IT taʼlim
20.2K subscribers
2.19K photos
2.74K videos
3.86K files
2.92K links
RTV huzuridagi Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazi

Facebook: https://www.facebook.com/edurtm.uz/
YouTube:https://www.youtube.com/channel/UCTcedC5HxHGnHRSYeyoV5ZQ
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda
O'quv darsliklari - ta`lim va tarbiya samaradorligining muhim vositasi

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Online dars bo`yicha o`tkazilgan so`rovnoma natijalari

Xalq taʼlimi vazirligining Respublika taʼlim markazi hamda UNICEF hamkorligida “COVID-19 pandemiyasi davrida taʼlimning uzluksizligi: Oʻzbekistonda asosiy taʼlimga masofaviy oʻqitishni joriy etish yuzasidan birlamchi taassurotlar” mavzusida soʻrov tashkil qilindi. Quyida mamlakatimizning barcha mintaqalaridan soʻrovda ishtirok etgan 340 respondentlar — ota-onalar va oʻquvchilar yordamida aniqlangan muhim jihatlarni keltirib oʻtmoqchimiz.

Ota-onalarning fikricha, 15 daqiqalik masofaviy darslar muayyan mavzularni oʻzlashtirish uchun oʻquvchilarga yetarli emas. Shuningdek, ayrim video darslar mazmunan kutilgandek sifatga ega emas edi. Shuningdek, oʻqituvchi--oʻquvchi hamda oʻquvchi bilan oʻquvchi oʻrtasidagi interaktiv muloqot va muhokamalarning mavjud emasligi masofaviy taʼlim jarayonida oʻquvchilarda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan savollarga javob topilmasligining ehtimolini oshirgan. Shuningdek, oʻrganuvchilarda tillar bilan bogʻliq muammolar ham yuzaga kelgan.

Ota-onalarning 75% i karantin davrida bolalarning oʻquv yoʻqotishlarini boshdan kechirganliklarini sezishdi. Ota-onalarning 10% i masofaviy darslar bolalarning bilim olishiga katta taʼsir koʻrsatmaydi, 15% i bolalarning bilimlari masofaviy darslarda yaxshilandi degan fikrni bildirishgan.

Masofaviy taʼlim olgan oʻquvchilarning 75%i darslarni oʻzbek tilida oʻrgangan. 20% oʻquvchi darslarni rus tilida kuzatgan. Oʻquvchilarning 3 % masofaviy darslarni oʻzlashtirishda qoraqalpoq tilidan foydalangan.

Masofaviy taʼlim olgan oʻquvchilarning 60% iga yaqini darslarni muntazam ravishda kuzatgan va birorta darsni qoldirmagan. 36% oʻquvchi video darslarni vaqti-vaqti bilan tomosha qilgan. Asosan elektr tarmogʻidagi uzilishlar va internet bilan taʼminlanmaganlik tufayli oʻquvchilar masofaviy taʼlimdan uzilib qolishgan.

Soʻrovnomada ishtirokchilardan taʼlim mazmunini 1 dan 5 gacha boʻlgan shkalada (1-eng past, 5-aʼlo) baholash soʻralganida, oʻquvchilarning 24 % masofaviy darslarning mazmunini “aʼlo”, 54% “yaxshi” daraja bilan belgilagan. 6 % oʻquvchi esa masofaviy taʼlim darslarining mazmunidan qoniqmaganini maʼlum qilgan.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#Tarbiya_hayot_darsi #9_sinf
ODAMLAR HAYOTINI OSONLASHTIRGAN O‘ZBEK

Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi.

Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi.

Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi. Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Студия 24 | Шуҳрат Сатторов - Республика таълим маркази директори билан суҳбат
#1nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram
#oquvchilar_uchun
Qanday qilib maktabda aʼlochi boʻlish mumkin?

Har qanday sinfda ikkichilar, oʻrtacha oʻqiydiganlar va aʼlochilar boʻladi. Baʼzilar oʻqishni “unutishadi”, baʼzilari esa yaxshi oʻqishni xohlashadiyu lekin bunga erisholmaydi. Bunday oʻquvchilar koʻpincha oʻzlariga “Qanday qilib aʼlochi boʻlish kerak?” degan savolni berishadi.

Eng yomoni, agar sen yaxshi oʻquvchi boʻlib tuyulsang ham, aʼlochilikka va besh baholarga birozgina tortmaysan. Aʼlo baholar olishni boshlash uchun sen maʼlum bir chiziqdan oʻtishing kerak. Avvaliga nega aʼlochi boʻlishni xohlashingni hal qilib ol, chunki yaxshi baho yaxshi bilimni anglatmasligini tushunishing kerak.

Albatta, bu ularga eʼtibor berishning hojati yoʻq degani emas, lekin sen doim beshni ketidan quvmasliging zarur. Baʼzan bu sogʻliq boʻyicha muammolariga olib kelishi mumkin.

Agar sen aʼlochi boʻlishni xohlayotganingga amin boʻlsang, unda hech narsa oʻz-oʻzidan boʻlmasligini yodda tut. Sen uy vazifangga koʻproq vaqt sarflashni boshlashing va koʻp narsalarni oʻzing qilishing kerak boʻladi.

Yaxshi baho olish uchun koʻpincha senga qaysidir fanni bilmaslik yoki oʻqituvchidan qoʻrqish degan ishonch toʻsqinlik qiladi. Tabiiyki, hamma darslar yoki oʻqituvchilarni bir xilda sevish mumkin emas: senga biron bir dars yoki kimdir koʻproq, kamroq yoqadi.

Baʼzilar aʼlochi boʻlishlari mumkin emas, chunki maktabda ular hamma narsani tinglashadi va yozishadi, lekin uyda ular hech narsani takrorlamaydilar. Uy vazifangni belgilangan muddatdan bir kun oldin emas, balki aynan berilgan kunning oʻzida bajargan maʼqul. Bu sen uchun osonroq boʻladi, chunki oʻtilgan mavzu hali unutilmagan boʻladi. Agar qiyin vazifaga duch kelsang, oʻqituvchidan yoki sinfdoshlaringdan uni yechishga yordam berishini soʻrashga vaqt topasan. Bu ogʻzaki topshiriqlarga ham tegishli. Sen uni vazifa berilgan kunda yodla, oʻqituvchiga aytib berishdan avval shunchaki takrorlab qoʻy.

Nafaqat teoremalar va qoidalarni shunchaki yodlab qoʻyma, balki ularni bir necha marta oʻqib, maʼnosini chuqurroq oʻrganib chiq, shunda ular xotirangda umrbod qoladi. Teoremalarni yodlash emas, balki isbotlash bilan foydali boʻladi. Shuningdek, biron narsani tushunish uchun savol berishdan yoki yordam soʻrashdan qoʻrqmaslik kerak.

Agar hamma narsa tushunarli boʻlmasa, yana soʻrab, aniqlik kiritish zarur. Esingda boʻlsin, savollar berish ahmoqlik belgisi emas, bu mavzuni toʻliq anglash istagining dalilidir. Koʻp oʻqituvchilar hatto savollardan mamnun boʻlishadi, chunki ular uchun bu oʻquvchilar oʻz darsiga qiziqish bildirishining isbotidir. Bunday paytda oʻquvchilar oʻqituvchini jon quloqlari bilan hamma gaplarini tinglashadi. Doimo chalkashib, u yoki bu vazifa qanday hal qilinishini bilmaslikdan koʻra, bir marta soʻrab, hamma narsani toʻgʻri tushungan maʼqul.

Aʼlochi oʻquvchi boʻlish uchun koʻp mehnat qilish kerak. Ammo asosiysi, darslarga qancha vaqt sarflaganing emas, balki ular ustida ishlash qanday tuzilganligidadir. Va eng muhimi, unutma, odamlar maktabga baho olish uchun emas, balkim bilim olish uchun boradilar.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#MOD #Tabiy_fanlar

Tabiiy fanlar yoʻnalishida Milliy oʻquv dasturi loyihasining oʻziga xos jihatlari nimalardan iborat?

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#bilasizmi
Darsliklardagi oʻlchov birliklari xalqaro standartlarga muvofiq belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018- yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori asosida oʻlchov birliklari xalqaro oʻlchov standartlariga muvofiqlashtirilgan.

Qarorga koʻra, endilikda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, ilmiy-texnik va boshqa nashrlarda, oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan oʻlcham birliklari, ularning nomi va belgilanishi qoʻllaniladi.

Shunga koʻra, joriy yilda nashr etilgan 4-sinf “Matematika” darsligidagi sentner, santimetr kabi oʻlchov belgilari xalqaro oʻlchov birliklariga muvofiq, “q” va “cm” tarzida belgilangan.

Quyidagi rasmda baʼzi oʻlchov birliklarining belgilanishi keltirdik.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_xalq_talimi_haqida
Tahlilnoma | “Uchinchi renessans davriga ilk qadam”

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
1-6-sinflarda yangi SCIENCE fani joriy etiladi

Bir qator rivojlangan xorijiy davlatlar taʼlim tizimida tabiiy fanlar (biologiya, geografiya, kimyo, fizika) 1-6-sinflarda SCIENCE dasturi asosida oʻqitiladi.

Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6-sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etiladi.

Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7-sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi.

Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA, TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi.

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi huzuridagi Respublika ta`lim markazi tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi yaratilib muhokama qo`yildi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#Ustozlar_uchun
Daftar tekshirishda vaqtni tejaymiz

Vaqt - moddiy va maʼnaviy qadriyat. Boshqa moddiy va maʼnaviy qadriyatlarni toʻplash va saqlash mumkin. Vaqt har soniyada siljiydi, yoʻq boʻlib ketadi, u noyobdir. Bu yerda ajoyib polshalik shifokor va oʻqituvchi Yanush Korchakning soʻzlarini keltiramiz: “Har bir daqiqa, hozirgi soat va bugungi kunni ehtiyot qiling ... chunki u oʻladi va hech qachon takrorlanmaydi”.

Oʻqituvchining ishi oʻziga xos mehnatdir. Daftarlarni tekshirish bu mehnatning bir qismi hisoblanib, koʻp vaqtni oladi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, oʻrtacha 18 soatlik ish haftasida oʻqituvchi daftarlarni tekshirishga kuniga 2,5 soat, haftasiga 15 soat sarflar ekan. Qarabsizki, oʻqituvchi bolalar bilan yana-da mazmunli ishlash uchun oʻz dunyoqarashini doimiy ravishda kengaytirish istagi va boʻsh vaqt yetishmasligi oʻrtasida ziddiyat paydo boʻladi.

Daftarlarni tekshirishga sarflanadigan vaqtni kamaytirish usullaridan birini oʻrgatamiz. Oʻquvchilaringiz sizga daftarlarni aynan tekshirish boshlanishi kerak boʻlgan betini ochiq holatda topshirishadi. Keyin ularni sinfda darhol tekshirishingiz mumkin. Yoki ularni shu taxlit joylashtirib, uyiga olib borishingiz osonroq boʻladi.

Oʻqituvchi oʻquvchining ishini tekshiradi va oʻng qoʻli bilan baho qoʻyadi (agar u oʻnaqay boʻlsa), chap qoʻli bilan bu daftarni chetga surib qoʻyadi. Bu vaqtda keyingi daftar oʻqituvchining koʻz oldida boʻladi. Shu tariqa tekshirish davom etaveradi.

Bu usulning yaxshi tomoni oʻqituvchining koʻz oldida oʻquvchining ism-familiyasi emas, uning ishi koʻrinadi, bu esa tekshiruvning yana-da obyektiv boʻlishiga yordam beradi. Toʻgʻri hamma ham bu usulga rozi boʻlmasligi mumkin, ularga masalan, doʻkon javonlarida boʻlgani kabi, tekis taxlangan daftar toʻplamlarini koʻproq afzal koʻrishadi. Bunda esa, bir necha soniyani behuda yoʻqotib, har bir daftarni shitirlatib kerakli betni qidirishlariga toʻgʻri keladi.

Tekshirish jarayoni tugagach, oʻquvchilarning ochiq turgan daftarlaridagi baholarni oʻng qoʻl bilan jurnalga kiritasiz, qaramagan holda chap qoʻl bilan daftarlarni yopib, xuddi shunday taxlab chiqaverasiz.

Kanalga obuna bo`lish:
👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Tabiiy “SCIENCE ” fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi huzuridagi Respublika taʼlim markazi tomonidan yangi Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi ishlab chiqildi.

Yurtimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻqituvchilari hamda ekspertlarini 4-noyabr, soat 15:00 da boʻlib oʻtadigan taqdimotda Zoom platformasi orqali ishtirok etishga taklif qilamiz.

🔹Videokonferensiyaga qoʻshilish uchun link: https://us02web.zoom.us/j/87985049447?pwd=cElYdUFNMzRsSEhWTjVXZ2s4Vy9pdz09

Eslatma: Hozirda dunyo miqyosida ZOOM konferensiyalariga xuruj qilish (konferensiyaga kirish va turli salbiy videomateriallarni uzatish) holatlari kuzatilayotganligini inobatga olib akkauntizga toʻliq ism-familiyangizni yozib qoʻyishingiz soʻraladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Мактабларда SCIENCE фани жорий этилади

👉 https://kun.uz/56634215

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Respublika ta`lim markazi ishga taklif etadi!

🥺Bugun ta`lim mazmunida muammolar bisyor! Tanqidlar talay!

🤔Biroq biz jamoamiz bilan birgalikda muammolarni bartaraf etolsakkina koʻzlangan natijaga erisha olishimizni yaxshi anglaymiz va shuning uchun 💪barcha harakat, kuch va salohiyatimizni taʼlim mazmuni va zamonaviy darsliklar borasida islohotlarni amalga oshirishga qaratmoqdamiz. 💥 Jamoadagi birdamlik sabab soʻnggi oylarda Markaz taʼlimda tub burilish yasayotgan ulkan oʻzgarishlarning tayanch nuqtasiga aylandi.

Jarayonlar boshlangan. Maqsadlar aniq. Siz ham mazkur qizg`in jarayonlarning ishtirokchisiga aylanishingiz mumkin. Yuksak salohiyatli kadrlar har qanday oʻzgarishlarning mustahkam poydevori ekanligini tushungan holda belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda fan metodistlari, loyiha va kontent menejerlar, tarjimon va 3D grafik dizaynerlariga ehtiyoj sezyapmiz. Shunday ekan:

👉taʼlimdagi mavjud muammolarga befarq boʻlmay, oʻz salohiyati bilan soha rivojiga hissa qoʻshmoqchi boʻlgan fidoiylarni,
👉mazkur jarayonlarda yangi fikr, tashabbus va innovatsion gʻoyalari bilan taʼlimga yangilik olib kiruvchi kuchli mutaxassislarni,
👉zamonaviy taʼlim kontentlarini yaratishda zarur ilmiy va pedagogik salohiyatga ega ijodiy va kreativ fikrlovchi kadrlarni ishga taklif etamiz!

Taʼlimni isloh etish yoʻlidagi mehnatingiz uchun yuqori lavozimli martaba va munosib maosh taklif etamiz! Biz sizni jamoadagi hissangizni qadrlaymiz! Ahil jamoa va ijodiy muhit barcha imkoniyatlaringizni namoyon qilishingiz uchun qulay sharoitdir!

Safimizga qoʻshiling!

Rezyumelar rtmvshrjobs@gmail.com pochta manzili orqali qabul qilinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
2025 yilda talab eng yuqori bo'ladigan bilim va ko`nikmalar o'ntaligi

Butunjahon iqtisodiy forumining kelgusidagi ish o'rinlari to'g'risidagi hisobotiga ko'ra, barcha xodimlarning 50% texnologiyalarni tadbiq etish ortib borishi sayin 2025 yilga kelib qayta tayyorlashni talab qiladi.

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish, ish beruvchilarning fikriga ko'ra, keyingi besh yil ichida muhim ahamiyat kasb etadigan ko'nikmalar ro'yxatiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2020-2021 yillardan boshlab Milliy o'quv dasturi asosida joriy qilinayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari darsliklarida o'quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammoga yechim topish, texnologik dizayn va dasturlash va 21-asrning boshqa ko'nikmalarini rivojlantirish hisobga olinadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
#Science
OAVda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston taʼlim tizimida yangi dars - “Tabiiy fan” (Science) joriy etilishi haqida yozmoqda. U maktablarda oʻtilayotgan olti fan - “biologiya”, “geografiya”, “kimyo”, “fizika”, “atrofimizdagi olam” va “tabiatshunoslik” fanlarini umumlashtiradi.

Odamlarning izohidan ushbu qarordan norozi ekanliklari koʻrinib turibdi. Ammo men bu qarorni qoʻllab-quvvatlashimni bildirmoqchiman.

Birinchidan, maktabida chet el taʼlim dasturi boʻyicha oʻqiydigan farzandlarim aynan science fanini oʻrganadi. Science dasturi bitta aniq mavzu atrofidagi alohida fanlarning oʻzaro aloqalari asosiga qurilgan. Masalan, “suv” mavzusi. Bu fanda suvning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari, tabiatdagi suv va kundalik hayotdagi suv v.b. oʻrgatiladi. Bola barchasini qiziqish bilan qabul qiladi va uzoq vaqt esida saqlaydi. Bu anglo-saksonlarning taʼlim tizimidan kelib chiqqan va sovet taʼlimidan farq qiladigan dastur. Ha, mukammal tizim emas, lekin:

- Bizda fan oʻqituvchilari yetishmaydi. Maktablarda fizika yo kimyo oʻqituvchisi yoʻq, deb qoʻl qovushtirib oʻtirgandan koʻra, hech boʻlmasa eʼtiborni mana shu yaxlit science faniga qaratgan maʼqulroq.

- Zamonaviy taʼlimda amaliy koʻnikmalarga alohida eʼtibor qaratiladi. Inquiry based learning. Mamlakatdagi barcha maktablar uchun oʻqitish metodikasini, interaktiv materiallar va pedagoglarni tayyorlash zarur. Shu bilan birga, biz darslarni bolalarning qiziqishini inobatga olgan holda tashkil etishimiz shart. Darslar zerikarli boʻlmasligi kerak. Masalan, bir-ikki yil oldin Toshkentdagi maktablardan birida laboratoriyada oʻquvchilarga fartuk va qoʻlqoplar kiydirib, oldilariga qoʻyning koʻzlarini qoʻyishgan - ularga science fanidan koʻrish organi haqida dars oʻtilgan. Oʻquvchilar oʻz qoʻllari bilan koʻzlarni ajratib olishgan.

Xullas, men XTVning qarorini qoʻllab-quvvatlayman. Buning barchasi qanday amalga oshirilishini koʻrish kerak. Juda bosh qotirib oʻtirishning ham hojati yoʻq aslida, internetda bu oʻquv dasturi uchun koʻplab onlayn platformalar mavjud. Foydalanish huquqini sotib olib, oʻzbek tiliga yaxshilab tarjima qilsa kifoya. Yoki bu fanni moslashtirish kerak xolos. Barchasi bizgacha dunyoning eng yaxshi metodistlari tomonidan oʻylab topilgan...

Omad yor boʻlsin.

Darvoqe, Mark Porsiy Katon barcha nutqini “Karfogen yoʻq qilinishi kerak”, deb yakunlagani singari men ham avval aytgan fikrimni takrorlayman: Davlatning taʼlim vazirligi kuchli, boy va yagona boʻlishi kerak.

©️Aziza Umarova

Kanalga obuna bo`lish:
👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
DARSLARNI QANDAY SAMARALI OʻTKAZISH KERAK?

Maktabda shunday fikr bor: agar oʻquvchilar jim oʻtirib, darsni tinglasa, demak hamma narsa joyida. Ammo dars samaradorligi sukunat bilan emas, balki taʼlim natijalarini oʻzlashtirish bilan belgilanadi. Agar dars oxiriga qadar hech kim hech narsani eslab qolmagan boʻlsa, sinfda toʻliq sukunatdan qanday foyda bor? Intizom shunchaki jim oʻtirish emas. Hatto armiyadagi tartib-intizom jimgina boʻysunish bilan bogʻliq. Avvalo, intizom boshqariladigan boʻlishi kerak. Sinfdagi shovqin-suron har doim ham yomon holat emas. Bundan tashqari, hatto sinf boʻylab yugurish ham foydali boʻlishi mumkin.

1. Svetofor qoidasini oʻrnating

Bu qoida sinfdagi tartib-intizom uchun ajoyib gʻoya. Qizil chiroq faqat oʻqituvchi gapirayotgani yoki individual topshiriq bajarilayotganini anglatadi. Sariq rang muloqot va navbat bilan javob berishni bildiradi. (oʻqituvchi ham oʻquvchini toʻxtatishga haqli emas!), yashil chiroq - juftlik yoki ishchi guruh uchun haqiqiy muloqot erkinligidan xabar beradi. Agar bu qoidani oʻqituvchining oʻzi unutib qoʻymasa, 5-6 darsdan soʻng oʻquvchilar uning savollariga bir necha karra tezroq javob berishadi.

2. Yozma rozilik oling

Bolalar bilan qanday ishlash yana-da qulayroq boʻlishi haqida kelishib oling. Qoidalar roʻyxatini tuzing, ularga imzo qoʻydiring va sinfga kiraverishda osib qoʻying. Yodingizda tuting, siz ham qoidalarni buzolmaysiz. Qichqirmaslik yoki haqorat qilmaslikka kelishdingizmi, demak marhamat qilib, bunga boʻysuning. Qoidalarda qoidabuzarlik uchun jazolarni ham yozib qoʻying.

Shu qoidaga amal qilgan bir oʻqituvchi yaxshi tayyorlanmagani uchun oʻsha kuni darsini oʻtmagan. Oʻquvchilari darhol uni oʻrtaga olishgan, chunki hamma uy vazifalarini bajarishgan edida. Keyin esa 40 daqiqani zavq bilan oʻtkazishgan.

3. Turli formatlardan foydalaning

Uy vazifasi matnni yodlashga aylantirilmasligi kerak. Uyga vazifa berayotganda oʻquvchilar savollaringizga roliklar, Internet, matn va rasmlardan javob izlashlariga imkon bering. Dars shakllarini navbati bilan almashtirishga harakat qiling: bahs, davra suhbati, munozaralar, moʻjizalar maydoni, konspekt, aralash taʼlim - Internetda bular haqda koʻplab maʼlumotlarni topishingiz mumkin.

Nazorat ishi oʻrniga vazifalar va javoblar yozilgan kartochkalarni tayyorlang. Bajarganlik uchun ball yoziladi. Javoblardan foydalanganlik uchun bal olib tashlanadi. “Besh” uchun maʼlum miqdordagi ball toʻplash kerak boʻladi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
3 oylik bepul “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursida Texnologiya fani o`qituvchilarining bilimi oshiriladi

2020-2021 o‘quv yilida 4-5-sinflarda “Texnologiya” darsliklariga xalqaro tajriba asosida “Mexatronika – robototexnika” bo‘limi qo'shildi. Mazkur boʻlim o'quvchilarning texnologik va ijodiy yaratuvchanlik ko'nikmalarini rivojlantirishi, yoshlikdanoq ixtirochilikka moyilligini oshirishi bilan o'ziga xos.

Fan mazmuniga kiritilgan yangi maqsadlarni amalga oshirishda bir muammo bor – Texnologiya fani oʻqituvchilarining mexatronika-robototexnika bo'yicha bilim va ko'nikmalari oshirish. Shuni hisobga olgan holda, Respublika taʼlim markazi va “TRANSFORMERS Education” oʻquv markazi hamkorlikda bepul 3 oylik “Mexatronika – robototexnika” onlayn oʻquv kursini o`qitish dasturini ishlab chiqdi.

Bepul kurs davomida Texnologiya fani oʻqituvchilarida amaliy ko'nikmalar shakllanishi uchun ularga zaruriy xom-ashyo va moslamalarni sotib olishlari tavsiya etiladi. 50 dan ziyod mexatronika va robototexnika uskunalari, moslama va detallari loyiha ishlarini birgalikda amalga oshirish, keyinchalik darsda va to'garaklardagi amaliy mashg'ulotlarda foydalanish uchun ayni muddaodir.

Siz Texnologiya fanining “Mexatronika–lego education. Oddiy mexanizmlar” boʻlimi boʻyicha oʻz malakangizni oshirishni xohlaysizmi?

Respublika ta'lim markazi Texnologiya fani o`qituvchilaridan mazkur soʻrovnomada ishtirok etishlarini soʻraydi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Mazkur bepul o'quv kursining tashkil etilishiga Sizning munosabatingiz.
Anonymous Poll
76%
To'liq qo'shilaman, imkoniyatim bor
11%
Zarur emas, deb hisoblayman
14%
Ishtirok etishga imkoniyatim yo'q
Siz suratda koʻrib turgan yigit 27 yil avval Stenford universitetida oʻqish uchun grantni qoʻlga kiritgan. Hindistondan u yerga uchib borish uchun mablagʻ kerak edi. Shu bois uning otasi bankdan qariyb bir yillik maoshiga teng pul olib, chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSH ga uchib ketadi.

Oʻsha yigit — Sundar Pichay 2015-yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019-yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng boʻlgan. Kelajakka tikilgan eng yaxshi sarmoya — farzand taʼlimi uchun sarf qilingan sarmoyadir.

©️Shuhrat Sattorov

Kanalga obuna bo`lish:
👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram