Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi
1.14K subscribers
15.8K photos
1.56K videos
1 file
5.26K links
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi rasmiy telegram kanali

Murojaat uchun👇👇
+998976148850
Sherali Iskandarov
Download Telegram
📌Fuqarolarimiz dardini tinglash, muammolariga еchim topish va ularga ko'makchi bo'lish bosh maqsadimiz!

Bu haqda Joriy yilning 27-aprеl kuni Urgut tumanidagi Kеnagas va Ispanza MFY larida tabiat rеsurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i X.Okbutaеv boshchiligida va mutasaddi tashkilotlar mas'ullari ishtirokida bo'lib o'tgan sayyor qabul davomida ta'kidlab o'tdi.

Sayyor qabul davomida hududdagi ekologiya sohasiga doir muammolar, yoshlarga doir masalalari bo'yicha barcha murojaatlar bo'yicha bildirilgan muammolarning aksariyatiga shu joyning o'zida qanoatlantirilgan bo'lsa, ayrimlarini tеgishli tartibda bartaraf etish bo'yicha mas'ullar ko'magida  ko'rib chiqish bеlgilab olindi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand
🏭 Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida “Shaharsozlikning innovatsion rivojlantirish muammolari, fan va ta’lim istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konfirensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi, universitet va chet elning sohaga oid mutaxassis olimlari ishtirokida tashkil etilgan konfirensiyada shaharsozlikda qurilishlarini amalga oshirishda ekologik meyorlarga amal kilish, o‘simlik dunyosiga ziyon yetkazilishini oldini olish va texnika vositalaridan foydalanishda atmosfera havosiga tashlanadigan zaharli tashlamalarni oldini olishga oid ma’ruzalar qilinib, qator takliflar ilgani surildi.

Shuningdek, konfirensiya davomida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javoblar berib o‘tishdi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI  | XALQARO ILMIY - AMALIY KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TDI 27.04.2023-YIL

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
#munosabat

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda “Kattaqo‘rg‘on tumani Yovi mahallasida joylashgan 108-maktab o‘qituvchilari tomonidan maktab hovlisidagi qariyb 1 gektarga yaqin maydonda 4000 tup atrofidagi 13 yillik terak daraxtlari 50-60 mln so‘mga sotib yuborilgan” degan mazmunda qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Haqiqatan ham tumandagi 30-maktab hududidagi teraklarni tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasining 03.11.2022 yildagi berilgan xulosasiga asosan teraklar kesilib, jami 44 mln. so‘mga sotilgan. maktabining bankdagi maxsus hisob raqamiga qo‘yilgan.

Ayni paytda mazkur mablag‘lar maktabning ehtiyoji uchun, ya’ni o‘quv xonalarini ta’mirlash va jihozlash uchun ishlatilayotganligini ma’lum qilamiz.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
❇️ QONUNBUZAR JAZOSIZ QOLMAYDI

✳️ Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan kuzatuv tadbirlari jarayonida Urgut tumanining “Chag‘izmon” mahallasida yashovchi besh nafar fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda mahalla hududidagi tuproq aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, o‘z ehtiyoji uchun foydalanayotganligi aniqlandi.

👉 Shu sababli huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblashning 10 barobari miqdoridan jarimalar belgilandi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Samarqand shahri Firdavsiy ko‘chasidagi daraxtlar nobud qilinayotganligi” haqida tarqalgan xabarga binoan, tabiat resurslari vazirligi Samarqand shahar bo‘limi davlat inspektorlari holatni o‘rganib, shuni ma’lum qiladiki, haqiqatda ham mazkur hududda yashovchi fuqaro Sh.Sh tomonida oʻz honadoni atrofida ta’mirlash ishlari olib borish jarayonida bir tup kasallanib qurib yaroqsiz holatga kelib qolgan oʻrik daraxtni tag qismidan kesib tashlaganligi aniqlandi.
Shu bois, huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga binoan jarima qo‘llanilib, so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarari hisoblanganligini ma’lum qilamiz.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️АРИҚДАГИ "ҚОНЛИ" СУВ


Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21:00 29.04.2023

SAMARQAND YIRIK QUYOSH FOTOELEKTROSTANSIYASI ISHGA TUSHDI

#Samarqand

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

Kanalga qo‘shiling👇👇

https://t.me/econewssamarqand
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🦢Saqoqush tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi

Yaqinda Qo‘shrabot tumanida ucholmay qiynalib qolgan Pushti Saqoqushi (pelikan) topib olinib, tabiat resurslari vazirligi tasarrufidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘iga keltirilgan edi.
Joriy yilning 29-aprel’ kuni mazkur Qizil kitobga kiritilgan Pushti Saqoqushi (pelikan) Jizzax viloyatidagi Aydar ko‘liga olib borib, yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
🌱🐑O‘SIMLIK DUNYOSIGA BO‘LGAN MUNOSABATIMIZ SHUMI?

Joriy yilning 1-may kuni tabiat resurslari vazirligi Bulung‘ur tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida olib borildi.

Kuzatuv nazorat tadbirlari jarayonida tuman hududidan o‘tuvchi M-39-avtomagistral yo‘li yoqasiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va butasimon daraxt ko‘chatlari ekilgan hududda, “Kattaqishloq” MFYda yashovchi fuqaro N.S o‘ziga tegishli chorva qo‘ylarini o‘tlatishi paytida, e’tiborsizlik tufayli daraxtlarga o‘sishdan to‘xtamas darajada ziyon yetkazayotganligi aniqlandi.

Shu bois fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 148-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarima qo‘llanildi va o‘simlik dunyosiga zarar yetkazmaslik lozimligi borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram
🌱Qo‘shrabotda “Daraxtlarni sug‘orish haftaligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda

Shu kunlarda Tabiat resurslari vazirligi Qo‘shrabot tumani bo‘limi tashabbusi va tegishli tashkilotlar hamrohligida "Daraxtlarni sug‘orish haftaligi" tadbirlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbir doirasida tumanda davlat inspektorlari, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Yo‘l ko‘kalam” UK xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarni sug‘orish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, ayni paytda tuman hududidan o‘tuvchi A-378 avtomagistral yo‘li va “Do‘stik” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘l yoqasida “Yashil belbog‘” shaklida ekilgan daraxtlarga suv qo‘yish, ularni parvarishlash, atrofiga ishlov berish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Unda “Yo‘l ko‘kalam” UKning texnika vositalari doimiy tarzda faoliyatni davom ettirmoqda. Maqsad, ekilgan daraxtlarni jaziramadan saqlashdir.

Tabiat resurslari vazirligi Samarqand viloyati boshqarmasi matbuot xizmati

Kanalga qo‘shiling👇👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram