#Nazm
BU ZAMON G‘AZALI
Tillashibdir bo‘ri birla tozilar,
Birlashibdir o‘g‘ri birla qozilar.
Ne deb aytar ul baobro‘ anjuman?
Qo‘l ko‘tarsin ushbu holga rozilar.
Zo‘r bahodirmiz, jasorat bizdadir,
Pashsha qonin to‘kkan ey mard Qozilar.
Biz chunon xizmatga belni bog‘ladik,
Bormi himmat o‘lchagich torozilar?
Bizga nelar der xaloyiq bu zamon?
Nelar aytar kelgusi ham moziylar?
Men g‘azal yozmoqchi erdim, ne qilay?
Bu zamon tarixga shundoq yozilar.
✍ Erkin Vohidov
📚 ️Elektron kitobxona
BU ZAMON G‘AZALI
Tillashibdir bo‘ri birla tozilar,
Birlashibdir o‘g‘ri birla qozilar.
Ne deb aytar ul baobro‘ anjuman?
Qo‘l ko‘tarsin ushbu holga rozilar.
Zo‘r bahodirmiz, jasorat bizdadir,
Pashsha qonin to‘kkan ey mard Qozilar.
Biz chunon xizmatga belni bog‘ladik,
Bormi himmat o‘lchagich torozilar?
Bizga nelar der xaloyiq bu zamon?
Nelar aytar kelgusi ham moziylar?
Men g‘azal yozmoqchi erdim, ne qilay?
Bu zamon tarixga shundoq yozilar.
✍ Erkin Vohidov
📚 ️Elektron kitobxona
#Nazm
TANGRI VA YAMOQCHI
Yamoqchi tangriga derkan tinmayin:
- Ey xudo!
Menga ham bir qayrilib boq!
Chorig‘ing so‘kilsa tikib berayin,
Kovushing teshilsa
Solayin yamoq.
Tangri debdi bir kun:
- Ol boqiy umr,
Farishta bo‘lursan!
- E qo‘y, kerakmas!
Umr berma menga, ber ozroq ko‘mir,
Ustiga bir chetan
Yantoq bo‘lsa bas.
Tangri debdi:
- Tun-kun sajdalar qilib
Shungamidi chekkan nolayu ohing.
Nima qilar eding menga sig‘inib
Asli,
Aravakash ekan
Ilohing.
✍ Erkin Vohidov
📚 ️Elektron kitobxona
TANGRI VA YAMOQCHI
Yamoqchi tangriga derkan tinmayin:
- Ey xudo!
Menga ham bir qayrilib boq!
Chorig‘ing so‘kilsa tikib berayin,
Kovushing teshilsa
Solayin yamoq.
Tangri debdi bir kun:
- Ol boqiy umr,
Farishta bo‘lursan!
- E qo‘y, kerakmas!
Umr berma menga, ber ozroq ko‘mir,
Ustiga bir chetan
Yantoq bo‘lsa bas.
Tangri debdi:
- Tun-kun sajdalar qilib
Shungamidi chekkan nolayu ohing.
Nima qilar eding menga sig‘inib
Asli,
Aravakash ekan
Ilohing.
✍ Erkin Vohidov
📚 ️Elektron kitobxona
#Nazm
"Nuqsona kelgay"
Musulmonlar yovlashsa bir-biriga,
Davlat qaytib, dinlar nuqsona kelgay.
Zulm aylab, bir-birin olsa asirga,
Falak bu ishlardan pushmonga kelgay.
Bir-birini chopmoq emas erlikdan,
Bu ish shaytondandir, balki ko’rlikdan,
Manmanlik ayirgay elni birlikdan,
Davlat ketib, navbat dushmona kelgay.
Yaxshilar kamayib, iymon qisilsa,
Yomonlar quturib, yo’llar kesilsa,
Shariat bo’shashib, nomus ezilsa,
Zamonaning ishi shaytona kelgay.
Tingla, maskan tutgan kishi cho’llarda,
Sadaqa kamaysa ulug’ ellarda,
Xalq ustiga qahat tushib, yillarda,
Xastalik ko’payib, qasd jona kelgay.
Musulmonsan, xabardor bo’l zuloldan,
Haromdan qoch mudom, izla haloldan,
O’lchovdan ursalar, yurtning vaboldan (gunoh)
Barakati ko’chib, osmona kelgay.
So’zimni olgaylar bilganlar qalqa,
Murodim nasihat aylamoq xalqqa,
Qozisi gap uqmas, begi past o’lka,
Yomg’ir yog’may, yeri qizmona kelgay.
Sharrga shuhrat bermoq shaytonning kori,
Qahrin yutmoq erur rahmonning kori,
Ko’paysa har elning boshliq sarkori,
Nizomi buzilib, vayrona kelgay.
Parvardigor o’zi faqirga panoh,
U kimdir bo’lmagay tilida sano?
Qaysi yurtda agar ko’paysa zino,
Yerlari qimirlab, larzona kelgay.
Maxtumquli, tursam so’zim sochmoqqa,
Anglamaslar shaylanadi qochmoqqa,
Qaysi xalq ko’niksa sharob ichmoqqa,
Yurtda o’lat tarqab, vayrona kelgay.
✍ Maxtumquli
📚 ️Elektron kitobxona
"Nuqsona kelgay"
Musulmonlar yovlashsa bir-biriga,
Davlat qaytib, dinlar nuqsona kelgay.
Zulm aylab, bir-birin olsa asirga,
Falak bu ishlardan pushmonga kelgay.
Bir-birini chopmoq emas erlikdan,
Bu ish shaytondandir, balki ko’rlikdan,
Manmanlik ayirgay elni birlikdan,
Davlat ketib, navbat dushmona kelgay.
Yaxshilar kamayib, iymon qisilsa,
Yomonlar quturib, yo’llar kesilsa,
Shariat bo’shashib, nomus ezilsa,
Zamonaning ishi shaytona kelgay.
Tingla, maskan tutgan kishi cho’llarda,
Sadaqa kamaysa ulug’ ellarda,
Xalq ustiga qahat tushib, yillarda,
Xastalik ko’payib, qasd jona kelgay.
Musulmonsan, xabardor bo’l zuloldan,
Haromdan qoch mudom, izla haloldan,
O’lchovdan ursalar, yurtning vaboldan (gunoh)
Barakati ko’chib, osmona kelgay.
So’zimni olgaylar bilganlar qalqa,
Murodim nasihat aylamoq xalqqa,
Qozisi gap uqmas, begi past o’lka,
Yomg’ir yog’may, yeri qizmona kelgay.
Sharrga shuhrat bermoq shaytonning kori,
Qahrin yutmoq erur rahmonning kori,
Ko’paysa har elning boshliq sarkori,
Nizomi buzilib, vayrona kelgay.
Parvardigor o’zi faqirga panoh,
U kimdir bo’lmagay tilida sano?
Qaysi yurtda agar ko’paysa zino,
Yerlari qimirlab, larzona kelgay.
Maxtumquli, tursam so’zim sochmoqqa,
Anglamaslar shaylanadi qochmoqqa,
Qaysi xalq ko’niksa sharob ichmoqqa,
Yurtda o’lat tarqab, vayrona kelgay.
✍ Maxtumquli
📚 ️Elektron kitobxona
#Nazm
Umidim — «xo‘p» degan gap,
Sizni sevib qolganman.
Barmog‘ingiz chamalab,
Uzuk sotib olganman.
«Yo‘q» desangiz toparman
Sizdan ko‘ra tuzukni. . .
Unga qanday taqarman
Sizga olgan uzukni?
1973
- Anvar Obidjon.
📚 ️Elektron kitobxona
Umidim — «xo‘p» degan gap,
Sizni sevib qolganman.
Barmog‘ingiz chamalab,
Uzuk sotib olganman.
«Yo‘q» desangiz toparman
Sizdan ko‘ra tuzukni. . .
Unga qanday taqarman
Sizga olgan uzukni?
1973
- Anvar Obidjon.
📚 ️Elektron kitobxona
#Nazm
TOPVOLDI
O'zim yozgan she'r ham o'zimnikimas -
Ming bir muharrir bor uyimda.
Sizga ko'rsatolmam o'z bolamni ham,
O'zim kiyintirgan kiyimda.
Xotinim qizlarni yozmaysan, deydi,
Otam podsholarni. Meni avaylar.
Ilhom yillab eshik qoqmaydi gohi,
Yurak voyvoylar...
Gulxan bo'lib ketdi qancha she'rlarim,
Muhabbat haqida edi hammasi,
Aziz muxlislarim, bilib qo'yinglar,
Shoirga xo'jayin hatto ammasi!
Men ham durust shoir bo'larmidim, balki,
Eng go'zal baytlarim yirtilmaganda.
Ushbu she'rimni ham tamaki izlab,
Tokchadan topvoldim kutilmaganda.
Topdimu otini topvoldi qo'ydim,
Yuzlaridan o'pdim yarim kechada.
Qulog'iga shivirlab: men uydan to'ydim,
Sen bor, o'ynab kelgin, dedim, ko'chada!..
- Muhammad Yusuf
📚 ️@e_kutubxona
TOPVOLDI
O'zim yozgan she'r ham o'zimnikimas -
Ming bir muharrir bor uyimda.
Sizga ko'rsatolmam o'z bolamni ham,
O'zim kiyintirgan kiyimda.
Xotinim qizlarni yozmaysan, deydi,
Otam podsholarni. Meni avaylar.
Ilhom yillab eshik qoqmaydi gohi,
Yurak voyvoylar...
Gulxan bo'lib ketdi qancha she'rlarim,
Muhabbat haqida edi hammasi,
Aziz muxlislarim, bilib qo'yinglar,
Shoirga xo'jayin hatto ammasi!
Men ham durust shoir bo'larmidim, balki,
Eng go'zal baytlarim yirtilmaganda.
Ushbu she'rimni ham tamaki izlab,
Tokchadan topvoldim kutilmaganda.
Topdimu otini topvoldi qo'ydim,
Yuzlaridan o'pdim yarim kechada.
Qulog'iga shivirlab: men uydan to'ydim,
Sen bor, o'ynab kelgin, dedim, ko'chada!..
- Muhammad Yusuf
📚 ️@e_kutubxona
#Nazm
DO’PPI
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og'irlik qilyapti boshga...
Rost do’ppilar,
Yolg'on do’ppilar,
Kinolarda qolg'on do’ppilar.
Chust do’ppilar,
Anjon do’ppilar,
Munchoqdek Marg'ilon do’ppilar...
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o’zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko’zga.
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Ko’ngil esa ko’rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e'tibor susaydi.
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Na uyda va na ko’chada.
Mirtemirlar, G'afur G'ulomlar
Yechgan do’ppi qoldi tokchada...
Bu qandayin ko’rgulik savdo,
Do’ppi kiymay qo’ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do’ppi yo’qdir yo
Bosh qolmadi do’ppiga loyiq.
- Muhammad Yusuf.
📚 ️@e_kutubxona
DO’PPI
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan boshqa.
Sochlar silliq,
Silliq qadamlar,
U og'irlik qilyapti boshga...
Rost do’ppilar,
Yolg'on do’ppilar,
Kinolarda qolg'on do’ppilar.
Chust do’ppilar,
Anjon do’ppilar,
Munchoqdek Marg'ilon do’ppilar...
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Bir shoir, bir nosirdan o’zga,
Men ham sizga berdim savollar,
Shlyapamni bostirib ko’zga.
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Ko’ngil esa ko’rmoq tusaydi.
Madaniyat gullagan damlar,
Kallaga e'tibor susaydi.
Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar,
Na uyda va na ko’chada.
Mirtemirlar, G'afur G'ulomlar
Yechgan do’ppi qoldi tokchada...
Bu qandayin ko’rgulik savdo,
Do’ppi kiymay qo’ydi xaloyiq.
Boshga loyiq do’ppi yo’qdir yo
Bosh qolmadi do’ppiga loyiq.
- Muhammad Yusuf.
📚 ️@e_kutubxona
#Nazm
Laganbardorlar
Stalin kazzob, deb zorlanmang hadeb,
U ham farzandidir bitta insonning.
Bilmoqchi bo‘lsangiz, qabri qayda deb,
Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni...
Otabek Kumushin ko‘zlarin yopib,
O‘zi ham ortidan qilgach safarlar,
Qodiriy boboning qo‘llarin o‘pib,
Chohga itargan ham — laganbardorlar.
Ular Iblis bilan tili bir o‘rtoq,
Ular Azroilga sodiq choparlar.
Avval Usmonlarni sotib, keyinroq
Faryod ko‘targan ham — laganbardorlar.
Yov nadir? Zo‘r kelsa o‘ldiradi yov,
Bular qon so‘rguvchi iskabtoparlar.
Qahhorni qand kasal, Oybekni soqov
Qilib qo‘yganlar ham — laganbardorlar.
Ular ustoziga quldayin kimsa,
Mehribon homiysi shogirdlarining.
O‘zi o‘ldirib, so‘ng mozorigacha
Ko‘tarib borishar tobutlarini...
Stalin kazzob, deb zorlanmang hadeb,
U ham bolasi-da bitta insonning.
Bilmoqchi bo‘lsangiz, qabri qayda deb,
Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni!
1988
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
Laganbardorlar
Stalin kazzob, deb zorlanmang hadeb,
U ham farzandidir bitta insonning.
Bilmoqchi bo‘lsangiz, qabri qayda deb,
Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni...
Otabek Kumushin ko‘zlarin yopib,
O‘zi ham ortidan qilgach safarlar,
Qodiriy boboning qo‘llarin o‘pib,
Chohga itargan ham — laganbardorlar.
Ular Iblis bilan tili bir o‘rtoq,
Ular Azroilga sodiq choparlar.
Avval Usmonlarni sotib, keyinroq
Faryod ko‘targan ham — laganbardorlar.
Yov nadir? Zo‘r kelsa o‘ldiradi yov,
Bular qon so‘rguvchi iskabtoparlar.
Qahhorni qand kasal, Oybekni soqov
Qilib qo‘yganlar ham — laganbardorlar.
Ular ustoziga quldayin kimsa,
Mehribon homiysi shogirdlarining.
O‘zi o‘ldirib, so‘ng mozorigacha
Ko‘tarib borishar tobutlarini...
Stalin kazzob, deb zorlanmang hadeb,
U ham bolasi-da bitta insonning.
Bilmoqchi bo‘lsangiz, qabri qayda deb,
Laganbardorlardan so‘rang Cho‘lponni!
1988
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
#Nazm
MATEMATIKA DARSI
Matematika qo’yni to’la sir bo’ladi,
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Derazadan mo’ralaydi olma shoxi,
Ufqda bulut — ertaga yomg'ir bo’ladi...
Matematika, yomg'irlarda chopgum kelur,
Jumbog'ingga men xam javob topgum kelur
Derazadan mo’ralaydi bodom shoxi,
Boqqa chiqib qo’ng'izlarni o’pgum kelur.
Matematika, men ham o’yga botgum kelur,
O’ylab-o’ylab... o’zingga tosh otgum kelur.
Sen samolyot kashf etasan, mening esa
Yalpiz bilan achomlashib yotgim kelur.
Matematika — oy bo’ladi, yil bo’ladi,
Tankni tankka ko’paytirsa — kul bo’ladi..
Dunyo qachon bo’ston bo’lar, gul bo’ladi,
Adabiyot o’ylayverib sil bo’ladi!
Matematika — lov-lov yonib turgan cho’g'san,
Sendan nima yasashlarin bilgan yo’qsan.
Derazadan mo’ralaydi gilos shoxi,
U qo’ndog'ing, o’zing miltiq, o’zing o’qsan...
Matematika, qo’yning to’la sir bo’ladi.
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Qovurg'amning tagida bir qumri yig'lar,
Doskadan meni ayirsang — SHE'R bo’ladi!
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
MATEMATIKA DARSI
Matematika qo’yni to’la sir bo’ladi,
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Derazadan mo’ralaydi olma shoxi,
Ufqda bulut — ertaga yomg'ir bo’ladi...
Matematika, yomg'irlarda chopgum kelur,
Jumbog'ingga men xam javob topgum kelur
Derazadan mo’ralaydi bodom shoxi,
Boqqa chiqib qo’ng'izlarni o’pgum kelur.
Matematika, men ham o’yga botgum kelur,
O’ylab-o’ylab... o’zingga tosh otgum kelur.
Sen samolyot kashf etasan, mening esa
Yalpiz bilan achomlashib yotgim kelur.
Matematika — oy bo’ladi, yil bo’ladi,
Tankni tankka ko’paytirsa — kul bo’ladi..
Dunyo qachon bo’ston bo’lar, gul bo’ladi,
Adabiyot o’ylayverib sil bo’ladi!
Matematika — lov-lov yonib turgan cho’g'san,
Sendan nima yasashlarin bilgan yo’qsan.
Derazadan mo’ralaydi gilos shoxi,
U qo’ndog'ing, o’zing miltiq, o’zing o’qsan...
Matematika, qo’yning to’la sir bo’ladi.
Birga birni ko’paytirsa — bir bo’ladi.
Qovurg'amning tagida bir qumri yig'lar,
Doskadan meni ayirsang — SHE'R bo’ladi!
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
#Nazm
BIBI
Marg'ilon havosi elitdi andak,
Ma’yus ko'chalarda yurdim dovdirab.
Hozir Kumush chiqib qoladigandek
Har eshikka boqdim ko'zim jovdirab.
Chiqsa, Bibi derdim,
She'rga yor bo'ldim,
U bir yuho yanglig' domiga tortar.
Shuhrat yo'liqqanda do'stga zor bo'ldim,
Qalbimni yolg'izlik azobi o'rtar.
Asli-ku, shaharga yo'lim chap edi,
Netay, poytaxtdaman, nasibam ekan.
Sening-ku, dushmaning bir Zaynab edi,
Mening kundoshim ko'p, yovlarim ulkan
Bulardan qo'rqqulik. Bular dog'uli,
Zaynab nima? Zaynab bir rashk bandasi.
Bular dushmanlarning eng nomard xili,
Bular kundoshlarning eng sharmandasi.
Qon to'la ko'zida yaltirar hasad,
Bular na shoir, na omadsiz odam.
Ular oyoq qo'ygan har zina jasad,
Shular gumdon qilgan Qodiriyni ham...
Marg'ilon havosi elitdi andak,
Ma'yus ko'chalarda yurdim dovdirab.
Hozir Kumush chiqib qoladigandek,
Har eshikka boqdim ko'zim jovdirab.
Chiqsa, Bibi derdim,
Men yozmay qo'ydim,
O'rningga boray, sen Marg'ilonga qayt.
Tug'ildim. Yashadim. Zerikdim. To'ydim
Zaharidan bersin, kundoshingga ayt!..
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
BIBI
Marg'ilon havosi elitdi andak,
Ma’yus ko'chalarda yurdim dovdirab.
Hozir Kumush chiqib qoladigandek
Har eshikka boqdim ko'zim jovdirab.
Chiqsa, Bibi derdim,
She'rga yor bo'ldim,
U bir yuho yanglig' domiga tortar.
Shuhrat yo'liqqanda do'stga zor bo'ldim,
Qalbimni yolg'izlik azobi o'rtar.
Asli-ku, shaharga yo'lim chap edi,
Netay, poytaxtdaman, nasibam ekan.
Sening-ku, dushmaning bir Zaynab edi,
Mening kundoshim ko'p, yovlarim ulkan
Bulardan qo'rqqulik. Bular dog'uli,
Zaynab nima? Zaynab bir rashk bandasi.
Bular dushmanlarning eng nomard xili,
Bular kundoshlarning eng sharmandasi.
Qon to'la ko'zida yaltirar hasad,
Bular na shoir, na omadsiz odam.
Ular oyoq qo'ygan har zina jasad,
Shular gumdon qilgan Qodiriyni ham...
Marg'ilon havosi elitdi andak,
Ma'yus ko'chalarda yurdim dovdirab.
Hozir Kumush chiqib qoladigandek,
Har eshikka boqdim ko'zim jovdirab.
Chiqsa, Bibi derdim,
Men yozmay qo'ydim,
O'rningga boray, sen Marg'ilonga qayt.
Tug'ildim. Yashadim. Zerikdim. To'ydim
Zaharidan bersin, kundoshingga ayt!..
- Muhammad Yusuf
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Laylo
Balki oʻchgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi koʻrdim oʻzimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Seni oʻylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning oʻzga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Goʻzal tushlar tilayman, Laylo...
Yana paydo boʻlding yoʻlimda,
Yana yoʻllaringda boʻzladim.
Bechora qalb sening qoʻlingda,
Koʻzlaringda mening koʻzlarim.
Nechun paydo boʻlding yoʻlimda?..
- Rauf Parfi.
📚 @e_kutubxona
Laylo
Balki oʻchgan edim yodingdan,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Laylo, Laylo, sening yoningda
Yaproq kabi koʻrdim oʻzimni,
Shirin xayolingni buzdimmi?
Seni oʻylab kelmaydir uyqu -
Qora tunning oʻzga sehri bor.
Tushlarimda topay deb gulro'
Man uxlarman mangu ehtimol.
Goʻzal tushlar tilayman, Laylo...
Yana paydo boʻlding yoʻlimda,
Yana yoʻllaringda boʻzladim.
Bechora qalb sening qoʻlingda,
Koʻzlaringda mening koʻzlarim.
Nechun paydo boʻlding yoʻlimda?..
- Rauf Parfi.
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Ehtimol...
Ehtimol,
So‘zlardan afzaldir sukut,
Ehtimol, aslida, jim turmoq foyda.
Kechir!
Eng yaxshisi...
Barini unut.
Dilni qiynamoqlik, bunda befoyda.
Mayli-da,
Ko‘ngilga bo‘lmasin malol,
Olmagin yurakka yaqin, gaplarim.
Kulaver!
Mayliga...
Endi bemalol.
Endi, menga oshno, qayg‘u-dardlarim.
Indama,
Bir safar qilmaylik urush.
Bir gal, tinch qo‘yaylik arazlarni ham
Qo‘yaver,
Indama,
Foyda jim turish.
Sukut yengadi-da g‘arazlarni ham.
Istama,
Izlama, endi men – menmas.
Soxtaday tuyulib ketmoqda so‘zim.
Tushun,
Men boshqaman,
Birgina senmas,
Tanimay qolyapman o‘zimni - o‘zim,
Ehtimol,
So‘zlardan afzaldir
Sukut!
- Bahrom ABBOSOV.
📚 @e_kutubxona
Ehtimol...
Ehtimol,
So‘zlardan afzaldir sukut,
Ehtimol, aslida, jim turmoq foyda.
Kechir!
Eng yaxshisi...
Barini unut.
Dilni qiynamoqlik, bunda befoyda.
Mayli-da,
Ko‘ngilga bo‘lmasin malol,
Olmagin yurakka yaqin, gaplarim.
Kulaver!
Mayliga...
Endi bemalol.
Endi, menga oshno, qayg‘u-dardlarim.
Indama,
Bir safar qilmaylik urush.
Bir gal, tinch qo‘yaylik arazlarni ham
Qo‘yaver,
Indama,
Foyda jim turish.
Sukut yengadi-da g‘arazlarni ham.
Istama,
Izlama, endi men – menmas.
Soxtaday tuyulib ketmoqda so‘zim.
Tushun,
Men boshqaman,
Birgina senmas,
Tanimay qolyapman o‘zimni - o‘zim,
Ehtimol,
So‘zlardan afzaldir
Sukut!
- Bahrom ABBOSOV.
📚 @e_kutubxona
#Nazm
O‘ZIGA
Chaqirsang, hech qayerga chekinmasdan keldim-ku,
Tog‘larning orqasiga bekinmasdan keldim-ku.
Qarg‘alarning qavmiga insof tilab yashadim,
O‘zimdan boshqasiga teginmasdan keldim-ku.
Endi holimni so‘ra.
Qachongacha armonlar kulbasiga qo‘noqman,
Men – dunyoning ortidan chopayotgan cho‘loqman.
Yillar aro so‘zlarim manziliga yetmaydi,
Yuragimni tilimga ko‘chirgani no‘noqman.
Endi ko‘nglimga qara.
Sovib qolsam, jonimni qaysi o‘tlarga tutay,
Nurlaringning bag‘rida dog‘larimni yo‘qotay.
Mudroq bosgan ko‘zlarim, o‘zim bedor bo‘lmasam,
Ko‘ksimdagi qushchani qanday qilib uyg‘otay?!
Endi holimni so‘ra.
Men bu yerga Sen uchun egilgani kelganman,
Lolalarning ko‘ziga tikilgani kelganman.
Ishonch bersang, hukmingni bajarmasdan ketmayman,
Hammayoqni gullatib, to‘kilgani kelganman.
Endi ko‘nglimga qara.
Endi o‘zimga qara...
2005
- Behzod Fazliddin
📚 @e_kutubxona
O‘ZIGA
Chaqirsang, hech qayerga chekinmasdan keldim-ku,
Tog‘larning orqasiga bekinmasdan keldim-ku.
Qarg‘alarning qavmiga insof tilab yashadim,
O‘zimdan boshqasiga teginmasdan keldim-ku.
Endi holimni so‘ra.
Qachongacha armonlar kulbasiga qo‘noqman,
Men – dunyoning ortidan chopayotgan cho‘loqman.
Yillar aro so‘zlarim manziliga yetmaydi,
Yuragimni tilimga ko‘chirgani no‘noqman.
Endi ko‘nglimga qara.
Sovib qolsam, jonimni qaysi o‘tlarga tutay,
Nurlaringning bag‘rida dog‘larimni yo‘qotay.
Mudroq bosgan ko‘zlarim, o‘zim bedor bo‘lmasam,
Ko‘ksimdagi qushchani qanday qilib uyg‘otay?!
Endi holimni so‘ra.
Men bu yerga Sen uchun egilgani kelganman,
Lolalarning ko‘ziga tikilgani kelganman.
Ishonch bersang, hukmingni bajarmasdan ketmayman,
Hammayoqni gullatib, to‘kilgani kelganman.
Endi ko‘nglimga qara.
Endi o‘zimga qara...
2005
- Behzod Fazliddin
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Muhammad Yusuf tilidan
(Bitilmagan so‘nggi she’r)
VIDO
Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i,
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i,
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham.
Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir,
G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh!
Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol!
To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos...
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan,
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos.
Aytgancha, stolim chap tortmasida,
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor.
Adashmasam, edi yurtga qasida,
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor.
Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
"Ruh o‘zin ulfati jondan toʻymoqda".
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim,
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda!
"To‘rt" bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin.
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q,
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin!
Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi,
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi
Taqdirim bo‘ldimi "Lolaqizg‘oldoq"!?
Jonsiz jigarimga botmoqda tikan,
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am.
Aslida, she’rlarim peshonam ekan,
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham.
O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!
Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi MUHAMMADning yoniga-deya.
Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham.
"Menga havo yetmas...", jon toraydimi,
Buncha hayalladi, Azroili ham.
Kelishin kutamiz endi nachora,
Bir shoir jonida intiqomi bor.
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor.
Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin,
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga.
Tegsa, tegibdida, yordami axir,
Muhammad Yusufning bitta qiziga.
Ana kelayotir, ajal pishqirib,
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni.
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib,
Aytishga ulguray Shahodatimni.
Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt,
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin.
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt:
"Nomard odamlarga ishi tushmasin!"
Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan.
Unvon berib ketay men unga, abad,
Muhammad Yusufning ayoli degan!
Ichim achiyapti Adabiyotga,
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham.
So‘zini muhrlab abadiyatga,
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham?
Bilaman, yozadi qalamin o‘pib,
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar.
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib,
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar!
Nahot o‘z o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa,
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech!
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa,
Shogirdman demasin Muhammadga, hech!
Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol,
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men.
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol,
Ikki Payg‘ambarning ismi bilan, men!
O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum,
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni.
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni!
O‘LIM NIMA,
BU HAM BITTA SAYR, ONA,
O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI
XAYR ONA...!
✍ O‘lmasbek Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
Muhammad Yusuf tilidan
(Bitilmagan so‘nggi she’r)
VIDO
Rizqim uzilganga o‘xshaydi, chog‘i,
Izlama, hech qanday tashhisu, malham.
Tobora avjlanar dardning o‘chog‘i,
Yetolmasam kerak Toshkentgacha ham.
Tek qo‘y, kuzatmagin, vujudim og‘rir,
Ellikqal’a degan yurtda ne gunoh
Vatanning sharqida tug‘ilib, oxir,
G‘arbida o‘lmoqni bitibdi, Alloh!
Ig‘vo tarqatmanglar maza-bemaza,
Mabodo, yuz bersa biror bir kor-hol.
Toshkentda ochmasin, hech qanday aza,
Sim qoqqin, Abdulla Orifga darhol!
To‘xta, aytib qolay, jon pishmasidan,
Hammasi joyida: seyf, stol, palos...
Faqat Yozuvchilar uyushmasidan,
Bir varaq ariza qarzim bor, xolos.
Aytgancha, stolim chap tortmasida,
Bir shoir yigitning qo‘lyozmasi bor.
Adashmasam, edi yurtga qasida,
Shuni nashriyotga-taqrizga yubor.
Og‘zim quriyapti, suv ber, bir qultum,
"Ruh o‘zin ulfati jondan toʻymoqda".
Oh, ota bo‘lib men, nima ham ko‘rdim,
Yuragim kuymoqda, ichim kuymoqda!
"To‘rt" bolamdan birin menda ko‘ngli yo‘q,
Nima qilay axir, Xudoyim aytsin.
Nazira o‘gaymas, uning o‘g‘li yo‘q,
Boburga aytinglar, Darxonga qaytsin!
Shoirning she’rlari-taqdiri, derdi,
Rosti ishonmasdim, bosmasdi titroq.
Nahot, Robbim menga shunday dard berdi
Taqdirim bo‘ldimi "Lolaqizg‘oldoq"!?
Jonsiz jigarimga botmoqda tikan,
Qoraytirib borar yuzlarimni g‘am.
Aslida, she’rlarim peshonam ekan,
To‘yin ko‘rolmadim qizlarimni ham.
O‘lsam, uch qizimga bo‘ladi og‘ir,
Ehtimol, ular ham qilishar toqat.
Yig‘lashib, yig‘lashib ko‘nadi oxir,
Onamni ko‘ndirib bo‘lmaydi faqat!
Kor qilmaydi unga hech himmatingiz,
O‘zin ado qilar, jonini yeya
Ayting sekingina-Muhammadingiz,
Ketdi MUHAMMADning yoniga-deya.
Soat nechchi bo‘ldi, qosh qoraydimi,
Jonga tegdi dersan, shu shoiri ham.
"Menga havo yetmas...", jon toraydimi,
Buncha hayalladi, Azroili ham.
Kelishin kutamiz endi nachora,
Bir shoir jonida intiqomi bor.
Aytgancha, uch kundan keyin, bechora,
Nozima qizimning imtihoni bor.
Eh, nima bo‘lar-a, rektorga borgin,
Bir iltimos qilgin, uchrab o‘ziga.
Tegsa, tegibdida, yordami axir,
Muhammad Yusufning bitta qiziga.
Ana kelayotir, ajal pishqirib,
Uzmoq bo‘lar rizqu-saodatimni.
Qaysi bir so‘zimda olar...ishqilib,
Aytishga ulguray Shahodatimni.
Oh, nima deysan-a, Naziramga ayt,
Sho‘rlikni yoz qolib, qishi tushmasin.
Yana tilga chiqar, o‘zim bitgan bayt:
"Nomard odamlarga ishi tushmasin!"
Unga shon kerakmas, unvon kerakmas,
Yetadi xilqatu-xayoli degan.
Unvon berib ketay men unga, abad,
Muhammad Yusufning ayoli degan!
Ichim achiyapti Adabiyotga,
Arzirli bo‘lmadi, o‘gitlarim ham.
So‘zini muhrlab abadiyatga,
Odam bo‘larmikan shogirdlarim ham?
Bilaman, yozadi qalamin o‘pib,
Sirojiddinlaru, Azim Suyunlar.
Qo‘rqaman, qo‘shiqchi shoirlar qo‘pib,
Bosib kelmasmikan qaro quyunlar!
Nahot o‘z o‘zimdan ko‘nglim to‘lmasa,
Chala qoldi saboq, bo‘ldi endi kech!
Faqat bir o‘gitim: dardi bo‘lmasa,
Shogirdman demasin Muhammadga, hech!
Muhammaddan iymon, Yusufdan jamol,
Yashadim, lek shoir jismi bilan, men.
Gunoh ham qilganim rostdir, ehtimol,
Ikki Payg‘ambarning ismi bilan, men!
O‘zi kechirguvchi, istig‘for aytgum,
Darig‘ tutma mendan muhabbatingni.
O‘zingdan yaraldim, o‘zingga qaytgum,
O‘zing kechir sodda Muhammadingni!
O‘LIM NIMA,
BU HAM BITTA SAYR, ONA,
O‘G‘LING QARO YERGA KЕTDI
XAYR ONA...!
✍ O‘lmasbek Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Buxoriy bobom
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.
Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!
Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.
Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.
Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.
Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.
Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,
Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.
Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.
Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...
Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.
Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.
Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.
Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.
Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.
Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?
Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?
Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.
Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!
Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Buxoriy bobom
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Tur, deydi, namuncha uxlading, bolam.
Jon tikib to‘plagan hadisim o‘qi,
Sheʼr yozsang, tuzukroq satrlar to‘qi.
Muncha ham bo‘lmasang ayolingga mast,
Ayoling past qilgan xayolingga mast.
Tur, deydi, o‘rningdan, muncha uxlaysan,
Bugun yig‘lamasang, erta yig‘laysan!
Namuncha dunyoning quliga do‘nding,
Ozgina zo‘rlasa, indamay ko‘nding.
Qo‘y endi yot eldan qaxrlanishni,
Buxoriy bobom, deb faxrlanishni.
Undan ko‘ra tafsir kitoblarni tit,
Arzimas matoni egningdan irg‘it.
Rosulim, rosulim, deysanu, ammo
Amallaring riyo, ko‘zlaring aʼmo.
Qandoq manga sirdosh degaysan Bilol,
Tushingda zinolar qilsang bemalol.
Termiziy yurtida tug‘ildim, dema,
G‘amdan tashkil dunyo g‘amini yema.
Agar ajratmasang oqu, qorani,
Yodlab o‘tirmagin o‘ttiz porani.
Uzatgandi, ushlading yolg‘on qo‘lin,
Hadis o‘qib tanlading tamaʼ yo‘lin.
Chiroyli so‘zlarni chiroyli so‘zlab
Chiranding chiqolmay chiroyni ko‘zlab...
Guldan haykal bitma o‘zingga o‘zing,
Qilgan amalingga mos kelsin so‘zing,
Innamal ʼamolu binniya, debon
Xohlagan ishingga qo‘l urma, nodon.
Ushbu hadis asli maʼnosi o‘zga,
Sira ham mos kelmas sen aytgan so‘zga.
Amalga intilgin, hadislar yodla,
Tunlari gunohim ko‘p deya, dodla.
Ko‘ngling xohishini xohish, demagil,
Farqi yo‘q xoh gunoh, xoh ish, demagil.
Agar bolam bo‘lsang, bobongga mos bo‘l,
Yolg‘on tana bo‘lma, ozgina rost bo‘l.
Hech kim ko‘rmas joyda aylagin taqvo,
Sukunat riyoviy taqvodan aqvo.
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Xalqimga bir so‘zni yetkazgin, bolam
Tunov kun qabrimga boribdi xalqim,
Maqsadi ziyorat qasdida balkim...
Turli marosimlar uyushtiribdi,
Yoshimni falon deb sanab yuribdi.
Yo‘q, hayxot, bu holat dinda bidʼatdir,
Bidʼatsiz yashamak chin saodatdir.
Qabrimda muqaddas narsa yo‘q aslo,
Bu holni his qilar har aqli raso.
Bu ishlar o‘rniga ahli farosat
Go‘zal hadislardan izlar nafosat.
Rosuli Akramning har bir so‘zlarin
Shior aylagay va surtgay ko‘zlarin.
Garchi ul zot uchun borim berganman
Payg‘ambar qabriga topinmaganman.
Jami qudusiyat Allohga mutlaq,
Bu yo‘ldan o‘zgasin istagan – nohaq!
Qabrimga ko‘zmunchoq kelganlar taqib
Jaholat qaʼriga ketgan uloqib.
Xalqim, turkiy zabon, istasa javob
Hadisni o‘qisin, menga shu savob!
O‘tgan kunlarini aylabon nosih,
Sahihga ergashsa hayoti sahih!!!
Tushimga kiradi Buxoriy bobom,
Ko‘chada gullabdi nihoyat bodom.
Tur deydi, bolam-a, uxlading ko‘pam,
Bugun hadisga yot men o‘sgan supam.
Borib ul supani sidirib qaytgin,
Kam sonli mo‘minga salomim aytgin.
Buxoroning nomi “bu xoro”midi,
Men ko‘rgan shahar shu Buxoromidi?
Hadis yodlovchiga sig‘magan shahar
Bugun bir hadisdan tamom bexabar.
Qizlari yalong‘och, erlari beor,
Yo o‘zgarib ketdi ilohiy shior?
Agarchi Islomning dardin yemaslar
Buxoriy nomiga haqli emaslar.
O‘zlarin Buxoriy yurtidanmiz, deb
Tanishtirmasinlar o‘zidan ketib.
Undan ko‘ra dinga bo‘lsinlar tobeʼ,
Ilohiy amrga hamisha someʼ!
Aytgan so‘zlarimga bolam, amal qil:
Shunda men ulardan rozi bo‘lgum, bil!
Istasalar ruhim bo‘lishini shod
Hadisga muvofiq kechirsin hayot!!!
Bolam, bolaginam, Turkiston kezgin,
Abu Abdullohning so‘zin yetkazgin.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, g‘oyalarni jim,
O‘rtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.
Oqillar yo‘lini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlug‘ holdir.
O‘rtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni o‘zidan pastlarga qoldir!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Aqllar uch xildir: Yuqori qatlam
Tahlil qilar fikr, g‘oyalarni jim,
O‘rtachasi voqe, hodisalarni...
Noqisi shaxslarga aylaydi hujum.
Oqillar yo‘lini ushlagin mahkam,
Bu sharaf maqomi, bu qutlug‘ holdir.
O‘rtachalar topib olar bir-birin,
Pastlarni o‘zidan pastlarga qoldir!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Menga alam qilar tilla baliqcha,
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.
(c) Abdulla Oripov
— — —
O‘sha sho‘rlikkina tilla baliqcha
Ummonga tashlandi, rohatlan, deya,
Va lekin bir joyda aylanar tinmay...
Alhol o‘zgarmadi eski saviya.
(c) Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
Menga alam qilar tilla baliqcha,
Bir ko‘lmak hovuz deb bilar dunyoni.
(c) Abdulla Oripov
— — —
O‘sha sho‘rlikkina tilla baliqcha
Ummonga tashlandi, rohatlan, deya,
Va lekin bir joyda aylanar tinmay...
Alhol o‘zgarmadi eski saviya.
(c) Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Nazm
Hayronman
O‘zimdan olamga ma’no uchirdim,
Qay biri manzilga yetdi, hayronman.
Ming yillik dardlarni boshdan kechirdim,
O‘tmishning qay biri o‘tdi, hayronman.
Gʻam zavol bo‘lmasdan kun zavol bo‘ldi,
Men boqqan har nuqta o‘zga hol bo‘ldi,
Aqlim shoshib qolgan, tilim lol bo‘ldi,
Qaysi ishq qalbimga botdi, hayronman.
Ezdi, tuproq qildi bulutlar meni,
Har doim chorladi umidlar meni,
Ammo sig‘dirolmay hududlar meni -
Qancha oy, qancha yil o‘tdi, hayronman...
- Abdurrohim Karako‘ch
📚 @e_kutubxona
Hayronman
O‘zimdan olamga ma’no uchirdim,
Qay biri manzilga yetdi, hayronman.
Ming yillik dardlarni boshdan kechirdim,
O‘tmishning qay biri o‘tdi, hayronman.
Gʻam zavol bo‘lmasdan kun zavol bo‘ldi,
Men boqqan har nuqta o‘zga hol bo‘ldi,
Aqlim shoshib qolgan, tilim lol bo‘ldi,
Qaysi ishq qalbimga botdi, hayronman.
Ezdi, tuproq qildi bulutlar meni,
Har doim chorladi umidlar meni,
Ammo sig‘dirolmay hududlar meni -
Qancha oy, qancha yil o‘tdi, hayronman...
- Abdurrohim Karako‘ch
📚 @e_kutubxona
#Nazm
OTAM O‘GITI
Otamning gaplari esimda hamon:
“O‘g‘lim, mayda gapga berma e’tibor!”
Qachon shu o‘gitga bo‘ysunsam omon,
Bo‘ysunmasam nolon qolganlarim bor.
Bolam, derdi otam, borma uzoqqa,
Ibrat ol oddiy bir toqqa tikilib.
Birgina tosh kelib urilsa toqqa,
Javob bersa, tamom – tugar to‘kilib.
Nimayam der edim, shugina so‘zim,
Tushundim bu tuyg‘u ko‘p yurakka yot.
Katta gaplaringni qiloldim hazm,
Mayda gaplaringdan charchadim, hayot!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
OTAM O‘GITI
Otamning gaplari esimda hamon:
“O‘g‘lim, mayda gapga berma e’tibor!”
Qachon shu o‘gitga bo‘ysunsam omon,
Bo‘ysunmasam nolon qolganlarim bor.
Bolam, derdi otam, borma uzoqqa,
Ibrat ol oddiy bir toqqa tikilib.
Birgina tosh kelib urilsa toqqa,
Javob bersa, tamom – tugar to‘kilib.
Nimayam der edim, shugina so‘zim,
Tushundim bu tuyg‘u ko‘p yurakka yot.
Katta gaplaringni qiloldim hazm,
Mayda gaplaringdan charchadim, hayot!
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
#Nazm
ANGLAMOQ
Hijron darvozasi abadan ochiq,
Do‘stimga aylandi qayg‘uli qo‘shiq.
Senga munosib yor, munosib oshiq
Bo‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Ergasigayoqmi yo indiniga
Seni eslayverdim... yo tavba, nega?
Yuzib qotib ketgan toshdek, chiniga
Kulolmasligimni bilib qoldim men.
Bulutga yo‘l oldim sekin, chopmasdan,
Jazira quyoshga ko‘zim yopmasdan...
O‘yladim, hasrato, seni topmasdan
O‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Jiddiy olmayapsan ammo so‘zimni,
Ko‘rging yo‘q jizg‘anak bo‘lgan yuzimni.
Sensiz seni tugul, hatto o‘zimni
Bilolmasligimni bilib qoldim men.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona
ANGLAMOQ
Hijron darvozasi abadan ochiq,
Do‘stimga aylandi qayg‘uli qo‘shiq.
Senga munosib yor, munosib oshiq
Bo‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Ergasigayoqmi yo indiniga
Seni eslayverdim... yo tavba, nega?
Yuzib qotib ketgan toshdek, chiniga
Kulolmasligimni bilib qoldim men.
Bulutga yo‘l oldim sekin, chopmasdan,
Jazira quyoshga ko‘zim yopmasdan...
O‘yladim, hasrato, seni topmasdan
O‘lolmasligimni bilib qoldim men.
Jiddiy olmayapsan ammo so‘zimni,
Ko‘rging yo‘q jizg‘anak bo‘lgan yuzimni.
Sensiz seni tugul, hatto o‘zimni
Bilolmasligimni bilib qoldim men.
- Xayrulla Hamidov
📚 @e_kutubxona