O'zbekiston Ekologik partiyasi
33.1K subscribers
24.9K photos
2.98K videos
64 files
12.5K links
O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanali:

www.ecouz.uz
Facebook.com/ecopartyuzb
Instagram.com/ecopartyuzb
YouTube.com/c/ecouz
@ecopartyuzb_bot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ekopartiya yosh olimlarining vakili, qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Anvar Shamsiyevning shaharsozlik borasida Janubiy Koreya misolida takliflari.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Lalmikor yerlardan samarali foydalanishning zamonaviy usullari

Toshkent viloyatida resurs va energiya tejamkor, ekologiyaga bezarar bo‘lgan texnologiyani keng targ‘ib qilish maqsadida Ekopartiya olimlar qanoti vakillari (professor A.Nurbekov va shogirdlari) tomonidan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan kelgan fermerlar, tuman qishloq xo‘jalik bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://ecouz.uz/news-page/view/314

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Эртага Эрон пойтахти Теҳрон шаҳрида бўлиб ўтадиган марҳум Президент Иброҳим Раисий билан видолашув маросимида Ўзбекистон делегацияси ҳам иштирок этади. Делегациямизга Олий Мажлис Қонунчилик палатаси Спикери Нурдинжон Исмоилов бошчилик қилади.

Делегация Узбекистана примет участие в церемонии прощания с покойным Президентом Ибрахимом Раиси, запланированной на завтра в иранской столице Тегеране. Делегацию возглавит Спикер Законодательной палаты Олий Мажлиса Нурдинжон Исмоилов.

Facebook|Instagram|X
Ekologiyani asrash yo‘lida yana bir hamkorlik

Bugun o‘z safiga ko‘ngilli yoshlarni jamlagan holda mamlakatimiz hayotidagi turli jarayonlarda munosib qatnashib kelayotgan O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Marosimda partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev volontyorlar assotsiatsiyasining doimiy tashabbuskorligi, fidoiy yoshlarni o‘zida jamlagani haqida so‘z yuritib, ikki tomonlama hamkorlik samarali bo‘lishi va ekologiyani yaxshilashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari Shirin Obidova so‘zga chiqib, bevosita yashash huquqimizga daxldor bo‘lgan ekologik huquqlarning ta’minlanishi va ona tabiatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan har qanday xavf-xatarlarning oldini olish barchaning burchi ekanligi va bu yo‘lda partiya hamda ko‘ngillilarning hamkorligi yaxshi samara berishini qayd etdi.

Memorandum doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ham kelishib olindi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Bir kun bo‘lsa-da hissa qo‘shaylik!

Ertaga, 22-may Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" etib belgilangan. Bu kunni odatdagidek o‘tkazishingiz ham mumkin, lekin mana shu bir kun jamoat transportida ishga borish orqali poytaxtimiz havosining yaxshilanishiga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Aziz hamshaharlar, bugun toshkent shahrida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning 93 foizi avtomobillar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu raqamni kamaytirish esa o‘z qo‘limizda!

O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ijtimoiy tarmoqlarda sobiq Milliy xavfsizlik xizmati binosi o‘rnida mehmonxona qurilayotgani va qurilish maydonida ko‘p yillik daraxtlar kesilib, o‘ralgan holda olib chiqib ketilayotganligi haqida videoxabar tarqaldi.

Iqlim o‘zgarishini yumshatishning eng muhim aspekti-bu daraxtlarning ko‘p bo‘lishi. Shundoq ham poytaxtimizda sanoqli qolgan daraxtlarimizni asrash bo‘yicha moratoriyga va ekofaollarimiz bong urishiga qaramasdan hali hamon daraxtkushlar to‘xtamayapti.

Bosh prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’ul bo‘lgan davlat tashkilotlaridan zudlik bilan ushbu holatga chora ko‘rishlarini so‘raymiz. Zero, kesilishi ko‘zda tutilgan qolgan daraxtlarni asrab qolishimiz shart!

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekopartiya
#muhim_sana

22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni

Xalqaro huquq normalariga ko‘ra, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ularni boshqarish va butligini saqlash hamda samarali faoliyat yuritishini ta'minlash dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

1992-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi va u bir yil o‘tib, xalqaro hujjat sifatida kuchga kirdi. Ko‘plab muhim vazifalar belgilab berilgan mazkur Konvensiya bugungi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Shu munosabat bilan har yili 22-may — Xalqaro biologik xilma-xillik kuni sifatida nishonlanib kelinadi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахborot 24 | Ekopartiya olimlar qanoti vakillari tomonidan resurs va energiya tejamkor, ekologiyaga bezarar bo‘lgan texnologiyani keng targ‘ib qilish maqsadida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan seminardan lavha.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Avtomobilsiz_kun

Bugun poytaxtimizda "Avtomobilsiz kun". Loyiha doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi jamoasi hamda deputatlari faol ishtirok etib, poytaxtimiz aholisi va mehmonlarni ham bunga chorladi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekopartiya
#Qashqadaryo

📌Ekologiya va yoshlar

Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qashqadaryo viloyat Kengashi tomonidan "Ekologiya va yoshlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi faollari, deputatlar, universitetning professor o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda bugun dunyoda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar, xususan, mamlakatimizda ham yuzaga kelayotgan suv taqchilligi, cho‘llanish, atrof-muhitning ifloslanishi kabi muammolar va ularni oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda partiya tomonidan ilgari surilayotgan takliflar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga ekologlar batafsil javob berishdi.

Facebook | 🌐Instagram |🌐 Web site | 📹You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM