Elektron kutubxona
65.6K subscribers
805 photos
9 videos
1.71K files
1.32K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
#Tafakkur

Bir ayol imom Lays ibn Sa’d huzuriga kelib: "Erim kasal bo‘lib qoldi, ozgina asal bersangiz", dedi. Qo‘lida kichkina bir idish bor edi. Imom meshga asal solib berishni buyurdi. Xizmatkori: "Bu ayol kichkina idish ko‘tarib keldi, siz bo‘lsangiz, meshga solib beryapsiz", dedi. Shunda imom: "U holatiga yarasha idish olib keldi, men esa, martabamga yarasha javob beryapman", deb javob qildi.

📚 @e_kutubxona
Yombi (qissalar) [@e_kutubxona].pdf
12.2 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Yombi"
Murod Mansur
Qissalar
12,2 MB
🔎 PDF
📄 336 sahifa


«Bu yombi - yombi emas, u sizning yuragingizdir...»
«Yombi» qissasi qahramonlaridan biri roviylik qilib, shu so‘zlarni aytadi va u haq bo‘lib chiqadi.
Darhaqiqat, muallif arxeologlar hayotidan yozgan qissasida topilgan xazina bahonasida qahramonlari yuragiga chuqurroq navar tashlaydi va bizni ularning ma’naviy olamiga yetaklaydi.
Yozuvchi Murod Mansurning bu to‘plamga kirgan qissalari inson yuragidagi ezgulik chashmalarining umrboqiyligi va poyonsizligi haqida bahs etadi.


📚 @e_kutubxona
Bir daqiqalik xalifa

Devona Bahlul bir kuni shoshib Horun ar-Rashidning saroyiga kirsa, xalifaning taxti bo‘sh turibdi. U shartta borib xalifaning taxtiga o‘tirib olibdi. Saroy mulozimlari va navkarlar Bahlulni rosa do‘pposlab, taxtdan tushirib olishibdi. Bahlul kaltakning zo‘ridan yig‘lab turgan payti Horun ar-Rashid kirib kelibdi. Mulozimlar voqeani ko‘pirtirib, unga so‘zlab beribdilar. Horun Bahlulning devonaligiga rahmi kelib, navkarlarni koyib, unga tasalli bera boshlabdi.
Bahlul esa: — Podshohim, men o‘zimga emas, sizning holingizga yig‘layapman. Qarang, bir necha daqiqagina taxtingizga o‘tirib, shuncha kaltak yedim. Siz umr bo‘yi shu taxtda o‘tiribsiz. Ertaga Alloh taoloning huzurida oqibatingiz nima bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rdingizmi?

📚 @e_kutubxona
Oydin tunlar (roman) [@e_kutubxona].pdf
2.3 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Oydin tunlar"
Fyodor Dostoyevskiy
Roman
2,3 MB
🔎 PDF
📄 48 sahifa


📚 @e_kutubxona
Assalomu alaykum!

Butun Islom axliga Ramazon xayiti bayrami muborak bo‘lsin!
Ulug‘ oyda qilgan barcha yaxshi amallaringiz bardavom va ulkan darajotda bo‘lsin. Niyatim, solih va soliha insonlarga yo‘ldosh qilsin, rizqimizni halol va barakali qilsin, ilm ahliga yaqin qilib, foydali ilm bersin!

Bayramni yaxshi o‘tkazinglar!
Ona tilim, menday duduqlar
Farzandlikka yaray olarmi?

— — —
E'TIROF


Osmonlarga uchmoq istasam,
Yelkamdagi qanotim – Tilim.
Dunyolarni quchmoq istasam,
Mening uchqur G‘irotim – Tilim.

Men bulbulga havas qilibman,
Sensiz no‘noq qarg‘a ekanman.
Men duldulga havas qilibman,
Sensiz cho‘loq yo‘rg‘a ekanman.

Garchi sodda she'rlar to‘qidim,
Garchi so‘zga ayladim ixlos;
Men o‘zimni o‘zim cho‘qidim,
Seni yaxshi bilmasligim rost.

Meniki shu yalang‘och so‘zlar,
Nochor buni zamonga yo‘ydim.
Qayon boqmay, shunday och so‘zlar,
Nahot seni unutib qo‘ydim?

Zabonimni tilib ketdimi
O‘zga bog‘ning barg – ninalari?
Navoiyda qolib ketdimi
So‘z mulkining ganjinalari?

Xorijiy til – jahonga ko‘prik,
Payti kelsa, bu ham bir iqbol.
O‘z tilingda so‘z ketganda lek,
Duduqlanib tursang… Bu ne hol?!

Yuragimni teshadi o‘qlar,
Sensiz mening ertam kularmi?
Ona tilim, menday duduqlar
Farzandlikka yaray olarmi?

Bas, dardingni olmasdan turib,
O‘zga tilni uqmayman, Tilim,
Seni yaxshi bilmasdan turib,
Xorijga ham chiqmayman, Tilim!

2002

- Behzod Fazliddin

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Layli yillar o‘tib, Majnunning yoniga keladi. Majnun unga e'tibor bermaydi. Layli: “Mening uchun cho‘llarda sargardon bo‘lgan sen emasmiding?” – deganida, Majnun: “Bevafo Laylining qalbimda o‘rni qolmadi”, – deb javob beradi.

Majnun hayotining g‘oyasi bo‘lgan Layli ilohiy muhabbat yo‘lida bir pog‘ona edi, xolos. Majnun haqiqatni topishga uringan ilohiy muhabbat bog‘ida o‘z o‘rnini topgandan keyin nisbiy go‘zallik sohibi bo‘lgan Layli o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Masnaviy hikoyalarining qahramoni bo‘lgan Layli esa oxir­-oqibatda ilohiy muhabbatga qaytgan va shaxsiyatini Haqda, deb bilgan ilohiy sevgining timsolidir. Boshqacha aytganda, Layli ko‘ngillarni majnun qilgan, jismoniy irodani yo‘qqa chiqargan ilohiy bir ishqning ufqidir. Shu ma'noda Laylilar bilan boshlangan muhabbat mojarolari Mavloda erib bitadilar...


📚 @e_kutubxona
BAHOR KUNLARIDA
(Hazil)


Bahor chog‘i edi,
Shod edik juda.
Bog‘da dildor bilan ayladik visol,
Jilmayib yurardik huda-behuda,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Birdan gumbirladi momaqaldiroq,
Havoning avzoyi buzildi, ne hol?
Yomg‘ir ham sharillab qo‘ydi-ku shu choq,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Bir zum yomg‘ir ichra qoldik ikkimiz,
U mening ko‘ksimga bosh qo‘ydi behol.
Cho‘mdik allaqanday hislarga ham biz,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Yo‘q, endi kitobga o‘xshamadi hech,
Qurg‘ur yomg‘ir bizdan ketibdi kulib.
Ikkov ikki yonga tarqaldik shu kech,
Mening belim og‘rib, u tumov bo‘lib....

1968

Abdulla Oripov

📚 @e_kutubxona
Ahmad Yassaviy (roman) [@e_kutubxona].pdf
2.2 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Ahmad Yassaviy"
Sa'dulla Siyoyev
Roman
2,2 MB
🔎 PDF
📄 334 sahifa


Tarixda shunday zotlar oʻtishganki, ular oʻzlarini, oʻzliklarini anglab yetish uchun inson kim, uning asli qayerdan, dunyoga nima uchun kelgan, nima uchun yashaydi va qayerga ketadi kabi savollarga javob axtarganlar va har birlari bu haqiqatga yetishish uchun oʻz yoʻllarini (tariqatlarini) kashf etganlar. Shunday muborak zotlardan biri Ahmad Yassaviy edi.
Sa'dulla Siyoyev tomonidan yuksak mahorat bilan yaratilgan ushbu roman tarixiy asarlarning ajoyib namunalardan biridir.


📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

— Ne’mat!
— Labbay, ota?
— Nechaga kirding?
— Ellik beshga.
— Ona qorni bilan ellik oltiga-da? Demak, kamida ellik yillik gapni aqling olsa kerak. Endi ayt-chi, mani biror marta araq ichganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Yomon yo‘lga yurganimni yoki birovni haqqini yeganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Unda nega araq ichasan?
— Ko‘p ichmayman-ku, ota… Endi, kecha mehmonlar bilan jinday…
— Xudoyu payg‘ambar harom qilgan narsani nega ichasan? Axir, araqning o‘zi ko‘zachaga qamalgan jin-ku! Yana jinday deydi-ya…

Ne’mat Aminov. "Temirchining tillolari"

📚 @e_kutubxona
Bolaligim (qissa) [@e_kutubxona].pdf
3.1 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Bolaligim"
Chingiz Aytmatov
Qissa
3,1 MB
🔎 PDF
📄 80 sahifa


Chingiz Aytmatov “Bolaligim” qissasida o‘z tarjimai holini qisqacha so‘zlab beradi. Unda adib oilasining boshiga tushgan musibatlar va go‘zal asarlarining yaratilish tarixi bayon etiladi. Go‘yo “Sarvqomat dilbarim”, “Yuzma-yuz”, “Jamila” kabi qissalarning qahramonlari bilan uchrashib, suhbatlashgandek bo‘lasiz...

📚 @e_kutubxona
«Birovning bolasini birovning otasi tarbiyalamasin», degan gap bor. Afsuski, bugun ko‘pchilik o‘zbek bolalari Yevropa adabiyoti namunalarini o‘qib katta bo‘layapti. O‘zbek adabiyoti sahifalarini Yevropa adabiyotiga berib bo‘ldik. Buning oqibati yaxshi bo‘lmaydi.

Xudoyberdi To‘xtaboyev

📚 @e_kutubxona
Sariq devni minib (roman) [@e_kutubxona].pdf
16.4 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Sariq devni minib"
Xudoyberdi To‘xtaboyev
Sarguzasht roman
16,4 MB
🔎 PDF
📄 460 sahifa


Roman qismlari:
✓ Sehrli qalpoqcha
✓ Mening ham do‘stlarim bor
✓ O‘rtoq polkovnik
✓ Sariq devni quvib
✓ Sariq devning o‘limi

📚 @e_kutubxona
SUHBATDOSH

Qaniydi uchrasa shunday bir odam:
Sen yoqa bo‘lganda u ham yeng bo‘lsa.
Yoshi, martabasi teng bo‘lmasa ham,
Albatta sen bilan ko‘ngli teng bo‘lsa.

Qaniydi uchrasa shundayin bir zot,
Gaplashsak jaydari yoronlarga xos.
Deylik: yulduzlarda bormikan hayot,
Qaysi darmondori qaysimizga mos.

Qaniydi uchrasa shunday suhbatdosh,
Bir-birin asabin arralashmasa.
Biri ko‘z bo‘lganda, biri bo‘lsa qosh,
Suhbatga g‘iybat hech aralashmasa.

Abdulla Oripov

📚 @e_kutubxona
Meshpolvon jangga otlandi (qissa) [@e_kutubxona].pdf
4.9 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Meshpolvon jangga otlandi"
Anvar Obidjon
Qissa
4,9 MB
🔎 PDF
📄 216 sahifa


Anvar Obidjonning sarguzasht-doston yo‘sinida yozilgan ushbu qissasi ozodlik haqida, ozodlik, chin hurriyat yo‘lida yo‘lga otlangan vatanparvar bolalar haqidadir. Unda o‘tmish va kelajak, tarix va taqdirlar erk va ozodlik motivlari o‘zaro tutashib ketadi. Meshpolvonning ozodlik yo‘lidagi qahramonliklari bir qarashda Alpomishning bahodirliklarini esga tushiradi. Asar xalqona tilda yozilganligi, qahramonliklar bolalarga yoqadigan yo‘sinda tasvirlanganligi bilan e’tiborni tortadi.

📚 @e_kutubxona
KIMGA ATALGANMAN?

Ruhim – osmonniki, tanam – yerniki,
Qaysidir makonga bog‘langan ko‘nglim.
Jonim – armonniki, qonim – she’rniki,
Kimga atagansan o‘zimni, Tangrim?

Gullarning ishi yo‘q dil dodim bilan,
Faqat so‘zlarimga shaydo bir zumcha.
O‘zi, kimnikiman bor-budim bilan?
Kimga atalganman butunligimcha?

2003 yil

- Behzod Fazliddin

📚 @e_kutubxona
Butun xazina yetmas edi

Xalifa Horun ar-Rashid bir kuni Imom Abu Yusufdan bir masalaning yechimini so‘radi. Imom Abu Yusuf:
– Bilmayman, — deb javob berdilar. Xalifaning yordamchisi Abu Yusufga qarata:
– Maosh va mansabingiz bo‘la turib, nega bilmayman demoqdasiz, — deb pisanda qildi.
Bunga javoban Imom Abu Yusuf:
– Men bilgan narsalarim uchun maosh olaman. Agar bilmagan narsalarim uchun ham maosh to‘lashsa, butun xazina yetmas edi”, — debdilar kamtarlik bilan.

📚 @e_kutubxona
Ikki karra ikki besh (qissa) [@e_kutubxona].pdf
5.3 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Ikki karra ikki — besh"
O‘tkir Hoshimov
Hajviy qissa
5,3 MB
🔎 PDF
📄 218 sahifa


"Ikki karra ikki - besh" qissasi muallifning avvalgi asarlaridan butunicha hajviy uslubda yozilganligi bilan farq qiladi. Hajviyot tig‘ini hayotdagi martabali kishilarga, katta rahbarlarga, xususan, raislarga qaratgani va ularning ma’naviy tubanligini ro‘yi-rost fosh qilishga intilgani bilan yozuvchi qissa sahifalarini ta’sirchan va qiziqarli bo‘lib chiqishiga erishgan.

📚 @e_kutubxona