Elektron kutubxona
65.6K subscribers
804 photos
9 videos
1.71K files
1.32K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
Dashtu dalalarda (Murod Muhammad Do'st)
@e_kutubxona
#Audiohikoya
📼 "Dashtu dalalarda"
Murod Muhammad Do'st
Hikoya
10,1 MB
31 daqiqa


📚 @e_kutubxona
Dashtu dalalarda [@e_kutubxona].pdf
215.5 KB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Dashtu dalalarda"
Murod Muhammad Do'st
Hikoya
0,2 MB
🔎 PDF
📄 17 sahifa


📚 @e_kutubxona
Dashtu dalalarda [@e_kutubxona].apk
672.4 KB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Dashtu dalalarda"
Murod Muhammad Do'st
Hikoya
0,6 MB
🔎 APK
📄 Lotin/Kirill


📚 @e_kutubxona
#Onlayn_mutolaa

Shukur Xolmirzaevning “Yashil “Niva” hikoyasida sovet imperiyasining 80-yillari aks etgan. Asarda mustabid tuzumning fuqarolar qalbiga joylagan qo‘rquv urug‘i pirovardida qanday ayanchli oqibatlarga olib kelgani ko‘rsatiladi. Shukur Xolmirzaevning mahorati shundaki, mo’jaz hikoyada “ulug‘ sovetlar oilasining” inqirozini, ichdan chirib ketganini inkor qilib bo‘lmas darajada haqqoniy tasvirlaydi: xalq bamisoli qul – mehnatdan boshqa narsani bilmaydi, uning ishongan najot qal’asi ta’magirlar mahkamasiga aylangan, pul – hamma narsaning boshi, jamiyatning ziyolisi g‘arib, huquq posbonlari poraxo‘r… Hikoyadan olingan taassurot moddiylashib, fikrga inganida o‘quvchi o‘zini qo‘yarga joy topa olmay qoladi.
Hikoyani mutolaa qilib bo‘lgach, birpas xayolga tolasiz: mustabid tuzum odamlar ongiga joylagan qo‘rquv o‘zgarmasdan, butun bir avlod qalbida saqlanib qolar ekan.

Shukur Xolmirzayev. Yashil “Niva” (hikoya)

📚 @e_kutubxona
Аbdulla Oripov xotiralaridan:

"Bir kuni Koreyaga, butun dunyo shoirlari xalqaro anjumaniga chaqirib qolishdi. Borsak, Sovet Ittifoqidan ikki kishi ekanmiz. Ruslarning mashhur shoiri Аndrey Voznesenskiy va men. Ruschani uncha-muncha bilganim uchun ikkimiz hamroh boʼlib, qadrdonlashib yurdik. Аnjuman gulduros qarsaklar bilan oʼtdi. Biroz boʼsh vaqt qolgandi, koʼcha kezdik, magazin tomosha qildik, bozor aylandik. U-bu olamiz deb chamalab tursak, bir koreys, bir tufli koʼtarib yurgan ekan, koʼzimga juda chiroyli koʼrinib, xaridor boʼldim. Lekin uni qanday olish kerak, narx-navosi qancha, savdoni qanday pishirish kerak. Tavakkal deb ruscha gapirib koʼrsam, “Nima deyapsan?” deganday “im” qoqadi. Oʼzbekcha gapirsam, tushunmayapman deganday, qulogʼini tutadi. Аlay-balay deb, imo-ishora qilsam, bir payt tutaqib, baqirib ketsa boʼladimi, ogʼzidan tupuk sachraydi, jahl qiladi, oʼqrayadi, gʼazabdan yuzlari qizarib tutaqadi, indamasang, doʼpposlaydigan vajohati bor. Nima deyishga hayronman. “Ol-e”, matohingni deb ketvoray desam, ketkazadigan shashti yoʼq. 
Аndrey Voznesenskiy inglizchani bilar ekan, oxiri “Nima gap ?”, deb inglizcha gapirib qoldi. Koreys ham erinmay bir inglizchani biladigan odamni topib keldi. U odam bizning Sovet Ittifoqidan kelgan shoir ekanimizni poyafzal sotuvchiga tushuntirdi shekilli, bir damda popugi pasayib, hovuridan tushib, choʼkkalagancha kechirim soʼrashga tushdi. Tuflini ham qoʼltigʼimga qisib, “Olib ketaver, olib ketaver, bepulga sovgʼa qildim”, deya imo-ishora qiladi. 
Oxir-oqibat soʼrab-surishtirishimizdan keyin maʼlum boʼldiki, sotuvchi meni koreys deb oʼylagan, “Nega oʼz ona tiling boʼlgan koreys tilini unutib yubording, endi sen ham odam boʼldingmi, senga tufli xayf, sen xiyonatkor battolsan!” deb dargʼazab boʼlib, mendek nobakor bolani katta qilgan ota-onamning goʼriga gʼisht qalayotgan ekan. 
Аndrey Voznesenskiy isyonkor, millatparvar, erkin qarashlarga moyil shoir edi. Koreysning bu xulq-atvori unga juda maʼqul keldi. Koreysning yelkasiga qoʼl tashlab, anchayin yaxshi gaplar aytib yupatdi. Menga ham, “Tilni hurmat qilishni, millatni hurmat qilishni, oʼz ona tilimizni yoʼqotsak, bir chaqaga qimmat odam boʼlib qolishimizni mana shu koreysdan oʼrganishimiz kerak ekan", dedi. Аndrey Voznesenskiy doimo sharf taqib yurar edi. Boʼynidagi shu sharfni yechdi-da, oʼz tiliga ehtiromi uchun minnatdorlik tariqasida koreysga sovgʼa qilib yubordi". 

📚 @e_kutubxona
Qo‘rqmang, onaginam (roman) [@e_kutubxona].pdf
6.7 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Qo‘rqmang, onaginam"
Nodar Dumbadze
Roman
6,7 MB
🔎 PDF
📄 192 sahifa


"Taniqli gruzin adibi, Nodar Dumbadzenning ushbu romanida chegarachilarning jangovar hayoti maroqli hikoya qilinadi. Kitob sahifalarida kunu tun, issig‘u sovuq demay vatani sarhadlarini, el osoyishtaligini sezgirlik bilan qo‘riqlab kelayotgan yosh jangchilar orasidagi navqiron gruzin yigiti Avtandil Jakeli bilan do‘stlari hayotining jangovar, lirik lavhalari, quvonch va tashvishlari namoyon bo‘ladi.


📚 @e_kutubxona
Qaysi biri zo‘r yozilgan? (Den Braun)
Anonymous Poll
65%
Da Vinchi siri
35%
Raqamli qal'a
#Tafakkur

Ibrohim Adham

U bir kuni hammomga bordi. Eski kiyimlarini yechib, hammomchi yoniga qo‘ydi. Hammomchi pul so‘radi. Ibrohim pul topmadi. Hammomchi dedi:
– Puling bo‘lmasa, kirmagil, chiqib ket!
Ibrohim Adham hammomchidan bu so‘zni eshitganda, jazava holatiga tushib, behush bo‘lib yiqildi.
O‘ziga kelganda so‘radilar:
– Senga nima hol yuzlandikim, behush bo‘lding?
Dedi:
– Bundan ham ortiqroq hol kishiga yuzlanadimikim, qo‘li quruqlarni shaytonning uyiga kirgizmadilar. Rahmonning uyiga bo‘sh qo‘l bilan qanday kirgayman?!

- "Tazkirat ul-avliyo"dan.

~ Vaholanki, Ibrohim Adham dunyo va dinning sultoni, imon tog‘ining hujjati, ilmu uzlat ganjinasi, zamonasining siddig‘i edi. Unga “Mafotih ul-ulum”, ya’ni tariqat ilmlarining kaliti, deya ta’rif berilgandi.

📚 @e_kutubxona
Ichindagi ichindadur [@e_kutubxona].pdf
1.2 MB
🌐 Sharq adabiyoti
📓 "Ichindagi ichindadur"
Jaloliddin Rumiy
Falsafiy-ma'rifiy risola
1,2 MB
🔎 PDF
📄 272 sahifa


Mavlono Jaloliddin Rumiyning "Ichindagi ichindadur" asari hayot savollariga munosib javoblardan iborat. Unda baxtning eng baland cho‘qqisidan tortib, musibat eshigini ochguvchi sabablargacha bayon etilgan. Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o'zligini, o'zligi orqali xaqni - yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham "Ichindagi ichindadur"ga bir marta oshno bo'lan ko'zi ochiq inson borki, umrbod undan ayrilmasam deydi.
Gegel, Kant, Shopengauyer, Freydlar falsafasi bilan tanish odam "Ichindagi ichindadur"ni oʻqisa, hammasi Sharqda allaqachon aytib qoʻyilgan ekanligiga ishonch hosil qilishi tabiiy.


📚 @e_kutubxona
Ichindagi ichindadur [@e_kutubxona].apk
801.5 KB
🌐 Sharq adabiyoti
📓 "Ichindagi ichindadur"
Jaloliddin Rumiy
Falsafiy-ma'rifiy risola
0,8 MB
🔎 APK
📄 Lotin


📚 @e_kutubxona
#Tafakkur

Bir ayol imom Lays ibn Sa’d huzuriga kelib: "Erim kasal bo‘lib qoldi, ozgina asal bersangiz", dedi. Qo‘lida kichkina bir idish bor edi. Imom meshga asal solib berishni buyurdi. Xizmatkori: "Bu ayol kichkina idish ko‘tarib keldi, siz bo‘lsangiz, meshga solib beryapsiz", dedi. Shunda imom: "U holatiga yarasha idish olib keldi, men esa, martabamga yarasha javob beryapman", deb javob qildi.

📚 @e_kutubxona
Yombi (qissalar) [@e_kutubxona].pdf
12.2 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Yombi"
Murod Mansur
Qissalar
12,2 MB
🔎 PDF
📄 336 sahifa


«Bu yombi - yombi emas, u sizning yuragingizdir...»
«Yombi» qissasi qahramonlaridan biri roviylik qilib, shu so‘zlarni aytadi va u haq bo‘lib chiqadi.
Darhaqiqat, muallif arxeologlar hayotidan yozgan qissasida topilgan xazina bahonasida qahramonlari yuragiga chuqurroq navar tashlaydi va bizni ularning ma’naviy olamiga yetaklaydi.
Yozuvchi Murod Mansurning bu to‘plamga kirgan qissalari inson yuragidagi ezgulik chashmalarining umrboqiyligi va poyonsizligi haqida bahs etadi.


📚 @e_kutubxona
Bir daqiqalik xalifa

Devona Bahlul bir kuni shoshib Horun ar-Rashidning saroyiga kirsa, xalifaning taxti bo‘sh turibdi. U shartta borib xalifaning taxtiga o‘tirib olibdi. Saroy mulozimlari va navkarlar Bahlulni rosa do‘pposlab, taxtdan tushirib olishibdi. Bahlul kaltakning zo‘ridan yig‘lab turgan payti Horun ar-Rashid kirib kelibdi. Mulozimlar voqeani ko‘pirtirib, unga so‘zlab beribdilar. Horun Bahlulning devonaligiga rahmi kelib, navkarlarni koyib, unga tasalli bera boshlabdi.
Bahlul esa: — Podshohim, men o‘zimga emas, sizning holingizga yig‘layapman. Qarang, bir necha daqiqagina taxtingizga o‘tirib, shuncha kaltak yedim. Siz umr bo‘yi shu taxtda o‘tiribsiz. Ertaga Alloh taoloning huzurida oqibatingiz nima bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rdingizmi?

📚 @e_kutubxona
Oydin tunlar (roman) [@e_kutubxona].pdf
2.3 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "Oydin tunlar"
Fyodor Dostoyevskiy
Roman
2,3 MB
🔎 PDF
📄 48 sahifa


📚 @e_kutubxona
Assalomu alaykum!

Butun Islom axliga Ramazon xayiti bayrami muborak bo‘lsin!
Ulug‘ oyda qilgan barcha yaxshi amallaringiz bardavom va ulkan darajotda bo‘lsin. Niyatim, solih va soliha insonlarga yo‘ldosh qilsin, rizqimizni halol va barakali qilsin, ilm ahliga yaqin qilib, foydali ilm bersin!

Bayramni yaxshi o‘tkazinglar!
Ona tilim, menday duduqlar
Farzandlikka yaray olarmi?

— — —
E'TIROF


Osmonlarga uchmoq istasam,
Yelkamdagi qanotim – Tilim.
Dunyolarni quchmoq istasam,
Mening uchqur G‘irotim – Tilim.

Men bulbulga havas qilibman,
Sensiz no‘noq qarg‘a ekanman.
Men duldulga havas qilibman,
Sensiz cho‘loq yo‘rg‘a ekanman.

Garchi sodda she'rlar to‘qidim,
Garchi so‘zga ayladim ixlos;
Men o‘zimni o‘zim cho‘qidim,
Seni yaxshi bilmasligim rost.

Meniki shu yalang‘och so‘zlar,
Nochor buni zamonga yo‘ydim.
Qayon boqmay, shunday och so‘zlar,
Nahot seni unutib qo‘ydim?

Zabonimni tilib ketdimi
O‘zga bog‘ning barg – ninalari?
Navoiyda qolib ketdimi
So‘z mulkining ganjinalari?

Xorijiy til – jahonga ko‘prik,
Payti kelsa, bu ham bir iqbol.
O‘z tilingda so‘z ketganda lek,
Duduqlanib tursang… Bu ne hol?!

Yuragimni teshadi o‘qlar,
Sensiz mening ertam kularmi?
Ona tilim, menday duduqlar
Farzandlikka yaray olarmi?

Bas, dardingni olmasdan turib,
O‘zga tilni uqmayman, Tilim,
Seni yaxshi bilmasdan turib,
Xorijga ham chiqmayman, Tilim!

2002

- Behzod Fazliddin

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Layli yillar o‘tib, Majnunning yoniga keladi. Majnun unga e'tibor bermaydi. Layli: “Mening uchun cho‘llarda sargardon bo‘lgan sen emasmiding?” – deganida, Majnun: “Bevafo Laylining qalbimda o‘rni qolmadi”, – deb javob beradi.

Majnun hayotining g‘oyasi bo‘lgan Layli ilohiy muhabbat yo‘lida bir pog‘ona edi, xolos. Majnun haqiqatni topishga uringan ilohiy muhabbat bog‘ida o‘z o‘rnini topgandan keyin nisbiy go‘zallik sohibi bo‘lgan Layli o‘z ahamiyatini yo‘qotgan edi. Masnaviy hikoyalarining qahramoni bo‘lgan Layli esa oxir­-oqibatda ilohiy muhabbatga qaytgan va shaxsiyatini Haqda, deb bilgan ilohiy sevgining timsolidir. Boshqacha aytganda, Layli ko‘ngillarni majnun qilgan, jismoniy irodani yo‘qqa chiqargan ilohiy bir ishqning ufqidir. Shu ma'noda Laylilar bilan boshlangan muhabbat mojarolari Mavloda erib bitadilar...


📚 @e_kutubxona
BAHOR KUNLARIDA
(Hazil)


Bahor chog‘i edi,
Shod edik juda.
Bog‘da dildor bilan ayladik visol,
Jilmayib yurardik huda-behuda,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Birdan gumbirladi momaqaldiroq,
Havoning avzoyi buzildi, ne hol?
Yomg‘ir ham sharillab qo‘ydi-ku shu choq,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Bir zum yomg‘ir ichra qoldik ikkimiz,
U mening ko‘ksimga bosh qo‘ydi behol.
Cho‘mdik allaqanday hislarga ham biz,
Xuddi kitoblarda yozilgan misol.

Yo‘q, endi kitobga o‘xshamadi hech,
Qurg‘ur yomg‘ir bizdan ketibdi kulib.
Ikkov ikki yonga tarqaldik shu kech,
Mening belim og‘rib, u tumov bo‘lib....

1968

Abdulla Oripov

📚 @e_kutubxona
Ahmad Yassaviy (roman) [@e_kutubxona].pdf
2.2 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Ahmad Yassaviy"
Sa'dulla Siyoyev
Roman
2,2 MB
🔎 PDF
📄 334 sahifa


Tarixda shunday zotlar oʻtishganki, ular oʻzlarini, oʻzliklarini anglab yetish uchun inson kim, uning asli qayerdan, dunyoga nima uchun kelgan, nima uchun yashaydi va qayerga ketadi kabi savollarga javob axtarganlar va har birlari bu haqiqatga yetishish uchun oʻz yoʻllarini (tariqatlarini) kashf etganlar. Shunday muborak zotlardan biri Ahmad Yassaviy edi.
Sa'dulla Siyoyev tomonidan yuksak mahorat bilan yaratilgan ushbu roman tarixiy asarlarning ajoyib namunalardan biridir.


📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

— Ne’mat!
— Labbay, ota?
— Nechaga kirding?
— Ellik beshga.
— Ona qorni bilan ellik oltiga-da? Demak, kamida ellik yillik gapni aqling olsa kerak. Endi ayt-chi, mani biror marta araq ichganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Yomon yo‘lga yurganimni yoki birovni haqqini yeganimni ko‘rganmisan?
— Yo‘q.
— Unda nega araq ichasan?
— Ko‘p ichmayman-ku, ota… Endi, kecha mehmonlar bilan jinday…
— Xudoyu payg‘ambar harom qilgan narsani nega ichasan? Axir, araqning o‘zi ko‘zachaga qamalgan jin-ku! Yana jinday deydi-ya…

Ne’mat Aminov. "Temirchining tillolari"

📚 @e_kutubxona