DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
754 subscribers
2.36K photos
146 videos
16 files
963 links
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.

Telefon: +998 99 728 29 00

Facebook: www.facebook.com/dtrmuz
Youtube: https://www.youtube.com/@dtrm-talim
Instagram: https://www.instagram.com/davlat_tili_/
Download Telegram
#hududlar #Farg‘ona

Farg‘onada yakuniy imtihonlar o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5850 va PF-6084-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘linmasida har oy “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o‘quv kursi tashkil etib kelinmoqda.

Bugun avgust oyi tinglovchilari uchun yakuniy imtihonlar o‘tkazildi. Imtihonlarning og‘zaki va yozma bosqichlarida tinglovchilarning o‘zbek adabiy tili me’yorlari hamda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari baholandi.

Mazkur o‘quv kurslari xodimlarning davlat tilida ish yuritish malakasini oshirish va o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#chellenj #chorlov

O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?

Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.

Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!

Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍411🕊1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9

🌎🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
#imtihon

😊 Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan,
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"
2023-yil 14-avgustdagi 368-son qarori.

ushbu imtihonlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, talabgorlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hujjat topshirishlari mumkin.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
#etimologiya

So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi

YАSHNA- ‘chaqna-’, ‘barq urib o‘s-’.
Gulxan yashnаb ketdi.

Bu fe’l qadimgi turkiy tilda yashın otidan -a qo‘shimchasi bilan yasalgan, -a qo‘shimchasi qo‘shilgandan keyin ikkinchi bo‘g‘indagi tor unli talaffuz qilinmay qo‘ygan. O‘zbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: yashın + a = yashına- > yashna- > yashnä-. Bu fe’l dastlab ‘yarqirа-’ ma’nosini anglatgan bo‘lib, ‘barq urib o‘s-’ ma’nosi va boshqa ma’nolari shu ma’nodan o‘sib chiqqan.
 
YАSHNОQ ‘yashnab turgan’.
Surma tortilgan chaqnoq ko‘zlari, gulgun yashnoq yuzlari, .. (Jоnrid Abdullaxonov).

Bu sifat o‘zbek tilida yаshnä- fe’lidan -q qo‘shimchasi bilan yasalgan, q undoshining ta’siri bilan ä unlisi a unlisiga almashgan: yashnä- + q = yashnäq > yashnaq.

🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi.

🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#chellenj #chorlov

O‘zbek tilida muqobili bor ekan, nega boshqa tildagi so‘zni ishlatamiz?

Tilimizda har bir fikrni ifodalashga yetadigan go‘zal va boy so‘zlar bor. O‘zbekcha so‘z turib, begona so‘zni tanlash — tilimiz imkoniyatlarini chetga surishdir. O‘zbek tilini sevish — uni shunchaki madh etish emas, har kuni so‘zlarimizda asrashdir.

Keling, o‘zbekcha so‘z bor joyda o‘zbekcha so‘zni tanlaylik!

Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar bilan bizning kanalda tanishib boring.

🌎🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqini shunday tilaklar bilan yakunladi:
 
– Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini albatta barchamiz birgalikda yaratamiz!
 
Bizga mustaqillik ne’matini bergan Parvardigorimizga cheksiz shukronalar bo‘lsin!
 
Istiqlolimiz ijodkori va haqiqiy bunyodkori bo‘lgan xalqimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
 
Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni bugungi ulug‘ bayram – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi bilan yana bir bor tabriklayman.
 
Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va farovon bo‘lsin!
 
Yashasin O‘zbekiston Respublikasi!
 
Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Facebook
|Instagram|X
👍31
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi;

📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi;

📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz;

📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz;

📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik;

📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik;

📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik;

📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz;

📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi;

📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir;

📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz;

📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur.

Facebook
|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🎉1🏆1
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism):

📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir;

📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi;

📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz;

📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi;

📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi;

📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi;

📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi;

📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz;

📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi;

📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz;

📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz;

📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q;

📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi.

Facebook
|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆21