Edit Maktab
4.97K subscribers
184 photos
57 videos
61 links
🎞 Sizni professional montaj dunyosiga olib kiramiz:
• tushunishga oson texnik bilimlar
• shaxsiy uslubni shakllantirish
• ijodiy didni o'stirish, barchasi 3 oyda!

📬 Menejer: @edit_sm
🌐 Sayt: www.editmaktab.uz
📞 +998-55-518-44-22
Download Telegram
❓ Bizda mehmon bor, sizda savol bormi?

Ertaga montaj va syomka bo‘yicha TOP mutaxassislar bilan suhbatlashamiz.

🎥 Postanovkachi operator va Filmmaker/Coloristdan nimalarni so‘ragan bo‘lar edingiz?

Suhbat videosi YouTube sahifamizga chiqadi.

Pastda savollaringizni yozib qoldiring, biz ularni mutaxassislarga yetkazamiz.

😁 Qani, hamma kommentga, uyalchanglar esa anonim botga

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥107
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🕶 Endi kinolarni boshqacha koʻrasiz

Media mutaxassislari doim nimadir oʻrganishi kerak. Bir joyda qotib qolish, orqaga ketish degani.

Oʻrganish jarayoni esa doim qatʼiy rejimda boʻlishi shart emas.

🍿 Shunchaki popkorn bilan kino koʻrib ham nimadir oʻrgansa boʻladi. Ammo qanday?

Qanday boʻlishini YouTube videoda koʻrsatib berdik:

YouTube havola

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥8👍3
Edit Maktab | Chat
ai ni o'zi ham videomantaj +motion design kelajakda ish kamayadi deyabdi ,sababi ai ko'p ishlarni qilayabdi kesish rang boshqa boshqalar ,aka shu mavzuni batasil organib chiqib maqola yozsangiz ,to'g'risi men studentman endi qaysi kasbni tanlashni bilmay qoldim
AI haqida kuzatuvchilarimizdan savol kegan edi. Shu savolga bir nechta post bilan javob beramiz.

AI'dan qoʻrquv — tabiiy, har qanaqa soha egalari oʻylanib qolyapti.

Keling, hissiyotlarimizni toʻgʻri yoʻnaltirish uchun faktlarga qaraymiz. 👇

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥22
📺 Tarixda bunday "qo‘rquvlar" birinchi marta emas

1990-yillardan oldin montaj — plyonkalarni qoʻlda qaychi bilan qirqish orqali qilinardi.

🧠 Kompyuterda montaj qilish (Adobe Premiere) chiqqanda, "montajchilar ishsiz qoladi" deb qo‘rqishgan. Lekin, ish 10 baravar tezlashdi, talab esa faqat oshdi.

2010-yillarda avtomatik rang berish va shablonlar chiqqanda ham vahima bo‘lgan. Natijada, professional xizmat narxi pasaymadi, aksincha san’atga aylandi.

🔄AI instrumentlari ham navbatdagi yangilanish. U videoni kesishi mumkin, lekin nimani, nima uchun va qaysi soniyada kesish kerakligini tushunmaydi.

AI montaj ustasini emas, uning zerikarli va "qora ishlarini" o‘ldiradi. Ijodkor esa doim qadrlanadi!

Davomi bor...

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥159👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hissiyot va ta’m faktori

1️⃣ Kadrlar ketma-ketligini videolar yig‘indisi xolos, deb oʻylasangiz qattiq adashasiz. Bu boshdan-oyoq psixologiya.

Yuqoridagi videoda 1920-yillarda isbotlangan Kuleshov tajribasi ko‘rsatilgan.

Bitta kadrni boshqasi bilan almashtirish — tomoshabinda butkul boshqa hissiyot uyg‘otishi mumkin. Bu tarixga "Kuleshov effekti" nomi bilan kirdi va hozirgacha montajda asos boʻlib xizmat qiladi.

2️⃣ AI musiqaga tushirib "beat" beroladi. Lekin tomoshabinni hayajondan nafasini qaytarib qo‘yadigan o‘sha "muhim pauza"ni sezmaydi.

3️⃣ Inson miyasi sun’iylikni bittada payqaydi. AI yaratgan montajda mantiq bo‘lishi mumkin. Lekin unda empatiya, hissiyot yo‘q.

Bor boʻlsa ham sunʼiy. Mijoz esa robotnimas, uning dardini tushunadigan, oʻzi kabi odam boʻlgan mutaxassis ishini sevadi.

👨‍🍳 AI instrumentlari sizga masalliqlarni artib-toʻgʻrab tayyorlab beraveradi. Taom obi-tobida pishishiga, ta’mi yaxshi chiqishiga javobgar sifatida video montaj ustasi bosh rolda qoladi. Qadri esa oshadi!

Davomi bor...

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍87🔥3
☕️ Kofe tayyorlash ≠ 100 kishiga osh berish

Kechagi mavzuni faktlar bilan davom ettiramiz.

"AI odam kabi video montaj qiloladigan darajaga chiqdi" deb tasavvur qilaylik. Lekin...

Butun dunyo internet trafigining 82% dan ortigʻi video kontentga toʻgʻri keladi.

📈 Bu koʻrsatkich har yili 20-30% ga oʻsyapti. Hozir hammaga video kerak.

AI hammasini oʻzi qilishga bilimi yetsa ham, buncha sigʻimga quvvati yetmaydi.

Odatdagi montaj — kofe damlash.
AI orqali 4K video chiqarish — 100 kishilik toʻyga osh damlashdek gap.

Bunga katta qozonlar (serverlar) va juda koʻp oʻtin (elektr energiyasi) kerak.

🌎 Xullas, hozircha video montajni AI toʻliq egallashi uchun sayyoramizda resurs yetarli emas. Va unga to‘g‘ri buyruq bera oladigan mutaxassis montaj ustalari ham.

Koʻnglingizni toʻq qiling...

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍8🔥6
Koʻnglimizni toʻq qilib AI'ni eʼtiborsiz qoldiraylikmi?

👍 Bugun shu mavzuga nuqta qoʻyamiz. AI sohani oʻzgartiradimi? Albatta.

Ish oʻrinlari qisqaradimi? Ha, lekin faqat mexanik ishlar uchun.

Sizning ishingizni AI'ni oʻzi ololmaydi. AI instrumentlarini pista poʻchoq qilib tashlaydiganlarni soyasida qolib ketmasangiz boʻldi.

🤖 Ular qora ishlarni robotga topshiradi. Oʻzi gʻoya va sifat ustida ishlaydi. Chunki, inson omili va ijodkorligi doim birinchi oʻrinda.

Bunday qisqarishga hali uzoq yillar bor, aynan media sohasida. Yaqin yillarda video kontentga talabni toʻliq qondirish qiyin.

Ish qisqaradigan kunlar kelganda ham Edit maktabi oʻquvchilari nonini yarimta qilmaydi.

Nonini yarimta qilmaydigan montaj ustasi boʻlaman desangiz: @edit_sm

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥66
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥11👍3
👀 2-3 oydan beri "Niyat qilyapman" deganlar, bu yoqqa qarab yuboringlar

Kechagi so‘rovnomamizda har 5-odam "2-3 oyni" tanlabdi.

Husayn ham dekabrda xuddi sizdek niyat qilib turgandi. Va o‘sha oyda kursga yozilgan.

🤩 2-3 oy ichida kursni tugatmasdan turib 4-5 mln soʻm daromadga chiqqan.

Skrinshotdagi xabar arxivdan, ya’ni bu Husaynning bir necha oy oldingi natijasi. Hozir u qayerda ekanligini tasavvur qilavering.

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍9🔥5
🙂 3 oylik natijadan yana koʻraylik

Sentyabrda o‘qishni boshlagan Ja’farxo‘ja yanvar oyidayoq (ya’ni 3-4 oylik natija) 300-400$ daromadga chiqqan edi.

🙂 E’tibor bering, u "muqim ishlamayapman" degan...

Mantiqni ko‘ryapsizmi?
Husayn (dekabr o'quvchisi) — 4-5 mln so‘m
Ja’farxo'ja (sentyabr o'quvchisi) — 300-400$.

Tushungan bo‘lsangiz kerak, bu tasodif yoki omad emas. Edit Maktabi beradigan bilimning bozordagi real bahosi. Tizim shunaqa ishlaydi.

2-3 oydan beri o‘qigisi kelib yurganlar, yana qancha oylarni o‘tkazib yubormoqchisiz?

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54👍3
Shunaqa keys yana kimlarga qiziq?

Reaksiya orqali bildiramiz — 🔥

@editmaktab
🔥25👍11
🖥 Vrach mutaxassis ishdan keyin video montaj qilarkanlar

Boyagina yozgan o'quvchimiz Ja’farxo‘ja aslida vrach ekanlar. Juda band va mas’uliyatli kasb egasiga tasanno!

O‘sha post izohida esa hozirgi daromadi 2.5 barobar oshganini yozganlar.

Demak, sohangizdan qat’i nazar, kechki payt bir necha soat vaqt ajratib, oylik maoshingizdan ko‘proq qo‘shimcha daromad topishingiz mumkin.

🙂 Qiziqish va ishtiyoq nimalarga qodir-a?

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12🔥10👍7
🏀 Endi 6 oydan beri niyat qilib yurganlarni biroz kuydiramiz

So‘rovnomamizda 14% odam yarim yildan beri kuzatayotganini aytibdi.

Endi 6 oy oldin kursga yozilgan o‘quvchimizni natijalarini ko‘rib, o‘zingiz xulosa qiling:

✅ 4 oyda kursni bitirgan
✅ Frilanser, fiverr'da mustaqil ishlayapti
✅ Oylik daromadi — 1000$ atrofida

Ichingizda bir nima g‘imirlab qoldi-ya?

🙂 Bu yaxshilikka. Bu degani — siz ham shunday natija xohlaysiz va bunga qodirsiz! Faqat niyatdan amalga o‘tish kerak.

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🔥7👍5
Ish taklif qilamiz deb yursak, o‘zi nonini butun qilib olibdi

🧑‍🏫 Bizda hamma narsa jiddiy. Kursni bitirgan har bir o‘quvchiga 100% ish taklif qilish shartnomada rasman yozilgan.

Abdullohga esa bizni bu va’damiz kerak bo‘lmay qoldi.

U noutbuk sabab 6 oyda ham kursni tugatmagan. Lekin shiddati tufayli ish taklifimizga yetib bormasdan o‘zi 600-800$ topishni boshlab yuborgan.

👋 6 oydan beri "o‘qisammi-o‘qimasammi" deb gul bargini uzib yurganlar, shu yerdamisiz?

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥117👍5
😎 Xohlasam uyda, xohlasam ofisda ishlayman


Shamsiddin avgust oyida kursga yozilgan. Oradan hali 1 yil o'tmadi.

9 oy ichida moslashuvchan grafik bilan 1000$ daromadga chiqqan. U hozir bu postni uyidagi divanda montaj qilib o'qib o'tirgan bo'lishi mumkin.

🖥 So'rovnomamizda esa 84 ta kishi 1 yildan beri o'qishni xohlashini bildirgan.

Yo'q, Edit maktabda adashib o'qib qo'ymaslik kerak. Chunki bilimingiz oshib, standartlaringiz ko'tarilib pulingiz ham ko'payib ketadi.

😁 Kimga kerak bunaqa mashmashalar.

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥167👍4
😎 Hozir shunaqa darajadamanki, istalgan joy meni ishga olishga tayyor


O'tgan yili oflayn guruhda o'qigan Nodirbek 10 daqiqalik audioda o'z natijalarini va Edit maktab haqidagi fikrlarini bildirgan.

U hozir Edit maktab videolarini montaj qiladi. Audioni eshita olmasangiz muhim joylarini beramiz:

Asosiy ustoz — Davron akada bilim shunchalik ko'pki, yana qayta o'qishga tayyorman.

Oflaynda jamoa zo'r bo'lgan, guruhdoshlar bilan mafia ham o'ynar edik.

Kerakli kadr bo'lganim uchun menga 2600$ lik kompyuter olib berishdi.

Juda intizomli bo'lmasam ham, montajga qiziqqanim natijaga yetakladi.

2 ta kuchli shaxs tavsiyasi va ustozlarni tajribasini ko'rib Edit maktabni bittada tanlaganman.

Didni o'stirish va montajyor sifatida dunyoqarashni kengaytirish men kutganimdan ko'proq foyda berdi.


@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🔥5👍4
🖱 Endi navbat kimga ekan?

Kecha va bugun sizlarga bir necha oydan keyingi ehtimoliy hayotingizni koʻrsatdik. Bunga o'xshash natijalardan bizda 300 ga yaqini bor.

🤩 Sizga ham eshiklarimiz ochiq.

Navbatdagi OFLAYN guruhga qabul boshlandi:

📤1oy — onlayn, 2 oy — oflayn
📤15-maydan start oladi
📤haftasiga 3 marta dars, — 3 soatdan

Faqat 20 kishi qabul qilinadi. Batafsil ma'lumot va joyingizni band qilish uchun: @edit_sm

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14🔥6👍3
Forwarded from Севинч Баҳодирова
Уже 2 та жой банд бўлди деб ёзиб қўяверинг))
12🔥6👍4
👨‍⚖️ Siz video montajyor boʻla olmaysiz

Montajni oʻrganishni xohlab qoldingiz. Endi taxminiy jarayonni koʻrib chiqamiz:

YouTube'dan darslar qidirasiz. Yaxshi darslar uchun til baryeri bor. Tushunishga qiyin.

😌 Keyin kurs izlay boshlaysiz. Topasiz. Sotib olasiz. Ishtiyoq bilan oʻqishni boshlaysiz. Faqat texnik bilim bilan koʻnglizga yoqadigan video yasay olmaysiz. Tashlab qoʻyasiz.

3-4 oy umr. Vaqt. Kuch. Hafsala. Pul. Hammasi havoga uchadi.

🙂 Chunki muammo sizda emas. Muammo tizimda edi.

Bepul manbalarda — tartibsiz darslar, savolga javob ololmaslik.
Pullik kurslarda — faqat texnik bilimdan qoniqmaysiz.

Kim shu yoʻlni bosib oʻtgan? Izohda tajribangizni boʻlishing.

@editmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11🔥8👍4