маошларига 80 фоизгача устама олиш имкониятига эга бўладилар. Олий тоифани олсалар яна қўшимча ойлик билан қўшимча соат олишга ҳам имкон бўлади.

Навбатдаги замонамиз қаҳрамонларини топишга ёрдам беринг ва Cиз ҳам ноутбукка эга бўлинг! Батафсил маълумот: https://t.me/uzedu/11896
Ёки #zamonamiz_qahramonlari хештеги билан ижтимоий тармоқларда бошқа номзодларни ҳам кўрса бўлади.

Видеони юқори сифатда кўриш учун: https://bit.ly/3orGSfI
#Pedagogik_vaziyat

Vaziyat:

Nemis tili darsi.
O‘qituvchi nafaqat o‘z guruhi, balki betob bo‘lib qolgan o‘qituvchining guruhiga ham dars o‘tishi kerak.
Bolalar o‘zlarini juda xunuk tutmoqdalar: baland ovozda gaplashmoqdalar, bahslashib, bir-birlariga maktublar tashlamoqdalar, qog‘ozdan samalyot yasab uchirmoqdalar va hokazo. Orada o‘qituvchiga nistaban hurmatsizlik va beodoblik ham qilmoqdalar (ochiqchasiga emas, ehtiyotkorona).

Ayniqsa, bir bola alohida ajralib turibdi.
O‘qituvchi e’tibor bermaslikka harakat qilib, dars o‘tishda davom etmoqda. Orada bolalarni tinchlantirishga urinmoqda, tinchlantirish maqsadida ikki baho qo‘yish, direktorni sinfga taklif qilish va ota-onalarini maktabga chaqirish kabi qo‘rqitish usullarini ham qo‘llab ko‘rmoqda.
O‘qituvchi o‘quvchilarga navbatdagi vazifa berdi – matnni o‘z so‘zi bilan aytib berish.

Biroz vaqt o‘tgach, o‘qituvchi eng to‘polonchi o‘quvchidan matnni aytib berishga tayyormi yoki yo‘qligini so‘raydi. U faqat birinchi jumlani takrorlay olaman, deb javob beradi.
O‘qituvchi: “Demak, bahoying ikki”.
O‘quvchi: “Yo‘q, unday bo‘lsa, aytib beraman”.
O‘qituvchi: “Endi kech. Vaqtliroq o‘ylashing kerak edi”.
O‘quvchi takroran: “Ha, aytib beraman”.

Bunday gap talashish yana bir necha daqiqa davom etadi, natijada o‘qituvchi ikki baho qo‘yadi va o‘quvchi uni haqoratlab, sinfdan chiqib ketadi.
O‘qituvchi dars o‘tishda davom etadi.

Baholash:
Bu erda bir qancha pedagogik vaziyatlar mavjud bo‘lib, o‘qituvchi va ikkinchi guruh o‘quvchlari o‘rtasidagi munosabatlar uzoq vaqtdan beri keskin bo‘lib kelayotgani aniq. Ohirgi vaziyatga kelsak, bunda o‘qituvchi ochiqchasiga g‘azabini namoyon etdi.
Bunday harakatning adolatsizligi shundaki, o‘qituvchi bilim uchun baho qo‘yish o‘rniga o‘quvchiga hatto javob berish imkoniyatini bermagan holda, xulq-atvor uchun baho qo‘yishni afzal ko‘rdi.
Jazo, hech bo‘lmaganda, haqiqiy noo‘rin xatti-harakat uchun jazo bo‘lgandagina adolatli bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchiga va sinfga, agar u biror narsada ojiz bo‘lsa, u boshqa vaziyatda o‘z (lavozimlik) holatidan foydalana olishini namoyish etdi.
Bola xo‘rlangan holda, chuqur adolatsizlik hissi bilan, o‘zining kuchsizligidan g‘azablangan va o‘qituvchidan nafratlangan holda ketdi. Butun sinf uchun saboq: qasosda barcha vositalar yaxshi.

Prognozlash:
O‘qituvchi va ushbu o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro nafrat yanada kuchayadi. Bunday holatlar yana va yana takrorlanadi. Bolada va butun sinfda o‘qituvchiga nisbatan hurmat qolmaydi.

🎯Yechim:
O‘qituvchi o‘quvchi matnni aytib berishga urinib ko‘rishini aytdimi, unga imkon berishi kerak edi. Darsga qattiq xalaqit berayotgan o‘quvchini unga murakkabroq topshiriq berish orqali tinchlantirish mumkin, va dars oxirida topshriq bajargani uchun baho qo‘yiladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
#Pedagog_lugati

💡Muammoli ta'lim

Ta’lim jarayonida mavzuga daxldor muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topishga yo'naltirilgan texnologiya. Bu usulni qo'llaganda muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.

Muammoli ta’lim texnologiyasidan foydalanish bilimlarni shunchaki o'zlashtirmasdan, ularni real vaziyatlarda qo'llay oladigan, muammolarga yechim sifatida ishlata oladigan o'quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

📌Hurmatli ustozlar, Siz faningiz doirasida foydalangan muammoli ta'lim texnologiyasidan misollarni Faol ustozlar guruhida yozib qoldiring va tajribangizni biz bilan o'rtoqlashing!

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
IT taʼlim pinned a photo
#talimgaoid

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Andijonda_shunday_ustozlar_bor
#Zamonamiz_qahramonlari

"O'quvchilarga baliqni tutishni o'rgatishimiz kerak emas, ularga qarmoq berishimiz kerak"

Respublika ta'lim markazi Matbuot xizmati Andijonga bir necha kunlik safari davomida ko'plab o'qituvchilar qatori, Izboskan tumanidagi 9-maktabning Informatika fani o'qituvchisi Rustamjon Soliyev bilan ham suhbat tashkillashtirdi.

Videorolikda bafurja tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
Xorijiy tillar bo‘yicha olimpiadalar marafoning birinchi (rus tili) turi yakunlandi!

📊 Jami 3256 ta qatnashchi ishtirok etishdi. Natijalarni quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

▪️ 1-2 sinf: (112)
▪️ 3-4 sinf; (183)
▪️ 5-6 sinf; (555)
▪️ 7-8-9 sinf; (1074)
▪️ 10-11 sinf; (612)
▪️ O‘qituvchilar (720)

Barcha ishtirokchilar sertifikatlarini oʻz shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video qoʻllanma: 👉 youtu.be/3NiX8Ga4nrU

Bizdan uzoqlashmang, shu hafta fransuz (18-noyabr), nemis (19-noyabr) va ingliz (20-noyabr) tili olimpiadalari ham o‘tkaziladi.

👉 @khiso - eng yaxshi olimpiadalar kanali!