Milliy sertifikat
2.88K subscribers
253 photos
27 videos
17 files
290 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
Forwarded from NSFLA | Rasmiy kanal
🇺🇸🇺🇸🇺🇸

🌟 Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar!

🖥 Sizni kompyuterda o‘tkaziladigan Ingliz tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi (multilevel) bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinoviga taklif qilamiz.

🗓 Sana: 2026-yil 15-yanvar

🏢 Tashkilotchi: Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi

🖥 Test shakli: Kompyuterda

Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat - bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik ko‘ring!

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan hududlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahri.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/ havolasi orqali ro‘yxatdan o‘ting.

📩 Ro‘yxatga olish muddati: 2026-yil 14-yanvar soat 18:00 ga qadar.

☝️ Joylar soni cheklangan! Imkoniyatni boy bermang - hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🤖 NATIJA BOT

☎️ Murojaat uchun:
🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
📢 Attanal Alarabi imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

🏢 Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan At-tanal Al-Arabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda!

🇸🇦 At-tanal Al-Arabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihon hisoblanadi.

🗺 Imtihon endilikda 9 ta hududda o‘tkaziladi:

💻 Imtihon kuni: 13-yanvar kuni, soat 09:00 da

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 10-yanvargacha

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish: https://registration.ilmiymarkaz.uz/

🔻 Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
USTIGA BOSING

☎️ Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
Milliy sertifikat imtihonlari учун ruxsatnomalar e'lon qilindi

Biologiya, tarix va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 17–18–19-yanvar kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruhsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan. Talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelish so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🇺🇿 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

🗓 2026-yil 17-19-yanvar kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📊 Ularda jami 51 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 33 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi

📚 Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 31-yanvar (shanba), 1-2-fevral (yakshanba, dushanba) va 7-8-fevral (shanba, yakshanba) kunlari o‘tkaziladi.

📝 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:

1-smena: 07:00– 08:30
2-smena: 13:00 – 14:30

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.

❗️ Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:30 dan, 2-smena uchun soat 14:30 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🎉2