Elektron kutubxona
65.3K subscribers
805 photos
9 videos
1.71K files
1.33K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
5⃣3⃣6⃣
​​Jahon adabiyoti durdonalari
👤 Nodar Dumbadze
📙 "Abadiyat qonuni" (roman)
🔎 PDF (7.7 MB)

Nodar Dumbadzening 1978-yilda yaratilgan «Abadiyat qonuni» asari nafaqat Gruziyaning o’zida, balki ko’plab boshqa yurtlarda ham izlab topib o’qiladigan asarlar qatoridan joy oldi. Bu romanda insonning hayotdagi o’rni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari to’g’risida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea, hodisalar insonlar taqdiri o’zining o’tkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham o’quvchi yodida uzoq saqlanib qoladi. Ushbu asarda ham voqealar shu qadar rivojlanadiki, uni o'qishni qachon boshlaganingni beixtiyor unutasan.
Bosh qahramon Bachana Ramishvili haqiqiy ma'nodagi sodda va samimiy yozuvchi bo'ladi. U ta'magirlarni va poraxo'rlarni o'lgudek yomon ko'radi. Asarda mehr-oqibat va muhabbat ham bor. Nafrat va shodlik ham bor. Hayo va or-nomus ham bor. Bu asarni har bir kishiga mutolaa uchun tavsiya etamiz.


📚@e_kutubxona
Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!

Barcha musulmon axli bo'lgan Ummati Muhammadga Alloh Taoloning eng buyuk rahmatlaridan biri bo'lgan Ramazon oyi muborak bo'lsin. Har bir amalimizga ixlos-u komillik berib, o'z hidoyatidan adashtirmasin. Muborak oyni xayrli va unumli amallar ila o'tkazishlik nasib qilsin. InshaAlloh.
5⃣3⃣7⃣
📚Islomiy kitoblar turkumidan
📙"Ro'za kitobi"
📥 apk/pdf

Ushbu qo'llanmada ro'za va uning amallariga oid eng kerakli ko'rsatma va bilimlar joy olgan. Kitobcha sizlar uchun foydali manba bo'lishiga umid qilamiz.

📚 Elektron kitobxona
#Tafakkur

Muallim savol qildi:
- Bolalar, agar Alloh hammamizning jannatga kirishimizni istasa, nega bu dunyoga yubordi?
Bir o‘quvchi o‘rnidan turib javob berdi:
- Muallim siz ham hammamizning a’lo baholar bilan sinfdan sinfga ko‘chishimizni istaysiz, ammo nega imtihon qilasiz. Barchamizga birday besh baho qo‘yib chiqmaysiz?!

📚 Elektron kitobxona
Navbatdagi #N34 Kitob muhokamasi uchun nomzod asarlarga ovoz bering : ✔️24 soat ichida eng ko'p ovoz olgan asar kanalga joylanadi va hafta so'ngida muhokamaga qo'yiladi.

▪️ 37% (96) Ch.Aytmatov. "Hayot-mamot"
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸

▫️ 5% (13) Emil Zolya. "Toshqin"
🔸

▪️ 19% (51) F.Dostoyevskiy. "Ma'suma"
🔸🔸🔸🔸

▫️ 37% (97) Jek London. "Oq sukunat"
🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸🔸
👥 Barcha ovozlar - 257
👥Kitob muhokamasi #34
🌐Rukn: Jahon adabiyoti
Tanlandi: "Oq sukunat"
👤Muallif: Jek London
🔍Fayl turi: apk/pdf
Muhokama sanasi: 20.05.2018 (16:00 dan 22:00 gacha)
5⃣3⃣8⃣
📚Jahon adabiyoti namunalari
👤Jek London
📙"Oq sukunat"
📥 apk/pdf

📚 Elektron kitobxona
5⃣3⃣9⃣
📚Buyuklar so'zlaganda
👤Bernard Shou
📙"Islom va Hazrati Rasululloh haqida & Hikmatlar"
📥 apk/pdf

📚 Elektron kitobxona
2018 yilning 24-25 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish – buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Respublika “Kitob bayrami” o‘tkaziladi.
Tadbirda nashriyotlar tomonidan kitob ko'rgazmalari, adabiy uchrashuvlar, mushoiralar viktorinalar, ijtimoiy so'rovlar va boshqa shu kabi tanlovlar ham o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Kitob saylida ko'rishamiz:)

📚 Elektron kitobxona
5⃣4⃣0⃣
📚 Iymonlashish umidi turkumidan
👤 Ziyovuddin Rahim
📙 "Qur'on - qalblar shifosi"
📥 pdf (1,9 MB)

“Qur’on – qalblar shifosi” kitobida Qur’on o‘qish, eshitish, tadabbur qilish fazilatlari bayon etilgan, Qur’onni qalbga jo aylash, Kalomullohni yaxshi ko‘rish bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, Qur’on xatm qilish muddati, Kalomullohni yodlash usullari, qiroat odoblari, suralar fazilati haqida ham to‘xtalib o‘tilgan, ulug‘larning Qur’onga cheksiz muhabbati, yuksak hurmat-ehtiromi haqida ibratli rivoyatlar keltirilgan. Mazkur asarda Qur’on qalbga shifo ekani, ma’naviy kasalliklar Qur’on bilan davolanishi alohida ta’kidlangan, ruhiy komilikka, ko‘ngil xotirjamligiga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. Ushbu kitob Allohning Kalomiga e’tiboringiz kuchayishiga, muhabbatingiz ortishiga, qalbingiz illatlardan tozalanib, imoningiz mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi, deb umid qilamiz.

📚 @e_kutubxona
Ong osti sirlari [@e_kutubxona].pdf
3.3 MB
🌐 Shaxsiy rivojlanish turkumidan
Ozoda Turmuxamedova
📓 "Ong osti sirlari"
Trgediya
3,3 MB
🔎 PDF
📄 64 sahifa

Insoniyat borliqdagi barcha mavjudotlardan ongli hayoti bilan farq qiladi: ong orqali fikrlaydi, borliqni anglaydi. Ongning imkoniyatlari juda cheksiz. Uni o‘stirib borish orqali juda ko‘plab yutuqlarga erishish mumkin.
Psixologiyada ong osti degan tushuncha ham borki, inson hayotida uning roli qanchalik muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi.
E’tiboringizga havola etilayotgan kitobda ongning cheksiz imkoniyatlari, uni shakllantirish usullari haqida batafsil to‘xtalgan hamda mavzular hayotiy misollar asosida yoritib berilgan.


📚 @e_kutubxona
5⃣4⃣1⃣
📚 Turk adabiyoti namunalari
👤 Aziz Nesin
📙"Dardi bedavo" (hikoya)
📥 apk/pdf

📚 Elektron kitobxona