Dublyaj sanʼati 🎙
1.83K subscribers
323 photos
422 videos
282 links
🎙 Oʻzbek dublyaj sanʼati boʻyicha eksklyuziv va qiziqarli maʼlumotlar!

👤 Bizning feysbukdagi sahifamiz:
Facebook.com/dublyajsanati

📌 Admin: @Ikrom_Ruzimurodov
📥 Reklama va murojaatlar uchun @ds_recʼga yozing!
Download Telegram
"Zuleyha" serialidagi Mujgan obraziga aktrisa Iroda Ahmedova ovoz bermoqda 🎤🎧

👉
@dublyajsanati 🎙️
Taniqli dublyaj rejissori Zarif Yo'ldoshev
ZARIF YO'LDOSHEV

Bugun 18 iyul kuni taniqli dublyaj rejissori Zarif Yo'ldoshevning tavallud kuni. Rejissorni ushbu muborak ayyomi bilan qutlaymiz va uning kelgusi  ijodiy faoliyatiga omad va zafarlarni tilab qolamiz.

Taniqli dublyaj rejissori Zarif Yo'ldoshev 1984 yil 18 iyulda Samarqand viloyat, Samarqand tumani "Guliston" mahallasida tug'ilgan.
U Toshket shahrida joylashgan "Petrov" nomidagi musiqa maktab internatida o'qiydi. So'ngra 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat Konservatoryasining ovoz rejissorligi yo'nalishida tahsil olgan.
Zarif Yo'ldoshev 2005 yili sobiq "NTT" telekanalida ovoz rejissori sifatida o'z faoliyatini boshlaydi va uning dublyajdagi ilk debyut ishi bu "Qashqirlar Makoni" seriali bo'ladi.
U shu kungacha yuzlab kinofilmlar va seriallar dublyajida rejissorlik qilgan. Jumladan, u ovozlashtirgan filmlar orasida "Ichkarida", "Chuqur", "Istanbullik kelin", "Fazilat xonim va qizlari", "Ayol", "Jinoyatchi xonimlar" kabi seriallar alohida o'rin tutadi.

"NTT", "MY5", "Sevimli" telekanallarida uzoq vaqt  davomida faoliyat yuritgan Zarif Yo'ldoshev ayni paytda o'zining xususiy "Yuldashev production" nomli studiyasini tashkil etgan. Ushbu studiyada hujjatli filmlar va ko'rsatuvlar tayyorlanadi, shuningdek buyurtma asosida xorijiy filmlar bilan bir qatorda milliy seriallar dublyaji ham amalga oshiriladi.

Zarif Yo'ldoshevning qiziqishlari:
Rejissorning eng asosiy hobbisi futbol sport turi bo'lib, Madridning "Real" klubiga muxlislik qiladi.
Sevimli aktyorlari Jeki Chan, Morgan Friman, Robert de Nirolar hisoblanadi. Yoqtirgan filimlari esa "Uyda yolg'iz", "Taksi", "1+1", "Sheryurak" filmlaridir.

👉 @dublyajsanati 🎙️
Dublyajimiz malikalari...
Nazokat Axunova, Sanobar Sodiqova, Laziza Azizoda, Ma'rifat Ortiqova hamda Dildora Bekjonova 👩‍🦰😍

👉
@dublyajsanati 🎙️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek Dublyaj San'ati afsonalarining ovozlarini esga olamiz! (1-qism)

👉
www.youtube.com/c/ZaminLife

👉
@dublyajsanati 🎙️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz ham ko'ring! Juda ham ta'sirli va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan film

@Ikrom_Ruzimurodov 🌳

👉 @dublyajsanati 🎙️
Sohib Nurmuhammedov "Sevimli" telekanalida dublyaj rejissori sifatida faoliyat yuritib keladi. Siz efirda tomosha qilayotgan "Ayol", "Beqaror", "Halqa", "Qora niyat" kabi teleseriallarni aynan shu inson rejissor sifatida tayyorlab Sizning e'tiboringizga havola etib kelmoqda.

👉
@dublyajsanati 🎙️
- Maktuba Avezova "Sevimli" telekanalida Kinomuharrir lavozimida ishlaydilar
- Maktuba opaning asosiy vazifalari kino va seriallarni efirga tayyorlab berishdan iborat ☝️
- Ular siz uchun sevimli bo'lib ulgurgan "Ayol", "Qizim", "Beqaror", "Qora niyat" kabi ko'plab turk seriallarini efirga tayyorlab kelmoqda 😘
- Ahamiyat bering, o'zlari ham turk aktrisalariga o'xshaydilar 😍
- "Kinotahririyati" bo'limida Maktuba opani mehribon va samimiy inson, mas'uliyatli, o'z o'riniga ega xodim sifatida juda ham hurmat qilishadi 🤩

👉 @dublyajsanati 🎙️
Ko'plab teletomoshabinlarning sevimli dublyaj aktrisasi, qolaversa ajoyib suxandon Dildora Rustamova

Suratda: "Zamon" informatsion dasturi studiyada 📸

👉 @dublyajsanati 🎙️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbek dublyaj darg'alaridan biri Afzal Rafiqov 🎤🎧

Ushbu filmda aktyor barcha obrazlarga o'zlari ovoz bergan! 🤩

👉 @dublyajsanati 🎙️
Sizning sevimli dublyaj aktyorlaringiz Elbek Mirzohidov, Dildora Rustamova va Dildora Bekjonova 😍 📸

👉
@dublyajsanati 🎙️
KOMILJON TURSUNBOYEVNI TABRIKLAYMIZ!
Bugun 22 iyul taniqli dublyaj rejissori, muharrir va tarjimon Komiljon Tursunboyev tavallud topgan kun. Rejissorni tavallud kuni bilan qutlagan holda unga o'zimizning cheksiz samimiy tilaklarimizni bildirib qolamiz, uzoq umr, baxt-saodat va ijodiy parvozlar tilaymiz.
KOMILJON TURSUNBOYEV

Komiljon Tursunboyev 1970 yilning 22 iyulida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug'ilgan.
1993 yilda Mannon Uyg'ur nomidagi Toshkent Davlat san'at institutining teatrshunoslik mutaxassisligi bo'yicha tahsil olgan.
U ijodiy faoliyatini talabalik davrida "Toshkent oqshomi", "O'zbekiston adabiyoti va san'ati", "Toshkent haqiqati" gazetalaridagi turkum maqolalari bilan boshlagan.
1992 yili Toshkent viloyati, Chirchiq shahar o'lkashunoslik muzeyida kichik ilmiy xodim, 1993-1994 yillarda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar "Muloqot" teatr-studiyasida ish boshqaruvchi direktor, keyin esa "Eski Machit" teatr-studiyasida adabiy emakdosh bo'lib ishlagan. 1994-1997 yillari O'zbekiston Televideniyesining "Kinoko'rsatuvlar" bosh muharririyatida katta muharrir lavozimida faoliyat yuritgan.

U 1997 yili "Siyosat" bosh muharririyatida katta muharrir lavozimida ishlagan va o'sha yildan to 2014 yilga qadar "O'zbektelefilm" studiyasining dublyaj bo'limida katta muharrir va dublyaj rejissyori sifatida faoliyat yuritgan.
Uning dublyaj sohasidagi ustozlari Kamoliddin Usmonov va Marhabo Nasriddinovalar bo'lishgan.
Komiljon Tursunboyev faoliyati davomida yuzlab milliy va xorijiy seriallar, multfilmlar, badiiy va  hujjatli filmlar dublyajida muharrir, tarjimon va rejissyor sifatida xizmat ko'rsatgan. Xususan, "Charxpalak", "Zanjir", "Fevral voqealari", "Doka ro'molning qurishi", "Serjantlar", "Zebuzar", "Shaytanat", "Qaytar dunyo" kabi milliy seriallar, "Ramayana", "Robin Gud", "Mahobharat", "Jan Kristof", "Bryus Li haqida afsona", "Ekipaj", "Kamilla" singari xorijiy seriallar va badiiy filmlar dublyaji rejissyorning faoliyatida alohida ahamiyatga ega.
Shu bilan birga, u o'zbek televideniyesida ilk bor "Qirol sher", "Sohibjamol va maxluq", "Jahongir ritsar", "Nasriddin Buxoroda", "Yettinchi jin", "Shahsmaqom" va "Sohibqiron Amir Temur" kabi xorij va o'zbek kino san'atining mashhur multfilm va badiiy filmlarini o'zbek tiliga sinxron dublyaj qilishda jonbozlik ko'rsatgan va televideniyeda sinxron dublyajning asoschilaridan biri hisoblanadi.
U o'zbek zamonaviy dublyaj san'atining ravnaqiga hissa qo'sha oldi. Bu sohada bir qancha shogirdlar orttirdi. Masalan, Dildora Rustamova, Sanjar Sattorov, Laziza Azizoda, Dildora Bekjonova, Sanobar Sodiqova, Elbek Mirzohidovlar shular jumlasidandir.

U shuningdek, tarjimon sifatida italyan adibi Karlo Goldonining "Ikki janobga bir xizmatkor" va rus dramaturgi Nelya Osipovaning "O'rik gullaganda" pyesalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
U so'nggi o'n yetti yil ichida xususiy o'zbek kinosining rivojiga ham o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Jumladan "Poyga", "Sevgi fazosi", "Faryod", "Yetti haykal, bitta kal", "Romeo va Jyuletta", "Xavfli burilish" kabi o'nlab filmlar buning dalilidir.

Komiljon Tursunboyev 2014 yilning mart oyidan boshlab, "O'zbektelefilm" DUKda "Rejissor-muharrirlar guruhi"ning bo'lim boshlig'i lavozimida ishlab kelmoqda.
Shuningdek, u O'zbekiston Kinoarboblari uyushmasi a'zosi hisoblanadi.


👉 @dublyajsanati 🎙️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Professional bilan suhbat - Dildora Rustamova

🎬 Hajmi: 124 mb

👉 @dublyajsanati 🎙️
MO'JIZA YARATISHGA KO‘P NARSA KERAKMAS...

Chet elni ekranga mixlab qo‘yadigan biror filmini ko‘rgandan keyin birinchi bo‘lib, “Nima uchun bizda shunday filmlarni suratga olishmaydi?“, degan savolni o‘rtaga tashlaymiz. Javobsiz qolsada necha yillardan beri aylanaveradi bu savol.
Turkiyaning “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza“ filmini ko‘rgandan keyin ham nafaqat o‘sha tanish savol balki “Mana shunday bir asar yaratish uchun ko‘p narsa kerak emas ekan: kuchli ssenariy, mahoratli aktyorlar va dunyoqarashi keng rejissiyor.
Millionlarni sarflab dekorasiya qurish, yillab g‘oya qidirish, hashamatli uyda qaynona-kelin muammosini qilish, qimmat mashinalarda kambag‘al yigit, boy qiz (yoki aksincha) o‘rtasidagi nogiron tuyg‘ularni olib chiqaverish shartmasakan. Faqat yaxshilab ijod qilish kerak ekan xolos. Axir u bekorga ijodkormi...?“, degan fikrlar ham miyaga tinchlik bermay qo‘yarkan.
Bu film haqida ortiqcha gapirib o‘tirmayman. Film o‘zining asl bahosini, tomoshabin mehrini munosib tarzda keragidan ortiq oldi. Qayta-qayta ko‘rganda yana shuncha bahosini, mehrini olaveradi. Hatto “Oskar“ ham bu darajada muvaffaqiyat berolmasa kerak.
Filmni ko‘rmaganlarga ko‘rishni tavsiya qilaman.
Ko‘rganlarga yana ko‘ring deb aytishim shart emas. Qayta-qayta ko‘rishga arziydigan film ekanini ular yaxshi bilishadi.

Hammani ta’sirlantirgan film o‘zi shlyager. Uni mahorat bilan dublyaj qilingani esa ikki karra shlyager.
Bosh qahramon Memo obrazini gavdalantirgan aktyor Aras Bulut Iynemlini o‘zbek muxlislari uchinchi marta kashf qilishdi. “Ichkarida“, “Chuqur“ seriallari bilan o‘zining mahoratini ko‘rsatgan aktyor “Yettinchi bo‘lmadagi mo‘jiza“ filmi orqali ham u kino uchun tug‘ilganligini isbotladi. Unga faqat olqishlar.
Aras Bulut o‘zbek xonadonlariga iste’dodli dublyaj aktyori Elbek Mirzohidovning takrorlanmas ovozi bilan kirib keldi. Balki turk aktyorining 100 foizlik mahorati Elbek Mirzohidovni ovozi bilan 200 foizga ko‘tarilgandir. Bu aktyorning yana boshqa filmlarini dublyaj qilishadigan bo‘lsa unga Elbek Mirzohidovdan boshqa ijodkor ovoz bersa film O‘zbekistonda kutilgan natijani bermaydi. Muxlislar allaqachon Aras Bulut qiyofasida bu ovozga o‘rganib bo‘ldi. Boshqasini qabul qilish qiyin kechadi yo filmni ko‘rish yarmiga yetmay ham to‘xtatishi mumkin. Juda bo‘lmasa, “Bu safar yemabdi, ovoz tushmabdi, dublyajni eplolmabdi“, degan fikrlar bo‘ladi.
Birgina shu aktyorga Elbek Mirzohidovdan boshqasi ovoz bergani uchun shunday fikrlar paydo bo‘lsa ijodkor chindanam omadli, baxtli ekan.

Kinoni tushunishni boshlaganimdan beri har doim aytib yuradigan bir gapim bilan tugataman. O'zimizning kino ijodkorlardan ham mana shunday filmlarni kutamiz.

Doniyor Yusuf

👉
@dublyajsanati 🎙️
ARAS BULUTNI O'ZBEK TILIDA GAPIRTIRADIGAN INSON...

Mahoratli dublyaj aktyori Elbek Mirzohidov


👉 @dublyajsanati 🎙️
"Ichkarida", "Fazilat xonim va qizlari", "Chuqur", "So'yla Qoradengiz...", "Istanbulllik kelin" va "Zuleyha" kabi qator seriallarda kinomuharrir sifatida ishlagan, xalqimiz e'tiboriga filmlarning o'zbek tilida havola etilishida xizmat qilgan dublyajda, kadr ortida mehnat qilgan ijodkorlardan biri Xosiyat Rajabova bo'ladi.
Bu kishi "Sevimli" telekanalida yuqorida ta'kidlab o'tilgan seriallarda va yana ko'plab filmlar dublajida ishtirok etganlar.

👉 @dublyajsanati 🎙️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Yaxshilik qiling!" qisqa metrajli ta'sirli film. 🎬

📺 Albatta tomosha qiling!

📝 Film o'zbek tilida 🎤🎧

👉 @dublyajsanati 🎙️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qora niyat" turk seriali aktyorlari haqida ma'lumotlar

👉 https://youtu.be/BP3gAOeKY4s

🔔 ZAMIN LIFE sahifalari 👇
Telegram | Facebook | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Zuleyha" turk seriali aktyorlari haqida ma'lumotlar. Ular hozir necha yoshda?

👉
https://youtu.be/s5fidmoAFYk

🔔 ZAMIN LIFE sahifalari 👇
Telegram | Facebook | You Tube