Elektron kutubxona
65.2K subscribers
805 photos
9 videos
1.71K files
1.33K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
O‘zini millatga daxldor deb hisoblovchi har bir o‘qirman o‘qishi lozim bo‘lgan kitoblar yigirmataligi:

📓 "O‘tkan kunlar"
📓 "Kecha va kunduz"
📓 "Otamdan qolgan dalalar"
📓 "Turkiston qayg‘usi"
📓 "Alvido, Vatan!"
📓 "Lolazor"
📓 "Mehrobdan chayon"
📓 "Ulug‘bek xazinasi"
📓 "Yulduzli tunlar"
📓 "Qatlnoma"
📓 "Chinor"
📓 "Farg'ona tong otguncha"
📓 "Navoiy"
📓 "Shum bola"
📓 "Ikki eshik orasi"
📓 "Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi"
📓 "Kremlda o‘tgan yillarim"
📓 "Qutlug‘ qon"
📓 "Halqa"
📓 "Ko‘hna dunyo"

• Kanalda mavjud kitoblar asosida shakllantirildi

Tuzuvchi: @e_kutubxona
#Mukoshafat_ul_qulub

Hazrat Ali aytadi: «Dunyo hayoti olti narsa: yeyiluvchi, ichiluvchi, kiyiluvchi, miniluvchi, nikohlanuvchi va hidlanuvchidan iboratdir. Yeyiluvchi narsalarning eng yaxshisi asal, Holbuki u arining chiqindisidir. Ichiluvchi narsalarning eng qiymatlisi suv, uni yaxshi ham, yomon ham bab-baravar ichaveradi. Kiyiluvchi buyumlarning eng qimmatlisi ipak, u esa qurtning chiqitidir. Miniluvchi ashyolarning eng tuzugi ot, uning ustida esa, jang qilinadi. Nikohlanuvchilarning eng sharaflisi ayol, u ham yasan-tusanlari sababli bir qator yomon amallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Hidlanuvchi narsalarning eng yoqimlisi mushkdir, uning asli esa qondan iboratdir».

- "Mukoshafat-ul qulub"dan

📚 @e_kutubxona
Patrik Byukenen. G‘arbning halokati [@e_kutubxona].pdf
358.6 KB
🌐 Jahon adabiyoti
Patrik Jozef Byukenen
📓 "G‘arbning halokati: O‘limga mahkum millat"
Maqola
0,3 MB
🔎 PDF
📄 40 sahifa

📚 @e_kutubxona
#Yolgʼizlikning_yuz_yili

• Gabriel Garsia Markesning "Yolg‘izlikning yuz yili" romanidan o‘tkir nuqtalar

01. «Yaqin kishisi dafn qilinmagan yer odamni o‘ziga bog‘lolmaydi».

02. «Bularning bari bir goʻr. Dastlab yuvosh, itoatkor, xuddi musichadek beozor oʻsishadi, iyagiga tuk bitdi deguncha, darhol gunohga botishadi».

03. «Bu befahm siyosatdonlar oʻzlariga kongressdan ming tavallo qilib joy undirish bilan ovora ekan, biz bundan keyin ham behuda kun oʻtkazaveramiz».

04. «O‘zi yashayotgan zamondan bexabar qoldi. Ammo o'rta asrlarga doir barcha muhim bilimlarga ega edi».

05. «O'lim unga iltifot koʻrsatib, kuni bitganidan bir necha yil ilgari ogohlantirgan edi».

06. «Urush hissini tasvirlash uchun koʻp soʻz ishlatish behuda, buning uchun birgina «QO'RQUV» degan soʻz kifoya».


📚 @e_kutubxona
Fan jamiyat bilan yaqinlashgandagina taraqqiyot bo‘ladi

Moskva radiosida bir hikoya eshitgandim. Radiojurnalist aytib beryapti: «Voqea 80-yillar oxirida, sovetning eng nufuzli olimlaridan tortib oddiy aspirantlargacha g‘arbga ko‘chib ketayotgan davrda bo‘lgan. O‘sha vaqtlar mening bir matematik professor qo‘shnimni ko‘chada uchratib qoldim.
«Elchixonadan qaytyapsanmi?» deb hazillashib so‘rasam, u: «ketib nima qilaman, hamma maosh kamligidan nolib, chetga ketyapti. Menga ko‘p narsa kerakmas, fan bilan shug‘ullanishga imkoniyat bo‘lsa bas», dedi.
Uch yildan keyin yana uchrashib qoldik. Bu safar professor katta jomadonlari bilan uyimiz oldida taksi poylab turgan ekan.
«Yo‘l bo‘lsin?» deb so‘radim.
Professor: «Sereja, ketyapman. Fan uchun sharoit qolmadi», deb qoldi.
Hayron bo‘lib qaradim. U tamakisini tutatib: «Yon qo‘shnim fizik olim, boshqasi ximik... tepada iqtisodchi akademik, ostki qavatlarda eru-xotin biolog va lingvist yashar edi... Dachada ham qo‘shnilarimiz injenerlar, adabiyotshunoslar, tarixchilar bo‘lardi. Institutimiz oshxona va chakish xonalarida faylasuf va boshqa olimlar bilan suhbatlashib turardim. Menga turli sohalar bilan muloqotda bo‘lib turish o‘ta zarur! Hozir deyarli hammasi tarqab ketdi... Mening ishim esa to‘xtadi. Chunki fan bu tor mutaxassislik emas, u bilimlar o‘rtasidagi muloqot majmuasidir. Shuning uchun Amerika universitetidan kelgan taklifni olishga majburman. Hayotim mazmuni qayerda bo‘lsa men o‘sha yerdaman» deb javob berdi».

Bu hikoyani nega esladim? Turli sohalarda tanishlarim bor, har biri o‘z ixtisosligida yetilgan malaka sohibi. Afsuski ularda o‘sha professorning muloqotga chanqoqligini uchratmayman (buni ayniqsa o‘zimning hamkasb iqtisodchi va moliyachilarda kuzatdim).
Hozirgi ijtimoiy tarmoq imkoniyatlari mavjudligi sharoitida negadir bilimlari bilan bo‘lishmaydilar, turli soha vakillari bilan keng muloqotga kirishmaydilar. Ularda ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan mensimaslik kayfiyati ham seziladi. Keng muhokama va bahslarga ehtiyoj sezmaydilar.

Mutaxassisning bilimi chuqur bo‘lgani bilan atrof dunyo haqida umumiy ma’lumoti torligi sababli dunyoqarashi sayoz qoladi. Shuning uchun ular yangi jarayonlar va voqelik talablariga munosib ilmiy yoki professional qarash shakllantira olmayaptilar, o‘rtaga tashlangan dolzarb masalalarga tezkor javoblarini ko‘rmaymiz.
Albatta muammolar ko‘p, jumladan, davlat tomondan fanga yetarli e’tibor ajratmayotgandir. Ammo o‘sha davlat jamiyatning davomi bo‘lib, unda turli soha vakillari mavjud va ular bilan muntazam aloqada bo‘lishda fan va jamiyat uchun foyda ko‘pligini tushunsalar yaxshi bo‘lar edi.
Yaqin orada ko‘plab ijtimoiy va aniq fan mutaxassislaridan o‘zaro ochiq muloqot o‘rnatishlariga, jumladan internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq qiziqarli maqolalarini taqdim qilishlaridan umid qilamiz.

- Jamshid Muslimov

📚 @e_kutubxona
#Yolgʼizlikning_yuz_yili

• Gabriel Garsia Markesning "Yolg‘izlikning yuz yili" romanidan o‘tkir nuqtalar (2)

• 07. Odam lozim paytda emas, balki o‘lishi mumkin bo‘lganida o‘ladi.

• 08. Bu fikr tarixchilar ta'kidlagan va darsliklarga bitilgan uydirma rivoyatlardan tubdan farq qilardi.

• 09. Unga qarasang, nazaringda, yigirma yillik urush boʻlmagandek tuyiladi.

• 10. Konservator va liberallar oʻrtasidagi birdan bir farq shundaki, liberallar ertalabki ibodatga, konservatorlar esa kechki ibodatga borishadi.

• 11. Konservatorlar hukumati har bir prezident hokimiyat tepasida yuz yil turishi uchun liberallar yordamida yil jadvali - taqvimni oʻzgartirmoqchi bo'lishar edi.

• 12. Bu qanday bema'nilik, nasroniy din homiylari ibodatxonani buzishadi, masonlar esa qayta tiklashga buyruq berishadi.


📚 @e_kutubxona
#Mukoshafat_ul_qulub

Umar ibn Abdulaziz (rahimahulloh) xasta edi, o‘lim to‘shagida yotardi. Muslima ibn Abdulmalik ziyoratiga kelgandi. Amirga dediki: «Ey mo‘minlar amiri. Shunday ish qildingki, sendan ilgari hech kimsa bunday qilmagandi. Bolalaringni hech vaqosiz taptaqir qoldirding. Na pul, na boylik! (Amirning o‘n uch nafar bolasi bor edi). Bu so‘zlarni eshitganida amir: «Boshimni ko‘taring!» - dedi. Uni turg‘izib o‘tirg‘izdilar. Shunda u dedi: «Bolalarimga boylik-pul qoldirmaganimni so‘ylaysan, men ularning haqini ulardan tortib olganim yo‘q. Boshqalarga tegishli haqni esa ularga bermadim. Farzandlarim ikki yo‘ldan birini tanlaydilar: yo Allohga itoat etib yashaydilar, bu holda Alloh ularga kifoyadir, chunki Alloh solih bandalarining homiysidir, yoki Allohga ishonmaydilar, bu holda ularning qanday ahvolga tushishlarining menga aloqasi yo‘q».

- "Mukoshafat-ul qulub"dan

📚 @e_kutubxona
MUTOLAA

Barcha yoqimli narsalarni tajribada sinadim. Kitob bilan xoli qolishdan ko‘ra huzurbaxshini topmadim. Insonlarning o‘ziga xos istak va qiziqishlari bor. Mutolaaga bo‘lgan rag‘bat va qiziqish ularning eng afzalidir. Bu gaplar o‘quvchi, o‘qituvchi, tabib, uyidagi ayol, musofir va muqimlarga tegishli.

Agar o‘quvchi maktab darslariga cheklanib, kitob mutolaa qilmasa olim bo‘la olmaydi. Maktab darslari nima o‘zi? O‘quvchining maktabda o‘qiydigan narsalari misoli to‘y qilishni istab, to‘y taomini tanlash maqsadida oshxonaga kirgan kishiga o‘xshaydi. Undan bir luqma, bundan bir luqma totib ko‘radi. Rangi yoqsa uni sotib oladi. O‘quvchi maktabda o‘zi qiziqqan, tabiati moyil bo‘lgan fanni bilish uchun tarixdan, matematikadan, grammatikadan va kimyodan bir luqma totib ko‘rib, keyin uni qabul qiladi. Agar o‘quvchi maktabdagi darsga cheklansa hech narsa hosil qilmaydi. Chunki bir luqma ochni to‘ydirmaydi.
O‘quvchilar mutolaaga odatlansinlar. Uni yengil, oson kitoblardan boshlasinlar.

Oʻquvchi har kuni besh sahifa oʻqish bilan mutolaaga koʻniksin. Uni hech tark qilmasin. Men yarim asrdan buyon kunlik oʻrta hisobda yigirma balki ellikdan kam boʻlmagan sahifa kitob oʻqiyman. Oʻzingiz hisoblang. Kunlik yigirma sahifaning yigʻindisi ellik yilda qanchaga yetadi? Uch milliondan koʻproq.
Hayron boʻlmang. Bundan ortiq oʻqiydigan insonlar koʻp. Masalan: Aqqodni bilaman, u undan ham koʻp oʻqiydi.

Oʻtgan ulamolar ichida oʻqiganlari emas, yozganlari ellik ming sahifaga yetganlari boʻlgan.

- Shayx Ali Tantoviy

📚 @e_kutubxona
Dunkan Klark: "Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan" kitobidagi tagiga chizib o‘qilgan satrlar (2)

• «Ko‘pchilik «Alibaba»ga ertakdek qaraydi. Bu oddiy ertak emas, bu – strategiya».

• «Yerda sog‘lom atrof-muhit bo‘lmas ekan, qancha pul topishingizdan qat’i nazar, qanchalik ajoyib inson bo‘lishingizdan qat’i nazar, halokatga yuz tutasiz».

• Faoliyat yurita olmaydigan biznesga yuz foiz egalik qilsangiz, nolning yuz foiziga egalik qilayotgan bo‘lasiz.

• «Muhtoj bo‘lmagan payting mablag‘ jalb qil. Mablag‘ga muhtoj bo‘lganingdagina pul izlashga kirishma, unda juda kech bo‘lgan bo‘ladi».

• «Ba’zilar mablag‘ning qudrati bemisl, deydi. Chindan ham, mablag‘ o‘z qudratiga ega. Lekin haqiqiy qudrat – mablag‘ni boshqarayotgan insonlarning qudratidir.

• «Boshqalardan taktika va ko‘nikmalarni o‘rgan, lekin o‘z orzularingni o‘zgartirma».

• «Agar yerda 9 ta quyon bo‘lsa va ulardan bittasini tutmoqchi bo‘lsang, faqat o‘sha bittasiga diqqatingni qarat. Zarurat tug‘ilganda taktikangni o‘zgartir, lekin quyonni o‘zgartirma... Dastlab bittasini qo‘lga tushir, qopga joyla va undan keyingina boshqalarini tut».

• «Mijozlar - birinchi, xodimlar - ikkinchi, aksiyadorlar esa uchinchi o‘rinda». Jek buni «Alibaba»ning falsafasi deb ataydi
.

📚 @e_kutubxona
#Yolgʼizlikning_yuz_yili

• Gabriel Garsia Markesning "Yolg‘izlikning yuz yili" romanidan o‘tkir nuqtalar (3)

• 13. Qashshoqlik bor joyda muhabbat ham bo'ladi.

• 14. Keksalarning ziyrakligi koʻpincha qartada ochilgan folga nisbatan chinroq.

• 15. Endilikda nafaqat bolalar juda tez ulg'ayishadi, hatto odamlarning hissiyoti ham ilgarigidan tamomila boʻlakcha.

• 16. Qizning chiroyi uni tashvishga solar, chunki chevarasining goʻzalligi unga xislat emas, balki illat - shayton tuzog‘iday tuyilardi.

• 17. U oddiy hayotning afzalliklarini kashf etmasidan burun, salkam qirq yilcha kechikib bo'lsa-da, o'ttiz ikkita urushning tugunini yechgan, bir necha o'limga chap bergan, shuhrat balchigʻiga cho'chqadek agʻanagan edi.

• 18. Ponani pona bilan qoqib chiqarishadi.

• 19. Sening qariganingni bilardimu, ammo aqldan ozganingni bugun tushunib yetdim.

• 20. Odamlar kitoblarni yuk vagoniga joylab, o‘zlari birinchi toifali vagonga chiqib olishgan kuni qiyomat qo‘padi.

• 21. «Avlodning birinchi vakilini daraxtga bogʻlab qo'yishadi, avlodning so'nggisini chumolilar yeb bitiradi».


📚 @e_kutubxona
«Masnaviy» bog’chasidan bir ko’za suv

Shamsning hazrati Mavlonoga hadya qilgan narsasi mahrumiyat, hasrat va muhabbatdan boshqa narsa emas edi. Bu muhabbat va hasratning eng goʻzal namunalarini saodat asrida hazrati Abu Bakr (r.a) va hazrati Fotima (r.a) hayotlarida koʻrishimiz mumkin:
Hazrati Abu Bakr Siddiq (r.a) paygʻambar (s.a.v) bilan har bir koʻrishganlarida yangi bir ilohiy ishqga mubtalo boʻlar edilar. Hatto u zot (s.a.v)ning yonlarida boʻlsalar ham muhabbati kamayish oʻrniga, hasrati oshib borar edi.
Hazrati Fotima esa paygʻambar (s.a.v) vafot etganlaridan keyin shunday degan edilar:
- Faxri Koinotning oxirat olamiga yoʻl olishlari bilan mening ustimga shunday bir musibat keldiki, agar bu musibat qorongʻilikning ustiga kelganda edi, uning rangi oʻzgargan boʻlurdi.
Mana shunday muhabbat va ishq yoʻlida parvona boʻlgan hazrati Mavlono Shams vafot qilganda uning hasrati bilan yondi va bu doʻstlik yoʻliga 26 ming misralik "Masnaviy" bagʻishladi.
"Masnaviy" hazrati Mavlononing Shams bilan kezgan ilohiy sayohatnomasining insonlar idrok qiladigan darajada yozgan bir lutfnomasidir. Shuningdek, "Masnaviy" hazrati Mavlononing koʻngi iztiroblaridan toshgan bir faryodnomadir.

📚 @e_kutubxona
So‘rovnoma

Kitobxonlikka oid blog yuritasizmi?
Anonymous Poll
20%
Ha
57%
Yo‘q
8%
Kitoblar haqida ham yozib turadigan blogim bor
15%
Ochish niyatim bor
#Mukoshafat_ul_qulub

Sha’biy bunday tamsiliy hikoya so‘ylagan edi: Kunlardan birida bir kishi to‘rg‘ay ovlaydi. Qush tilga kirib ovchiga: «Mendan nima istaysan?» - deb so‘raydi. Ovchi: «Seni so‘yib, go‘shtingni yeyman!» - deydi. Qush esa deydiki: «Mening go‘shtim bemaza hamda to‘ydiradigan darajada emas. Senga uch narsa o‘rgatay, bular sen uchun meni yeyishdan ko‘ra yaxshiroq va foydaliroqdir. Lekin birinchisini qo‘lingdaligimda aytaman, ikkichisini qo‘lingdan chiqib daraxtga qo‘nganda, uchinchisini esa, uchib, shu ro‘paradagi tepaga chiqqanda aytaman». Ovchi shartlarni qabul qilib: «Yaxshi, qani ayt-chi, birinchisi nima?» – deb so‘raydi. Qush: «Qo‘lingdan ketgan hech narsaga afsuslanma!» deydi. Ovchi qushni qo‘yib yuboradi. Qush uchib daraxtga qo‘ngach: «Ikkinchisi nima?» - deb so‘raydi. Qush: «Bo‘lmaydigan narsani bo‘ladi, deb xayol qilma!» - deydi. So‘ngra uzoqdagi tepaga uchib boradi va o‘sha yerdan bunday sado beradi: «Ey zo‘ravon! Agar meni so‘yganingda qornimdan har biri to‘rt misqol keladigan inju chiqardi». Ovchi bu gapni eshitganda, lablarini qimtib, afsuslanadi. Qushga: «Uchinchisini aytmading-ku?!» - deganida, ushbu javobni oladi: «Sen oldin aytgan ikki gapimni unutding, qanday qilib uchinchisini aytay? Men senga: «Qo‘lingdan ketgan hech narsaga afsuslanma!» - degandim, afsuslanding. «Bo‘lmaydigan narsani bo‘ladi deb xayol qilma!» - degandim, xayol qilding. Men go‘shtim, qonim va patlarim bilan birga to‘rt misqol kelmayman. Qornimda to‘rt misqollik ikki inju bo‘lagi qayerdan bo‘lsin? Qush shularni aytgach, uchib ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Bu odamzodning haddan tashqari ochko‘zligiga misoldir va ushbu haqiqatni bayon etadi: «Ochko‘zlik odamzodni deyarli ko‘r qilib qo‘yadi. Oddiy haqiqatni ham anglay olmaydi va bo‘lmaydigan narsalarni bo‘ladi, deb xayol suradi».

- "Mukoshafat-ul qulub"dan

📚 @e_kutubxona
​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi №149 muhokama uchun Oldos Xakslining "Ajib yangi dunyo" romani tanlangan. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxoni" deb topilgan ishtirokchisi ushbu ro‘yxatdagi kitoblardan biriga ega bo‘ladi.
Muhokama sanasi: 30-iyul, shanba (20.00 dan 23.00 gacha)

Manzil: Kitobxonlar klubi
— — —
Kitobxonlar klubi — Qizg‘in muhokamalar maydoni. Faol qatnashing va sovg‘a sifatida kitoblarni qo‘lga kiriting. Har shanba va yil davomida.
#Abdulhamid

Okay Tiryako‘g‘li: "Abdulhamid — So‘nggi hukmdor" asaridan o‘tkir nuktalar

• Insoniyatning zamonaviy davrga yoʻnaltirilgan eng muhim xususiyati shuki, suhbatdoshining oʻrniga oʻzini qo'yish hamda uni anglash tushunchasiga ega boʻlish edi. Ammo urush boshlangandan so'ng qanday bilim va xulq-atvorga ega boʻlishlaridan qat'iy nazar odamlar "oʻrmon qoidalari"ni qoʻllashga kirishdilar.

• Ushbu asrning chuqurlashib ketgan barcha muammolarini faqat aql kuchi bilan hal qilish mumkinmi?

• Magar hech kimga muhtoj boʻlmasagiz, siz o'zingizning kuchingiz hisoblanasiz.

• Kun kelib hamma mukammal haqiqat tushunadi. Siz kabi omadli bo'lmagani uchun ularni ayblay olmaysiz.

• Kattalar inson o'z ishida tajribali boʻla borgani sari samimiyatini yo'qotishini juda yaxshi bilardi.

• Yangi partiyaning Britaniyani qo'llab-quvvatlashi Abdulhamidxonni bezovta qilayotgan edi. Sulton uning faoliyat sohasi turli o'yinlar natijasida tugatilishiga ishonardi.
- Chunki ular millat vakillari emas, - dedi sulton, - ular bizning ma'naviyatimiz uchun begona odamlar, kamida "Ittihod"chilar kabi bizning asosiy qadriyatlarimizdan uzoq turarlar. Germaniyadan yiroq turishlari yaxshi, lekin Angliya singari halokatli mamlakatdan yordam umid qilish ham notoʻgʻri.

• ​«Dunyoda 100 gramm aqlning 90 grami sulton Abdulhamidda, 5 grami menda va qolgan 5 grami boshqa siyosatchilarda».
- Otto fon Bismark

📚 @e_kutubxona
#Buyuklar

Imom Tabariy: Qirq yil davomida kuniga qirq varaqdan asar yozgan olim

Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Yer yuzida ulamolar xuddi yeru suvning qorong‘uligida yo‘l topishga yordam beruvchi yo‘lchi yulduzga o‘xshaydi. Yulduzlar g‘oyib bo‘lganda yo‘lovchilar adasha boshlaydilar», deya marhamat qilganlar.
Hadisi sharifda ta'rifi kelgan ana shunday yo‘lchi yulduzlardan biri bilan qisqacha tanishsak.

Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir Tabariyning tafsir kitoblari ichida eng mo‘tabarlaridan sanaluvchi «Tafsiri Tabariy» asari va «Musulmon tarixchiligining otasi» unvoniga sazovor etgan «Tarixi Tabariy» nomi bilan mashhur asarlari orqali tanimagan ilm toliblari kam topiladi.
839-yilda hozirgi Eronning tarixiy viloyati Tabariston tavallud topgan Abu Ja'far rahimahulloh o‘zining yoshligi haqida so‘zlab: «Yetti yoshimda Qur'oni Karimni yod oldim. Sakkiz yoshga to‘lganimda, taroveh namozlarida insonlarga namoz o‘qib berar edim. To‘qqiz yoshga to‘lganimda esa, hadis yoza boshladim» degan ekanlar.

Bo‘lajak olim 12 yoshida ilm yo‘lida safar qilgan. Ko‘plab ilm markazlarida bo‘lib, taniqli ulamolardan dars olgan.
Bir necha yillik ilmiy safarlardan so‘ng 870-yili Misrdan Bag‘dodga kelgan olim keyingi 50 yillik hayoti davomida o‘ta barakali va sermazmun ilmiy faoliyat olib borgan.
O‘zini butunlay ta'lim va ilmga bag‘ishlagani sababidan zamondoshlari va keyingi avlodlarning yuksak e'tirofi va tahsiniga sazovor bo‘lgan.

Imom Abu Bakr Xatib o‘zining «Tarixi Bag‘dod» kitobida shunday yozadi: «Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir Tabariy... shunday olim ediki, so‘zlari hukm o‘rnida qabul qilinardi, uning ra'yiga murojaat qilishardi. U o‘z asrida hech kim muvaffaq bo‘lmagan darajada ilm oldi va ularni yozdi. U Qur'oni karimni to‘la yod olgan, qiroat turlarining barchasini chuqur o‘zlashtirgan, ularning ma'nolarini teran o‘rgangan olim edi. U hadis ilmida ham benazir bo‘lib, sahobalar, tobeinlarning hayotlari, haqida ham hammadan yaxshiroq bilar edi».

Imom Tabariy yuksak e'tiroflarga sabab bo‘lgan «Tafsir»ini yetti yil davomida shogirdlariga aytib turib yozdirgan. Xatib Bag‘dodiy shunday deydi: «Ali ibn Ubaydulloh Simsimiydan eshitdimki, ibn Jarir Tabariy qirq yil davomida har kuni qirq varaqdan asar yozgan».

Tabariy tarix, fiqh va tafsir va qiroat ilmlaridan tashqari arab she'riyati, nahv, matematika va tibbiyot ilmlarini ham yaxshi o‘zlashtirgan. U zot vaqtini juda ham tartibli ravishda ilm olish va ta'lim berishga taqsimlab, shunga qat'iy amal qilgan.

Xatib Bag‘dodiy rivoyat qiladi: «Abu Ja'far Tabariy bir kuni o‘z shogirdlariga aytdi: «Tafsir o‘qishni xohlaysizlarmi, yozib beraymi?»-dedi. Ular: «Qancha varaq bo‘ladi?» –deb so‘rashdi. U kishi: «O‘ttiz ming sahifa bo‘lsa kerak…» - deb, javob berdi. Shunda shogirdlari: «Kitobni oxiriga yetmasdan umrimiz tugab qoladi-ku!» -deb, javob berdilar. So‘ng Abu Ja'far Tabariy kitobni uch ming sahifaga qisqartirib, ta'lif qildi.

So‘ngra shogirdlaridan: «Odam alayhissalomdan bizning vaqtimizgacha bo‘lgan olam tarixini yozib beraymi»-deb, so‘radi. Ular: «Necha sahifa bo‘ladi?»-deb, so‘rashdi. Abu Ja'far tafsir kitobining adadicha miqdorni aytgan edi, shogirdlari ham xuddi o‘shanday javob qaytarishdi. Shunda Abu Ja'far: «Inna lillahi! Odamlarda himmat kamayib ketibdi.» –deb, tafsirni qisqartirgan miqdorda qisqartirib yozdi».
Mufassir, faqih, muhaddis va tarixchi olim ibn Jarir Tabariy 86 yoshida Bag‘dodda vafot etgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimga ilm talab qilib turgan holida ajali kelsa, u bilan payg‘ambarlarning o‘rtasida faqat payg‘ambarlik bo‘ladi, xolos», (Imom Termiziy rivoyati) degan muborak so‘zlari hayotining so‘ngigacha o‘zini ilmga bag‘ishlagan olimlar haqida aytilgan bo‘lsa kerak, Vallohu a'lam.

Manba: muslim.uz

📚 @e_kutubxona
Kitobxonlar klubi faollari tavsiya qiladi

📋 "Men o‘qigan eng yaxshi hikoyalar beshligi"


Sharobiddin
1. „Ellados“, N. Dumbadze;
2. „So‘nggi saboq“, A. Dod’ye
3. „Garov“, A. Chexov;
4. „Maymun yetaklagan odam“, N. Eshonqul;
5. „O‘g‘ri“. A. Qahhor.

Sevara Abdunazarova
1. "Ma'suma" Dostoyevskiy
2. "Garov" Chexov
3. "Bozor"
4. "Sen qoldirgan iz" Gabriel Garsiya
5. "O‘g‘ri" A.Qahhor

Lara Woodwild
1. "Mahbus" ("The wall") Sartr
2. "Marjon" ("The diamond necklacye") Mopassan
3. "Emili uchun atirgul" Folkner
4. "Jazo kaloniyasida" Kafka
5. "Notanish ayol maktubi" Sveyg

Inomiddinova Muhayyo
1. "Anor" A. Qahhor
2. "Farzandimiz ibrat olishini istasak avval o‘zimiz ibrat bo‘laylik" turk hikoyalari
3. O‘lmas Umarbekov. "Husn"
4. Nazar Eshonqul. "Maymun yetaklagan odam"
5. O‘. Hoshimov. "Iltijo"

Jasur Na'biyev
1. Hellados (N.Dumbadze, 2-3-o‘rinlarda ham)
4. Evrilish (F. Kafka)
5. Hameleon (A.P. Chexov)

Saida Ilmuradova
1. "Mayiz yemagan xotin"
2. "Dumsiz odam"
3. "Uloqda"
4. "Maymun yetaklagan odam"
5." Hamelon"

Nuraliyeva Gulobod
1. "Oftob oyim"- Said Ahmad
2. "O‘rgimchak uyasining tolasi"- Akutagava Ryunoske
3. "Garov"- Chexov
4. "Toshqin"- Emil Zolya
5. "Hellados"- Nodar Dumbadze

Dilfuza Abdullayeva
1. Dahshat. Abdulla Qahhor
2. Gunohimiz nima? - Tolstoy
3. Hellados - Nodar Dumbadze
4. O‘g‘ri. Abdulla Qahhor
5. Ovchining qaydlari - Turgenev

Jo‘raxo‘jayeva Vazida
1. Qorako‘z Majnun - Said Ahmad
2. Bemor - Abdulla Qahhor
3. Hameleon - Anton Chexov
4. Urushning so‘nggi qurboni - O‘tkir Hoshimov
5. Yo, Jamshid - Xayriddin Sultonov

Dilnura Yuldosheva
1. "Garov". Anton Chexov
2. "Shaxsiy fikrim qani?". Stanislav
3. "Do‘xtur Muhammadiyor". Cho‘lpon
4. "Qahva". Eliza K
5. "So‘nggi saboq". Alfons Dode

Nazokatoy Valijon qizi
1. F. Kafka "Evrilish"
2. F. Dostoyevskiy "Ma’suma"
3. Ya. Kavabata "Anor"
4. H. Qahtaniy "Ahdu paymon"
5. A. Yo‘ldoshev "Puankare"

Shahnoza Jahongirova
1. Said Ahmad "Qorako‘z majnun"
2. Chexov "Garov"
3. Tolstoy "Xo‘jayin va xizmatkor"
4. Shukur Xolmirzayev "Ot egasi", "Ovchining o‘limi"
5. Abduqayum Yo‘ldoshev "Puankare"

• Shuningdek, o‘qing:
01. 2021-yilda o‘qilgan TOP 5 kitob
02. 2022-yilda o‘qilishi rejalashtirilgan TOP 5 kitoblar
03. 18 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
04. 23 yoshgacha o‘qib chiqish kerak bo‘lgan kitoblar beshligi
05. Eng yaxshi 5 ta tarixiy asarlar
06. Meni o‘zgartirgan 3 kitob

📚 @e_kutubxona
#Mukoshafat_ul_qulub

Vahb (roziyallohu anhu) deydiki: «Ilm osmondan yog‘gan chuchuk va sof yomg‘irga o‘xshaydi. Daraxtlar ildizlari orqali uni emadi. Ammo mazasi qanday bo‘lsa ham, uni o‘ziga moslab o‘zgartirib oladi. Mevasi achchiq bo‘lganining achchiqligi ortadi, shirin bo‘lganining shirinligi!.. Ilm ham shundaydir. Insonlar uni g‘ayrat va himmatlariga yarasha o‘rganib, yod oladilar. Lekin oxir-oqibatda kibr-havoli kishida kibr ortadi, adabli inson yanada adabliroq bo‘ladi».

- "Mukoshafat-ul qulub"dan

📚 @e_kutubxona