Milliy sertifikat
2.35K subscribers
157 photos
18 videos
12 files
179 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
#Ovozli_chat #Live
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat va chet tili imtihonlari bo‘yicha ovozli chat boshlandi

🎙
Ovozli chatda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari va mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Unda umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari va chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha savollarga javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

🔗 Ovozli chatda qatnashish uchun havola: https://t.me/BaholashUz?livestream

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha may oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 6-7-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 11-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-05-03

Izoh:
Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (7-iyun kuni) e’lon qilinadi.
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:

1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
⚡️ Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari agentlikning maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

🔰 O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 8-aprel kuni boshlanib, 5-mayga qadar davom etgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (13-15-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 14-may kuni ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda 6 479 nafar talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 21-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

🗺 2023-yil 21-may kuni ilk bor barcha hududlarda tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

📚 Test sinovlari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, talabgorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan holda o‘tkazildi.

▶️ Unda 5 945 nafar talabgor ishtirok etdi va 13 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 6-maydan 31-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (8-10-iyun) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha iyun oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 10-11- va 17-18-iyun kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 12-iyun1-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-06-05

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (8-iyul kuni) e’lon qilinadi.