DTPI rasmiy kanali
8.12K subscribers
32.8K photos
1.89K videos
376 files
8.93K links
Download Telegram
📈 “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi!

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-texnika bizasini rivojlantirish hamda talaba-yoshlarga shart-sharoit yaratish maqsadida institut tomonidan ikkita loyiha ovoz berish jarayoniga qo‘yilganini ma'lum qilamiz.

1-loyiha — Denov tumani “Istiqbol” MFY Sh.Rashidov ko‘chasi 360-uy manzilida joylashgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududlarining barcha yo‘laklar va avtoturargohlariga to‘liq asfalt qoplamasi yotqizish.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/f9fd3e51-22af-4970-b0c3-9cf6053aa1a5

2-loyiha — Oliy o‘quv yurtlarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish.

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/baa8a2df-bca2-4169-bc8d-9d80de14da88

Ovoz berish jarayonlari 31-avgust soat 23:59ga qadar davom etadi.

🌐@DTPI_uz.ning rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
📌 Super kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi

Kirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to'play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt asosida o'qish uchun arizalar qabuli boshlandi.

Buning uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. Saytda qaysi ta'lim yo'nalishiga necha ball yetmay qolgani hamda qancha super kontrakt asosida o'qish imkoni borligi haqida ma'lumotlar ko'rsatilgan.

"Perevodchilar" uchun ham tez orada arizalar qabuli boshlanadi!

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
#rektor_tabrigi

Hurmatli DTPI professor-o‘qituvchilari hamda qadrli talabalar!

🇺🇿 Eng ulug' va aziz ayyom Respublikamiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida Siz azizlarni, Sizlar orqali butun jamoamiz hamda talaba yigit-qizlarimizni chin qalbimdan samimiy qutlayman.

🇺🇿Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan mazkur sanani jonajon O‘zbekistonimiz nomini mustaqil mamlakat sifatida dunyoga tanitgan, xalqimizga erkinlik olib kelgan, ezgu qadriyat va o‘lmas an’analarimizni tiklashga zamin yaratib bergan eng ulug‘ bayram sifatida ko‘tarinkilik bilan o‘tkazish an’anaga aylangan.

🇺🇿 Bundan keyin ham ushbu kun xalqimizga erkinlik olib kelgan sana sifatida abadiy tariximizda qoladi.

🇺🇿Yana bir bor Sizlarni Vatanimizning Istiqlol bayrami bilan tabriklar ekanman, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadoningizga fayzu-baraka tilayman.

Go'zal yurtimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Oybek Ruziyev
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori

dtpi.uz
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ulug‘bek Qosimov: “Prezidentimiz hammamizga halollikda, sadoqatda, Vatanparvarlikda shaxsiy namuna ko‘rsatadilar. Bizdan ham buni alohida talab qiladilar”

Kuni-kecha Prezidentimiz turli soha vakillariga Ko‘ksaroy qarorgohida davlat mukofotlarini tantanali topshirdi.

Tadbirdan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “O‘zbekiston 24” muxbiriga intervyu berdi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamkorligimiz mustahkamlanmoqda!

Xabaringiz bor, yaqinda institutimiz rektori boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Novosibirsk viloyatida bo'lib, u yerdagi 5 ta nufuzli OTMlar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolashga muvaffaqt bo'lgan edi.

Bugun Novosibirsk davlat iqtisod va boshqaruv instituti rahbarlari bilan kutilayotgan hamkorlik aloqalari to'g'risida onlayn uchrashuv bo'lb o'tdi.

Uchrashuvda hamkorlar tomonidan xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor V.N.Romashi, xalqaro aloqalar bo'limi boshligi Z.E.Zakirovichlar hamda institutimiz o'quv ishlar bo'yicha prorektor S.Allayarova, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i J.Ergashov, Xalqaro aloqalar bo'limi bosh mutaxasissi J.Choriyevlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda qo'shma ta'lim dasturlarini yaratish, rus tili bo'yicha onlayn o'quv kurslari tashkil qilish, o'qituvchi va talabalar almashinuvuni yo'lga qo'yish bo'yicha atroflicha kelishib olindi. Uchrashuv har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo'ldi.

dtpi.uz