Milliy sertifikat
2.78K subscribers
242 photos
27 videos
17 files
284 links
Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr!

📆 Bugun — ona tilimiz, milliy g‘ururimiz va ma’naviyatimiz timsoli bo‘lgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi jamoasi ushbu sana munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni “O‘zbek tili bayrami” bilan samimiy muborakbod etadi!

📚 Ona tilimizni sevish, uni asrab-avaylash va yosh avlodga to‘g‘ri yetkazish — har birimizning sharafli burchimizdir.

Bayramingiz muborak, aziz yurtdoshlar!

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 1–3-noyabr va 8–9-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 13:00 dan 14:30 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:30dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3
Forwarded from BBA|Samarqand
1–2-noyabr va 8–9-noyabr kunlari Samarqand viloyatida Ona (o‘zbek, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkaziladi

⚠️ Shu munosabat bilan Samarqand viloyatida test topshiruvchi talabgorlar ko‘rsatilgan reja chizmasi bo‘ylab kelishlaringizni so‘raymiz.

📍Manzil: Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani "Kamolot" mahallasi Yerteshar GES ko'chasi 5-A uy.
Mo‘ljal: Samarqand shahar (Super) Kimyogarlar shaharchasi yonida joylashgan. Sobiq «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi binosidan 300 metr o‘tib.

⚠️ MUHIM ESLATMA:
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.

⚠️Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritilmaydi.

Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

✍️ @BBASamarqand
Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 4–5-oktabr
kunlari geografiya, kimyo va matematika fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada Namangan viloyatida matematika fanidan oʻtkazilgan test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilgani uchun ushbu hududdagi 2025-yil 5-oktabr kuni 1-smenada oʻtkazilgan test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 17/1-bandiga asosan bekor qilindi.

Test sinovi natijalari bekor boʻlgan talabgorlarga ularning xohishiga koʻra amalga oshirgan toʻlovi qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.

Bunda amalga oshirgan toʻlovini qaytarib olish istagida bo‘lgan talabgorlar 16-noyabr kuniga qadar https://my.gov.uz/uz/service/914 havolasi orqali ariza bergan holda to‘lovini qaytarib olishi mumkin.

Ushbu muddat ichida ariza bermagan talabgorlar uchun 2025-yil 23-noyabr kuni soat 09:00 da Agentlikning Namangan viloyatidagi binosida qayta test sinovlari tashkil etiladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
🟦🟦🟦 🟦🟦

Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar!

♻️ Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz!

👍 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling!

🏢 2025-yil 11-noyabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
🌓 fizika
🌎 tarix
🌱 biologiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili
🇩🇪 nemis tili


📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati:
3-noyabr soat 24:00 ga qadar.

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://registration.ilmiymarkaz.uz/

❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🤖 NATIJA BOT

👥 MOCK guruhi @mockbba

☎️ Murojaat uchun:

🔹 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⭕️⭕️⭕️

🇺🇸 Navbatdagi iTEP imtihoni uchun ro‘yxatga olish boshlandi!

📢 Hurmatli talabgorlar!

Ingliz tilini bilish darajangizni xalqaro darajada tasdiqlovchi iTEP (International Test of English Proficiency) imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🗓 iTEP imtihoni kuni: 29-oktabr

📍 Imtihon endilikda 9 ta viloyatlarda o‘tkaziladi⬇️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan imtihon o‘tkaziladigan joylar:
➡️ USTIGA BOSING

💻 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 27-oktabrgacha — ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish zarur.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish:
➡️ registration.ilmiymarkaz.uz

💰 Imtihon narxi: 1 657 000 so‘m

📊 Natijalar: 2 (ikki) ish kun ichida e'lon qilinadi.

🎓 iTEP sertifikati orqali siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga topshirishingiz mumkin!

📚 iTEP diagnostik test: 👉 https://www.iteptest.com/preview

☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (95) 515-68-68

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 2025-yil 1-3- va 8-9-noyabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda jami 88 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 59 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Imtihon natijalari yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil noyabr oyida Milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanidan bo‘lib o‘tgan imtihon materiallarining imtihondan avval tarqalganligi haqida asossiz xabarlar e’lon qilinmoqda.

Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar o‘qituvchilar tomonidan shakllantirilgan savollar bo‘lib, ular orasida avvalgi imtihonlarda foydalanilgan test savollari ham mavjud bo‘lgan. Bu test variantlarining ekvivalentligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan holat bo‘lib, oldingi imtihondagi ayrim test topshiriqlari keyingi imtihondagi test varianti tarkibiga maqsadli tarzda kiritiladi.

Badiiy asarlar asosida shakllantiriladigan test topshiriqlari haqida shuni ta’kidlash joizki, Agentlikning rasmiy saytida mustaqil o‘qish uchun tavsiya etiladigan 40 ta badiiy asar ro‘yxati e’lon qilingan. Test variantidagi adabiyot nazariyasi va adabiyot tarixini bilishga doir savollar mazkur ro‘yxatdagi asarlar asosida shakllantiriladi. Repetitorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarida turlicha asarlarni ehtimoliy asarlar sifatida e’lon qilishdi – ayrimlari qaysidir to‘rt-beshta, ayrimlari boshqa uch-to‘rtta asar nomini e’lon qildi va, tabiiyki, imtihon test varianti tarkibidagi test topshirig‘i qaysidir bir taxmin qilingan asarlar bilan mazmunan mos kelgan. Bu holat test materiallari oldindan tarqatilganligini anglatmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozma ish mavzularining oldindan oshkor qilinganligi haqidagi xabarlar ham asossizdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan esse mavzularining imtihon savollari bilan muvofiqligi agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi. Tahlil jarayonida mazkur holat turli omillar ta’sirida yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi. Xususan, imtihon jarayonlarida esse mavzulari sifatida ijtimoiy hayotda muhim ahamiyat kasb etayotgan, omma e’tiborida bo‘lgan, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan, talabgorlar ommasiga birdek tanish, dolzarb va qiziqarli mavzular tanlanmoqda. Talabgor uchun notanish mavzu uning tilni bilishga oid bilimlarini aniqlashga xizmat qilmasligi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda imtihon arafasida taxminiy mavzular sifatida yuzlab mavzular e’lon qilina boshladi.

Ayrim mavzular imtihondagi yozma ish mavzulari mazmun doirasida bo‘lsa-da, muhokama obyekti aynan bir xil emas. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda taxmin sifatida e’lon qilingan mavzulardan biri alifbo va imlo islohoti haqida, imtihonda yozma ish topshirig‘i sifatida taqdim etilgan mavzu esa imloviy savodxonlik va aqliy salohiyat o‘rtasidagi bog‘liqlik borasida edi. Talabgorlarning imtihon topshirig‘i mazmuniga diqqat qaratmaganliklari oqibatida ijtimoiy tarmoqlardagi oldindan muhokama qilingan mavzuga mos esse yozib chiqqanligi esa yozma ish mavzusining oldindan tarqatilganligi haqidagi shubhalarning paydo bo‘lishi, qolaversa, ko‘plab yozma ishlarning “mavzuga mos bo‘lmagan” ish sifatida baholanishiga sabab bo‘lmoqda. Talabgorlarning yozma ishlarini baholash davom etmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘z faoliyatini amalga oshirishda xolislik, adolat va shaffoflik tamoyillariga sodiqdir.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
🟦🟦🟦 🟦🟦

Hurmatli talabalar, abituriyentlar va o‘qituvchilar!


📚 Sizni Umumta’lim fanlaridan milliy test tizimi hamda chet tillari bo‘yicha repetitsion (diagnostik) test sinovlariga taklif qilamiz!

😎 Imtihonlarda yuqori natijalarga erishish uchun ayni imkoniyat — bilimlaringizni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida sinab ko‘ring va puxta tayyorgarlik qiling!

🏢 2025-yil 3-dekabr kuni Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan quyidagi fanlar bo‘yicha navbatdagi repetitsion test sinovlari o‘tkaziladi:

Umumta’lim fanlari:
matematika
🧑‍🔬 kimyo
🌎 geografiya

Chet tillari:
🇺🇸 ingliz tili
🇸🇦 arab tili
🇹🇷 turk tili
🇩🇪 nemis tili

📍 Test sinovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi. Unda https://my.uzbmb.uz/ilmiy-service havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda, tegishli to‘lov (119 000 so‘m) ni amalga oshirgan talabgorlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🗓 Ro‘yxatga olish muddati - 25-noyabr soat 24:00 ga qadar

➡️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://registration.ilmiymarkaz.uz/

❗️ Joylar soni cheklangan! Shuning uchun imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

🤖 NATIJA BOT

✔️ Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍1👀1
#Ovozli_chat
🇺🇿 O‘zbekistonda tan olingan xalqaro sertifikatlar bo‘yicha ovozli chat

📆 Bugun 16:00 da Bilimni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining telegramdagi rasmiy kanali (@IlmiyMarkazUz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

Ovozli chat xorijiy sertifikatlarning tan olinishi, shuningdek Cambridge tests, TOEFL, iTEP, SAT, Attanal va boshqa xalqaro imtihonlar bo‘yicha tashkil etiladi.

🎙 Unda Ilmiy-o'quv amaliy markazi mas’ullari ishtirok etadi va mavzu bo‘yicha savollarga batafsil javob beriladi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42
Ona tili va adabiyot fanidan imtihon natijalari

2025-yil 1-3- va 8-9-noyabr kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tgan edi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, imtihon natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan.

🗓 Imtihon natijalari 9-dekabrda e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1👌1
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi


🇺🇿 2025-yil 29-30-noyabr kunlari Biologiya va Fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

🗺 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

📝 Unda ishtirok etishi belgilangan 37 222 nafar talabgordan 260 nafari qatnashmadi va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun chetlatildi.

Natijalar tegishli fanlardan imtihonlar to‘liq yakunlangach, yigirma bir ish kuni ichida xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanib, e’lon qilinadi.

✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54👏1