DSENM | Rasmiy kanal
1.64K members
56 photos
11 videos
168 files
155 links
Rasmiy sayt
www.rses.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram: t.me/dsenm_uz
Facebook: fb.me/respublikadsenm
Twitter: twitter.com/RDsenm
Instagram: instagram.com/respublikadsenm

Bizga murojat: @dsenm_uz_admin_bot

Telegram guruh:
@rsgsen
@dsenm_muloqot
Download Telegram
to view and join the conversation
⚡️ O‘zbekistonda anomal issiq sharoitida belgilanadigan ish vaqti bo‘yicha ma’lumot berildi

O‘zbekistonning aksar hududlarida yuqori havo harorati hukmronlik qilayotgani tufayli Mehnat vazirligi ishchilarni mehnatdan vaqtincha ozod qilish masalasida axborot berdi.

O‘zbekiston bosh sanitar shifokori tasdiqlagan ishlab chiqarish birlashmalari mikroiqlim sanitar-gigiyenik me’yorlariga ko‘ra, ishlab chiqarish muhitida meteorologiya yoki mikroiqlim sharoitlari quyidagilar: havo harorati, havoning nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va qizigan uskunalardan chiqadigan haroratga oid ko‘rsatkichlar.

Ushbu omillarni hisobga olgan holda yopiq binolarda amalga oshiriladigan yengil jismoniy ishlar uchun yilning sovuq va o‘tish davridagi optimal mikroiqlim ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lishi lozim: havo harorati – 20-23 daraja, havo nisbiy namligi – 40-60 foiz, havo harakati tezligi ko‘pi bilan 0,2 m/sni tashkil etishi kerak. Ayni vaqtda havo harorati 19-25 daraja, nisbiy namlik 75 foizdan ko‘p bo‘lmagan, havo harakati tezligi 0,3m/sdan oshmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

Og‘ir ish sharoitlarida havo haroratining maqbul me’yorlari 4-5 daraja, yo‘l qo‘yiladigan me’yorlar bo‘yicha 6 daraja past bo‘lishi kerak. Yilning issiq davrida havo haroratiga oid me’yorlar 2-3 darajaga ko‘p bo‘lishiga ham ruxsat beriladi.

Mazkur mikroiqlim me’yorlarini ishlab chiqarishdagi texnologik jarayon yoxud iqtisodiy jihatdan ta’minlash imkoni bo‘lmagan sanoat inshootlarida ishchilarning qizib ketishi yoki sovub ketishiga qarshi choralar ko‘rilishi kerak.

Xususan, ishchi atrofidagi havoni sovutish tizimi, havo dushi, dam olish va isitish xonalari, o‘ta yuqori va past havo haroratidan himoya qiluvchi maxsus kiyim, shaxsiy muhofaza anjomlari, ishdagi dam olish vaqtlari kabilar shular jumlasidan. Issiq urishiga qarshi choralar sifatida, qurilmalar va to‘sib turuvchi qoplamalarining tashqi harorati 45 darajadan oshmasligi kerak.

Bundan tashqari, Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlar yaratilishi lozim. Shu bilan birga, ayrim turdagi ishlarni bajaruvchilarga, mehnat sharoiti, sog‘liqqa ta’siri va boshqa holatlardan kelib chiqqan holda shartnomaga muvofiq, ish haqi kamaytirilmagan holda mehnat vaqti davomiyligini kamaytirishga ruxsat beriladi.

Ish vaqti quyidagi shaxslarga nisbatan ish haqi saqlangan holda kamaytiriladi:

— 18 yoshga yetmagan ishchilarga;

— I va II guruh nogironlariga;

— noqulay mehnat sharoitlarida ishlovchilarga;

— jiddiy mazmunga ega ishlarda faoliyat yurituvchilar;

— davlat budjeti tomonidan moliyalashtirilayotgan tashkilot va korxonalarda ishlayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor ayollar.

Qonunchilikka ko‘ra, xavfli va noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotganlar, sharoit darajasiga muvofiq qo‘shimcha ravishda 3-24 kungacha mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin.

Mehnat kodeksining 219-moddasida esa ishchi o‘z salomatligi yoki hayotiga tahdid soluvchi ishni bajarishdan bosh tortishga haqli ekani belgilab qo‘yilgan.

Bu holatda, ishchi mehnat jarayonida uning salomatligi va hayotiga xavf soluvchi holat vujudga kelganidan ish beruvchini zudlik bilan ogohlantirishi kerak bo‘ladi. Bu holatlar tasdiqlansa, ish beruvchi ularni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Agar, zaruriy choralar ko‘rilmasa, ishchi toki uning sog‘lig‘i va hayotiga tahdid soluvchi holat bartaraf etilgunicha, ishlamaslikka haqli. Bu davr mobaynida uning ish haqi saqlab qolinadi.

@dsenm_uz
​​Сирдарёда йўловчи автобус ағдарилди. Жабрланганларга шошилинч тиббий ёрдам кўрсатилмоқда

11 июль куни соат 10:48да Сирдарё вилояти, Мирзаобод тумани М-34 трасса йўлида ҳаракатланаётган «Isuzu» русумли автобус йўлдан чиқиб кетиб, автофалокат содир бўлди.

Йўл-транспорт ҳодисаси оқибатида 16 киши турли даражада тан жароҳати олган. Беморларга зудлик билан шошилинч тиббий ёрдам кўрсатилиб, уларнинг 9 нафари Республика Шошилинч тиббий ёрдам илмий марказининг Сирдарё вилоят филиалига ётқизилган, 7 нафарига эса жароҳати енгил бўлгани сабаб амбулатор шароитда тиббий ёрдам кўрсатилган. Ҳалок бўлганлар йўқ.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан жабрланганларга тиббий ёрдам кўрсатиш бўйича қўшимча чоралар кўрилмоқда. Жумладан, Республика Шошилинч тиббий ёрдам илмий марказида фалокат оқибатида жабрланган фуқароларга тиббий ёрдам кўрсатиш бўйича тезкор гуруҳ тузилди. Айни пайтда малакали жарроҳ, нейрожарроҳ, травматолог, ортопед, реаниматолог-анестезиолог, невролог каби шифокорлар марказнинг Сирдарё вилоят филиалидаги беморлар ҳаёти учун курашмоқда.

Шунингдек, улар учун зарур тиббий дори-дармон ва тиббий воситалар етказиб берилган.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳолат юзасидан маълумотларни бериб боради», дейилади Соғлиқни сақлаш вазирлиги Жамоатчилик билан алоқалар бўлими хабарида.

@dsenm_uz
Forwarded from DSENM | Rasmiy kanal (Admin)
​​ Majburiy mehnatni oldini olaylik !

2018-yil 10-may kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 349-son “O’zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” qaror qabul qilingan.

Ushbu qarorda:

✔️ - fuqarolarni, jumladan, ta’lim, sog’liqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, ta’lim muassasalari o’quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko’kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig’ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish va bunga chek qo’yish;

✔️ - fuqarolarni, xususan, ta’lim va sog’liqni saqlash sohasi, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va ta’lim muassasalari o’quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat’iy intizomiy choralar qo’llanilishi;

✔️- avtomobil yo’llari, harakatlanish tig’iz bo’lgan ko’chalar, suv obektlari, qirg’oqbo’yi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obektlari, shuningdek, insonlarning hayotiga yoki sog’lig’iga xavf tug’ilishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan boshqa joylarda “ixtiyoriy tashabbus” bilan hasharlar va boshqa ishlarni o’tkazish taqiqlanishi belgilab qo’yilgan.

Ammo hozirgi kunda ayrim raxbarlar tomonidan xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish holatlari uchrab turibti. Agar Sizlarda majburiy mexnatning biron ko’rinishi ro’y berayotgan bo’lsa Respublika DSENMga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Manzil: Toshkent, Bunyodkor ko'chasi, 46-uy
Tel: 71 276-59-28
Fax: 71 276-59-28
e-mail: kancelyariyaresdsenm@minzdrav.uz
Telegram: @dsenm_uz, Murojat: @dsenm_uz_admin_bot
Yangilik

Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2019-yilning 1-avgustdan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori oʻrta hisobda 1,1 (10%) baravar oshirildi.

2019-yilning 1-avgustdan boshlab Oʻzbekiston hududida eng kam:
👉 ish haqi – oyiga 223 000 soʻm;
👉 yoshga doir pensiyalar – 436 150 soʻm;
👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 soʻm;
👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@dsenm_uz
Иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисидаги Президент Фармони қабул қилинди.

Фармон билан 2019 йилнинг 1 августдан бошлаб бюджет муассасалари ва ташкилотлари ходимларининг иш ҳақи, пенсиялар, стипендиялар ҳамда нафақалар миқдори ўрта ҳисобда 1,1 (10%) баравар оширилди.

2019 йилнинг 1 августдан бошлаб Ўзбекистон ҳудудида энг кам:
👉 иш ҳақи – ойига 223 000 сўм;
👉 ёшга доир пенсиялар – 436 150 сўм;
👉 болаликдан ногиронларга бериладиган нафақа – ойига 436 150 сўм;
👉 зарур иш стажига эга бўлмаган кекса ёшдаги ва меҳнатга лаёқатсиз фуқароларга бериладиган нафақа ойига 267 650 сўм миқдорида белгиланди.

Каналга уланиш👇👇👇
@dsenm_uz
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Maʼlumot_uchun
🇺🇿 2019-yil 16-iyul holatiga:

✳️ Eng kam:

👉 ish haqi — oyiga 202 730 soʻm;

👉 yoshga doir pensiyalar — oyiga 396 500 soʻm;

👉 bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 396 500 soʻm;

👉 zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 243 300 soʻm.

✳️ Valyutalar kurslari:

🇺🇸 1 USD = 8584.50 (+ 6.14) ↑

🇪🇺 1 EUR = 9673.87 (+ 45.52) ↑

🇷🇺 1 RUB = 136.34 (+ 1.82) ↑

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi
Qonunchilikka binoan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun transport vositasining salonida quyidagi tibbiy ashyolar boʻlishi shart:

👉 qon toʻxtatuvchi jgut
👉 nosteril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali bint;
👉 steril tibbiy dokali salfetkalari;
👉 bakteritsid leykoplastir;
👉 rulonli leykoplastir;
👉 “Ogʻiz-vosita-Ogʻiz” usulida sunʼiy nafas oʻtkazish uchun toʻsiq vositasi;
👉 ammiak eritmasi – 10% (nashatir spirti);
👉 qaychi;
👉 tibbiy qoʻlqoplar;
👉 tibbiyot qutichasi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
​​⚡️ Республика Давлат санитария эпидемиология назорат маркази “Чинозда 4 маротаба вабо касаллиги қайд қилинганлиги” тўғрисидаги ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотга қуйидагича аниқлик киритади:

Жаҳон Соғлиқни сақлаш ташкилотининг маълумотига кўра ҳар йили баҳор ва ёз мавсумларида Ўрта Осиё ва Африка мамлакатларида вабо касаллиги қайд этилиб туради, жумладан ўтган 2018 йилда дунёда 331966 та ҳолатда қайд этилган бўлиб, 2018 йил ва жорий йилнинг ўтган даврида Ўзбекистон Республикасига вабо касаллиги чет мамлакатлардан кириб келиш ҳолати ва аҳолиси орасида касаллик рўйхатга олинмаган.

Ўзбекистон Республикасида охирги мартта 1993 йилда Сирдарё вилоятининг Ховос туманида ва 1992 йилда Тошкент вилоятининг Чиноз туманида вабо касаллиги одамлар орасида рўйхатга олинган.

Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 2012 йилдаги “Ўзбекистон Республикасида вабо касаллиги устидан эпидемиологик назоратни янада такомиллаштириш тўғрисида” 25 - сонли буйруғи асосида вабо касаллигини олдини олиш мақсадида юқумли касалликлар шифохонасига “Ўткир юқумли ичак касалликлар” ташхиси билан мурожаат қилган беморлар эпидемиологик ва клиник кўрсатмаларига асосан эпид. мавсум даврида (май - октябрь ойлари) текширилади. 2018 йилда 3234 нафар ва 2019 йилнинг ўтган даврида 656 нафар фуқаролар вабо касаллигига текширилиб, лаборатор натижаларига кўра касаллик аниқланмаган.

Шунингдек, ташқи мухит объектларида вабо касаллиги қўзғатувчиларини аниқлаш эпид.мавсум даврида очиқ сув хавзалари ва оқава сув хавзаларидан сув намуналари текширилади. 2018 йилда 34130 та ва 2019 йилнинг ўтган даврида 7218 та сув намуналари вабо касаллигига текширилиб, лаборатор натижаларига кўра 2018 йилда 5137 та ва 2019 йилнинг ўтган даврида 807 та НАГ вибрионлари (вабо касаллигини чақирмайдиган вибрион) ажратилган. Жумладан, Чиноз туманида 2018 йилда 84 та намунадан 6 та ва 2019 йилнинг ўтган даврида 42 та намунадан 3 та НАГ вибриони ажратилган.

Республикада одамлар ўртасида вабо касаллигини олдини олиш бўйича профилактик чора-тадбирлар амалга оширилмоқда ва бу тадбирлар назоратга олинган.

@dsenm_uz
Sog‘liqni saqlash vazirligi: O‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragan mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etildi

So‘nggi yillarda mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish, bu boradagi salomatlik ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashda ijobiy natijalarga erishilmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi joylarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muntazam monitoring qilib bormoqda. O‘rganishlar natijasida ana shunday ijobiy o‘zgarishlar barobarida ayrim hududlarda, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi tumanlarida joriy yilning o‘tgan olti oyi yakunlariga ko‘ra, onalar o‘limi ko‘rsatkichi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan muayyan darajada ko‘payganligi aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yuzaga kelgan vaziyatni atroflicha o‘rganish, mavjud muammolar yechimini topish, tahlil qilish va mahalliy shifokorlarga homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni yanada yaxshilash yuzasidan amaliy-uslubiy yordam berish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bir guruh olimlari va malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turishibdi. Ular tomonidan onalar o‘limi ko‘payishi bilan bog‘liq vaziyat sinchiklab o‘rganilmoqda. Bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib, ularning oldini olish yuzasidan tibbiyot xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatilib, zamonaviy tashxis va davolash usullarini amaliyotga qo‘llash bo‘yicha bilim ko‘nikmalarini oshirishda ko‘mak berishmoqda.

Shu bilan birga, faoliyati davomida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan tibbiyot xodimlariga nisbatan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rildi. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Perinatal markazi direktori A. Abidov, direktor o‘rinbosari Z. Jumaniyazova va patologiya bo‘limi boshlig‘i M. Eshbayeva lavozimidan ozod etildi. Mazkur markazning reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i M. Nizamatdinov va 4-tug‘ruq bo‘limi boshlig‘i S. Yeshmanovaga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Ushbu markazning reanimatsiya bo‘limi shifokorlari G. Saribayeva va Z. Ablakimov, G.Tanirbergenovlar, shuningdek, navbatchi akusher-ginekologi L. Burangulova, patologiya bo‘limi akusher-ginekologi D. Yangiboyeva, 3-tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekolog G. Ashirbekova hamda 1-tug‘ruq bo‘limi navbatchi doyasi A. Sariyevalarga esa “hayfsan” intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari D. Bekboyeva, Nukus shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i J.Tarixov, Qo‘ng‘irot tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B. Jumaniyazov va Chimboy tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D. Yembergenovlarga jarima jazo choralari qo‘llanildi.

Ayni paytda poytaxtdan borgan mutaxassislar mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda onalar, bolalar, o‘smirlar, fertil yoshdagi ayollar va aholining barcha qatlamiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamni yanada yaxshilash, tibbiy-profilaktika, perinatal va antenatal tibbiy yordamni zamon talablari darajasida tashkil etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Aytish joizki, bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qariyb besh yuz ming nafar tug‘ruq yoshidagi ayollar istiqomat qiladi. Ularga tibbiy-profilaktika va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy imkoniyatlar yaratilgan. Hududdagi 16 ta tug‘ruq majmuasi va Respublika perinatal markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Tumanlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda Ayollar maslahatxonasi bo‘limi va Qizlar salomatligi markazi, perinatal skrining xonalari tashkil etilib, zamonaviy tibbiy diagnostika vositalari bilan jihozlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bundan buyon ham davlat tomonidan yaratib berilgan zamonaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish, shifokorlarning bilim va malakasini muntazam oshirib borish, o‘z vazifasiga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish kabi jihatlarga doimiy ravishda jiddiy e’tibor qaratib boradi. Eng muhimi, onalar o‘limi ko‘rsatkichlarini muttasil kamayib borishini ta’minlash yo‘lida bor imkoniyatlarni safarbar etadi.

@dsenm_uz
​​✔️ Соғлиқни сақлаш вазирлиги: Чақалоқнинг ўлимига эмлаш сабаб бўлмаган

Соғлиқни сақлаш вазирлиги 2019 йил 5 апрелда туғилган М.Н.нинг ўлими юзасидан дастлабки ўрганиш натижаларига кўра маълумот берди.

«Дарҳақиқат, М.Н. 2019 йил 12 июль куни Тошкент шаҳри Шайхонтоҳур туманидаги 40-оилавий поликлиникада полиомелит, ротавирус ва пневмококкга қарши эмланади. Эмлаш ишлари поликлиника эмлаш ҳамшираси М. Раҳматова томонидан амалга оширилган. Шундан сўнг, икки кун давомида боланинг тана ҳарорати 38 даражага кўтарилган. 15 июль тонгги соат 3:00-5:00да вазият ёмонлашгач, тез ёрдам чақирилган. Тез тиббий ёрдам бригадаси келганда чақалоқ вафот этган бўлган.

Болага эмлаш жараёнида қўлланган вакциналар хусусиятларини инобатга олган ҳолда, айтиш мумкинки, эмлашдан кейин тана ҳарорати 38 даражада бўлиши табиий ҳолат. Ушбу ҳарорат жуда кам ҳолларда боланинг марказий асаб тизимига таъсир қилиши мумкин. Бундан ташқари, уйда 2-3 кун давомида нима содир бўлгани, чақалоқ қандай шароитда парвариш қилингани, унда қандай қўшимча салбий таъсирлар кузатилгани ҳам ҳали маълум эмас.

Аниқланишича, 12 июль куни пойтахтимиздаги 40-оилавий поликлиника эмлаш хонасида 51 нафар болада эмлаш амалга оширилган бўлиб, уларнинг бирортасида ҳам эмлашдан сўнг реакциялар қайд этилмаган.

Таъкидлаш жоизки, мамлакатимизда миллий эмлаш календари асосида ҳар ойда 2 ярим миллион нафар бола вакциналар билан эмланади ва уларнинг эмлашдан кейинги ҳолати тизимли равишда ўрганиб борилади. Энг муҳими, юртимизда шу пайтгача ушбу вакциналар билан боғлиқ салбий ҳолатлар бирор марта бўлса-да, рўйҳатга олинмаган. Жумладан, полиомиелит ва пневмококка қарши вакциналарга умуман тиббий чеклов йўқ, улар ўлим билан боғлиқ асоратларни умуман келтириб чиқармайди. Бу Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг нуфузли экспертлари томонидан ўтказилган илмий тадқиқотларда ҳам исботланган», – дейди Соғлиқни сақлаш вазирлиги Санитар эпидемиология назорати бош бошқармаси бошлиғи Дилмурод Мирзабоев.

Бундан ташқари, эмлаш ишларини амалга оширишда фойдаланиладиган, жаҳон тиббиёти амалиётида кенг қўлланаётган самарали ва энг сифатли эмлаш воситалари БМТнинг Болалар фонди (ЮНИСЕФ) ва бошқа халқаро ташкилотлар сертификати асосида мамлакатимизга олиб келиниб, тегишли тартибда қайта тиббий-лаборатор синовлардан ўтказилади. Улар Соғлиқни сақлаш вазирлиги томонидан сертификат билан кафолатланади ва совуқлик занжири тизимига риоя этилган ҳолда жойлардаги эмлаш пунктларига етказилади. Эмлаш муолажалари шаҳар ва туманларда аҳолига бириктирилган оилавий поликлиника, чекка жойларда эса қишлоқ оилавий поликлиникалари ва врачлик пунктларида малакали шифокор кўригидан ўтилгач, махсус ўқитилиб, тегишли рухсатнома олган ҳамширалар томонидан бепул амалга оширилади.

Мутахассисларнинг дастлабки хулосаларига кўра, М.Н.нинг ўлимига эмлаш сабаб бўлмаган. Шу ўринда қайд этиш жоизки, Ўзбекистон Республикасининг миллий профилактик эмлаш календари ва Соғлиқни сақлаш вазирлигининг тегишли буйруғи асосида ҳар бир эмланган бола 3 кун давомида патронаж ҳамшираси томонидан хабар олиниши зарур. Шундан келиб чиққан ҳолда, ҳамширалар болани эмланганидан сўнг маълум вақт назоратга олмагани ҳолати ўрганилиб, ўз ишига лоқайдлик билан қараган тиббиёт ходимларига нисбатан қатъий чоралар кўрилади. Айни пайтда М.Н.нинг ўлим сабабини аниқлаштириш мақсадида суд-тиббий экспертизаси ўтказилмоқда.

Аниқланган ҳолат юзасидан қўшимча ахборот берилади», Соғлиқни сақлаш вазирлиги Жамоатчилик билан алоқалар бўлими хабарида.

@dsenm_uz
Forwarded from Azizbek Nishonov
Forwarded from Azizbek Nishonov
Ташиув малака ошириш план графиги 👆👆👆👆👆
Forwarded from Исраилова
ТВМОИ укув режа 2019-2020.doc
2.8 MB
O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 iyul holatiga 33,5 mln kishini tashkil etib, 2019 yil boshidan 268,1 ming kishiga yoki 0,8 %ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shahar aholisi soni 16,9 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16,5 mln ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2019 yil 1 iyul holatiga eng ko‘p aholi soni Samarqand viloyatida respublika aholisi sonidagi ulushi 11, Farg‘ona viloyatida 11,1 %ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 %ni, Andijon viloyatida 9,2 %ni tashkil etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 1 aholi sonining 30,5 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 59, mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10, kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

@dsenm_uz