Elektron kutubxona
65.6K subscribers
804 photos
9 videos
1.71K files
1.32K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
Xom gapga pishiq javob

Bernard Shouni badavlat xonadonga mehmonga taklif qildilar. U hali uyga kirib ulgurmasidanoq mezbonning qizining royal chalishga o‘tirib olib, allaqanday qo‘shiqning xirgoyisini boshlayotganiga ko‘zi tushdi.

– Menimcha, siz musiqani yoqtirasiz, – dedi xonadon sohibi.

– Albatta, yoqtiraman, – dedi Shou, – biroq qizingizning xirgoyisi mening qiziqishimni so‘ndira olmaydi.

📚 @e_kutubxona
Izquvar Puaro [@e_kutubxona].pdf
800.5 KB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Izquvar Puaro"
Agata Kristi
Detektiv hikoyalar
0,8 MB
🔎 PDF
📄 160 sahifa


Hikoyalar tarkibi:
✓ Ishtar ibodatxonasidagi qotillik
✓ Boyvachchaning qasri
✓ Yo‘qotilgan kalit
✓ Bulbullar oshyoni
✓ Lo‘li qiz
✓ Mansabdorning o‘g‘irlanishi

📚 @e_kutubxona
Yaxshi hukumat qanday bo‘ladi

Bir kuni shogirdlardan biri Konfutsiydan so‘radi:
– Yaxshi hukumatning asosiy belgilari qanday bo‘ladi?
– Yegulik, qurol va xalqning ishonchi, – javob berdi Konfutsiy.
– Tasavvur qilaylik, ulardan biridan voz kechish kerak bo‘lsa, nimadan voz kechardingiz?
– Quroldan.
– Yana biridan voz kechish kerak bo‘lsa-chi?
– Yegulikdan.
– Lekin yeguliksiz xalq o‘ladi!
– Azal-azaldan o‘lim inson taqdiriga bitilgan. Ammo o‘z hukumatiga ishonchi yo‘qolgan xalqning kelajagi yo‘q.

📚 @e_kutubxona
Kecha va kunduz [@e_kutubxona].pdf
1.5 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Kecha va kunduz"
Cho‘lpon
Roman
1,5 MB
🔎 PDF
📄 287 sahifa

O‘zbek adabiyotida inson ichki kechinmalari orqali siyosiy-ijtimoiy muhitning ma’naviy-axloqiy muammolarini ochib berish Cho‘lpon qalamiga mansub “Kecha va kunduz” romanida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Cho‘lpon o‘zbek adabiyotiga o‘z asarlari bilan yangicha ruh, yangicha uslub, yangi nafas, samimiyat, hayotiylik va harorat olib kirgani ayni haqiqat. “Kecha va kunduz” romanida ijodkor psixologizmning turli usullarini qo‘llab, tariximizning g‘oyat murakkab, mas’uliyatli bir davrini, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ziddiyatlar kuchaygan bir paytni aks ettirgan.


📚 @e_kutubxona
Kecha va kunduz [@e_kutubxona].apk
764.5 KB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Kecha va kunduz"
Cho‘lpon
Roman
0,7 MB
🔎 APK
📄 Lotin / Kirill


📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Bir mamlakatda har kuni podsho o‘zgararkan. Ertalab taxtga o‘tirib, shomda amalni topshirarkan. Bir odam «agar men podsho bo‘lsam bir kun emas, o‘lgunimcha taxtda o‘tiraman», debdi. Do‘stlari uni kulgi qilibdilar. Ittifoqo o‘sha odam podshoh bo‘libdi. Taxtga o‘tirishi bilan «Hamma saroyga bittadan tuxum olib kelsin», deb amr qilibdi. Amr ijro bo‘lgach esa, peshin chog‘ida «Hamma o‘zi olib kelgan tuxumini olib ketsin», deb farmon beribdi. Odamlar «men olib kelgan tuxum kattaroq edi», deganlaricha shoshilib, tanlab-tanlab, tortishibdilar oqibat shu bo‘libdiki, o‘zlarinikini emas, boshqalarnikini olibdilaru luqmalariga harom aralashibdi. Tuxum talashib, shom chog‘i podshohni unutishibdi va u odam aytganiday to o‘lgunicha qadar taxtdan tushmabdi.
Qissadan hissa shuki, faqat halol luqmagina mamlakatni obod qila oladi.

- Tohir Malik. "Iymonlashish umidi" kitobidan

📚 @e_kutubxona
Bir savolga oʼn xil javob

Hazrat Аli roziyallohu anhu xavorij toifasidan boʼlgan oʼn kishining “Ilm afzalmi, mol-dunyo afzalmi?” degan savoliga: “Ilm afzal”, deb javob berdilar va ularning har biriga alohida dalil keltirdilar:

birinchisiga: “Ilm paygʼambar­larning merosidir, mol esa Qorun, Shad­dod, Firʼavn va boshqa shunga oʼx­shaganlarning merosidir!”;

ikkinchisiga: “Ilm seni qoʼriqlaydi, molni esa sen qoʼriqlaysan”;

uchinchisiga: “Mol egasining dushmani koʼp boʼladi, ilm egasining doʼsti koʼp boʼladi”;

toʼrtinchisiga: “Molni sarflaga­ning sari u kamayib boradi, ilmni sarf­laganing sari u koʼpayib boradi”;

beshinchisiga: “Mol egasini baxil-qizgʼanchiq degan nom bilan malomat qilib chaqirishadi, ilm egasini esa izzat-ikrom va hurmat-ehtirom bilan chaqirishadi”;

oltinchisiga: “Mol oʼgʼridan yashiriladi, ilm esa oʼgʼridan yashirilmaydi”;

yettinchisiga: “Molning egasi qiyo­mat kuni hisob-kitob qilinadi, ilm egasi esa qiyomat kuni shafoat qilinadi”;

sakkizinchisiga: “Mol uzoq vaqt turishi va zamonlar oʼtishi bilan eski­radi (va qadri ketadi), ilm esa aslo es­kirmaydi va qadri ketmaydi”;

toʼqqizinchisiga: “Mol qalbni qo­raytiradi, ilm esa qalbni yoritadi – yorugʼ va nurli qiladi”;

oʼninchisiga: “Molning egasi bora-bora xudolikni daʼvo qiladi, ilm egasi esa hamisha bandalik maqomida turadi”, dedilar.

Soʼngra: “Аgar mendan yana shu savolni soʼrayverishsa, to oʼlgu­nimcha shunday (“Ilm moldan afzal”) deb javob beraveraman!” dedi. Keyin u (xavorij)­lar kel­dilar va hammalari imon kel­tirib, musulmon boʼldilar.

— “Hadisu arbaʼiyn” sharhu Usfuriy (Usfuriy arbaʼiyn hadis sharhi, hijriy 1318 yil koʼchirilgan) kitobi asosida
“Hidoyat” jurnalining 2020 yil, 2-sonidan

📚 @e_kutubxona
Muhabbat va matonat [@e_kutubxona].pdf
1.1 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Muhabbat va matonat"
Jek London
Hikoya va esselar
1,1 MB
🔎 PDF
📄 224 sahifa


To‘plam tarkibi:
✓ Lahm go‘sht
✓ Semyuel
✓ Oqsoqollar ittifoqi
✓ Omonat
✓ Ertakning yakuni
✓ Tun farzandi
✓ Intiho
✓ G‘aroyib jumboq
✓ Benazir ayol qismati
✓ Ko‘rgan-kechirganlarim (Esse)
✓ Hayotning yozuvchilik falsafasi haqida (Esse)

📚 @e_kutubxona
Ayol uchun qilinuvchi eng omadli, shu bilan birgalikda eng so'nggi xushomad bu turmush qurish haqidagi taklifdir.

- Mark Tven.

📚 @e_kutubxona
Quyonlar saltanatining shahanshohi (roman) [@e_kutubxona].pdf
990.1 KB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Quyonlar saltanatining shahanshohi"
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Sarguzasht roman
0,9 MB
🔎 PDF
📄 197 sahifa


📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi mutolaa uchun Etel Voynichning "So‘na" asari tanlangan edi. Ushbu muhokamaning eng yaxshi qatnashchisiga "Dorian Greyning portreti" kitobi yoki 50.000so‘m miqdoridagi yutuq sovg‘a qilinadi (g‘olib kitob yoki pul mukofotidan birini tanlab oladi).
Muhokama sanasi: 20-iyun, shanba (20.00 dan 24.00 gacha)
SHUHRATDAN VA TAMA’DAN QOCHISH

Bishr ibn Solih aytadi:
"Ibn Muhayriz kiyim sotib olish uchun bir do‘konga kirdi. Kishilardan biri do‘kon sohibiga:
- Bu kishi ibn Muhayriz bo‘ladilar. Bilib savdo qil! - dedi.
Shunda ibn Muhayriz g‘azablanib do‘kondan chiqdi va dedi:
- Biz kiyimni pulimizga olmoqchi edik, dinimizga emas!".

- Sayyid Affoniy.

📚 @e_kutubxona
Somerset Moem. Yomg'ir [@e_kutubxona].pdf
399.7 KB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Yomg‘ir"
Somerset Moem
Hikoya
0,3 MB
🔎 PDF
📄 64 sahifa


📚 @e_kutubxona
Somerset Moem. Yomg'ir [@e_kutubxona].apk
721.2 KB
📓 "Yomg‘ir" (hikoya)
Somerset Moem
🔎 APK


📚 @e_kutubxona
Somerset Moem. Yomg'ir [@e_kutubxona].epub
86.8 KB
📓 "Yomg‘ir" (hikoya)
Somerset Moem
🔎 EPUB


📚 @e_kutubxona
Bedil g‘azali

Bo‘libdir g‘amga oshyon maskani dil, 
Shu bois g‘am kelur, so‘rsam: qani, dil?

Ko‘zim maqsudi vasling-u, qani ko‘z, 
Dilim yodi g‘aming, ammo qani dil?

Adashgan korvonga qo‘ng‘iroqcham, 
Na kuylar kuylamasdan nolani dil?

Kishi yo‘qdir kishiga zoru muhtoj, 
Vale dil tutganidir domani dil.

Qadam qo‘yganda xoki turbatimga 
Bo‘l ogohkim, oyog‘ing bosgani dil.

Agar-chi suvratim Bedildir, ammo 
Qilur boshdin-oyoqashkim mani dil.

📚 @e_kutubxona
Stiven King. Mergan [@e_kutubxona].pdf
7.4 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Mergan"
Stiven King
Roman
7.4 MB
🔎 PDF
📄 320 sahifa


📚 @e_kutubxona
So‘rovnoma

O‘qiydigan kitoblaringizning tahminan qancha qismi elektron shaklda bo‘ladi?
Anonymous Poll
21%
Hammasi (100 foiz)
25%
Yarmidan ko‘pi (50 foizdan yuqori)
15%
Chorak qismi (25-50 foiz orasi)
20%
Nimchorak qismi (25 foizgacha)
18%
Elektron o‘qimayman