Elektron kutubxona
65.2K subscribers
805 photos
9 videos
1.71K files
1.33K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
​​​​#Kitobdan_parchalar

O‘z-o‘zini bilmoqchi bo‘lgan kishi har kuni ro‘za tutishi lozim. Belkurak tuproq qatini ag‘darib, suv chiqazganidek, ochlik idrok va farosat chashmasining ko‘zini ochur. Ochlik — yo‘lchini adashmay manzilga eltuvchi ot. Lekin uni kam-kam minib, oz-ozdan o‘rgatish darkor.

- Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy"

📚 @e_kutubxona
Ihyou ulumid-din. Tafakkur kitobi [@e_kutubxona].pdf
390.1 KB
📚 "Ihyou ulumid-din. Tafakkur kitobi"
👤 Abu Homid G‘azzoliy
0,3 MB
🔎 PDF
📄 31 sahifa

Abu Homid G‘azzoliy qalamiga mansub «Ihyo ulumid-din» («Din ilmlarini jonlantirish») asarining «Tafakkur kitobi»da asosan inson tafakkuri orqali Alloh taoloning zoti va sifatlari, behudud qudratini anglash, U yaratgan olamlar, ashyolar; jonzotlar, alalxusus, insonning o‘z-o‘zini mushohada qilib bilishi hamda o‘z burchi va mas’uliyatini anglashi ochib berilgan. Asarning yirik qismi dunyoni anglash masalasiga bag‘ishlangan.

📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi (№86) mutolaa uchun "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti" risolasi tanlangan edi. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxon"iga hamkorimiz Asaxiy.uz tomonidan taqdim etiluvchi quyidagi kitoblardan birini sovg‘a qilamiz.
Muhokama sanasi: 8-may, shanba (19.00 dan 23.00 gacha)

Muhokama va tanlov tartib-qoidalari haqida batafsil bu yerda tanishing
#Kitobdan_parchalar

Tadbirkor bo‘lganim uchun ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelaman. Muvaffaqiyatga erishib, tezroq boy bo‘lish uchun shu mavzuga doir o‘nlab kitoblar o‘qidim, o‘qiyapman... Bunday kitoblar pul topishning ming bir usulini o‘rgatadi. Tan olishim kerak, ulardan ko‘p foyda oldim, ammo baribir nimadir yetishmasdi. O‘sha nimanidir uzoq qidirdim. O‘qidim, izlandim va nihoyat.. Nihoyat topdim. O‘nlab o‘qigan kitoblarimda yo‘q ilmlar, o‘zimizda ekan.
Ulardan nega xalqimiz shu paytgacha foydalanib, yaxshi bir savdo, tirikchilik (butun biznes deyiladi) haqida kitob yozmagan? Xalq aybdor emas, aslida, chunki ular mustaqil bo‘lgach, tog‘day uyilib yotgan tirikchilik tashvishidan ortib, ilmga e’tibor berolmasdi.
Xalq ham tirikchilik tashvishidan ortib yangilik sari ildamlayotganlari kam. Biz shu paytgacha va hozir xam savdo haqida yetti yot begonalarning ta’limotlaridan suv ichyapmiz.
Bugun kishilar halol tijorat desa ajablanadigan ahvolga kelib qolayotir. Ayni shu sabablar tufayli kamtarona bir asar yozishga urinish qildim. Bu asar sizga boyishning asl yo‘llari, omadning oltin kalitlari, muvaffaqiyatning haqiqiy siri, xotirjam yashashning bebaho yo‘llari, saxiylikning samaralari, do‘stlikning ustunliklari, hojatbarorlikning tuganmas foydalari haqida hikoya qiladi.


— Ahadquli Holmuhammad O‘g‘li. "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti"

📚 @e_kutubxona
2021-yilda nashrini kutayotgan kitoblarim:

📔 Halqa
📔 Почему у Грузии получилось (Gruziya qanday uddaladi?) ♻️
📔 Why Nations Fail (Nima uchun ayrim mamlakatlar boy, qolganlari esa kambag‘al?)
📔 Farengeyt bo‘yicha 451 daraja
📔 Majnun
📔 Shantaram
📔 Mening otim qirmizi

Siz qaysi kitoblarni kutyapsiz? Izohlarda qoldiring..

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Agar moliyaviy mustaqillikka harakat qilinmasa, jang san’ati o‘rganilmasa, har tomonlama ilm olinmasa, har bir og‘zi shaloqning va har bir suyuqoyoqning so‘zi hikmat, hayoti ibrat bo‘lib qoladi.

— "Savdogarlar ustozi yohud haqiqiy omad kaliti"

📚 @e_kutubxona
Qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
Anonymous Poll
29%
Borolmadim
11%
Boraolmadim
73%
Bora olmadim
​​​​#Kitobdan_parchalar

Olimu ulamolar uchun eng yaxshi joy — madrasa o‘rtasida mudarrislar o‘tiradigan supa. Oriflar uchun eng yaxshi o‘rin — xonaqoh kunjagi, zero, ilm shu yerda yig‘ilur. So‘fiylar uchun eng yaxshi joy — poyafzal yechiladigan poygak, zero, xokisorlik haqiqat yo‘lchilariga ziynatdir. Oshiq uchun eng yaxshi joy esa — mahbubning yonidadir...

- Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy"

📚 @e_kutubxona
Bir vijdon uyg‘onur [@e_kutubxona].pdf
4.9 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Bir vijdon uyg‘onur"
Ahmad Lutfiy Qozonchi
Roman
4,9 MB
🔎 PDF
📄 140 sahifa

Ahmad Lutfiy Qozonchining ushbu romanida nur va soya kurashi, hakalak otgan nafsi ammora bilan sobit qanoat aro ziddiyat, quyunday bosib kelgan qabohat bilan nurday pokiza ezgulikning mohiyati yoritilib berilgan. Asarda gunohi azim o‘pqoniga qulagan ota fojiasi, yo‘qchagina jismiga ulug‘ tog‘day sabr-toqatni jo eta olgan onaning iztiroblari, qalbi ko‘r ota bilan itoatgo‘y ona orasida sarson-sargardon bolaning ruhiy izlanishlari tasvirlangan.
Asar kitobxonda nurli, pokiza bir tuyg‘u uyg‘otadi. Kishi beixtiyor o‘ylab ketadi: buzilib ketayotgan dunyoni poklik, halollik, qanoat, mehr-oqibat asl o‘zanga solishi mumkin.


📚 @e_kutubxona
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Ramazon hayiti muborak bo‘lsin, qadrdonlar! Ulug‘ oyda qilgan xayrli amallaringiz qabul bo‘lsin, keyingi ramazonga sog‘ jism va sog‘lom qalbda Yetkazsin. Olayotgan ilmingiz foydali va bardavom bo‘lsin. Ahilligimiz mustahkam bo‘lsin!

Kitob o‘qishdan charchamang, mutolaa bo‘ling!

Bayramni yaxshi o‘tkazinglar..

📚 @e_kutubxona
​​​​#Kitobdan_parchalar

Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (1)

• Odamlar — misoli ko‘zgu, ularning gunohida sening gunohlaring aks etadi.

• So‘zni to‘ti ham o‘rganadi, ammo uning mohiyatiga faqat odam yetadi, lekin hamma odam emas.

• Yurakni tozalash xojatxona tozalashdan mushkulroq.

• Sharob insonni iliqqan it, iflos cho‘chqaga aylantiradi.

• Ayol kishiga tabiatan ato etilgan narsani erkak faqat jasorat bilan oladi.

• Shayxning fikrini ilg‘ay olgan murid — murid emas, orif sanaladi.

• Inson o‘ziga o‘xshagan insonga muhabbat qo‘yish bilan o‘z mohiyati,
umuman insonlik mohiyatini anglab yetadi.

• Bu dunyo foniy va boqiydir. Har neki foniydir — oz-ozdin ketar, har neki boqiydir — oz ozdin yetar
.

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Genri Ford. "Mening hayotim" kitobidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (6)

✓ Farovonlik tadbirkorning bankdagi puli bilan emas, oddiy odamlarning qulay yashash darajasi bilan o‘lchanadi.
Biznes egasining vazifasi shu qulaylikni oshirishga hissa qo‘shishdan iborat. U jamiyatning bir dastagi bo‘lib, odamlarni eng arzon narxda eng sifatli mahsulot bilan ta’minlaganda, qo‘l ostidagi ishchilariga bajargan yumushiga qarab imkon qadar yuqori maosh to‘lagandagina vazifasini uddalay oladi. Faqat ana shu yo‘l bilan biznes odamlari hayot oldidagi burchini bajaradi.

✓ Agar mahsulot narxi odamlarning daromadidan yuqori bo‘lsa, demak, narxlarni daromadlarga moslab pasaytirish kerak. Ko‘pincha biznesning hayotiy davri ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugaydi. Basharti xaridor mahsulotni olmasa yoki olishga puli yetmasa, ishlab chiqaruvchi aybni xaridorga to‘nkaydi, u tufayli ishi orqaga ketayotganidan noliydi, uning bu shikoyati otni aravaning orqasidan qo‘shishga o‘xshaydi.

✓ Aksariyat odamlar ahmoq bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqadi. Tan olaman, ijtimoiy fikr kuchli sirtmoq. Ehtimol, ko‘pchilik uchun ijtimoiy fikr qo‘yadigan cheklovlar kerakdir. Jamoatchilik fikri kishini axloqan mukammallashtirmasa ham, ijtimoiy jihatdan bir qadar jilovlab turadi. Lekin adolat va taraqqiyot yo‘lida biroz tentak bo‘lish yomon emas. Qolaversa, tentaklar o‘zlarining tentak emasligini isbotlash uchun ham uzoq umr ko‘radi. Yohud ular boshlagan ish o‘lganlaridan so‘ng ham davom etib, ular tentak bo‘lmaganini isbotlaydi.

✓ Narsalar qanday yasalishini kitoblardan o‘rganib bo‘lmaydi — haqiqiy mexanik esa deyarli hamma narsaning qanday yasalishini bilmog‘i darkor. Yozuvchi uchun kitob qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, mexanik uchun turli qurilmalar shu qadar muhimdir.
Mexanik ulardan g‘oya oladi, agar yelkasida boshi bo‘lsa, g‘oyalarni qo‘llash yo‘llarini topadi.

📚 @e_kutubxona
Nabijon Boqiy. Qatlnoma [@e_kutubxona].pdf
3.6 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Qatlnoma"
Nabijon Boqiy
Hujjatli qissa
3,6 MB
🔎 PDF
📄 151 sahifa

Nabijon Boqiy «QATLNOMA» hujjatli qissasida «mavzuni moziydan, yaqin o‘tkan kunlardan, tariximizning eng kir, qora kunlari bo‘lgan keyingi «xon zamonlari»dan (A. Qodiriy iborasi), ya’ni 37-yillardagi qatliom yillaridan - yer yuzining oltidan bir qismida, jumladan, O‘zbekistonda Iosif Stalin va uning kallakesarlari tomonidan amalga oshirilgan «qizil qirg‘in» davridan belgilagan. Davlat Xavfsizligi Qo‘mitasida saqlanayotgan hujjatlar asosida «Abdulla Qodiriyni kimlar, qanday yo‘sinda, qayerda, qachon va nima uchun qatl qilgan edilar?.» kabi savollarga tarixiy manbalardan javob izlanadi; oshkoralik bahori boshlanganiga qaramasdan hamon ilondek «kulcha» bo‘lib yotgan maxfiy hujjatlar - «tilsiz guvohlar» jamoatchilik hukmiga havola etiladi.

📚 @e_kutubxona
​​​​#Kitobdan_parchalar

Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)

Ruhiyatdan mahrum odam uchun — olam ayqash-uyqash ashyolar to‘la ombor.

• Dunyodagi zindonlar ichra eng dahshatlisi kishi boshidagi zindon.

• So‘z — libos, ma’no unda yashirin asror.

• Gohida tiriklarni pastga urish uchun o‘liklar qanchalar maqtaladi!

• Toki ezgulik va adolatdan qo‘rg‘on qurgaysen, u yuz ming tosh qo‘rg‘ondan mustahkamroq bo‘lur, zero, raiyatning umidi ham, panohi ham o‘sha qo‘rg‘ondir.

• Tan va ruh xushxabar ila manzilga oshiqqan ot va suvoriydek ayrilmasdir. Ammo ot ozig‘i suvoriyga ovqat bo‘lmaydi. Har birining o‘z yemishi, o‘z nasibasi bor. Suvoriy otni o‘z izmiga sololmasa, u egasini manzilga emas, oxurga eltadi.

• Haqiqiy hokimiyat odamlar ustidan emas, ularning qalbi ustidan qaror topadi.

• Men taxtdan tobutga sakraydigan sultonlardin emasmen.

• O‘z ruhing dunyosini anglash va egallash bir zamonlar Iskandar Zulqarnayn yer yuzini egallaganga nisbatan mushkulroq. Lekin hammadan mushkuli keyin kelur, hamma narsani anglarsen-u ammo dunyo telbaliklariga boqib, uni bir zarra bo‘lsa-da, o‘zgartirish ilkingdan kelmagay!

• Shams quyosh erdi. Salohiddin — oy. Shoh Husomitdin esa — yulduz... Quyosh botsa, tunni oy yoritur. Magar oyni bulut qoplasa, tunni yulduzdan bo‘lak ne yoritur?!


- Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy"

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Agar shaharga dunyoning ilmini jamlagan olim kelibdi, ammo odobi sal kamroq ekan deb eshitib qolsam o‘sha odam bilan uchrashmaganimga shukr qilaman. Aksincha, bir odobli odam
shaharga keldi. Ilmi ozroq bo‘lsa ham, odobi sevdiradigan daraja ekan, deb eshitsam, o‘sha odam bilan uchrashmaganimga nadomat qilaman, chunki men odobni o‘ttiz yil, ilmni yigirma yil o‘rgandim
. (Abdulloh ibn Muborak)

— "Savdogarlar ustozi yoxud haqiqiy omad kaliti" kitobidan

📚 @e_kutubxona
E'lon va taklif: Kitobxonlar klubidan kitobxonlar uchrashuvi

22-may shanba kuni Shahrisabz shahrida bo‘ladigan kitobxonlar uchrashuviga barcha kitobsevarlarni taklif etamiz.

Uchrashuv rejasidan "Molxona" va "Peshonamdagi nur" kitoblarining jonli muhokamasi va boshqa qiziqarli tadbirlar o‘rin olgan.
- Kitobxonlar bilan o‘zaro kitob sovg‘alashish va pirovardida uchrashuvdan esdalik bo‘lib qolishi uchun o‘zingiz bilan kitob olib kelishni ham tavsiya qilamiz.

Boshlanish vaqti: 22-may, soat 14:00
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Koica kasb-hunarga o'qitish markazi binosi

Joylashuv: Yandex | Google

Bu siz kutgan uchrashuv!
​​​​#Kitobdan_parchalar

Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy" romanidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (3)

Ilm nonga o‘xshaydi. O‘n botmon nonni ko‘tarish o‘ng‘ay, ammo yeyish qiyin. Bu hammollar ilm nonini tanovul etishni qayoqdan bilishsin?!

• Oqimning doimiyligi uning hayotidan dalolatdir.

• Sen hamma narsani unutishing mumkin, yolg‘iz bir narsani — nechun dunyoga kelgansen, shuni unutmasang, bas. O‘zingni arzon sotmagaysen, illo bahoying baland!

• Sen tanho tandan iborat emassen-ku! Taning-ot, sen suvoriysen. Aqlli suvoriy otni oxursiz qo‘ymagay, o‘zi o‘sha oxurga tushib yotmagay. Ot yemishi suvoriyga oziq bo‘lmas. Sen otni o‘z yo‘lingga emas, ot seni o‘z yo‘liga solmish...

• Hech kimga hech narsa o‘rgatib bo‘lmaydi. Faqat yo‘l ko‘rsatish mumkin. Yo‘lni esa har kimsa o‘zi o‘tishi shart..

Hamma narsani bilsangu biror narsani o‘zgartirishga qurbing yetmasa! U umrining bosh so‘ziga yaqinlashgan sari, kuchliroq sezdikim, inson ruhi sig‘dirolgan hamma narsani so‘z sig‘dirolmaydi. Hikmat mo‘l joyda - qayg‘u mo‘l.

• Mamlakat saodatiga emas, zobitlik shuhratiga intilgan sultonlar xalacho‘pdan qo‘rqib zir yugurgan eshakka monanddirlar, eshak sho‘rlik ham arava tortayotganidan bexabar
bo‘ladi va yoki ko‘zi bog‘liq otdirkim, u ham bir doirada aylanaveradi, biroq g‘ildirak aylantirib soy chuquridan suv, kunjutdan yog‘ tortayotganini o‘zi ham bilmaydi.

- Radiy Fish. "Jaloliddin Rumiy"

📚 @e_kutubxona
Oʻqilayotgan kitoblar va ularga yozilgan taqrizlar, tavsiyalar; adabiyotga doir bilimlar boʻyicha kanal tashkil qildik. Eslatib oʻtamiz: kanal faqat kitobxonlik targʻibi va ijodiy yozuvchilikka qiziqish tufayli yaratildi. Alloh manfaatli qilsin!
Lozim boʻlsa, ulaning.

https://t.me/mutolaa_olami
#Kitobdan_parchalar

​​- Bobo, menga siyosatga aralashma, deyishyapti, nima qilay?
Shunda bobom qovog‘ini solgancha javob berdi:
- Siyosatga aralashmaslik uchun ona qornidayoq oyog‘ingni tirab olishing kerak tug‘ilmayman, deb.
Tug‘ildingmi, siyosatdan ayro turolmaysan. Hamma uning qurshovida yashaydi. Kimdir zulmda, kimdir uning ta’sirida, yana allakimlar esa rohatda. Aslida, xalq izmidagi siyosatgina kun ko‘rishi kerak, boshqasi xatodir. Aralash, bolam, xaqqingni tanishni o‘rgan, o‘rgat sinfdoshlaringga ham.

- Javlon Jovliyev. "Qo‘rqma"

📚 @e_kutubxona
Kitobxon so‘rovnomasi:

Amina Shenliko‘g‘lining qaysi kitoblarini o‘qigansiz?
Anonymous Poll
17%
Dor ostidagi odam
38%
Imomning maneken qizi
10%
Johiliston kelini
16%
Nasroniy atirguli
11%
Vijdon azobi
45%
O‘qimaganman