Elektron kutubxona
63.9K subscribers
829 photos
10 videos
1.71K files
1.35K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
5⃣4⃣4⃣
🌐 Jahon adabiyoti namunalari
📓 "Mening Dog‘istonim" (1-kitob)
Rasul Hamzatov
Badia
8,4 MB
🔎 PDF | Kirill
📄 215 sahifa

📚 @e_kutubxona
5⃣4⃣5⃣
📚 Jahon adabiyoti namunalari
👤 Hermann Hesse
📙"Soyalar o'yini"
📥 apk/pdf

Nemis adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse eng ko‘p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir. Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, she’rlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, «CHo‘l bo‘risi», «Marjonlar o‘yini», «G‘ildiraklar ostida», «Demian» kabi asarlari alohida dovrug‘ qozongan.

📚 Elektron kitobxona
J. R. Kipling. Maugli [@e_kutubxona].pdf
18.3 MB
🌐 Jahon bolalar adabiyoti
📓 "Maugli"
Jozef Redyard Kipling
18,2 MB
🔎 PDF
📄 194 sahifa

Bolalik dunyomiz bilan bog’liq shirin xotiralarni yodga olganda, beixtiyor qalbimiz sevinchga, ‎yuragimiz haroratga to’ladi. Uning har bir dami, har bir lahzasi shuqadar yodimizga ‎muhrlanganki, o’sha quvonchli fursatlarni farzandimiz yuz-ko’zida ko’rgimiz keladi.‎
     Bizning sevimli ertak qahramonimiz bugun bolamiz quvonchiga sabab. Maugli haqida hikoya ‎qiluvchi mazkur kitobni ham aynan yosh kitobxonlarimiz qalbiga sevinch ulashish, suyumli ‎multqahramonlari bilan satrlar orqali ham suhbat bo’lsinlar, degan niyat bilan nashrga ‎tayyorladik.‎
     Unutmang, Maugli – o’zgarmagan, uning boshdan kechirganlari, o’rmondagi hayoti, ‎sarguzashtlari ham o’sha-o’sha. Ammo u qalban sizga qanchalik yaqin? Uning yuragida nimalar ‎pinhon? Bu savollarga aynan kitobdan javob topamiz.‎


📚 @e_kutubxona
“Yosh kitobxon” 2018 Respublika tanlovi haqida

Tanlov 4 bosqichda (saralash, mahalliy, hududiy va Respublika bosqichi) o‘tkaziladi.

Har bir bosqich alohida shartlar asosida tashkil etiladi. Saralash bosqichi test savollari orqali, mahalliy va hududiy bosqichlari 2 ta shart asosida, Respublika bosqichi 4 ta shart asosida tashkil etiladi.

Tanlov 3 ta yosh toifasida (10-14 yosh, 15-19 yosh, 20-30 yosh) o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi - test sinovi har yili iyun oyida o‘tkaziladi.
Unda ariza topshirgan yoshlar buyuk adiblar hayoti va ijodiga oid 50 ta test savollariga javob berishadi.

Ikkinchi bosqich - tanlovning mahalliy bosqichi bo‘lib, har yili iyul oyida barcha tuman (shahar)lar miqyosida saralash bosqichida 86 va undan yuqori ballni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich - tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi bo‘lib, har yili avgust-oktabr oylarida teletanlov shaklida o‘tkaziladi.

To‘rtinchi bosqich - tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib, har yili noyabr-dekabr oylari davomida “Yoshlar” telekanali orqali teletanlov shaklida o‘tkaziladi.


Ta'kidlash joizki, ushbu tanlovning shartlari avvalgisidan birmuncha farq qiladi. Quyida beriladigan tanlov nizomi orqali bu haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz.

📚 Elektron kitobxona
📚 "Yosh kitobxon" tanlov nizomi

Qo'llanmada:
✔️Tanlovning maqsad va vazifalari;
✔️Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
✔️Baholash mezonlari;
✔️G'oliblarni taqdirlash

va shu kabi ma'lumotlar o'rin olgan
Apk shaklidagi dasturga esa tanlovda foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati ham ilova qilingan.

📚 Elektron kitobxona
📚 “Yosh kitobxon” tanlovida foydalaniladigan adabiyotlar ro'yxati

Kitobxonlar tanlovda ishtirok etish uchun
10–14 yosh toifasida 40 ta,
15–19 yosh toifasida 50 ta,
20–30 yosh toifasida esa 60 ta

asarni o‘qishlari lozim.

📚 Elektron kitobxona
5⃣4⃣6⃣
📚 O'zbek adabiyoti namunalari
👤 Ziyovuddin Rahim
📙 "Baxtli hayot sari"
📥 pdf (1.4 MB)

Har bir inson farovon hayot kechirishni, oilasi tinch, ishlari unumli, sog‘lig‘i mustahkam bo‘lishini istaydi. Biroq bu narsa hammaga ham nasib etavermaydi. Chunki baxtga erishishning o‘z mezonlari bor. Qolaversa, baxtni pulga sotib olishning iloji yo‘q. Zero, baxt doim ham moddiyatga bog‘liq emas. Hayotda to‘kis baxtga erishgan insonlar juda kam. Kimningdir sog‘lig‘i yaxshi bo‘lsa, ro‘zg‘or tebratishda, tirikchilikda muammolari bor. Yana kimningdir topish-tutushi yaxshi-yu, sog‘lig‘i yomon, oilasi notinch. To‘kis baxtga erishish uchun inson oldida qandaydir to‘siqlar, muammolar turadi. Ularni yechish uchun yetarli ilm, ko‘nikma, hayotiy tajriba talab etiladi. Ushbu “Baxtli hayot sari” kitobidan qalb xotirjamligi, oilaviy totuvlik, sog‘lik-salomatlik haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan. Jumladan, oila qurish arafasida turgan yoshlarga foydali maslahatlar berilgan, turmushda uchraydigan muammolarni hal etish, sog‘liqni saqlash, kasalliklar oldini olish, moddiy, ruhiy illatlarni davolash borasida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan.

📚 @e_kutubxona
Dante Aligeri. Ilohiy komediya [@e_kutubxona].pdf
8 MB
​​📚 Jahon adabiyoti durdonalari
👤 Dante Aligeri
📗 "Ilohiy komediya"
🔎 PDF (8,0 MB)
📄 148 sahifa

Buyuk Dantening shoh asari hisoblangan 'Ilohiy komediya' asari atoqli o'zbek shoiri Abdulla Oripov tarjimasida berilmoqda.

“Ilohiy komediya” – Dante ijodining cho’qqisi hisoblanadi. Adib o’z asarini “Komediya” deb atagan. Yozuvchi vafotidan keyin “Ilohiy” so’zi qo’shilgan, bu esa asarning badiiy jihatdan yuksak asar ekanini ifodalash uchun qo’yilgan.

Tabiatni yaqindan his qilish shoirning yangi tipdagi yozuvchi ekanligidan dalolat beradi. Dantening “Ilohiy komediya” poemasi, shubhasiz, dunyo adabiyotining nodir asarlari qatoridan o’rin olgan.


📚 @e_kutubxona
IQROR

O, ota makonim,
Onajon o‘lkam,
O’zbekiston, jonim to‘shay soyangga. Senday mehribon yo‘q,
Seningdek ko‘rkam.
Rimni alishmasman bedapoyangga.

Bir go‘sha suv bo‘lsa, bir go‘sha qirlar, 
Qancha yurtni ko‘rdim, qancha taqdirlar.
Qayga borsam suyab, boshni tik tut deb,
Tog‘laring ortimdan ergashib yurar.

Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin.
Yo xudbinman men, yo bir sodda kasman men –
Parijning eng go‘zal restoranlarin
Bitta tandiringga alishmasman men.

Na gapga ko‘nayin,
Na til bilayin,
Ko‘zdan uyqu qochdi, dildan halovat -
Uch kunda sog‘insam nima qilayin,
Chala qolar bo‘ldi hamma sayohat.

Bildimki, baridan ulug‘i o‘zing, 
Bildimki, yaqini shu tuproq menga. 
Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing,
Arab ohusidan azizroq menga.

Sen bilan o‘tgan har kun bayramdir - bazm,
Sensiz bir on qolsam, vahmim keladi.
Seni bilganlarga qilaman ta’zim,
Seni bilmaslarga rahmim keladi.

Muhammad Yusuf

📚 @e_kutubxona
A'zam Hoshimiy. Alvido, Vatan!.pdf
1.5 MB
📓 "Alvido, Vatan"
A'zam Hoshimiy
Avtobiografik asar
1,5 MB
🔎 PDF
📄 85 sahifa

"Alvido, Vatan" yohud "Samarqandu Buxoroning qonli kechmishlari"

📚 @e_kutubxona
5⃣4⃣7⃣
📚 Buyuk donishmandlar fikrlari va hikmatli gaplar to‘plami
📙"Kun hikmati - Donolar bisotidan"
📥 apk (8.3 MB)

Kun hikmati ilovasi sizga asrlar davomida sayqallangan va o‘z hayotiy falsafasini yo‘qotmagan Buyuk donishmandlar tomonidan aytilgan Hikmatli gaplarni o‘zbek tilida taqdim etadi. Hikmatli gaplar sizga dunyoqarashingizni boyitishga va fikrlash qobiliyatingizni rivojlantirishga yordam beradi.

📚 Elektron kitobxona
 Barcha musulmon axliga Hayit ayyomi muborak bo'lsin! Alloh hammamizni foydali ilm, qabul bo'ladigan amallar va go'zal hulq bilan rizqlantirsin.

Elektron kutubxona
📚 @e_kutubxona