"Taraqqiyot strategiyasi" markazi
5.27K subscribers
2.8K photos
453 videos
17 files
1.47K links
"Taraqqiyot strategiyasi" markazining rasmiy kanali.

Официальный канал Центра "Стратегия развития".

Тел.: +998 71 239-01-91
Download Telegram
#DavlatDasturi2026

📊 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilayotgan eng muhim chora-tadbirlarni o‘zida aks ettirgan infografik to’plam e'tiboringizga havola qilinmoqda.


📥Infografik to’plam to‘liq bu yerda. Batafsil tanishing va jamoatchilik muhokamasida faol ishtirok eting!

✍️Takliflaringizni uzbekistan2030.uz platformasi orqali bildiring!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihalarining jamoatchilik muhokamasi doirasida uzbekistan2030.uz platformasi orqali kelib tushayotgan takliflar bo‘yicha ma’lumot (30.01.2026-y. soat 18:00 holatiga).


🔻 “Sizning fikringiz — mamlakat taraqqiyoti uchun muhim!”


🔺Muhokamada faol ishtirok eting!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari KO‘RSATKICHLARI


🔺Muhokamada faol ishtirok eting!

🟢 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yili doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari KO‘RSATKICHLARI


🔺Muhokamada faol ishtirok eting!

🟢 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi KO‘RSATKICHLARI


🟢 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi KO‘RSATKICHLARI


🟢 uzbekistan2030.uz platformasi orqali takliflaringizni bering!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi KO‘RSATKICHLARI


Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
QIRG‘IZISTONNING O‘ZBЕKISTONDAGI ELCHISI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA ETILDI

🔺 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔵 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston–Qirg‘iziston hamkorligining rivojlanish dinamikasi, mintaqaviy o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, ikki tomonlama sheriklikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Elchi Markaz faoliyati, uning tahliliy va ekspertlik ishlari, amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan tashabbuslari bilan tanishtirildi.

Tomonlar qo‘shma tahliliy, ekspertlik va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, mintaqaviy muloqotni mustahkamlash va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar.

🔺 Suhbat chog‘ida xalqaro hamjamiyat ishtirokida takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasining ahamiyati alohida ta’kidlanib, ushbu muhokama davlat organlari, xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik korpus vakillari o‘rtasida mazmunli fikr almashish uchun samarali maydon bo‘lib xizmat qilgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va ekspertlik hamda institutsional darajadagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavlatDasturi2026

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi KO‘RSATKICHLARI


Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | AQSH va Fransiya tajribasi asosida mutlaqo yangicha tayyorlangan 2026-yilgi Davlat dasturi
#8feb

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
STRATEGIYA VA DAVLAT DASTURI MAQSADLARI “FIKRLAR MARAFONI”DA MUHOKAMA ETILDI

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ishlab chiqilayotgan islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan “Fikrlar marafoni” tashkil etildi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bosh mutaxassisi Inobatxon Hakimova ishtirok etib, talabalarga xalqaro amaliyotda strategiya va davlat dasturlarining ahamiyati, ulardagi maqsadli ko‘rsatkichlarning ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida belgilanayotgan ustuvor vazifalar, mahalla institutini mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida to‘xtaldi.


“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy maqsad va vazifalari, uning mamlakatning o‘rta muddatli rivojlanishidagi o‘rni tahlil qilindi. Tadbir davomida islohotlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda qonun ustuvorligini taʼminlashdagi ahamiyati tushuntirildi.

Fikrlar almashinuvi shaklida o‘tgan tadbirda talabalarning taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, ularni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Fikrlar marafoni” yoshlar o‘rtasida strategik hujjatlarni targ‘ib qilish, huquqiy ong va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
2026-YILGA MOʻLJALLANGAN ISLOHOTLAR DASTURLARI VA DAVLAT DASTURI TASDIQLANDI

Prezident Shavkat Mirziyoyev ustuvor islohotlar dasturlari hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturini tasdiqladi.

Islohotlar dasturlari davlatimiz rahbarining xalqimiz va Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar va 2026-yil uchun eng ustuvor islohotlarni qamrab olgan.

Asosiy yoʻnalishlar:

🔺mahallalar infratuzilmasini takomillashtirish va ularga Yangi Oʻzbekiston qiyofasini olib kirish;

🔺iqtisodiyotni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish hamda ichki bozorda talabni ragʻbatlantirish;

🔺kasblarni rivojlantirish va yangi mehnat bozori arxitekturasini yaratish;

🔺ekologik muvozanatni taʼminlash va suvdan oqilona foydalanishni tashkil etish;

🔺davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish;

🔺jamiyatda birdamlikni taʼminlash orqali uni yuksaltirish.

Yangi yondashuvga koʻra, “hujjat ishlab chiqish”dan “natijaga erishish” tamoyiliga oʻtilmoqda. Har bir tashabbusni amalga oshirish mexanizmlari va yil yakuniga moʻljallangan ijro natijalari boʻyicha KPI belgilangan. Har bir islohotlar dasturining ijrosi uchun shaxsan javobgar boʻlgan masʼul rahbar va muvofiqlashtiruvchi davlat tashkiloti belgilanmoqda.

Dastur bilan 337 ta banddan iborat amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanmoqda. 2026-yilda sohalar kesimida eng muhim 59 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi va eng muhim strategik islohotlarni nazarda tutuvchi 12 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.

Loyihalar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazildi:

🔺5 milliondan ortiq fuqaro internet orqali tanishdi;

🔺22 mingdan ziyod taklif bildirildi;

🔺OTM va davlat idoralarida 50 dan ortiq muhokama tadbirlari oʻtkazildi;

🔺muhokama tadbirlarida 10 mingga yaqin talaba, professor-oʻqituvchilar va davlat xizmatchilari ishtirok etdi;

🔺xorijdagi vatandoshlar bilan ham alohida muloqotlar tashkil etilib, qator qoʻshimcha tashabbuslar bildirildi;

🔺1000 ga yaqin konstruktiv taklif Davlat dasturi loyihasiga kiritildi.

Davlatimiz rahbari hujjatlar loyihalari bilan batafsil tanishdi, tegishli farmonni imzolab, islohotlar dasturlari va “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturini tasdiqladi. Barcha islohot va chora-tadbirlar, avvalo, odamlar hayotida aniq natija berishi – yangi ish oʻrinlari koʻpayishi, daromadlar oʻsishi va aholi roziligida oʻz aksini topishi zarurligi qayd etildi.

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi global oʻzgarishlar sharoitida yanada takomillashtirildi va Prezident Farmoni bilan 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangilangan tahriri tasdiqlandi.

❗️ Asosiy maqsadlar:

✔️ real sharoitga mos, oʻlchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik koʻrsatkichlarini belgilash;
✔️ oʻrta muddatli maqsadlarni yangi global chaqiriqlarga muvofiq yangilash;
✔️strategiya ijrosi monitoringini toʻliq raqamlashtirish;
✔️soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish boʻyicha strategik rejalashtirish hujjatlarining “Oʻzbekiston – 2030” bilan uygʻunlashtirish.

🔹 Strategiya ijrosi barcha masʼul vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari uchun eng ustuvor vazifa etib belgilandi.

🔍“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi ustidan nazorat va monitoring quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🟢Respublika komissiyasi muvofiqlashtiradi;
🟢Adliya vazirligi Hisob palatasi bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarining oʻz vaqtida hamda sifatli ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
🟢Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati bilan birgalikda monitoring yuritadi;
🟢Vazirlar Mahkamasi har oy tanqidiy koʻrib chiqish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi;
🟢har yarim yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Respublika komissiyasiga axborot kiritib boriladi;
🟢Hukumat har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.

🔺 Samaradorlik koʻrsatkichlari 3 toifada baholanib, monitoring jarayoni Strategik rejalashtirish va rivojlanishning Raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Hisob palatasi har yil yakuni bilan strategiya ijrosini auditdan oʻtkazadi hamda natijalari boʻyicha axborot va takliflar kiritib boradi.

Mazkur Farmon “maqsad – harakat – natija” tamoyiliga asoslangan mutlaqo yangi strategik boshqaruv tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

➡️BATAFSIL

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻZBEKISTONNING INVESTITSION SALOHIYATI: CHAQIRIQLAR VA OʻSISH ISTIQBOLLARI


Investitsiyalarni jalb qilish barqaror iqtisodiy oʻsish, iqtisodiyotni tarkibiy modernizatsiya qilish va xususiy sektorni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi bosqichda investitsiyalar hajmi bilan bir qatorda ularning sifati va samaradorligi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi boʻlim boshligʻi Jamshid Sharipov tomonidan tayyorlangan navbatdagi tahliliy materialda Oʻzbekistonning investitsion salohiyati, mavjud tizimli cheklovlar hamda sifatli investitsiya modeliga oʻtish istiqbollari atroflicha tahlil qilindi.

✍️ Tahliliy maqolada:

🔺2017-yildan buyon amalga oshirilgan islohotlar natijasida investitsiya muhiti va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi;

🔺 xususiy sektor va kichik va oʻrta biznes korxonalarining qoʻshilgan qiymat zanjirlariga integratsiyasi bilan bogʻliq muammolar;

🔺tartibga solishdagi barqarorlik, raqobat muhitini kuchaytirish va davlat sektorini isloh qilish zarurati;

🔺 investitsiyaviy ragʻbatlarni “yashil” va raqamli rivojlanish ustuvorliklari bilan muvofiqlashtirish masalalari koʻrib chiqilgan.


Ekspert Oʻzbekistonda investitsiya siyosatini miqdoriy oʻsishdan sifatli, diversifikatsiyalashgan va yuqori qoʻshilgan qiymatga asoslangan modelga bosqichma-bosqich oʻtkazish, investitsiya qonunchiligi barqarorligini taʼminlash hamda teng raqobat sharoitlarini shakllantirish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ilgari suradi.

➡️Tahliliy material bilan ingliz va rus tilida ham tanishishingiz mumkin!

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TARAQQIYOT SARI QADAM:
2026-yilga mo‘ljallangan
ustuvor vazifalar muhokama markazida


🎙 “O‘zbekiston-24” telekanalining “Studiya 24” ko‘rsatuvida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov bilan jonli suhbat bo’lib o’tdi.

Jonli suhbat davomida Markaz rahbari “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga qaratilgan Davlat dasturining mazmun-mohiyati, vazifalari va ularning amaliy ahamiyati yuzasidan fikr bildirdi.

💬Suhbatda quyidagi yo‘nalishlar yoritildi:

🔵 Ayollar va bolalarni himoya qilish hamda zo‘ravonlikka nisbatan qat’iy jazo choralarini kuchaytirish;
🔵 Sudlarda xalq vakillari ishtiroki orqali ochiqlik va adolatni mustahkamlash;
🔵 Ipoteka va elektromobillar uchun imtiyozli kreditlar orqali farovonlik va “yashil iqtisodiyot”ni qo‘llab-quvvatlash;
🔵 Qayta tiklanuvchi energiyani kengaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash;
🔵 Korrupsiyaga qarshi kurashni raqamlashtirish va komplayens asosida yangi bosqichga olib chiqish.

Batafsil intervyuda☝️

Markaz rasmiy sahifalari
Website | Telegram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM