𝑫𝑼𝑵𝒀𝑶𝑫𝑨 𝑻𝑬𝑵𝑮𝑰 𝒀𝑶'𝑸 𝑶𝑵𝑨𝑴"-𝑰𝑱𝑹𝑶𝑳𝑨𝑹𝑰
389 subscribers
5.71K photos
9.32K videos
38 files
3.29K links
Ассалому алайкум! Ҳуш келибсиз. 😍
Ажойиб Ижро ва ижодимиздан баҳраманд бўлинг. 😍😘

ҲУРМАТ ЭҲТИРОМ БИРИНЧИ ЎРИНДА!

Хурматсизлик, беманилик, қилганларни учириб юборамиз!
Ким ва қандай мавқеда бўлса ҳам!
Download Telegram
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

MENIKI EMASSIZ.

Meniki emassiz bo'lmaysiz hatto,
Shunda ham men sizni sevaveraman,
Visolga yetmayin bo'lsakda ayro,
Sizni Allohimdan so'rayveraman.

Unutdim desamda unutmam aslo,
Berkitib qo'yganman yurak qariga,
Bugun so'nggi kunim bo'lsada illo,
Sevgim olib ketgum hatto qabrga.

Sizni sevishimni man etolmaysiz,
O'zimga bo'ysunmas oshiq yuragim,
Mening tuygʻularim siz bilolmaysiz,
Nahotki siz uchun bo'lmas keragim.

Zimdan termulaman nurdek yuzingiz,
Begona nazardan rashkim keladi,
Meni ham ko'rsa deb qaro ko'zingiz,
Alamli yoshlarim seldek yeladi.

Chiqara olmayman sizni yurakdan,
Chunki Alloh bergan menga sevgini,
Azobingiz o'tsa ham suyak suyakdan,
Olovdek gurullar sevgim har kuni.

Bunchalar og'riqli pinhon muhabbat,
O't bo'lib kuydurar jismu jonimni,
Sizga sodiq bo'lib yashay to abad,
Baxshiyda etayin har bir onimni.

Meniki emassiz bo'lmaysiz hatto,
Shunda ham men sizni sevaveraman.

Xolidaxon Xudoynazarova.

❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

MENSIZLIK MUBORAK AZIZIM.

Boru yo'qliging endi qiziqmas,
Davom etaverar hayotim jo'shqin,
Sen deb yig'lamoqni bugun qildim bas,
Mensizlik azizim muborak bo'lsin.

Endi tonglarim sen uchun otmas,
Sog'inchlarim bugun butunlay o'ldi,
Uzatsang ham endi qo'llaring yetmas,
Mensizlik azizim muborak bo'lsin.

Endi qaytib chiqmam aslo yo'lingdan,
Xavotir olmaging ko'nglingni qil to'q,
Mayli tutaversin o'zga qo'lingdan,
Mensizlik azizim muborak bo'lsin.

Aslo qarg'amayman baxting tilayman,
Bergan azoblaring senga qaytmasin,
Xar kecha Allohdan shuni so'rayman,
Mensizlik azizim muborak bo'lsin.

Balki yillar o'tar yokida oylar,
Kun kelib albatta sog'inishing bor,
Zabonim hech qachon ismingni aytmas,
Mensizlik azizim muborak bo'lsin.

Tan olay unutmoq oson bo'lmadi,
O'tib ketti qancha bahoru qishim,
Xali sevilaman umid o'lmadi,
Sen bilan bo'lmaydi xech qanday ishim.

Muborak bo'lsina mensiz kunlaring,
Yoningda o'zga yor go'zal tunlaring.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

OTAM.

Allohim sinading sinovlar bilan,
Kimlardan oldinggu kimlarga berding,
Meni ham sinading yetimlik bilan,
Sog'indim otamni juda sog'indim.

Yoshligim o'tardi otam sog'inib,
Yetimlik a'zobi qiynaydi ba'zan,
Sabrlar qilardik volidam bilan,
Otamsiz bo'lgaydur bahorim hazon.

Otam ko'rolmadilar yutuqlarimni,
Bugun to'kisdur molu davlatim,
Yigitman ko'rsatmay ko'zyoshlarimni,
Omadim kelganda to'kay savlatim.

Foydam tekkanida oshno bo'ldilar,
Aytishdi maqtashib chiroyli so'zlar,
Omadim kelmasa obdon kuldilar,
Do'stim deganim ham foydasin ko'zlar.

Ko'ngil berganlarim tashlab kettilar,
Vafo qilmadilar makkordur bari,
Dardimni bilishib abgor ettilar,
Bir nafim tegmasa turarlar nari.

Bildimki otamdek do'stim yo'q ekan,
Soxta kimsalarga to'libdi dunyo,
Qayga oyoq qo'ysam sanchilar tikan,
O'tkinchi dunyoda mehmonmiz go'yo.

O'tinib so'rayman sendan Allohim,
Onajonim umrini bardavom qilgin,
Seningdan o'zga yo'qdur panohim,
Tunu kun ismingla zikrlar qildim.

Xaq yo'ldan adashmay bo'layin ogoh,
Amallarim qilayin insoniylikka hos,
Allohimdan bir habar kelsa gar nogoh,
Otang jannatlarga qildilar parvoz.

Xolidaxon Xudaynazarova


@onajonim923
Audio
AudioLab
#PREMYERA

ҚИЗЛАР МЕНИ ҚИЙНАЯПТИ

Бир биридан сохибжамол,
Сочи узун,қадди ниҳол,
Ишқдан бериб тинмай савол,
Қизлар мени қийнаяпти.

Қавоғини уйиб қараб,
Атрофимни бирдан ўраб,
Кўчаларда кўнглим сўраб,
Қизлар мени қийнаяпти.

Сиз орзуйим ҳам тилагим,
Сиз деб урар деб юрагим,
Бўлинг ёрим деб керагим,
Қизлар мени қийнаяпти.

Бири айтар уйлансангиз,
Битта ТАХО бор минсангиз,
Келингчи деб хўп десангиз,
Қизлар мени қийнаяпти.

Кетяпманда гоҳ уялиб,
Қиз қийнаса йигит қолиб,
Келинг дея тутиб олиб,
Қизлар мени қийнаяпти.

Чиройим чойга ботириб,
Ичасиз деб гоҳ бақириб,
Ҳар тунимда тушга кириб,
Қизлар мени қийнаяпти.

Тушда бўлган учун бари,
Асабим сал бузиляпти,
Ўнгимдачи кет деб нари,
Қизлар мени қийнаяпти.
Тушларимда қийнаяпти.😊😊


        Вохиджон Даво
🎙#DunyodaTengiYoqOnam
Shohrux
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PREMYERA

  Sheʼr nomi: Dilimga ozorlar
                    berib ketganlar 😔

Gulora Hamidjanovna

Malika Husanova 🎤🎤

💻💻 Malika Husanova

Oldin bizda, keyin boshqalarda
🔹 Kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang
🔥

@DunyodaTengiYuqOnam220293
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA

SEN MENING O'TMISHIM.

Sen mening o'tmishim shirin xotiram,
Aylanib ulgurding o'zga yoriga,
Endi yashayvergin mensiz hotirjam,
Menku yarolmadim biron koringga.

Xayolim parishon giryon ko'zlarim,
Har kimdan izlayman negadur seni,
Yodimdan chiqmaydi hech bir so'zlaring,
Boqiy muhrlanding yurak qariga.

Jilmayib kulaman hammasi joyida,
Baxtimga xavas qilishar ko'plar,
Xayotda bor ekan qatiy bir qoida,
Sen kimga zorsanu senga zor kimlar.

Bilmaysan men uchun darmonim eding,
Ovozing eshitsam titrardi tanam,
Allohdan berilgan inomim eding,
Sen bilan but edi ko'ngil koshonam.

Aylandim sen deya telba shoirga,
Yozilgan sherlarim senga atalgan,
Xasta yuragimning bir tarafiga,
Katta xarflar bilan isming qadalgan.

Bo'ldi bas yetarli tugadi bari,
Yo'qlab kela ko'rma umidingni uz,
Sog'inchlar yuraging o'rtagan sari,
Meni ruhim kezar osmonda yolg'iz.

Xolidaxon Xudoynazarova.

"Sen kimga zorsanu senga zor kimlar".

Misrasidan foydalandim.


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

AZIZ EMASSAN

Endi avvalgidek aziz emassan,
Seni Allohimdan tilanmay qo'ydim,
Azob bersa hamki sog'inch firog'i,
Sevgi ertagimga nuqtani qo'ydim.

Endi qaytib bormam aslo yoningga,
Mudragan g'ururim uyg'otib qo'yding,
Mexrim evaziga qaxr ko'rsatib,
Sevgimni tiriklay o'ldirib qo'yding.

Endi foyda bermas seni sevishim,
Imkonlar tugadi kechirishlar ham,
Mavridi kelibdi sendan kechishim,
Sendan topganlarim birgina alam.

Endi baxtlidursan yurak qotili,
Nima deb atayin qalbim o'g'risi,
Bo'shliq ila to'ldirding ko'nglim sohili,
Sog'inib qolyapman seni to'g'risi.

Endi ishonmasman inson zotiga,
Chunki sen sabab ishonchim o'ldi,
Men ham minib oldim g'urur otiga,
Sevgi gulim ochilmay qo'lingda so'ldi.

Endi sen men uchun shunchaki tanish,
Uchratgan onimda befarq o'taman,
Yo'q endi sen deya ishqda o'rtanish,
Xissizlar yurtiga ko'chib ketaman.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
#PREMYERA...

📃UNUTISHGA MAJBURMAN SENI.

(Primyera)

Yuragimni poralar qilding,
Nima aybim bor edi meni.
Olloh nasib qilmagan ekan,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Yongan yurak bizlarda xam bor,
Istamaydi bu yurak neni.
Seni deya men edim bemor,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Umr oqar jo'shqin daryodir,
Vaqtning o'zi dardga davodir.
Ko'rganlarim jabru jafodir,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Yodingga soladi meni xar lahza,
Xotiram qiynaydi aziz joningni.
Sensizlik o'qisin qalbga janaza,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Ishdan kuygan dili vayronman,
Ahvolimga o'zim xayronman.
Kimga yaxshi kimga yomonman,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Netay yuragingni vayronlar etdim,
Sendan olislarga men sensiz yetdim,
Kechir o'zgasining qo'llarin tutdim,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Qo'rqmam xatto ishon o'limdan,
Uch to'rtda dard chiqsin yo'limdan.
Bahtli qilmoq kelmas qo'limdan,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Men sensiz xar kuni ado bo'laman,
Taqdir ikki tomon tashladi bizni.
Bir marta emas xar kun o'laman,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Ota Onang qarshilik qildi,
Kambag'allik bag'rimni tildi.
Kamsitgani ko'p alam qildi,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Taqdir bizni ayirgani rost,
Sinovlar sinadi bardoshimizni,
Olislab atayin ketay qastma qast,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Chiroyinga bitgum men g'azal,
Lablari bol so'zlari asal.
Menga nasib qilmagan go'zal,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Endi ishqimiz sherlarda yashar,
Xar bir xayot axir  bitilgan azal,
Ko'risharmiz insholloh maxshar,
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

Yillar o'tdi yoshlab ko'zimni,
Yomg'ir yuvar bosgan izimni.
Qaytib oldim bergan so'zimni,
Unutishga majburman seni.

Sulaymon Sulton

Nam bo'lmasin bolishlaring xech,
Barchasiga bo'lgan endi kech,
Bizdan xafa bo'lganda sog'inch.
Unutishga majburman seni.

Sevara(Shoiraginam)

© Mualliflar: Sulaymon Sulton
© Sevara(Shoiraginam)
Audio
ВОХИДЖОН
ДАВО
🎙🎙НИГОРА
ХАКИМОВНА
💻💻МУХАММАДЖОН
📜📜БИЗ ЁМОНМИЗ
ЁМОНЛАР УЧУН.
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Audio
#PREMYERA

БИЗ ЁМОНМИЗ ЁМОНЛАР УЧУН

Хақиқатни сўзлаймиз кўпроқ,
Ёқмас бўҳтон томонлар учун,
Яхшидирмиз кимгадир бироқ,
Биз ёмонмиз, ёмонлар учун....


              Вохиджон Даво
🎤#DunyodaTengiYuqOnam
Shohrux
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

KIMSALAR!!!

Ortimdan gapirib topibsiz huzur,
Sizni do'st deb bildim ming bora uzur,
Bor ekan qalbingizda juda koʻp qusur
Go'rimga g'isht qalab yurgan kimsalar.

Andisha otini qo'rqoq qo'yganlar,
Yonimda do'st bo'lib dushman bo'lganlar,
O'tkinchi dunyoga mehr qo'yganlar,
G'iybatsiz kunlari o'tmas kimsalar.

Deydilar pastlarga qasd qilib bo'lmas,
O'zlari kimdurki so'zi so'z emas,
Oyni etak ila yopib hech bo'lmas,
Ayblari kun kelib oshkor kimsalar.

O'ylamang men kabi bo'la olmassiz,
Guruchning ichidan chiqgan kurmaksiz,
Bugun doston bo'lib indin ertaksiz,
Dovrig'i bir chiqib so'ngan kimsalar.

Qildan qiyiq izlab topishar sabab,
Xato qilar deya ko'zlari mahtal,
Men ham bandamanku bo'ldida yetar,
Gunohlarim yuvib yurgan kimsalar.

Ko'rsatar o'zlarin farishta misol,
Aslini bilsang gar shaytondin abgor,
Mayliga bo'lingiz fitnachi ayyor,
Bir kuni yer aro kirar kimsalar.

Borimda borligin ko'rolmay yurgan,
Qadrimni bilmayin turgan kimsalar.

Xolidaxon Xudaynazarova.
Audio
#PREMYERA...

AYOL...!!!

Ba'zida yashaysan bir so'z demasdan,
Chidashga mahkumsan hayot shu deya,
Haqqing yo'q sevishga sevilishga ham,
Chunki sen ayolsan shunday yaralgan.

Tunlari yig'laysan yostig'ing quchib,
Bir dartkash topilmas darding olgani,
Aldanding soxta yor so'ziga uchib,
Vafodoring topilmas senla qolgani.

Paryostiq ham botar toshday boshingga,
Yoningda bo'lmaydi umr yo'ldoshing,
Yillar yosh qo'shibdi qara yoshingga,
Metindan mustahkam sening bardoshing.

Farzandlar boqasan kami uch to'rtta,
Ro'zg'orning yukini yelkangga ortib,
Yuraging yig'laydi kulib jo'rttaga,
Kunlaring o'tadi g'ishu loy qorib.

Seni tirgak qilib yaratgan Alloh,
Suyab turguvchisan erkak zotini,
Chap qovurg'adan senga jon berib,
Sen uchun berarlar bor bisotini.

Toshdan ham gul ungay mehring sababli,
Sen shundayin buyuk Alloh berganim,
O'zingni asragin qilgin extiyot,
Chunki sen bizga Xudo berganim.

Xolidaxon Xudoynazarova

🎙Xolidaxon Xudaynazarova

❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PREMYERA...

MENSIMAGANLAR.

Boshimda chit durra nonim haloldur,
Yigitman ko'ksimda g'ururim bordur,
Qalbimda iymon bor Allohim yordur,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Nahot sevganmidim shahlo ko'zini,
Xiloldek to'lishgan oydek yuzini,
Bilmayin sevibman boyning qiziniyey,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Qadrimni bilmayin do'stlar sottida,
So'zlari dilimga tig'dek bottida,
Ulardan baxt qushi uchib kettidayey,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Borimni beribman yorginamga deb,
Yorim to'yi bugun o'zga berar zeb,
Otasi bermadi boylik mansab debey,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Omadim ko'rolmay yurganlar qancha,
Do'stlarim ko'nglimdan qoldingiz ancha,
Qadrimni arzonga sottingiz bunchayey,
Meni mardikor deb mensimaganlar.

Ming shukur Allohim qo'lladi hargiz,
Izlarim poylashar Shahloyu,Nargiz,
To'yimga aytayin sizlar kelingizey,
Meni mardikor deb mensimaganlar,
Meni mardikor deb qiz bermaganlar.

Xolidaxon Xudaynazarova.

2024.04.29 20:02


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

O'LGANIMCHA YO'Q...

Men ketsam dunyosi tugaydi dema,
Sensiz ham yashadim o'lganimcha yo'q,
Qadringni o'zingcha osmon deb bilma,
Yo'llaring to'smayman to'sganim ham yo'q.

Endi yo'llaringga mushtoqligim yo'q,
Qadrimni qadrlay yashay boshladim,
Qara kamonidan chiqib ketti o'q,
Sen yo'q ostonaga qadam tashladim.

Ketaver sen uchun eshiklar ochiq,
Ortingdan zorlanib yalinmam aslo,
Endi sening uchun yuragim yopiq,
Hayolim chetiga kelganing ham yo'q.

Sevildim takroran seva boshladim,
Shu bugun mendayin baxtli inson yo'q,
O'tmish armonlarim o'tga tashladim,
Sog'inchlar senga uraverar do'q.

Ketaver orsizim sensiz yashayman,
Sensizlik meni o'ldirgani yo'q.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
#PREMYERA🔥

𝐕𝐢𝐣𝐝𝐨𝐧𝐥𝐢 𝐬𝐡𝐚𝐲𝐭𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫

Oxirlab bormoqda bu yangi zamon,
Insonda qolmadi zaracha iymon.
Buni koʼrgan shayton qoladi xayron,
Vijdon oʼchogʼimiz boʼlibdi vayron.

Ota oʻz qiziga tambeh bermaydi,
Xotin  oʻz erini pisand qilmaydi,
Onasi bor  lekin qadrin  bilmaydi,
Dunyo ham bu ishga qoldida hayron.

Oila neligin uqtirmas ona,
Yoshlar sevgi deya doim ovvora,
Farzandli  insonlar sevishar qara,
Qiyomat kunida bo‘lmasmi sarson.

Vaqtiga achinmas chatlar bo‘lsa bas,
Sevgi deb hayotni qadrin anglamas,
Bir birin erkalar xayoni bilmas,
SHu sabab shayton ham yuribdi shodon.

Ijodkorman deya ash'orlar bitib,
Soxta hushomadga o‘zidan ketib,
Gohida aldovda shaytondan oʻtib,
O‘zicha ijodkor tillari biyron.

Yoshlari qirq, elik  nevarsi bor,
Shunda xam muhabbat qiladi izxor,
Bularda yoʼqmidi  vijdon ila or,
Tun uyqu bilmayin o‘ylayman obdon.

𝐌𝐮𝐫𝐨𝐝 𝐬𝐡𝐨𝐱

28.12.2023
2 : 45
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA...

JILMAYING AZIZLAR....!!

Ishonib yashaymiz aldasalar ham,
Kulib yengamizda boshga kelsa g'am,
Ayting qachon to'lgan bu dunyoda kam,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Mayliga kulushsin masxara aylab,
Sizni gumrox deya o'zni zo'r saylab,
Dilingizga iymon shukurni joylab,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Bilarman osonmas soxta kulmoqlik,
Soxta kimsalarla shodon bo'lmoqlik,
Joizda ba'zida jim ham turmoqlik,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Dardingiz so'zlamang aslo bandaga,
Qo'shilmang bemavrid bo'lgan handaga,
Aylansin ust boshim mayliga jandaga,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Qora mehnat ila qaynating qozon,
Umringiz bo'lmasin ertadan hazon,
Qadringiz bilmayin sotsalar arzon,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Shukringiz uchun bergaydur ajir,
G'am kelsa jimgina qildikda sabr,
Kun kelib xammani yutarda qabr,
Jilmaying azizlar yig'latsa hayot.

Yolg'onchi dunyoda mehmonmiz ahir,
Ba'zida so'zlarim shundayin taxir.

Xolidaxon Xudaynazarova.

2024.05.02 🕰19:33


@onajonim923
Audio
9-МАЙ ХОТИРА ВА ҚАДРЛАШ КУНИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

ОТАЖОНИМ

ХОТИРАСИГА БАҒИШЛАДИМ.


#PREMYERA

ОТАЖОНИМ.....

Бугун меҳр истаб йиғлайди қалбим.
Дардлашмоқ истадим сиз билан озроқ.
Соғинчдан юрагим озроқ ўксиди.
Овозсиз йиғладим бугун сал кўпроқ.

MUALLIF:SHOIRAGINAM.(SEVARA)
🎙Холидахон Худойназарова

@onajonim923
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA

OTAJON MING RAXMAT...!!!

Otam bor doimo qaddim bo'lar g'oz,
El ichra qilishar qadrimni e'zoz,
Ming shukur yashadim beklarga xos,
Otajon ming rahmat boringiz uchun.

Yillar o'tar ammo bolaman hamon,
Men deya otamning qaddi ham kamon,
Mayli o'taversin yillar ko'p zamon,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Sochingiz rangi ham bo'libdi oppoq,
Mehnatdan qo'lingiz bo'lganda qadoq,
Boshimda tojim deb qilayin ardoq,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Siz kabi bo'lmoqlik men uchun havas,
Ko'nglim to'q bemalol olgayman nafas,
Otalar o'lmagay yashagay abas,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Suyansam ishongan tog'im erursiz,
Hovlimda yashnagan bog'im erursiz,
Ko'ksimda jo'sh urgan orim erursiz,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Istagim farzandim sizga o'xshasin,
Sizning izingizdan qadam tashlasin,
Bek bo'lib xalqini haqqa boshlasin,
Otajon ming raxmat boringiz uchun.

Xolidaxon Xudaynazarova.


@onajonim923
Forwarded from ❃꯭❥꯭💞𝙎𝙃༑𝙄༑𝙍༑𝙄༑𝙉༑𝘼༑꯭🥀꯭❥꯭❃꯭❱ (✍️🎙SHIRINA🎙✍️ 🔥XOLIDAXON🔥)
#PREMYERA

Biram yarashibdi oppoq libosing, Seni erkalaydi tunlari yoring, Ortingdan baxt tilab qoldiku zoring, Yor yorlar muborak yolg'onchi yorim. Xolidaxon Xudaynazarova. Inshaallah tugatib qoyamiz. Davom etsammikina nima deysizlar.
Anonymous Poll
38%
Albatta yozing kutamiz
7%
Men uchun qiziq emas
16%
Yigitlar dardi ekan zor mavzu tanlabsiz
9%
Yozmang kerak emas
30%
Ijodingizga omad intizorlik bilan kutamiz
Soʻngi qoʻngʻiroq
Suxrob Mirzayev
#PREMYERA... Soʻngi qoʻngʻiroq


🎙 Suxrob Mirzayev
✍️ Muhayyo Begaliyeva .
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293
Audio
#PREMYERA...

''NEGA SEVDIM!...

🥺🥺🥀🥀😢😢😢

Sevgidan so‘z, ochma sen aslo,
Bu kok‘simga, yetmaydi havo,
Dardlarimga topmadim davo,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Eslasam gar, ko‘zim yoshlanar,
Qalbda yana, titroq boshlanar,
Muhabbatdan, ko‘ngil g‘ashlanar,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Soddagina bo‘lmay, man o‘lay,
Qachongacha, senga ishonay,
Bo‘ldi bas qil, sevgimdan tonay,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Va'dalaring rostligi yolg‘on,
Yuragimda jo‘sh, urga to‘fon,
Eh bunchalar, azobi yomon,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Yuragimni etding-ku  parcha,
Azoblara ochgansan darcha,
Orularim bor edi, qancha,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Va'da berib, unutib qo‘yib,
Yolg‘ontakam ko‘ngilni berib,
Ketding mana, bizdan ham tonib,
Nega sevdim, sen bevafoni!

Dilnoza Abduqayumovna.

🎙Dilshoda


𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐃𝐈𝐋𝐍𝐎𝐙𝐀 𝐀𝐁𝐃𝐔𝐐𝐀Y𝐔𝐌𝐎𝐕𝐍𝐀
▷◉─────────0:00
😍 😍


┅━✧⊱••••🔊🎶🔊•••⊰✧━┅

🍁@DunyodaTengiYuqOnam220293