Milliy sertifikat
2.36K subscribers
157 photos
18 videos
12 files
179 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ovozli_chat #Video_chat #Video
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chat videosi

📆
2023-yil 31-mart kuni Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanalida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yich video chat o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan ovozli chat davomida:

🔹 chet tili (multilevel) imtihonining baholash mezonlari;
🔹 baholash mezonining ilmiy asoslari;
🔹 oldingi baholash mezoni bilan yangi baholash mezonining farqi;
🔹 apellatsiya murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi;
🔹 ro‘yxatdan o‘tish bilan bog‘liq masalalar;
🔹 sertifikatni OTMlarga kirishda inobatga olinishi;
🔹 va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha savollarga batafsil javob berildi.

🎙 Video chatda ishtirok eta olmaganlar uchun video chatning video yozuvi telegram kanalimizga joylanmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 2-aprel kuni barcha hududlarda kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlar bo‘lib o‘tdi.

📚 Imtihonlar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tashkil etilib, unda 2 064 nafar talabgor ishtirok etdi. 10 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📋 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 % dan 86 % gacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
⚡️ Ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan talabgorlarni ro‘yxatga olish 10-aprel kuni boshlanadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendum bo‘lib o‘tishi belgilangan.

📆 Shu sababli 30-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari 14-may kuniga ko‘chirildi.

👨🏻‍💻 Bunda ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

🖥 Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha aprel oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

📍 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.
⚡️ Diagnostik test sinovlari grafigi

📌 Bilimni baholash agentligi tomonidan fevral oyida OTMlarga kirish test sinovi formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmat my.uzbmb.uz saytida yo‘lgan qo‘yilgan bo‘lib, talabgorlar mazkur sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishmoqda.

📍 Diagnostik test materiallari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarga yetkazib berilmoqda.

Talabgorlardan bo‘layotgan murojaatlardan kelib chiqqan holda test materiallarini yetkazib berish va natijalarni e’lon qilish bo‘yicha grafik ishlab chiqildi.

📆 Talabgorlar mazkur grafik asosida buyurtmalarni qabul qilish, ularni yetkazib berish, javoblar varaqasini qabul qilish va natijalarni e’lon qilish muddatlari bilan tanishishlari mumkin.

Izoh: 2023-yil 21-may diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 8-9-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 13,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Akademik litseylarning bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

2023-yil 11-12-aprel kunlari akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

🙍‍♂️ Unda jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📌 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.