EDITOR’s HUB
8 subscribers
3 photos
12 videos
2 files
9 links
Maqsad o'sish📈💰
Shaxsiy tajribam: @portfoliojon
Download Telegram
Montaj ketma ketligi :

1)Unumiy kesish
2)Aniqroq kesish
3)Zoomlarni to’girlash
4)Text yozish
5) VFX Qo’shish
6) SFX Qo’shish
7) Musiqa qo’shish
👍2
Nima gap. Ramazonda hamma yaxshimi?
👍2
Forwarded from Aziz Rahimov
TikTok, YouTube, Instagram. Uzoq ishlatdim. O’zgartiradigan darajada narsa olmadim.

Ulug’lar suhbati, eski kitoblar, do’stlar tanbehi, Telegram bloglar. Ozginasi ham o’zgarish olib keldi.

Keyin tushunib qoldim.

Bittasi eshitishni xohlagan gaplarimizni ko’rsatadi. Algoritm.

Ikkinchisiga esa nima xohlashimizni farqi yo’q. Borini aytadi. Algoritm yo’q.

Shu sabab, balki odam o’zgaradi.

Chunki eng katta o’zgarishlar – eshitgimiz kelmayotgan gaplarni eshitganimizda keladi.
❤‍🔥1👍1
Ro‘za davom etaveradi.
Ro‘za davom etaveradi.
Ro’za qiyomatgacha davom etaveradi.
Biz esa bor yo'g'i o'limgacha ro'zada bo'lamiz holos. Og'ritmay, azob bermay, shikast bermay, aldamay, hiyonat qilmay, g'iybat qilmay, har bir kunimizni Qadr bilganimizdek davom etaveramiz.
👍2🔥2💯2🕊1
🎛 After Effectsda Adobe tavsiya qilgan, silliq ishlash uchun xarakteristika

Lekin o'rganish uchun oddiyroq kompyuter ham bo'laveradi
Forwarded from Ravshan Komilovich
Qanaqa qiz, qanaqa munosabatlar. Kallani ishlat. Ishlab soqqa qiladigan paytda o‘ldim kuydim qilib yurish hech qanaqasiga senga foyda bermaydi.

Xo‘p, qanaqadir qiz bilan gaplashding. Ja borsa 10-15 kun qanaqadir miyang eyforiyada yuradi. Komfort his qilasan. Keyin-chi?

Ishlaringga ulgurmaysan. Fokusing qochadi. Ishlash yoqmay qoladi. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri topadigan so‘mmangga ta’sir qiladi.

Pul yo‘qmi o‘sha qizing bilan ham yaxshi joyda o‘tirolmaysan. U mayli kerak bo‘lsa sendan ko‘proq topadiganini topadi ketadi.

Sen o‘ylagandek 0 dan ko‘tarilish degan narsa faqat ertak va kinolarda bo‘ladi. U kino, ertakni ham senga o‘xshagan qaysidir sevgidan kuygan chala bo‘ri yozgan bo‘ladi.

Real hayot bilan yasha. Bu hayotda qaysidir qizdan ko‘ra muhim bo‘lgan narsalar bor.

Ota-ona uchunmas hech bo‘lmasa o‘zing uchun harakat qil. Yashab yuraverasanmi shunaqa holatda. Qachongacha yashaysan. Hech o‘ylab ko‘rganmisan.

O‘tir mayyani ishlat. Yo‘q deyishni o‘rgan. O‘zingni boshqar bo‘lmasa boshqalar seni boshqarishni boshlaydi. Dunyo shunaqa ishlaydi.

Bir joyingni bir joyga qo‘yib ishla. Sirli boy bo‘lish degan, qayerdandir katta so‘mma keladigan narsa hech qachon bo‘lmaydi. Shu narsani tushun.

Shunchaki shu holatda o‘lib ketish alamlimasmi?

Yo‘qchilikda baxtli bo‘la olmaysan. Pul senga imkoniyat beradi. Baxtli bo‘lish, orzudagi hayotda yashash imkoniyatini.


11-iyun 02:00
2025-yil

| @Ravshan_Komilovich
🔥1
Forwarded from Ravshan Komilovich
Sizning marketolog sifatida qilishingiz bo'lgan yagona 2 ta ishingiz bor

1. AI ga vaziyatni, nima xohlayotkaningizni tushuntirib to'g'ri promt berish.
2. U bergan javoblarni tahlil qilib, ketma-ketlikda o'zingizga moslashtirib amalda bajarish.

60% ishimni AI qiladi xozirda
Forwarded from Marketing bo'limi
Videolar uchun Photoshop

Yaqindagina promptlar orqali videolarni o‘zgaritirb beradigan Runway Aleph yopiq betadan chiqdi. Diqqat, bu SI yangi video yaratmasdan, tayyor videodagi fonni, 3D obyektlarni tahrirlash imkonini beradigan birinchi model.

Matnli ko‘rsatmalar orqali odamlarni va atrof-muhitni buzmasdan o‘zgartira oladi.

Runway suratga olish rakursini, rolik uslubini, joylashuvini, fasl va kun vaqtini ham tahrirlab beradi. Odamlar ko‘rinishini saqlab qolgan holda keyingi kadrni yaratish ham mumkin.

Sahnaga yangi obyektni qo‘shish uchun uni nafaqat matn, balki rasm orqali ham tasvirlab berish mumkin. Qolaversa, mavjud elementning rangini o‘zgartirish, bir predmetni olib tashlash yoki boshqasi bilan almashtirish funksiyalar kabi imkoniyatlar ham bor.

Bir oylik tarif $15 ekan. Runway'ni barcha imkoniyatlari mana bu yerda ko‘rsatilgan xullas. Qanday ishlatish bo‘yicha qo‘llanma ham bor.

Marketing o'zbek tilida — @marketingbolimi
Ai endi editorlarga tashayaptiyuuu 😂
1
Forwarded from Aziz Rahimov
Maktabni bitirganimga 18 yil bo'libdi. Yaxshi o'qiganimga qaramay, ~75 foizi esimdan chiqqan. Litseyda yana ham qattiqroq o'qigandik. Baribir 2/3 qismi esimizdan chiqqan. Oxir-oqibat unutib yuborsak, yaxshi o'qib nima qilamiz? Shunchaki, imtihon uchunmi hammasi?

Yaxshi o'qishning boshqa foydalari ham bordir balki?

Yechgan misollarimiz esimizda qolmas. Yechish uchun kerak bo'lgan diqqat qila olish odati biz bilan qoladi.

Yodlaganlar g'azallarimiz unutilib ketar. Yodlash sabab rivojlangan xotiramiz biz bilan qoladi.

Yozib to'ldirgan daftarlarimiz yo'qolib ketar. Yozaverish ortidan kuchaygan tafakkurimiz biz bilan qoladi.

Ba'zi ishlar faqat natijasi bilan emas, jarayoni bilan ham foyda olib keladi.

Yaxshi o'qish ham shulardan biri.
Forwarded from Aziz Rahimov
Bir kilogram koʻmirning quvvati bilan, bir oy bitta chiroqni yoqib turish mumkin.

Yogʻning quvvati bilan bir yarimta. Benzin quvvati bilan ikkita.

Oʻshancha uran bilan esa uch millionta(!) chiroqni yoqib turish mumkin!

Moddalarning quvvat zichligi har xil.

Odamlarda ham shunday.

Odamlar bor, umri davomida bitta odamni (oʻzini) ham oʻzgartira olmaydi.

Odamlar bor, minglab odamlarni oʻzgartiradi. Minglab chiroqlarni yoqishadi. Biz ularni haqiqiy ustozlar deb nomlaymiz.

Chiroqlar kerak, chiroq yoquvchilar esa yanada koʻproq kerak.

Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar.
Forwarded from NmaGap
SOKOLOV_MONTAJ_UZB..pdf
2.2 MB
👆 Kunning oxirida Siz uchun foydali xabarimiz bor.

Montajga qiziqqanlar uchun kerakli qo'llanma o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

Aleksey Sokolovning "Tasvir montaji: Eng oddiy prinsiplar" kitobi orqali montajning asosiy tamoyillari, kadrlarni bog‘lash usullari va vizual hikoya qilish texnikalari haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

🤗 Qo‘llanmani aynan Siz uchun ilindik!

Aytgancha, bu kitobni biz bilan bo‘lishganlari uchun https://www.instagram.com/vakhamontazh/ ga rahmat!

@nmagapsuhbat
ADOBE COLLECTION WINDOWS:

Premiere Pro CC 2019
Premiere Pro CC 2020
Premiere Pro CC 2021
Premiere Pro CC 2022
Premiere Pro CC 2023
Premiere Pro CC 2024
Premiere Pro CC 2025.1

After effects CC 2019
After effects CC 2020
After effects CC 2021
After effects CC 2022
After effects CC 2023
After effects CC 2024
After effects CC 2025.1

Media Encoder CC 2019
Media Encoder CC 2020
Media Encoder CC 2021
Media Encoder CC 2022
Media Encoder CC 2023
Media Encoder CC 2024
Media Encoder CC 2025.1

Audition CC 2019
Audition CC 2020
Audition CC 2021
Audition CC 2022
Audition CC 2023
Audition CC 2024
Audition CC 2025

Photoshop CC 2021
Photoshop CC 2022
Photoshop CC 2023
Photoshop CC 2024
Photoshop CC 2025

Illustrator CC 2019
Illustrator CC 2020
Illustrator CC 2021
Illustrator CC 2022
Illustrator CC 2023
Illustrator CC 2024
Illustrator CC 2025

MASTER COLLECTION:
MASTER CC 2019 v7
MASTER CC 2021 v11
MASTER CC 2022 v13
MASTER CC 2023 v10
MASTER CC 2024 v7
MASTER CC 2025 v2

DAVINCI WINDOWS:
Davinci 16
Davinci 17
Davinci 18
Davinci 19

Pluginlar:
Plugin Premiere Pro CC 2017-2025:
FilmImpact Transition Packs
Red Giant Magic Bullet Suite 14.0.3
Red Giant Shooter Suite 13.1.14 (pluraleyes)
Red Giant Keying Suite 11.1.11
Neat video

Boris FX Silhouette
Boris FX Mocha Pro for Mac 2023 v10.0.4
RE-Vision FX Effections Plus 23.0.8 CE
Boris FX Sapphire Plug-ins Complete 2024
Boris FX Continuum 2024 Plug-ins Complete
Boris FX Mocha Pro 2024

After effects Plugins:
Element 3D 2.2.3.2192 WIN MAC
VC Optical Flares 1.3.5
Red Giant Trapcode Suite 16.0.3

WINDOWS - 7,8,10,11 by smokie
WINDOWS - 7,8,10,11 by eagle

BELOFF v.2024.10 "Full" MInstAll & WPI 164GB
SamDrivers 24.10 Сборник драйверов для Windows

Microsoft OFFICE:
Office 2021
Office 2024


ADOBE COLLECTION MAC
ADOBE 2024:
Premiere Pro CC 2024
Premiere Rush CC 2024
Photoshop CC 2024
After Effects CC 2024
Media Encoder CC 2024
Audition CC 2024
InDesign CC 2024
InCopy CC 2024
Illustrator CC 2024
Animate CC 2024
Lightroom Classic
Adobe XD CC 2024
Bridge CC 2024
Dreamweaver 2021
Dimension
Substance 3D Sampler CC 2024
Substance 3D Painter CC 2024
Substance 3D Stager CC 2024
Substance 3D Designer CC 2024

ADOBE 2025:
Premiere Pro CC 2025.1
After effects CC 2025.1
Media Encoder CC 2025.1


Bizni kuzatib boring:
Telegram | Youtube | Instagram

Kanalni qo'llab quvvatlash uchun:
Donat
👍1
Forwarded from Aziz Rahimov
Ramazon hayiti katta bayramlarimizdan.

Nishonlashimiz sababi esa ramazon tugaganiga xursand bo'lganimizdan emas.

Mo'minlarda rahmat oyi tugashidan xafalik ko'proq bo'ladi.

Yaqinimizni chet elga kuzatgandek bo'lamiz. Ham xursandmiz. Ham xafa.

Nishonlashimiz mag'firat umididan.

Ahmad ibn Hanbal aytganlaridek – haqiqiy hayit haqiqatdan mag'firat bo'lganlarniki.

Ramazon davrida o'zgara olganlarniki.

Shu rahmat oyida orttirgan odatlarimiz, ichki holatimiz keyingi ramazongacha yetib borsin.

Umrimiz oxirigacha yetib borsin.

Omin.

Ramazonni foydali o'tkazganlarga ramazon hayiti muborak!