Elektron kutubxona
65.3K subscribers
805 photos
9 videos
1.71K files
1.33K links
O'qi va ko'taril!

Kitob tahlili guruhi: t.me/joinchat/T4zTfxKzeMu073yK

Kitob almashish guruhi: t.me/+Tj96NSH4NrMyZDgy

Audio kitoblar: @kitob_eshitamiz
Kitob izlash: @ilmbot
Musobaqa: @kitobxonlar_ligasi

Reklama xizmati: @e_kutubxonabot
Download Telegram
#Kitobdan_parchalar

Abdurahmon ibn Xaldun yozadi:
«Ta'lim va tarbiya jarayonida siz bolaning harakatlarini qat'iy chegaralamang, ularga jahl va zulm qilmang. Qaysi shogird zulm va qahr bilan tarbiya topsa, xotirasi tarqoq bo'lib, shodligi va sururi yoʻqoladi, xotira parishonligi va g'amgin qalbi tufayli bilim miyasiga ham kirmaydi. G'amgin, hafsalasiz odam, zaif, sust boʻladi. O'z muallimidan zarar va jabr ko'rgan shogird yolg'onchi, riyokor, hiylagar va fikri buzuq boʻladi.
Chunki muallimidan qo'rqib, yuragida alanga qolmaydi. Natijada maktabdan qochadi. Xalos bo'lish uchun ming bahona topadi. Ba'zan maktabga kelsa
ham o'qituvchi nazaridan oʻzining yomonligini yashirish uchun ikkiyuzlamachilik qiladi. To'gʻrisini
aytmasdan qilmishini yashirish uchun yolg'on ishlatadi. Borib-borib u yolg'oni, nayranglari, riyokorligi tabiatiga singib, bolani axloqiy fazilatlardan mahrum etadi. O'z ustozidan lat yegan, zulm koʻrgan shogird qoʻrqoq va jur'atsiz bo'ladi, mazlumlikka o'rganib, oʻzini himoya qila olmaydi, odamning oliy fazilatlaridan biri bo'lgan himmat tayanchidan mahrum bo'ladi!»

- Abdurauf Fitrat. "Oila yoki oila boshqarish tartiblari"

📚 @e_kutubxona
📚 2020-yilning eng ommabop kitoblari

Dunyo miqyosida yilning eng ko‘p o‘qilgan kitoblari reytingidan bu gal hikoyalar to‘plamidan tortib detektiv romanlargacha, yana tarixiy va psixologik ruhdagi asarlarni ham topa olasiz.

📓 “Oddiy odamlar”, Salli Runi

Marianna va Konnell ismli sinfdoshlar haqidagi sirli roman kutilmagan paytda va og‘riqli tarzda tugaydi. Bolalar tasodifan Dublinga ko‘chib o‘tadilar, shu yerda uchrashadilar. His tuyg‘ular va imkoniyat bir nuqtada tutashadi. Kitob katta muvaffaqiyatga erishib, uning voqelari asosida “Oskar” mukofoti sohibi rejissor Lenni Abrahamson film suratga oladi.

📓 “Yo‘qolish”, Gillian Flinn

Gillian Flinn asarlari bir necha yillardan buyon juda mashhur. Muallif nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Ushbu asarning markazida esa Emi va Nik, ularning mukammal juftligi va kun kelib bu tuyg‘ularning yo‘qolib borishi tasvirlangan. Roman “The New York Times” va “Publishers Weekly”ning eng yaxshi reytingida turgan va Devid Fincher tomonidan film suratga olingan.

📓 “Sokin bemor”, Aleks Mayklides

Asarda muvaffaqiyatli rassom Alisa Berenson turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishda ayblanadi. Barcha dalillar uning aybdorligini ko‘rsatar, ammo qahramon hech narsa demasdi. Jinoiy psixoterapevt va yana Alisa ijodining muxlisi Teo Faber jinoyatni ochishga qaror qiladi. Bu kitob asosida olingan film ham muvaffaqiyatli bo‘lgan.

📓 “Zuleyha ko‘zlarini ochdi”, Guzel Yahina

Guzel Yahinaning “Zuleyha ko‘zlarini ochdi” debyut romani birinchi marta 2015-yilda nashr etilgan bo‘lsada, so‘nggi yillardagi eng yorqin adabiy voqealardan biri bo‘ldi. Asar kitobxon va tanqidchilarning e’tirofiga sazovor bo‘lib, muallifni “Katta kitob”, “Yil kitobi” va “Ясная Поляна” nufuzli adabiy mukofotlarning sohibiga aylantirdi. Roman dunyoning 32 tiliga tarjima qilingan.

📓 “Janjaldan keyin”, Anna Todd

Bir qator “kitob”laridan keyin qisqa vaqt ichida yosh yozuvchi Anna Todd havaskorlikdan professional muallifga aylandi. Uning mazkur asari dunyoda kattagina shov-shuvga sabab bo‘ldi.

📓 “Sapiens. Insoniyat hayotining qisqacha tarixi”, Y. N. Harari

Isroil tarixchisi Y. N. Harari ming yillar davomida insoniyatning qanday shakllangani, o‘tmish voqealari va uning hozirgi kunga ta’siri, bugungi kun muammolariga bog’liqligini aks ettiradi.

📓 “Gripp Petrov va uning atrofida”, Aleksey Salnikov

Aleksey Salnikov 1978-yilda Tartu shahrida tug’ilgan, uch she’riy to‘plam muallifi. Ammo haqiqiy shon-shuhratni unga “Gripp Petrov va uning atrofida” romani keltirdi.

📓 “Ayollar shahri”, Elizabet Gilbert

Millionlab o‘quvchilarning sevimli yozuvchisi Elizabet Gilbert ayollar bilan axloqiy erkinlik chegarasini va haqiqiy sevgining o‘ziga xos xususiyatlarini jasorat bilan o‘rganadi. Asar muallifga yana muvaffaqiyat keltirgan.

📓 “Kamroq narsa ko‘proq narsani anglatadi. Minimalizm ongli va baxtli hayot yo‘lidir”, Joshua Beker

Mashhur minimalizm blogining yaratuvchisi Joshua Beker minimalizm hayotni yanada muvaffaqiyatli, qiziqarli va uyg‘un holga keltirishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Kitobida u bo‘sh joyni yo‘qotish sirlarini baham ko‘radi, reklamaga munosabat, tushlar haqida yozadi. Uning har bir sahifasi bizda kamroq narsalar borligini isbotlaydi.

📓 “Noma’lum qiz”, Yelena Ferrante

“Noma’lum qiz” – nozik va psixologik roman. Kitob italyan tili professori Leda va uning qo‘rqinchli o‘tmishi haqida. U xatolari uchun o‘zini kechira oladimi? Asar muallifi o‘ta sirli, qahramonlar taqdiri bilan o‘zini fosh etishni istamaydi. Roman dunyoning 40 tiliga tarjima qilingan, muallif 2016-yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatiga kirgan edi.

📓 “Beparvolikning nozik san’ati”, Mark Manson

Ommabop blogger Mark Manson muvaffaqiyatga erishish uchun zamonaviy odamni baxtsiz qiladi. Muallif nima qilish kerakligi, vaqtni sarflash va boshqalarning fikriga qanday munosabatda bo‘lish haqida nostandart texnikani taklif qiladi. Uning hayot falsafasi oddiy – beparvolik san’atini o‘rganish kerak.


📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi". Mart oyida mutolaa qilinadigan asarlar ro‘yxati

№77 | 06.03.2021 | 20.00 ~ 22.00
📗 Isajon Sulton. Qismat (hikoya)

№78 | 13.03.2021 | 19.00 ~ 23.00
🏆 Mixail Bulgakov. Ityurak (qissa)

№79 | 20.03.2021 | 20.00 ~ 22.00
📗 O'Genri. Afsungarlarning tuhfalari (hikoya)

№80 | 27.03.2021 | 19.00 ~ 23.00
🏆 Javlon Jovliyev. Qo‘rqma (roman)

——————————————————
🏆 Eng faol kitobxon aniqlanib, kitob sovg‘a qilish uchun tanlangan muhokama asari.

Muhokama tartib-qoidalari haqida batafsil bu yerda tanishing.

📚 @e_kutubxona
​​#Kitobdan_parchalar

Fikrlash qobiliyatini ish soatlari bilan chegaralagan odam, o‘zining "ot kuchini" ham cheklaydi.
Inson o‘z gardaniga tushgan yuknigina orqalab yurishdan qoniqsa, bu uning shaxsiy ishi. Faqat u boshqa, o‘z ustida ishlagan odamni muvaffaqiyatga erishganiga guvoh bo‘lsa, xafa bo‘lmasligi kerak. Dangasalik va mehnat turlicha meva beradi. Oromga intilgan odamnIng shikoyat qilishga haqqi yo‘q.

- Genri Ford. "Mening hayotim"

📚 @e_kutubxona
Abdurauf Fitrat. Oila [@e_kutubxona].pdf
4.6 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Oila yoki oila boshqarish tartiblari"
Abdurauf Fitrat
Risola
4,6 MB
🔎 PDF
📄 112 sahifa


«Oila» asarida oilaviy hayotning islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur’onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi.
Ushbu asar 1914 yilda yozilib, o‘sha davr shiddatini o‘zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Asarda ham tanqidiy ruh, ham da’vat ruhi kuchli. Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, a’mol va erk o‘chog‘i bo‘lmog‘i lozim. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi.

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Genri Ford. "Mening hayotim" asaridagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (2)

Har gal yangi g‘oya ketidan chopgandan ko‘ra, mavjud yaxshi g‘oyani takomillashtirishga kuch sarflagan afzal.

Pulning maqsadi rohat berish emas, xizmat qilish uchun imkoniyatni yanada kengaytirishdir. Men uchun quruq rohatga burkangan hayotdan ko‘ra yoqimsizroq narsa yo‘q. Hech birimiz quruq yengillikka haqli emasmiz. Tamaddunda yalqovlar uchun o‘rin yo‘q.

✓ Qishloq xo‘jaligida daromad ozligining sababi kasbning asl mohiyati va ishlab chiqarish jarayoni borasida bilimning yetarli emasligida, uni tashkil etishning eng yaxshi shakllaridan bexabarlikdadir. Qishloq xo‘jaligi kabi tashkil etilgan har qanday ishlab chiqarish daromadsizlikka mahkum.

✓ Qashshoqlik ko‘p jihatdan befoyda
yukni tashib yurishdan yuzaga keladi.

✓ Agar keragicha ishlasang, muqarrar muvaffaqiyat qozonasan.

✓ Aksariyat ixtirochilar rejalash bilan tajriba qilishning farqiga bormaydi, shu sababli ular mag‘lubiyatga uchraydi.

✓ Pul mehnatning maqsadi emas, natijasi bo‘lishi kerak.

✓ Agar rostakamiga ish beradigan joyga sarflanmasa, sarmoya qo‘yishda ma’no yo‘q, ishlab chiqarish yaxshi tashkil etilmagan joyga pul sarflash behudadir. Tavakkalchi moliyachilar sarmoyani foydali joylashtirdim deb xom-xayol bo‘ladi. Bu aldovdir - aslida ular mablag‘ni shunchaki sovuradi.

✓ Moliyaviy manfaatlar hukmronliligi insonlarga xizmat qilish g‘oyasiga qarama-qarshi, chunki unda pul ishlash ustuvor turadi.

✓ Bizneslarning barham topishiga
sabablardan biri shuki, tadbirkorlar savdoning eski usullariga ko‘nikib qolgan va yangiliklariga jur’at qilolmaydi.

✓ Raqobatchilar bilan kurashish vaqtni havoga sovuradi. Undan ko‘ra shu vaqtni ishni bajarishga sarflagan ma’qul.

✓ Agar yaratgan avtomashinam buzilsa, bu mening aybim.

✓ Bizning ilk yutug‘imiz shunda bo‘ldiki, ishni ishchilarning oldiga olib keldik, aksini qilmadik.


📚 @e_kutubxona
ASL HIKMAT

Imom Shofi’iy bunday deganlar: “Men qancha-qancha kitob o‘qidim, bir qancha suhbatlarda qatnashdim, ko‘plab hikmat ahlini tingladim va oxiri bildimki, asl hikmat uchta ekan:

1. Vaqt qilichdir, sen uni kesmasang, u seni kesadi.

Mazkur qimmatli tavsiyani bunday izohlasak to‘g‘ri bo‘ladi: Alloh taolo vaqtni bandalariga ne’mat qilib bergan, kishi uni Alloh yo‘lida, Unga ibodat va itoat qilishga sarflamasa, ulug‘ Kunda qildan ingichka, qilichdan keskir bo‘lgan sirot unday kimsani kesadi va do‘zax chuquriga otadi. Chunki Allohning shunday do‘stlari borki, u Kuni sirotdan o‘tganlaridan ke-yin “Biz dunyoda Rasulullohning hadislarida qildan nozik, qilichdan o‘tkir bir ko‘prikdan o‘tishimiz haqida o‘qir edik. Nega undan o‘tmadik?” deb so‘raganlarida, ularga aytiladi: “Sizlarga xushxabar! O‘sha ko‘prikdan o‘tdingiz. Amallaringiz bilan qildan nozik, qilichdan o‘tkir o‘sha ko‘prik siz uchun mag‘rib bilan mashriqchalik kengaydi”. Shunday ekan, biz bu dunyoda ulug‘ ne’mat bo‘lmish vaqtdan Allohning yo‘lida foydalana olmasak, u qildan ingichka qilich bo‘lib bizni kesib yuboradi.

2. Sen haq bilan mashg‘ul bo‘lmasang, botil seni mashg‘ul qiladi.

Ilm majlislarida, ulamolar suhbatida yoki boshqa savobli ishlar bilan shug‘ullanmasang, ilmu irfon, hikmat, zikr va Qur’on bilan mashg‘ul bo‘lmasang, botil seni band qiladi, haq yo‘ldan to‘sadi.

3. Aslo ichingda manmanlik hissi uyg‘onishiga yo‘l qo‘yma.

Ulug‘ maqomda bo‘lsang, bilginki, u maqomni senga bergan Allohdir. Chuqur bilimdon bo‘lsang, ilmni bergan Allohdir. Boy bo‘lsang davlatingga quvonma, uni ham bergan Allohdir. Har kim nimaga erishgan bo‘lsa, barchasi Allohning lutf-ehsoni».
Vaqt hayot, umrdir. Shuning uchun tasavvuf ahlini «ibnul vaqt» (vaqtning bolasi) ham deyiladi.
«Ey Odam bolasi, men yangi kunman va sening barcha xatti-harakatingga guvohman. Chunki ularni menda qilyapsan. Shunday ekan, mendan yaxshi foydalanib qol, qadrimga yet, zero, men Qiyomatgacha qaytib kelmayman», deydigan har bir yangi kunga qaysi birimiz quloq tutdik? Yo‘qsa barcha tomonimizdan qoplab olgan g‘aflat tufayli faqatgina umrimizning so‘nggi kunining ovozini eshitamizmi? Hayhot, unda allaqachon g‘isht qolipdan ko‘chgan bo‘ladi...
Mana shu oppoq tong ertaga biz uchun yana otarmikan?..

“Irfon” taqvimining 2013 yil 1-sonidan olindi.

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Genri Ford. "Mening hayotim" asaridagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (3)

✓ Ko‘plab insonlarni birlashtirib ishlatish yo‘lidagi eng katta g‘ov keragidan ortiq boshqaruv tizimi, hadsiz menejmentdir. Boshqaruvchilarni haddan ziyod ko‘paytirish tashkilot uchun xavfli. Chunki buning natijasida so‘ngsiz shoxlab ketgan sulola daraxti paydo bo‘ladi.

✓ Xodimlar va bo‘limlar o‘rtasida aloqalarni yaxshilash uchun bo‘lar-bo‘lmas yig‘inlar tashkillash ortiqcha daxmaza, xolos. Qo‘lni-qo‘lga
berib ishlash uchun bir-birini sevish shart emas. Juda yaqin o‘rtoqlik aslida zarar keltirishi mumkin, chunki bir
o‘rtoq ikkinchi o‘rtoqning ishdagi xatosini berkitishga harakat qiladi. Bu esa ikki tomonga birdek zarar.

✓ Ishi bilan jiddiy shug‘ullangan odam boshqa odam bilan shug‘ullanishga vaqt topolmaydi.

✓ Lavozim va mansab odamlarni tez aynitadi, mansabdorlik odamda go‘yo ishdan ozod bo‘lganlik tuyg‘usini paydo qiladi, dilga shunday qutqu soladi: Men muhim odamman, anavi pandavaqilar ishlashi kerak.

✓ Ayrim mansablarni qonun shuni talab qilgani uchun qoldiramiz, yana bir lavozimlar jamiyat talabi bilan qoladi, qolgan mansablar yo‘qolsin!

✓ Kishilardagi shaxsiy norozilik rahbarlar haqiqiy yetakchiga aylana olmaganidan paydo bo‘ladi. Chinakam yetakchini va boshqarishni uddalovchi insonni hamma tan oladi.

✓ Qiyin ahvoldan chiqish ilinjida ishchining maoshini kamaytirish — eng oson va eng qabih yo‘ldir. Bu — xato boshqaruvning aybini ishchilarga to‘nkash bilan barobar.

✓ Puli ko‘p odamda bema’nilashish imkoni ham bisyordir.

✓ Mavjud iqtisodiy, siyosiy yoki ijtimoiy tizim uni qurgan odamning aksi go‘yo. Tizim yomonmi, demak, ayb odamning o‘zida. Iqtisodiy tizimdagi muammolar aslida odamlardagi muammolarni aks ettiradi.

✓ Ishga emas, narxga birlamchi
diqqatni qaratish natijasida biznesga noloyiqlar o‘zini fosh qiladi.

✓ Mukammal inson tabiati mukammal ijtimoiy tizimni barpo etadi. Yoki aksincha, noqis tabiatga egalar qurgan tizim shunga monand bo‘ladi.

✓ Biznesni faqat o‘ziga foyda keltirishi zarur oqar daryoga qiyoslovchi odam ko‘p qabihliklarga moyil bo‘ladi.

✓ Haqiqiy sanoat g‘oyasi — pul ishlab
topish emas. U insoniyat extiyojlariga xizmat qiladigan foydali g‘oyalarni ko‘paytirish va amalda qo‘llashdan iborat
.

📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi (№78) mutolaa uchun Mixail Bulgakovning "Ityurak" qissasi tanlangan edi. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxon"iga fevral oyida "Asaxiy books bestsellari" bo‘lgan kitoblardan birini sovg‘a qilamiz:
Muhokama sanasi: 13-mart, shanba (19.00 dan 23.00 gacha)

Muhokama va tanlov tartib-qoidalari haqida batafsil bu yerda tanishing
#Kitobdan_parchalar

Genri Ford. "Mening hayotim" asaridagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (4)

Pulga nisbatan ochko‘zlik — uni qo‘ldan chiqarishning eng oson yo‘li. Agar kimdir xizmat qilish uchun xizmat qilsa, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan ishdan qoniqish olish uchun ishlasa, pulning o‘zi uni topib keladi.

✓ Keskin islohotlarning kamchiligi, ular narsalarni inson uchun moslashga emas, balki insonni narsalarga moslashga qaratilgandir.

✓ Iskananing eng muhim joyi — tig‘idir. Iskana qanchalik sifatli ekani, qay darajada mustahkam po‘latdan tayyorlangani, qanday yasalgani ahamiyatsiz — tig‘i bo‘lmasa tamom, u iskana emas, bir parcha temirdir. Bu degani, mahsulotning nima ish bajarishga mo‘ljallangani emas, nima bajarishi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

✓ Istiqboldan qo‘rqqan odam muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqadi, muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqqan o‘ziga cheklov qo‘yadi. Muvaffaqiyatsizlik — ishni yanada aqlliroq asosda qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyati, xolos. Halol muvaffaqiyatsizlik — sharmandalik emas, undan qo‘rqish sharmandalikdir. O‘tmish bizga rivojlanish yo‘llari va vositalarini ko‘rsatgani uchungina foydali.

✓ Sendan ko‘ra yaxshiroq bajara oladiganlar ishlayversin. Kimningdir biznesini barbod qilishga urinish — jinoyat, chunki bu shaxsiy foyda ketidan quvib, o‘zganing sharoitini buzishga urinish aql o‘rniga kuchdan foydalanib hukm o‘rnatishdir.

✓ Ishlab chiqarish arzon olib, qimmat sotish emas. U xomashyoni maqbul narxda sotib olish va ana shu
mahsulotni kamroq sarflar bilan xaridorga ma’qul keladigan sifatli iste’mol maxsulotiga aylantirishdir.
Qimor, bozordagi spekulyatsiyalar, nohalol o‘yinlar taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.

✓ Hamma dono odamlar o‘zi shunaqa: ular shu qadar tajribali va donoki, uni va buni nega qilib bo‘lmasligini aniq biladi, hamma yoqda cheklovlarni ko‘radi. Shuning uchun men yetuk mutaxassislarni hech qachon ishga olmayman. Agar raqobatchilarimni yo‘q qilishni istaganimda, ularga bir to‘da o‘ta malakali mutaxassislarni sovg‘a qilardim. Bu mutaxassislarda "yaxshi" maslahat ko‘pligi bois ular juda kam ish bajargan bo‘lardi.

✓ Optimistlar, nari borsa, avtomobillar ham velosipedlarga yondosh rivojlanadi, derdi.

✓ Kuzatuvlarim shunga dalolat qiladiki, pul topish o‘yini bo‘lgan biznes — jon kuydirishga arzimaydi. U yer nimanidir uddalamoqchi bo‘lgan kishining joyi emas.

✓ Dam olishni xohlagan odam biznesdan butunlay ketishi kerak.

✓ Hech bir xo‘jayin: "Men bu kompaniyani yaratdim" deb ayta olmaydi, chunki unga minglab odamlar ko‘maklashgan, har bir xodimning hissasi bor.

✓ Agar har bir ish mahorat talab qilaversa, ishlab chiqarish umuman yurishmasdi.

✓ Maoshni ish beruvchi to‘lamaydi, u faqat pullarni boshqaradi, xolos. Maoshni mahsulot to‘laydi. Boshqaruvchi esa ishlab chiqarishni tashkil etadi va mahsulot maosh to‘lashga qobil bo‘ladi.

✓ Mening orzumand g‘oyamga ko‘ra, har bir ehtiyot qism shu qadar mustahkam va ishonchli bo‘lsinki, uni almashtirishga hojat qolmasin. Yaxshi mashina xuddi yaxshi soat singari uzoq ishlashi kerak.

✓ Agar siz kimdir ishga vaqti va kuchini baxsh etishini istasangiz, unga yashash uchun yetarli mablag‘ bering.

📚 @e_kutubxona
O'n ikki stul (roman) [@e_kutubxona].pdf
12.8 MB
🌐 Jahon adabiyoti
📓 "O‘n ikki stul"
Ilya Ilf, Yevgeniy Petrov
Roman
12,8 MB
🔎 PDF
📄 351 sahifa

O‘n ikki stul” asari avvalo ikki jihati bilan e’tiborni tortadi. Birinchisi – muallifning ikkitaligi: boshqa asarlarda ham hamkorligini davom ettirgan Ilya Ilf va Yevgeniy Petrov dunyo adabiyotida deyarli uchramaydigan ishga qo‘l urishgan: biz adabiyot – ko‘ngil ishi, yurakdagi tuyg‘ularning aksi, deb hisoblashimizning inkori o‘laroq, “kelishib” yozgan holda yetuk adabiyot namunasini o‘quvchilarga tuhfa qilishgan.
Ikkinchi va muhim jihati – undagi qahramonlarning o‘z holiga tashlab qo‘yilgani. Ya’ni muallif bo‘lar-bo‘lmasga o‘zini qo‘shib, u undoq edi, bu bundoq, deb birinchi “plan”ga o‘zini chiqarmaydi. Ta’bir joiz bo‘lsa, roviy Ostap Bender va boshqalarning “ko‘ngli”ga qarab ish tutadi. Kinoya, hajv, piching va kesatiq asar o‘qishliligini yanada oshirgan omillardan.


📚 @e_kutubxona
​​«Erkak degan erkakday bo‘lishi kerak. Xotinga o‘xshab mijg‘ov bo‘lmasin. Bizning davrlarda erkaklarning izidan bir hafta yurib ham bir og‘iz so‘z eshitmasdik. Hozirgilar esa, gap chaynab yurishadi!»

- Nazar Eshonqul. "Urush odamlari"

📚 @e_kutubxona
Nazar Eshonqul. Urush odamlari [@e_kutubxona].pdf
4.3 MB
🌐 O‘zbek adabiyoti
📓 "Urush odamlari"
Nazar Eshonqul
Qissa
4,3 MB
🔎 PDF
📄 111 sahifa

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Biz turkistonliklar bolalarimizdan ko'ra mollarimizga yaxshiroq qaraymiz.
— — —
Biz musulmonlar, xususan, turkistonliklar oʻz farzandlarimizga tarbiya beryapmizmi yoki yo'qmi? Savolning oxiridagi so'z bunga javob bo'la oladi, ya'ni «yo'q!» Men buni
shunday isbot qilaman.
Biz turkistonliklar bolalarimizdan ko'ra mollarimizga yaxshiroq qaraymiz.
Eshak va qo'ylarimizni farzandlarimizdan ham koʻproq yaxshi koʻramiz, deb aytmayapman. Yoʻq-yoʻq, bolalarimiz jonimizdan ham aziz. Ular nazarimizda hammadan suyukli va aziz. Lekin baxtimizga qarshi shuni e'tirof qilish lozimki, shuncha muhabbat va mehrga qaramasdan, eshak va qoʻylarimizdan kamroq tarbiyalaymiz! Mening bu soʻzlarimdan hayron boʻlmang, sabr qiling, da'voimni isbotlayman. Falon narsani tarbiyalash, ya'ni uni asta-sekin kamolga yetishtirishdir. Nazarimizda qo'yning kamoli uning semizligi va sog'lomligidadir. Eshakning kamoli uning kuchi, oyoqlarining baquvvatligi va yaxshi yurishidadir. Faraz qiling, qo'zi yoki xo'tik sotib olib uyga keltirasiz. Diqqat bilan ularga qarab, bir muddatdan keyin qo'yni semirtirib, eshakni baquvvat va yo'rg'a qilasiz, ya'ni ularni tarbiyalab, kamolga yetishtirasiz. Ammo aziz farzandlaringizga shunday diqqat bilan tarbiya bermaysiz. Bahona qilasizki, bolangiz ham kamolga yetishgan. E'tiroz qilishingiz mumkinki, biz mollarimizni boqishga qancha harakat qilsak, farzandimiz tarbiyasiga ulardan yuz barobar ko'proq harakat qilamiz deb.
Bu da'voingiz ma'lum bo'lsa-da, ammo to'g'ri emas. Dalil shulkim, kimning uyida moli bo'lsa, tekshirsa ko'radiki, yil davomida uning mollaridan bittasi ham kasal bo'lmagan, ammo farzandi hech bo'lmasa, uch marta xastalikka chalingan. Bas, ma'lum bo'ladiki, u kishi molining kasal bo'lmasligiga ko'proq e'tibor berar ekan. So'zingiz to'g'ri boʻlsa ham mening da'voimga hech zarari yo'q, chunki bolaning sog'lig'iga e'tibor berish ham farzand tarbiyasi bilan shug'ullanishni bildirmaydi. Haqiqatan agar odam qo'y va eshakka o'xshab kamol topishi sog'liq, bilaklarining kuchliligi bilan chegaralanib qolganda edi, biz ham farzand sog'lig'i uchun bo'lgan harakatni, farzand tarbiyasi deb atardik. Tan-u to'shli va sog'lom bolani kamolga yetishgan deb qabul qilardik
.

- Abdurauf Fitrat. "Oila yoki oila boshqarish tartiblari"

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Genri Ford. "Mening hayotim" asaridagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar (5)

✓ "O‘z yo‘limni batamom topib oldim, yetadi", deydigan odam zudlik bilan o‘ziga boqib, miyasining biror qismi uhlab qolmaganini tekshirgani ma’qul." Hayotda qiladigan ishimni qilib qo‘ydim" deb o‘ylaydigan kishiga yashirin xavf tahdid soladi: u tinimsiz harakatlanayotgan taraqqiyot g‘ildiragi ostida qolib ketadi.

✓ Hayot, mening anglashimcha, manzil emas, hayot sayohat. Unda "ko‘zlagan manzilimga yetdim" deya to‘xtagan odam, aslida ortga, pastga ketayotgan odamdir.
Chunki hamma narsa harakatda va avval boshdanoq harakat uchun yaratilgandir. Hayot oqib boradi. Insonning yashash manzili o‘zgarmasligi mumkin, ammo uning o‘zi hamisha o‘zgaradi.

✓ "Hayot — bu jang, xato qadam qo‘ysang, o‘sha zahoti yutqazasan", degan aqida tufayli o‘zgarishlarni yoqtirmaslik paydo bo‘ladi. Odamlar yarim o‘lik holatlariga ko‘nikadi.

✓ Aksariyat hollarda yangi sarmoya kiritish zarurati xato boshqaruv tufayli yuzaga keladi va bu nomaqbul menejerlarga samarasiz ishlarini yana biroz davom ettirishi uchun pul to‘lash
demakdir.

✓ Birinchi o‘ringa mehnat emas, pul chiqsa, ish sustlashadi va mehnatning qadri ketadi.

✓ Ishni o‘ylamasdan, pulni o‘ylash omadsizlikdan qo‘rqishga olib boradi. Natijada, kishi ishga to‘g‘ri yondashuvni yo‘qotadi, raqobatdan, umuman yangi texnologiyalardan, vaziyatni o‘nglaydigan har qanday qadamdan cho‘chib qoladi.

✓ Mudom sifatli xizmat ko‘rsatish haqida o‘ylovchi insonning muvaffaqiyat tomon yo‘li ochiqdir.

✓ Agar mahsulotni muntazam arzonlashtirish reja bilan olib borilmasa standartlash befoyda. Shuni unutmang, mahsulotning narxi ishlab chiqarishni optimallashtirish, ya’ni xarajatlarni kamaytirish ko‘lamiga qarab pasayib borishi lozim, mahsulotning qimmatligi tufayli talab pasaygani hisobiga arzonlashishi shart emas. Odamlar uncha katta bo‘lmagan mablag‘ga yuqori sifatli mahsulot olganligidan ajablanishi kerak.

✓ Ijodni devorga osib qo‘ysa, konsert zalida ijro etsa yohud ko‘rgazmaga qo‘yib, bekorchi odamlar tomosha qilib, madaniyatli ekanidan g‘ururlanadigan narsalarga bog‘lamoqchi bo‘ladilar. Ammo chinakam foydali ijodga intilgan kishi tovush, chiziqlar va bo‘yoqlar bilan
emas, yuksakroq qonuniyatlar bilan shug‘ullansin.

✓ Biz ijodkorlik zexniyatidan oddiy va mayda maqsadlar yo‘lida foydalanamiz. Biz hayot uchun to‘g‘ri, yaxshi va arzirli narsalarni loyihalovchi ijodkorlarni istaymiz.

📚 @e_kutubxona
Amina Shenliko’g’li. Nasroniy atirguli.pdf
1 MB
🌐 Jahon adabiyoti
Amina Shenliko‘g‘li
📓 "Nasroniy atirguli"
1,0 MB
🔎 PDF
📄 165 sahifa

📚 @e_kutubxona
#Kitobdan_parchalar

Abdurauf Fitrat. "Oila yoki oila boshqarish tartiblari" risolasidagi tagiga chizib o‘qiladigan satrlar

✓ Dono odamlar biladilarki, bani Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblari ikki so'z - «bola tarbiyasi»dan iborat birikmaga bog'liq.

✓ Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor…

✓ Odamning fe’l va harakatini bir yaxshi shakl va mazmunga keltirish uchun ruhini tarbiyalash lozim.

✓ Bolalarni o‘ziga ishongan, kuchli, topqir, chaqqon va aqlli qilib tarbiyalash uchun o‘z qadr-qimmati, sha’nini hurmat qilish ruhini tarbiya qilmoqlikni, shuning bilan birga yon-atrofdagi odamlar bilan hisoblashishni o‘rgatmoq kerak... Bolalarni shunday tarbiya etish lozimki, baxtga bo‘lgan intilishlari hech qachon xazon bo‘lmasin... Ota-ona bolaga mamnunlik va xursandchilik qilishni man etmasliklari, balki axloqqa zid bo‘lmagan ishlar bilan mamnun va xursand bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

✓ Kimki o'z avlodining tarbiyasi ustida o'ylayotgan bo'lsa, farzandlarining jismi, aqli va axloqini bir darajada tarbiyalaydi.

✓ Tarbiyaning har bir qismi tugʻilishdan yetti yoshgacha avval ota-ona zimmasiga tushadi. Sakkiz yoshdan yigirma yoshgacha maktab va madrasa zimmasiga, keyin umrining oxirigacha odamning o'z boshiga tushadi.

✓ Ota-bobolarimiz bilan o'zlaringizni solishtirmang! Tarbiyangiz darajasini ularniki bilan tenglashtirmang! Bunday tenglashtishdan uyaling! Ular urinib va intilib fidokorlik amoli bilan saodatimiz asbobini hozir qilib ketganlar. Biz esa qobiliyatsizligimizdan ulardan qolgan merosni zoye qildik, qaroqchilarga topshirdik. Qaysi yuz bilan o'zimizni ularga tenglashtiramiz? Ammo
«qadim zamon» deganda biz yuz yil oldin o'tgan ota-bobolarni nazarda tutgan bo'lsak javob beramizki, ha, yuz yil, balki ikki yuz yil oldin ota-bobolarimiz o'z farzandlarini shu tariqa tarbiyat qilardilar. O'sha tarbiyaning natijasi siz bilan biz bo'lamizki, jismonan, aqlan va axloqan kamchilik daryosida g'arq bo'lganimiz va yuqorida sharhlab berganimizdek hech qachon saodatga loyiq va hayotga mustahiq emasmiz.


📚 @e_kutubxona
"Kitobxonlar klubi"da navbatdagi (№80) mutolaa uchun Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" romani tanlangan edi. Bo‘lajak muhokamaning "Eng yaxshi kitobxon"iga fevral oyida "Asaxiy books bestsellari" bo‘lgan kitoblardan birini sovg‘a qilamiz:
Muhokama sanasi: 27-mart, shanba (19.00 dan 23.00 gacha)

Muhokama va tanlov tartib-qoidalari haqida batafsil bu yerda tanishing