Dublyaj sanʼati 🎙
1.83K subscribers
323 photos
422 videos
282 links
🎙 Oʻzbek dublyaj sanʼati boʻyicha eksklyuziv va qiziqarli maʼlumotlar!

👤 Bizning feysbukdagi sahifamiz:
Facebook.com/dublyajsanati

📌 Admin: @Ikrom_Ruzimurodov
📥 Reklama va murojaatlar uchun @ds_recʼga yozing!
Download Telegram
Hayotning oltin qoidasi hech kimdan hech narsa kutma. Hammasini o'zing yarat!

👉 @dublyajsanati 🎙️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Dublyaj qiroli Hamza Umarov ijodiga nazar. Dublyaj afsonasining ovoz bergan shoh asarlari. 🎞️

You Tube-dagi kanalimizga ham hoziroq obuna bo'ling va qiziqarli video namoyishlarni kuzatib boring!
👇 👇
www.youtube.com/c/ZaminLife

👉
@dublyajsanati 🎙️
Bugun, 21 avgust kuni taniqli teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Afzal Rafiqovning tavallud kuni. Sevimli ijodkorimizga eng ezgu tilaklarni yo‘llaymiz!
AFZAL RAFIQOV

O'zbek dublyajining yaqin o'tmishdagi va hozirgi kundagi taniqli dublyaj ustalaridan, sohir ovoz sohibi, kino va teatr aktyori Afzal Rafiqov 1948 yilning 21 avgustida Toshkent shahrida tug'ilgan.
U 1974 yilda Toshkent teatr va rassomchlik sanʼati institutini tugatgan.
1973-1987 yillarda Hamza teatrida, 1987 yildan buyon Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyorlik faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

U yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi.

Aktyor "Qaroqchilar" (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, "Tirik murda"), Zokirov (S. Abdullin, "Oʻn uchinchi rais"), Tarso (T. Tula, "Nodirabegim"), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, "Iskandar"), Faridun (Firdavsiy, "Faridun"), Yago (U. Shekspir, "Otello"), Lir (U. Shekspir "Qirol Lir"), Aslzoda (A. Sagareli, "Xonuma") kabi rollari bilan tanilgan.
Kinoda ("Yaratganga shukur"da Ahmad, "Alpomish"da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda ("Diyonat"da Proxor, "Girdob"da ilmiy kotib, "Ichkuyov"da Sergey, "Omon boʻlsang, unutma"da Guskov kabi) ham suratga tushgan.

Shu bilan birga, Afzal Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga ham o'zining ulkan hissasini qoʻshgan. Faoliyati davomida 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan. Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. "Gulshan" radiojurnalining boshlovchisi sifatida bir qancha radiopostanovkalar ("Usmon Nosir", "Xabib Abdullayev" va boshqalar)ni olib borgan.
Afzal Rafiqov asrimiz avvalida ya'ni, 2000 yilda "Oʻzbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan.

👉 @dublyajsanati 🎙️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk aktyor Afzal Rafiqov qancha filmga ovoz bergan? Afzal Rafiqov haqida ma'lumotlar

👉
https://youtu.be/jog72gDmsEs

👉 @dublyajsanati 🎙️
YouTube-dagi "ZAMIN LIFE" kanalimizga "Qora niyat" serialiga ovoz bergan aktyorlar haqida qiziqarli video rolikni joylagan edik.
Qisqa vaqt ichida ushbu video namoyish ko'plab qiziqishlar va muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Agarda Siz mazkur videoni ko'rmagan bo'lsangiz quyidagi havola orqali kirib, tomosha qilishingiz mumkin.
Darvoqe, kanalimizga obuna bo'lishni ham unutmang, talab va takliflaringizni yozib qoldiring! 😊 ✌️

Video:
👇 👇
https://youtu.be/P_znEBYqtAo
Arxiv foto 📸
Dublyaj aktyorlari Oybarchin Bakirova (marhum), Muhammadjon Xo'jayev, Sanobar Sodiqova, Sayfullo Ikromov

👉
@dublyajsanati 🎙️
Tez orada o'zbek dublyaji tarixi va bugungi holati haqidagi turkum maqolalar va video namoyishlarni e'tiboringizga taqdim etamiz. 👌
Kanalimizni kuzatib boring! ✌️
Bugun marhum aktyor Fayzulla Ahmedov tavallud topgan kun. Aktyor bugun ham hayot bo'lganida o'zining 84 yoshini qarshilayotgan bo'lardi.
FAYZULLA AHMEDOV

Teatr va kino aktyori, dublyaj ustasi Fayzulla Ahmedov 1936 yil 28 avgust kuni Toshkentda tavallud topgan.
U 1963 yil Toshkent davlat  teatr va rassomchilik san’ati insititutini tugatgan.
1958 yildan Muqimiy teatrining aktyori bo’lib, o'z faoliyatini boshlagan.

Uning eng mashhur rollari, teatr sahnasida Sulton (“Jon qizlar”), Samandarov (“O’jarlar”), Gersog Arsenio (“O’n ikkinchi kecha”), Janob Botir (“Ravshan va Zulxumor”), Toshbolta (“Kuyovlar konkursi”), Otajon moryak (“Super qaynona”) va boshqalar. Videofilmlarda ham Bobo (“Navoiy”), Darvesh Gov (“Bobur”), Orif ota (“Ko’ngil ko’chalari”) kabi obrazlar yaratgan. “Akbarning sarguzashti” (Jabbor), “Yolg’iz yodgorim” (Rahimberdi) singari filmlarda suratga tushgan.

Aktyor shuningdek, dublyaj sohasiga ham o'zining ulkan hissasini qo'shgan. U faoliyati mobaynida mingdan ortiq filmlar dublyajida qatnashgan.

👉 @dublyajsanati 🎙️
Dublyaj aktyorlari Shomahmud Shorasulov va Oybek Toxirov

👉 @dublyajsanati 🎙️
COVID-19 pandemiyasi 🦠 butun dunyoga xavf solishda davom etmoqda. Ming afsuski, ushbu dardga da'vo hali hamon topilganicha yo'q. 😌
Yurtimizda ham ushbu kasallik avj olganidan xabaringiz bor. Ayni vaqtga qadar O'zbekistonda koronovirus bilan kasallanganlar soni 40 000 dan oshib ketdi. Xayriyatki, ushbu raqamlarda qayd etilgan bemorlarning 92%i sog'aygan bo'lsa, rasman 300 ga yaqin hamyurtlarimizning o'limi qayd etildi.
Kasallanganlar va vafot etganlar orasida san'at vakillari (xususan, dublyaj sohasi ijodkorlari) ham yo'q emas. Bu haqda ham xabarlarni kuzatib, bilib boryapsiz.
Ko'pchilikka sevimli bo'lib ulgurgan taniqli, mahoratli va ajoyib ijodkor Fathulla Ma'sudov ham ushbu dardni chetlab o'tmadi. 😢
Aktyorning hozirgi ahvoli anchagina og'ir ekanligi aytilmoqda va uning yaqinlari barchadan Fathulla Ma'sudovni duo qilib qolishlarini so'rashmoqda. 🙏
Azizlar keling, barchamiz sevimli aktyorimizning va boshqa kasallikka chalingan bemorlarning ham haqqiga duo qilib qolaylik! 🤲

👉 T.me/dublyajsanati 🎙️
Forwarded from Dublyaj sanʼati 🎙
Siz bugungi o'zbek dublyaj san'atiga necha baho bergan boʻlardingiz?
Anonymous Poll
57%
5️⃣ - A'LO
28%
4️⃣ - YAXSHI
15%
3️⃣ - O'RTA
O‘zbek teatr, kino va dublyaj san’ati uchun navbatdagi juda katta og‘ir yo‘qotish.

Bugun O‘zbekiston xalq artisti Fatulla Mas’udov 57 yoshida koronovirus kasalligidan olamdan o‘tdi. Alloh rahmatiga olsin! 🤲

👉 @dublyajsanati 🎙️
FATHULLA MA'SUDOV

1963 yilning 16 may sanasi. Toshkent.
Shu kuni o'zbek teatr, kino va dublyaj san'atining yetuk namoyondasi Fathulla Ma'sudov dunyoga kelgan.
U maktabda o'qiyotgan davridayoq turli drama to'garaklariga qatnaydi. Xususan, "Abdulla Nabiyev" nomidagi pionerlar uyi qoshidagi drama to'garagida unga "Otalar so'zi aqlning ko'zi" dasturining boshlovchisi va rejissori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Mirabbos Mirzaahmedov ustozlik qilgan.
Shuningdek, u maktabda o'qiyotgan davrida Respublika radio uyi (hozirgi O'z. MTRK)da Tohira Shamsiyeva, Vohid Do'stmuhammedov, Sanjar Sa'dullayev kabi rejissorlar ustozligida "Alanga", "Harbiy maktublari" singari turli radio eshittirishlarida qatnashgan.

Fathulla Ma'sudov 1980-1984 yillarda Astrovskiy nomidagi Toshkent davlat Teatr va rassomchilik san'ati institutining drama teatr va kino aktyorligi fakultetida tahsil olgan.
Aktyor oliygohni tamomlagandan so'ng, Ukrainada harbiy xizmatga jo'nab ketadi. Ikki yillik xizmatdan so'ng ya'ni, 1986 yili Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama (hozirgi O'zbek Milliy Akademik drama) teatrida avval rejissor yordamchisi, keyin esa aktyor sifatida ish boshlaydi va hozirgi kunga qadar o'z faoliyatini  davom ettirib kelmoqda. 2015 yilda esa ushbu teatr direktori lavozimiga tayinlanadi.
U asosan dramatik va tragik obrazlarni mohirona tarzda ijro etardi.
Uning teatrda ijro etgan spektakllari - "Sizsiz o'tmas kunlarim", "Revizor", "Mirzo Ulug'bek", "O'tgan kunlar" va boshqalar.
Kinodagi rollari - "Zumrad va Qimmat", "Qudajonlar", "Bekatdagi odam", "Me'ros", "Dada", "Kichkina odamlar" va boshqalar.

U shuningdek, dublyaj sohasida ham o'z o'rniga ega bo'lgan iste'dod sohibi hisoblanadi. Uning dublyaj sohasiga kirib kelishi qiziq bo'lgan. Bir kuni teatrdagi telefon qo'ng'irog'i jiringlaydi va unga Fathulla Ma'sudov javob beradi. Undan telefonda teatrga oid ma'lumotni so'rashadi. Qo'ng'iroq qilgan inson esa o'sha davrning yetuk dublyaj ustalaridan hisoblangan Sobit Saidov bo'ladi. Shundan so'ng, Fathulla Ma'sudovning ovozini eshitgan dublyaj darg'asi uning ovozini yoqtirib qoladi va dublyajga taklif etadi. Shu tariqa, birgina qo'ng'iroq sabab uning dublyajdagi o'ziga xos hayoti boshlanadi.
Aktyor faoliyati davomida 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan. Xususan, tele-ekranlarda efirga uzatilgan oxirgi katta hajmdagi teleseriallardan "So'yla Qoradengiz" seriali dublyajida ishtirok etgan edi. U shu bilan birga, hind filmlarida doimiy ravishda aktyor Amirxon ijrosidagi rollarga ham ovoz berardi.
Fathulla Ma'sudov turli monolog va she'rlarni ham mohirona o'qir edi.

U 1988 yilda oila qurgan. Aktyorning uch nafar farzandi (bir qiz, ikki o'g'il), uch nafar nabirasi bor.
Uning samarali mehnat faoliyati 1999 yili "Shuhrat" medali, 2003 yilda esa "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist" unvoni bilan munosib ko'rilgan.

Xalq suygan aktyor Fathulla Ma'sudov 2020 yilning 30 avgust sanasida 57 yoshida koronovirus kasalligidan vafot etdi.

👉 @dublyajsanati 🎙️
📸 Aktyor Fathulla Ma'sudov onasi bilan.
#arxiv

👉 @dublyajsanati 🎙️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"LIBOSING AXLOQING!" (18+)

Qisqa metrajli film 🎥

Insonning libosi uning xulq-atvori, madaniyati va olgan ta'lim-tarbiyasidan darak beradi! ☝️

🌍 www.youtube.com/c/ZaminLife

👉 @dublyajsanati 🎙️
Dublyaj aktrisalari Sanobar Sodiqova, Gulhumor Abdullayeva, Nazokat Abdurahmonova va Dildora Bekjonova 😍🕊️

👉 @dublyajsanati 🎙️
BARCHANI LOL QOLDIRGAN DUBLYAJ...

Sovet davrida "O'zbekfilm" dublyaj studiyasi o'sha paytning eng ilg'or studiyalaridan biri hisoblangan.
Ayniqsa, rus rejissori Leonid Gaydayning "Ы - operatsiyasi", "Kavkaz asirasi", "Ivan Vasilyevich o'z kasbini o'zgartiradi" singari filmlarining o'zbekcha dublyaji chinakam san'at asariga aylangan.

"Ivan Vasilyevich o'z kasbini o'zgartiradi" komediyasing o'zbek tilidagi dublyaji esa asl variantidan ham mukammal bo'lgan va chiroyli chiqqan. Hattoki, buni rus aktyorlari ham alohida ta'kidlashgan. Masalan, "Ivan Vasilyevich o'z kasbini o'zgartiradi" filmining bosh rol ijrochisi Yakovlev 1986-yili Moskvada bo'lib o'tgan kinoanjumanda ushbu so'zlarni aytgan edi:
- Ivan Vasilyevich kinokomediyasini O'rta Osiyo, qolaversa butun dunyodagi o'zbek zabon insonlar yuragidan joy olishida sababchi bo'lgan o'zbek xalq artisti, ajoyib do'stim Hamza Umarovga alohida minnatdorchilik bildiraman.
Zalda o'tirgan Hamza Umarov bu so'zlardan keyin o'zbekona lutf ila qo'llarini ko'ksiga qo'yib o'rnidan turadi. Zalda esa qarsak va olqishlar uzoq davom etadi.

1990-yillargacha o'zbek dublyajining maktabi bo'lgan. Keyinchalik, ma'lum sabablarga ko'ra "O'zbekfilm" dublyaj studiyasi yopildi. Dublyaj maktabi ham tarqalib ketdi.
Ammo, hozirgi kunda ham o'zbek dublyaj san'ati o'ziga xos zamonaviy uslubga va yo'nalishga ega bo'lib bormoqda. Chinakam ijobiy o'zgarishlarni, o'zbek dublyajining zamonaviy qiyofasini va undagi progressni yaqin orada ko'rsak ham ajab emas. Negaki, hozirda ham ko'plab mahoratli dublyaj aktyorlari faoliyat ko'rsatib kelishmoqda, izlanishmoqda. Ularning mehnatlari esa besamar ketmasligini ham alohida ta'kidlab o'tish lozim.

Ikrom Ro'zimurodov

👉
@dublyajsanati 🎙