Kitob sizdan non-osh so‘ramaydi. Uni har qaydan topsa bo‘ladi. Beminnat suhbatdosh, beminnat maslahatgo‘y. Yoqmasa, yopib qo‘yishingiz mumkin, bir chetga tashlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo mutolaa zavqini tatib ko‘rgan inson keyin bir umr kitobdan ajralolmaydi, bir umr xumori bo‘lib qoladi. Turmush tashvishlari yoki boshqa sabab bilan hadeganda qo‘liga kitob ololmas, biroq undan butkul ko‘ngil uzmaydi, imkon topildi deguncha yana mutolaaga qaytaveradi.
Kitob ana shunday ohanrabo!
- Erkin A'zam.
📚 @e_kutubxona
Kitob ana shunday ohanrabo!
- Erkin A'zam.
📚 @e_kutubxona
🌐 Tarix durdonalari
👤 Abu Nasr Farobiy
📙 "Fozil odamlar shahri"
🔎 PDF (8.6 MB)
Butun Sharqu-G'arb olamiga "Al-muallim-as-soniy", "Sharq Arastusi" degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asari sharq ilmida, ma'naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni O'rta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovor qildi.
Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan.
Bundan ming yilcha muqaddam yaratilganiga qaramasdan, bugungi o’quvchi ham bu asardan hozirgi hayotning murakkab muammolarini hal qilishda asqotadigan muhim fikr va yo’l-yo’riqlarni topa oladi.

Qaysi biri zo'r yozilgan?
Anonymous Poll
73%
Asrga tatigulik kun (Chingiz Aytmatov)
27%
Qiyomat (Chingiz Aytmatov)
#Onlayn_mutolaa
Qisqa tanaffusdan so‘ng onlayn mutolaa loyihasini yana davom ettiramiz. Bugun zamonaviy o‘zbek adabiyotida falsafiy fikrlari, sirli, majoziy tasvirlari orqali alohida ajralib o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Nazar Eshonqul ijodidan "Iltijo" nomli hikoyasini taqdim etamiz.
Hikoya 20-25 daqiqa vaqtingizni oladi.
Mutolaada bo'ling!
Nazar Eshonqul. Iltijo (hikoya)
https://telegra.ph/Nazar-Eshonqul-Iltijo-hikoya-12-05

Telegraph
Nazar Eshonqul. Iltijo (hikoya)
📚 Onlayn mutolaa
Ayol kishining qadrini yuksaklarga ko‘taradigan ko‘plab omillar bor. Shulardan biri uning kitob o‘qishidir.
📚 @e_kutubxona
📚 @e_kutubxona
Hozir bizda kiyim-kechak, oziq-ovqat bozorining xaridorlari nihoyatda serob. Qachon kitob bozori gavjumlashadi?
Sovet davridagi bir ma’lumotga ko‘ra, aholi jon boshiga kitob sotib olish bo‘yicha o‘sha paytdagi SSSRday katta mamlakatda Qo‘qon shahri birinchi o‘rinda, SSSRda tugul, hatto Ovrupoda ham eng yirik va madaniy shaharlardan hisoblangan Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) esa ikkinchi o‘rinda turardi. Bu degani xalqimiz kitobni juda sevadigan xalq. Eski daryo o‘zaniga yana qaytadi, bir paytlar sharqirab oqqan suv yana to‘lib-toshib oqadi. Odamlar kitoblardan ko‘nglidagi gaplarni topa boshlasa, kitob bozori yana qiziydi, inshaalloh. Bugunning o‘zida yuz ming-ikki yuz ming so‘m pulini ayamay ayrim kitoblarni sotib olayotgan odamlarni ko‘rsam, ko‘zimga yosh kelib quvonaman. Kitoblarning qimmatligi ikkinchi masala, odamlarning shuncha pulga kitob ola boshlagani ajoyib hodisadir!
- Nurulloh Muhammad Raufxon

Bugun Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri, murakkab va chuqur falsafiy ma’noli asarlar ijodkori Xorxe Luis Borxesning "Funesning mo‘jizaviy xotirasi" hikoyasini taqdim etamiz.
Hikoya 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.
Mutolaada bo'ling!
Xorxe Luis Borxes. "Funesning mo‘jizaviy xotirasi" (hikoya)
https://telegra.ph/Xorxe-Luis-Borxes-Funes-El-Memorios-hikoya-12-08

Kitobsevarlar qavmi
Har bir xalqda kitobsevarlar qavmi bo‘ladi. Ular bir-birlarini bir ko‘rganda taniydilar, sira begonasiramay gurunglashib ketaveradilar. Ular o‘zlarining borliklari bilan o‘ziga xos targ‘ibotchilik vazifasini ham o‘taydilar. Boshqalarni ziyoga, bilimga, bilishga — ziyoli hayot kechirishga da’vat etadilar. Afsuski, hamma joyda ham xalqning umumiy soniga nisbatan bunday qavmlar ozchilikni tashkil etadilar. «Kitobsevarlar» deb ataymizmi yo boshqacha nom beriladimi, qat’iy nazar, kitobga mehri baland hamyurtlarimizning boshini qovushtiradigan, ularning holidan xabar oladigan, ularning og‘irini yengil qiladigan ma’rifiy vazifalarni ado etuvchi nodavlat tashkilot zarur.
- Xurshid Do’stmuhammad.

👤 Vasliy Samarqandiy
📙 "Imomi A'zam hayoti haqida qimmatli so'zlar"
🔎 PDF (2.8 MB)
Qariyb 1200 dan beri hukm surib kelayotgan sunniy mazhabining asoschisi kufalik Abu Xanifa an-Nu’mon ibn Sobit Imomi A’zam («Ulug‘ Imom») o‘z davridagi barcha ilmlarni egallagan yetuk olim va Muhammad alayhissalomning safdoshlarini ko‘rgan va suhbatini olgan zot edi.
Imomi A’zam va uning pok hayot tarzi haqida o‘tmishda arab va forsiy tillarda ko‘plab asarlar yozilgan. O‘zbek tilidagi asar esa 1914-yilda paydo bo‘ldi. Bu samarqandlik yetuk olim va shoir Vasliy Samarqandiy tomonidan yozilgan kitobdir.
Samarqandiy bu kitobda Imomi A’zamning tarjimai holini, bosib o‘tgan hayot yo‘lini bayon etadi.
Mazkur asarning nashr etilishini O‘rta Osiyoda islom tarixi, sunniy mazhabining paydo bo‘lishi va uning asoslarini o‘rganishda muhim qo‘llanmadir. Kitob qiziqarli badiiy hikoyaviy tarzda yozilgan bo‘lib, katta qiziqish bilan o‘qiladi. Yoshlarga ham, kattalarga ham mazhablarning tarixini o‘rgatishdan tashqari, u yuksak odob va axloq, chiroyli xulqni va muomala namunalarini ifoda etadi.

"Kitob o‘qishdan ko‘ra arzonroq vaqtichog‘lik va davomiyroq rohat yo‘q."
- Meri Uortli Montegyu
📚 @e_kutubxona
- Meri Uortli Montegyu
📚 @e_kutubxona
#Onlayn_mutolaa
Abdulla Qodiriyning «Uloqda» hikoyasi yangi o'zbek adabiyotida yaratilgan dastlabki hikoyalardandir. Hikoya 1915-yilda yozilib, 1916-yilda Toshkentda alohida kitobcha sifatida nashr etilgan.
Hikoyada adib quvonch bilan o'limni yonma-yon tasvirlab, insonni hamisha aql-u idrok bilan ish tutishga undaydi, behuda narsalarga umrni sarflamay, ma'rifatga, ma'naviy yuksalish va madaniy turmushga intilib yashash g'oyasini ilgari suradi.
"Uloqda" hikoyasi yozuvchining ilg'or g'oyalarni badiiy tasvirlashda
mahorat kasb eta boshlaganini ko'rsatuvchi hamda o'quvchining didi va saviyasini o'stirishda o'ziga xos ahamiyatga molik asarlaridan biri sifatida o'zbek adabiyoti xazinasidan mustahkam joy oldi.
Hikoya 10-15 daqiqa vaqtingizni oladi.
Mutolaada bo'ling!
Abdulla Qodiriy. Uloqda (hikoya)
https://telegra.ph/Abdulla-Qodiriy-Uloqda-hikoya-12-10

Eng ko'p varoqli kitoblar top 10 taligi
Bilasizmi? Dunyoda shunday kitoblar borki siz ularni o'qib tugatishingiz uchun hafta, kun, oy hattoki yillar sarflashingizga to'g'ri keladi. Sababi bu kitoblar juda ko'plab varoqlardan iborat bo'lib, quyidagi sizga aynan shu kabi kitoblarning top #10 taligini keltirib o'tamiz.
10-o'rin
Nomi: Poor Fellow My Country
Muallif: Xavier Herbert
Bu 850000 ta soʹzlardan iborat Avstraliyaning eng uzun kitobidir.
9-o'rin
Nomi: A Dance to the Music of Time
Muallif: Antoni Povel
Angliyaliy mashhur yozuvchisi tomonidan yozilgan ushbu kitob asli 12 ta jilddan biri boʹlib, mazkur kitob 736varoqdan iborat.
8-o'rin
Nomi: Klarissa
Muallif: Samuel Richardson
Ingliz tilida yozilgan eng uzun romanlaridan biri hisoblanadi. Asar yosh ayolning ayanchli taqdiridan hikoya qilib, asar 969000ta sozdan iborat.
7-o'rin
Nomi: Sironia, Texas
Muallif: Madison Kuper
Kitob tahminan 1.1 million soʹzni oʹz ichiga olgan 1731 varoqdan iborat kitob boʹlib, kitob kichik shaharlardan biri Texas haqida hikoya qiladi.
6-o'rin
Nomi: Gordana
Muallif: Mariya Jurik
Kroatiadagi birinchi mashhur ayol yozuvchisi tomonidan yozilgan asar5200 varoqdan iborat.
5-o'rin
Nomi: Mission Earth
Muallif: Ron Hubbard
3992 varoqli ushbu kitobda qariyb 1,2million sozlardan foydalanilgan.
4-o'rin
Nomi: A la recherche du temps perdu
Muallif: Marsel Proust
Roman fransuz tilida bo'lib, unda 1.500000 ta so'z ishlatilgan.
3-o'rin
Nomi: Artamène ou le Grand Cyrus
Muallif: Medeleine de Scudèry
Top 3 talikning eng uzun yozilgan kitobi bo'lib, u 2.1 millionta so'zdan iborat ekan.
2-o'rin
Nomi: Marienbad My Love.
Muallif: Mark Lich
Dunyodagi ingliz tilida eng uzoq vaqt mobaynida nashr etilgan 2.5 million so'zdan iborat kitobdir.
1-o'rin
Nomi: The Blah Story
Muallif: Nigel Tom
Roman qariyb 3.277.227 ta so'z 7312 varoqdan iborat bo'lib, u eng uzun kitoblar 10 taligining eng yuqori o'rindan joy egallaydi.
📚 ️@e_kutubxona

? 12-dekabr – Chingiz Aytmatov (1928-2008) tavallud topgan kun.
Chingiz Aytmatovning qaysi asarlarini miriqib o'qigansiz?
Sizga yoqqan asarlarini beshtagacha tanlang.
? @e_kutubxona
🔠 Можно выбрать вариантов: 5
👥 6721 (3841) - всего голосов

"G'arbiy frontda o'zgarish yo'q". Meni Remark desa o'zimni tomdan tashlab yuborishgacha majbur qila oladigan asar
U odatiy urush asari emas. Unda doimiy "ekshn" sahnalar yo'q. Ortiqcha emotsiyalar ham. Do'stini tanasini ushlab yig'lashlar ham yo'q. Aksincha, do'sti tezroq o'lishini kutishlar, o'lsa botinkasini kim olishini kelishib qo'yishlar, qiynalmasin deb o'zi o'z do'stini o'ldirish sahnalari bor!
Asar 3 qismga bo'lingan: front, harbiy qism va ta'til. Voqealar Pol tilidan tasvirlanadi. Qolganlar uning sinfdoshlari: Kemmerix, Leer, Albert Kropp, Myuller... Ular maktabdan frontga olib kelinadi 20 kishi. Bari bir maktab o'quvchilari. Asar boshida esa ular 12 ta qolgan edi... Ular hammasi "подготовка"ni yomonlab eslaydi. Keraksiz "шагатка"lar, chest berishlar, sanoqlar, harbiy qo'shiqlar... Hammasi frontga ketishni istab qolishadi. Frontga kelib esa ular tayyorgarlidagi rituallar hammasi ulardagi "inson"ni o'ldirish uchun qilinganligini tushunishadi. Chunki, frontda inson bo'lmaydi. Dushman, o'liklar va angliyaliklarning "мясорубка" nomli quroli bor xolos...
Front - an'anaviy jarayon. Kimdir o'lishi kerak bo'lgan hudud. Doimiy ocharchilik, hammom istagi, qulay botinka orzusi, hujum va qarshi hujum. O'layotgan otlarning qo'rqinchli qichqirig'i, kimnidir o'ldirish va o'limni kutish. Boshqa narsa yo'q.
Harbiy qism-front orti. Karta o'ynash, kalamushlar yurgan nonlarni yeyish, g'oz o'g'irlab pishirish, "katta" kelyapti deb yoppasiga yangi kiyim tarqatish va mehmon ketgach uni olib qo'yish. Gazeta o'qish. Vatanparvarlik, qahramonlik, qasos haqida va'zlar eshitish. Lekin ular frontga kirgan kuniyoq barchasi puch ekanini anglagan. Ularga urushda na maktab darsliklari, na she'r bitgan shoirlar yordam bera oldi. Qurol eng yaxshi do'st!
Ta'til. Eng ta'sirli sahnalar mana shu yerda. Uyiga kelgan Pol bir narsaga tushunmaydi: hamma oziqlar frontga jo'natilgan. Aholi qashshoq. Lekin frontdagilar ham to'q emasda... Onasi rak. Yeyishga ovqat, davolanishga pul yo'q. Ko'chaga chiqsa hamma unga qanaqa urush qilish haqida, siyosat va vatanparvarlik haqida "морал" o'qiydi. U men kutgan gapni aytadi oxiri: "Ta'tilga kelmasligim kerak edi..."
Urush eng avval ichki olamni o'ldiradi. Qalb bilan urushda qatnashib bo'lmaydi. Ular hammasi tinch hayotda yashashni endi tasavvur ham qila olmaydi. Aksincha, oddiy odamlarga g'alati tuyulgan narsalar ular uchun oddiy hol. Na chora, uyat, shaxsiyat degan narsalar yo'q. Faqat urush bor.
Ishoning, bu asar hammaga ta'sir qiladi. Men shu asarni originalini o'qish uchun ham kelajakda nemis tilini o'rganaman. "Tinchligimiz" deb kesatib, kulgan mazmundagi post qo'yadigan userlar uchun bu asar ancha foydali, ko'zlarini ochishga. Tinchligimiz davomli bo'lsin...
© Kitobxon

Navbatdagi kitob muhokamasi loyihasining 20-soni Omon Muxtorning "Ffu" romani haqida bo'ladi.
Bo'lajak muhokamaning eng faol qatnashchisiga Remarkning "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q" kitobi sovg'a qilinadi.
Muhokama sanasi: 14-dekabr, shanba (19.00 dan 23.00 gacha)

Jahonda tan olingan buyuk hajviyot ustalaridan biri, turk adibi Aziz Nesinning hikoyalari bizda shu qadar ko‘p tarjima qilinib bosilganki, o‘quvchilar uni bir kunlar o‘zbek yozuvchisidek qabul qilishgan, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Navbatdagi mutolaa uchun adibning yana bir kichik hikoyalaridan birini tanladik.
Hikoya atigi 5-10 daqiqa vaqtingizni oladi.
Mutolaada bo'ling!
Aziz Nesin. Keyin xursand bo‘lasiz (hikoya)
https://telegra.ph/Aziz-Nesin-Keyin-xursand-bolasiz-hikoya-12-13

Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning ongiga quyidagi uch muborak jumlani quymog‘ing farzdir: “Assalomu alaykum”, “Bismillahir rohmanir rohiym”, “Allohu akbar”.
- Abu Lays Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
- Abu Lays Samarqandiy
📚 @e_kutubxona
Janrlarni belgilashda asarning hajmi muhim emas
«Roman» tarzini belgilashda biz jindek xatoga yo‘l qo‘yamiz. 20 sahifaga qadar bo‘lsa – hikoya, 150 betga qadar – qissa, undan ko‘pi – roman. Janrlarni belgilashda asarning hajmi muhim emas. Balki asarning «yuki»da. «Roman» yoki «qissa» deb belgilashda farqlaydigan yana boshqa omillar bor. Shularning asosiysi – «roman»ning lug‘aviy ma’nosi – «ishqiy qissa». Fransuz adabiyotida 30 sahifalik romanlar ham bor. Ularda bir muhabbat mojarosi bayon qilinadi. Ruslarning «Slujebniy roman» kinofilmi bizda «Ishdagi ishq» deb juda go‘zal tarjima qilingan. «O‘tgan kunlar»da Otabek bilan Kumush muhabbatlari bayoni bo‘lgani uchun ham «roman» deymiz. Sharq adabiyotida barcha nasriy asarlar «qissa» deb belgilangan. «Shaytanat»ning birinchi kitobida ishqiy lavhalar yetarli emasdi. Keyinchalik bu kamchilik to‘ldirildi. Shu bois keyingi nashrlar «roman» deb belgilandi.
- Tohir Malik