⭕️ | DTM | SIRDARYO | 😷 |
226 subscribers
3.15K photos
370 videos
336 files
2.37K links
Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo'limining bosh mutaxassisi Sh.Norqulovning telegram kanali. Murojaat uchun: @dtmsirdaryobot
Download Telegram
to view and join the conversation
⚡️Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Batirov Sherzod Negmuratovich 2021-yil 1-dekabr kuni Sirdaryo viloyatida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi hamda Guliston shahar 11-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari, yoshlar, maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

❇️ Dastlab, Sh.Batirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasida bo‘lib, u yerda Davlat test markazi faoliyati va test sinovlari bilan bo‘g‘liq fuqarolar tomonidan 2021-yilda yo‘llangan murojaatlar soni va mazmuni, murojaatlarning nechtasi ijobiy hal qilinganligi, nechtasiga tushuntirish berilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishib, Xalq qabulxonasi bilan Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi o‘rtasida doimiy hamkorlik olib borish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng, Guliston shahridagi 11-sonli umumta’lim maktabida aholi vakillari, ota-onalar bitiruvchi yoshlar va maktab o‘qituvchilari bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda, Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Rasulov, Guliston shahar xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i S.Artiqov, maktab direktori S.Bektemirov hamda 200 nafardan ortiq fuqaro – aholi vakillari, bitiruvchi o‘quvchilar, o‘qituvchilar hamda ota-onalar ishtirok etishdi.

Sayyor qabul ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi hamda kirish test sinovlariga oid eng so‘nggi yangiliklar, kiritilishi kutilayotgan o‘zgarishlar, test sinovi o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirish, test topshiruvchilar uchun yanada kengroq imkoniyat, qulayliklarga asoslangan shart-sharoitlar yaratish, abituriyentlar uchun yaratilgan imtiyoz turlari, mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan test topshiriqlarini shakllantirish va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat o‘qituvchilar uchun ham tadbiq etish, repetitsion-diagnostik test topshiriqlarining foydali jixatlari, shuningdek, Davlat test markazi faoliyatini tartibga soluvchi yangi normativ-huquqiy hujjatlar sharhi, mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Qiziqarli va savol-javob tarzida o‘tgan uchrashuv davomida o‘quvchilar va o‘qituvchilar, ota-onalar tomonidan berilgan savollarga mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida, batafsil javob qaytarildi hamda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, takliflar o‘rganib chiqilishi aytildi.

DTM Sirdaryo viloyati bo’limining telegram kanali👇
@dtmsirdaryo
⚡️ TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

👨🏻‍💻 Dekabr
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

📆 Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali 23-dekabrga qadar amalga oshiriladi.

🖥 Test sinovi 24-dekabr kuni Tosheknt shahrida Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
👉 https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

🔖 Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so‘m) tashkil qiladi.

❇️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
👉 @dtmilmiymarkaz 👈
📌 Sertifikatlar o‘z egalariga topshirildi

📚 Davlat test markazi tomonidan oktabr oyida bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish va egallash darajasi bo‘yicha test sinovlarini muvoffaqiyatli topshirgan talabgorlarga sertifikatlar topshirildi.

👍 Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi jamoasi sertifikatni qo‘lga kiritganlarga omad tilaydi. 👏👏👏

Ma’lumot uchun: 2021-yil 26-oktabr (yozma) va 2-3-noyabr (gapirish) kunlari bo‘lib o‘tgan test sinovlarida jami 48 nafar talabgorlar ishitirok etgan bo‘lib, shundan 31 nafar talabgorlar (64 foizi) sertifikatga ega bo‘lishdi.

DTM Sirdaryo viloyati bo‘limining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | YouTube
Forwarded from Davlat test markazi
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi

👉 https://dtm.uz/post/view/jizzax-va-sirdaryo-viloyatlarida-sayyor-qabullar-o-tkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube