#imtihon
😊 Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan,
ushbu imtihonlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, talabgorlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hujjat topshirishlari mumkin.
🌎 Bizning manzillar:
🌐 Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺 Youtube

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"
2023-yil 14-avgustdagi 368-son qarori.
ushbu imtihonlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, talabgorlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hujjat topshirishlari mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YАSHNA- ‘chaqna-’, ‘barq urib o‘s-’.
Bu fe’l qadimgi turkiy tilda yashın otidan -a qo‘shimchasi bilan yasalgan, -a qo‘shimchasi qo‘shilgandan keyin ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan. O‘zbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: yashın + a = yashına- > yashna- > yashnä-. Bu fe’l dastlab ‘yarqirа-’ ma’nosini anglatgan bo‘lib, ‘barq urib o‘s-’ ma’nosi va boshqa ma’nolari shu ma’nodan o‘sib chiqqan.
YАSHNОQ ‘yashnab turgan’.
Bu sifat o‘zbek tilida yаshnä- fe’lidan -q qo‘shimchasi bilan yasalgan, q undoshining ta’siri bilan ä unlisi a unlisiga almashgan: yashnä- + q = yashnäq > yashnaq.
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
🌎 Bizning manzillar:
🌐 Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺 Youtube
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YАSHNA- ‘chaqna-’, ‘barq urib o‘s-’.
Gulxan yashnаb ketdi.
Bu fe’l qadimgi turkiy tilda yashın otidan -a qo‘shimchasi bilan yasalgan, -a qo‘shimchasi qo‘shilgandan keyin ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan. O‘zbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: yashın + a = yashına- > yashna- > yashnä-. Bu fe’l dastlab ‘yarqirа-’ ma’nosini anglatgan bo‘lib, ‘barq urib o‘s-’ ma’nosi va boshqa ma’nolari shu ma’nodan o‘sib chiqqan.
YАSHNОQ ‘yashnab turgan’.
Surma tortilgan chaqnoq ko‘zlari, gulgun yashnoq yuzlari, .. (Jоnrid Abdullaxonov).
Bu sifat o‘zbek tilida yаshnä- fe’lidan -q qo‘shimchasi bilan yasalgan, q undoshining ta’siri bilan ä unlisi a unlisiga almashgan: yashnä- + q = yashnäq > yashnaq.
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#chellenj #chorlov
O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?
Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.
✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.
🌎🌎 Bizning manzillar:

🌎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
Facebook|Instagram|X
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
Yashasin O‘zbekiston xalqi!
Facebook|Instagram|X
👍3❤1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):
📌 Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;
📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;
📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;
📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;
📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;
📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;
📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;
📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;
📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;
📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;
📌 Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;
📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2🎉1🏆1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):
📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;
📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;
📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;
📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;
📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;
📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;
📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;
📌 Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;
📌 Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;
📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;
📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;
📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;
📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.
Facebook|Instagram|X
Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆2❤1
#chellenj #chorlov
O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?
Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.
✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.
🌎🌎 Bizning manzillar:
🌐 Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺 Youtube
O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?
Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.
✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.
🌎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
➡️Davlat tilida ish yuritish
➡️O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati
➡️ va boshqalar ...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1🕊1
Hurmatli Markaz va hududiy bo‘linmalarning rahbar-xodimlari, aziz ustozlar, hamkasblar hamda tinglovchilar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ va bebaho ne’mati, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarimizni asrash va kelajagimizni bunyod etish imkonini bergan buyuk tarixiy voqeadir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida ma’rifat, ilm-fan, ona tilimiz va milliy qadriyatlarimizni rivojlantirish yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan har bir insonning hissasi alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, davlat tilining nufuzi va mavqeyini yuksaltirish, uni o‘rgatish va targ‘ib qilishdek sharafli vazifani zimmasiga olgan Markazimiz jamoasining samarali mehnati tahsinga loyiq.
Fursatdan foydalanib, Markaz va hududiy boʻlinmalarda faoliyat yuritayotgan barcha rahbar-xodimlar, fidoyi o‘qituvchilar va hamkasblarga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Sizlarning mas’uliyatli mehnatingiz, oʻz kasbingizga sadoqatingiz va tashabbuskorligingiz Markazimiz faoliyatining yanada rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Aziz hamkasblar!
Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning baxtli kelajagi yo‘lida qilayotgan ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Inomjon Azimov
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏4🎉3🕊1
Diqqat, Tanlov!
🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi “Jonajon oʻzbek tilim” tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
⚠️ Tanlovda ishtirok etuvchi nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni (namuna: Ismi, otaismi, familiyasi, ish joyi yoki o‘qish joyi) ilmiy-ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda 20-avgustdan 20-sentabrgacha yuborishlari lozim.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
✈️ Telegram | ™️ Facebook | 📺 Youtube
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
• oʻzbek tilining oʻziga xos xususiyatlari, muammo va yechimlari yoritilgan eng yaxshi ilmiy tadqiqot;
• oʻzbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot;
• oʻzbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar;
• davlat tili boʻyicha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan eng yaxshi material;
• oʻzbek tili targʻibotiga bagʻishlangan eng yaxshi videorolik;
• oʻzbek tilini xalqaro miqyosida ommalashtirishga xizmat qilayotgan eng yaxshi amaliy ish;
• oʻzbek tilining xorijlik doʻstlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi ilmiy-ijodiy ish.
Hujjatlar quyidagi manzillarda qabul qilinadi:
• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi
(Manzil: Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 21A);
• @Jonajontilim_bot telegram boti;
• Uz_til_jamgarma@umail.uz elektron pochtasi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Mukofotlar 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni arafasida topshiriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#chellenj #chorlov
O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?
Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.
✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.
🌎 Bizning manzillar:
🌐 Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺 Youtube
O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?
Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.
✅ Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!
Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Forwarded from DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4😍1
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’.
Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi ‘tomon’ ma’nosini anglatuvchi yaq otdan qadimgi vosita kelishigining -(i)n qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
🌎 Bizning manzillar:
🌐 Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺 Youtube
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YAQIN ‘uncha uzoq bo‘lmagan’.
Shaharga yaqin bir qishloqda yashaymiz.
Bu so‘z qadimgi turkiy tildagi ‘tomon’ ma’nosini anglatuvchi yaq otdan qadimgi vosita kelishigining -(i)n qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. Keyinroq a: unlisining cho‘ziqlik belgisi yo‘qolgan. O‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, i unlisining qattiqlik belgisi yo‘qolgan.
🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2

❤3