Dr.Jasurbek | shaxsiy, tibbiy blog👨‍⚕
7.89K subscribers
2.11K photos
908 videos
1.29K files
1.35K links
Jasurbek Saminjonov Nozimjon oʼgʼli
Shifokor (Anesteziolog-reanimatolog)
-Anesteziologiya-reanimatologiya
-Pediatriyaga oid toʼliq maʼlumotlar baʼzasi
-shaxsiy, tibbiy blog...
-bir shifokor hayot yoʼli...
Maʼlumot olganingizda "Manba" koʼrsatib oling
Download Telegram
Тақдирингиздан рози булинг....!!!
Чунки яхши ўйлаб кўрсангиз, нима бўлган бўлса ҳам, ҳаммаси яхшиликка бўлган.

Масалан :

Сизни ҳафа қилишди – кечиришни ўргандингиз.....

Қийин кунлар берилди – сабр қилишни ўргандингиз....

Дард келди – ҳамдардликни ўргандингиз......

Ситамлар келди --- бардошингизни тарбияладингиз.....

Жоҳил, гумроҳлар атрофингизда бисёр бўлди, имонингиз чархланди........

Тошбағирларга рўбарў бўлиб --- меҳр беришни ўргандингиз.......

Касал бўлиб ---- соғлиқни қадрини билдингиз.....

Мусофир бўлиб --- юртингизни ва яқинларингизни соғинишни ўргандингиз.......

Ёшликда уқимай -улғайгач илмни қадрини ўргандингиз.....

Фақат сиздан илтимос : Етим бўлмасдан ота - онани қадрлашни ва умр тугамасдан ҳар лаҳзангизни қадрлашни ўзингиз тезрок, ўрганинг.....!!!
Чунки буларни қадрини билганингизда кеч булади.....


©Creator
18🔥4❤‍🔥2👍2
10👍3🐳1
Dr.Jasurbek | shaxsiy, tibbiy blog👨‍⚕
Qani kanalimizda qaysi qatlam vakillari koʼproqnshunga qarab postlar joylab boramiz
Hamma soʼrovnomada aktiv qatnashsin, ertalab choy ichmadilarmi reaksiya ham bosolmay qolibsizlar😁
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁204🔥1🥰1🤝1
🤔 Tez tasirli adrenomimetiklar
Chiqarilish shakli va dozalari bilan🟢

Saqlab qoʼying, yaqinlarga yuboramiz

Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
👶Фарзандларингиз қайси ойда қандай эмлаш олишлари кераклигини биласизми

ПРОФИЛАКТИК ЭМЛАШЛАР ЖАДВАЛИ

🔴ВГВ - Гепатит Б га қарши ваксина
🔴ОПВ - Полиомиелитга қарши ваксина
🔴БСЖ - Силга қарши ваксина
🔴Рота - Ротавирус ваксинаси-вирусли диареяга қарши ваксина
🔴КПК - Қизамиқ-паротит- қизилчага қарши ваксина
🔴АКДС - Дифтерия-кўкёътал- қоқшолга қарши ваксина
🔴АДС-М - Дифтерия-қоқшолга қарши ваксина
🔴ПНЕВМО - Пневмококк инфексиясига қарши ваксина
🔴ИПВ - Инактивланган полиомиелит ваксинаси
🔴ВПЧ - Бачадон бўйни саратонига қарши ваксина
🔴Пентавалент - Дифтерия- кўкёътал- қоқшол-гепатит Б-хиб инфексияга қарши ваксина

Яқинларга ҳам улашиб қойинг

©Dr.Qosimov ||
Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥22🔥2🥰1👏1🎉1
📍 SHOK INDEKSI (Shock Index, SI),(JSST)

🩺 Shok indeksi — bu yurak urish soni (puls) bilan sistolik arterial bosim (SAB) orasidagi nisbat bo‘lib, organizmda shok darajasini tez baholash uchun ishlatiladi.

Formula:
text{Shok indeksi} = \frac{\text{Puls (urish/min)}}{\text{Sistolik bosim (mmHg)}}

🔸 JSST bo‘yicha me’yor va baholash:
Shok indeksi Holat Izoh
0.5 – 0.7 Normal Gemodinamik holat barqaror
0.8 – 1.0 Yengil buzilish Kompensatsiya bosqichi
•> 1.0 Shok boshlanishi Qon aylanish buzilishi
> 1.5 Og‘ir shok Hayot uchun xavfli holat, reanimatsiya zarur!

👶 Bolalar uchun me’yorlar:
Yangi tug‘ilganlar 1.2 – 1.4
1–5 yosh 0.9 – 1.2
6 yoshdan katta 0.8 – 1.0

🟢Misol:
Puls = 120 urish/min
Sistolik bosim = 90 mmHg
SI = \frac{120}{90} = 1.33

⚕️Ahamiyati:
•Qon yo‘qotish, travma, sepsis, yurak yetishmovchiligi, anafilaksiya va boshqa shok turlarini erta aniqlashda yordam beradi.
•Reanimatsion choralar samaradorligini kuzatish uchun muhim ko‘rsatkich.

JSST tavsiyasiga ko‘ra, SI > 1.0 bo‘lsa — bemor shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj.

🤔 Eslatma:
Shok indeksini har bir shok turida (gipovolemik, kardiogen, septik, anafilaktik) alohida tahlil qilish kerak. Bu indeks bemorning umumiy ahvolini baholashda oddiy, lekin ishonchli usul hisoblanadi.

Manba:
WHO Clinical Guidelines for Emergency Care (2024)
Advanced Trauma Life Support (ATLS), 10th Edition
JSST Emergency Triage Assessment and Treatment (ETAT)


Tibbiyot talabalari guruhlarga yuborib qoʼyamiz va postlarga reaksiya bosib qoʼllab quvvatlaymiz!⚡️

Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍198🎉4🤓3🔥1
Dr.Jasurbek | shaxsiy, tibbiy blog👨‍⚕ pinned «📍 @DrJasurbek_blog orqali ulashilgan kasalliklar va dorilar dozalash, davolash standartlari! Albatta manfaat olaolsangiz men bundan hursandman. ☺️Yaqinlaringizga ulashing! Koʼk yozuv ustiga bosish orqali oʼzingizga kerakli mavzuni yoki dorini bilib oling!😗»
📍 BOLALARDA KALSIYDAN ZAHARLANISH (GIPERKALSEMIYA)

🧪 1.Etiologiyasi (Sabablari):
Kalsiy zaharlanishi — bu qon zardobida kalsiy miqdorining haddan tashqari oshib ketishidir. Bolalarda quyidagi holatlar sabab bo‘ladi:

•Vitamin D yoki kalsiy qo‘shimchalarini ortiqcha berish;
•Onaning homiladorlik davrida yuqori dozada D vitamini qabul qilishi;
•Paratiroid bezining giperfaolligi;
•Suyak o‘smalari yoki malign kasalliklar;
•Buyrak yetishmovchiligi;
•Tiazid diuretiklari, litiy, A vitamini toksikligi;
•Genetik sindromlar (Williams sindromi va boshqalar).


⚡️ 2. Patogenezi
Organizmda kalsiy muvozanatini 3 asosiy tizim boshqaradi: suyak – buyrak – ichak.

•Ortiqcha D vitamini ichakdan kalsiy so‘rilishini oshiradi;
•Paratiroid gormoni (PTH) suyakdan kalsiyni chiqaradi;
•Buyraklar orqali kalsiy chiqishi kamayganda, qon zardobida kalsiy to‘planadi.
•Natijada giperkalsemiya paydo bo‘ladi va asosan yurak, buyrak, markaziy asab tizimi hamda ovqat hazm qilish tizimiga zarar yetkazadi.


⚠️ 3.Klinik belgilari (Alohida e’tibor bering!):
Yengil holatlarda simptomlar sust, ammo og‘ir hollarda hayot uchun xavfli!

•Ishtahasizlik, ko‘ngil aynish, qusish
•Ich qotishi, qorinda og‘riq
•Ko‘p siydik ajralishi va chanqoq (polyuriya, polidipsiya)
•Mushak holsizligi, charchoq, uyquchanlik
•Yurak aritmiyasi, bradikardiya
•Og‘ir hollarda – hushdan ketish, koma


🧫 4.Diagnostika:
Giperkalsemiya quyidagi laborator tahlillar orqali aniqlanadi:

•Umumiy va ionlangan kalsiy miqdori
•PTH, Vitamin D (25-OH, 1,25-(OH)₂)
•Fosfor, Mg, kreatinin
•Buyrak UTT, EKG, suyak rentgeni
•Sababga qarab – genetik testlar, o‘sma markerlari.


💊 5.Davolash darajasi va sababiga qarab belgilanadi:
⚡️ Tez yordam:
NaCl 0.9% eritmasi bilan suyuqlik yuborish (10-20 ml/kg)
•Furosemid (diuretik) – ortiqcha kalsiyni chiqarish uchun
•Kaltsitonin yoki bisfosfonatlar suyakdan kalsiyning chiqishini to‘xtatadi
•Glyukokortikoidlar – D vitamini ta’sirini kamaytiradi
•Og‘ir hollarda gemodializ
•Kalsiy qo‘shimchalarini to‘xtatish
•Suv ichish rejimini oshirish
•Yurak va buyrak funksiyasini nazorat qilish
•Asosiy sababni (masalan o‘sma yoki PTH giperfaolligi) davolash


🩺 6.Oqibatlari:
Davolanmasa, quyidagi asoratlar rivojlanadi:
•Nefrokalsinoz (buyrak to‘qimasida kalsiy to‘planishi)
•Buyrak toshlari va buyrak yetishmovchiligi
•Suyakning mo‘rtlashishi (osteopeniya)
•Yurak aritmiyalari
•Pankreatit, hushdan ketish yoki koma

🌿 7.Oldini olish (profilaktika):
•Kalsiy va vitamin D qo‘shimchalarini faqat shifokor ko‘rsatmasi bilan berish;
•Bolaga parhezda muvozanatli sut, baliq, tuxum, sabzavot berish;
•Har 3–6 oyda D vitamini bilan kalsiy darajasini laborator nazoratdan o‘tkazish;
•Dori va parhez qo‘shimchalarini o‘zboshimchalik bilan aralashtirmaslik.


Bolalarda kalsiydan zaharlanish — bu jiddiy, lekin oldini olish mumkin bo‘lgan holat.
•Profilaktika – to‘g‘ri dozada D vitamini va kalsiy berish,
• Erta diagnostika – laborator nazorat,
•Tezkor davolash – asoratlarning oldini olish garovidir.


✍️ Manbalar:
MSD Manual: Neonatal and Pediatric Hypercalcemia
Medscape: Hypercalcemia in Children – Treatment & Management
BriefLands JCP (2024): Clinical Updates on Pediatric Hypercalcemia
WHO Pediatric Care Guidelines (2023)



Ota onalarga va talabalar guruhlariga yaqinlarimizga yuborib qoʼyamiz!
🤔Post manfaatli boʼlgan boʼlsa reaksiya bosing va ulashing shu orqali bizni qoʼllab quvvatlang!


🤔Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍113😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😁22🫡4🤷‍♂2❤‍🔥2🔥211🎉1💯1
#Мулоҳаза_учун
(Шукр килайлик азизлар!)


Бир киши саксон ёшга етганида қулоқларининг пардаси яллиғланиши оқибатида кар бўлиб қолибди. Шифокорлар унга бу касалликни жаррохлик йўли билан даволаш кераклигини айтибдилар. Кекса киши жаррохлик амалиётига рози бўлибди, чунки у қулоғидаги кучли оғриқдан бошқа хеч нарсани эшита олмасди. Жаррохлик амалиёти муваффақиятли тугагандан сўнг унга жаррохлик амалиётининг хисоб китобини бердилар. Кекса киши хисоб варақасига назар ташлаб йиғлаб юборди. Шифокор беморининг холатини кўриб унга рахми келиб:

- ” Агар бу тўловлар сизга оғирлик қилаётган бўлса бошқа чорасини кўрамиз” дебди. Кекса чол:
- ” Мен пул учун йиғламаяпман, бу кўз ёшларимнинг боиси Аллохим менга саксон йил эшитиш хусусиятини берди, лекин эвазига менга тўлов қоғозини юбормади . . . ! ! !
Xақиқат Роббимиз бизга қанчадан - қанча бебахо неъматларни берди. Мана шу неъматлар хаққини сўрамади. Биз эса бу неъматлар эвазига Роббимизга шукрона айтайлик азизларим . . . ! ! !

https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍6❤‍🔥2
🧠 BOLALARDA FEBRIL TALVASA VA EPILEPSIYA BIRINCHI YORDAM KOʼRSATISH

Febril talvasa (febrile seizure) — bu 6 oydan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda tana haroratining 38°C dan yuqori ko‘tarilishi fonida kuzatiladigan qisqa muddatli, o‘tkinchi toniko-klonik talvasa holatidir.
Epilepsiya — bu miyada neyronlarning ortiqcha elektr faolligi natijasida takrorlanuvchi talvasalar bilan kechadigan surunkali nevrologik kasallikdir.

🤔 2. Etiologiyasi
⚡️ Febril talvasa:
•Yuqumli kasalliklar (gripp, O‘RVI, angina, otit, pnevmoniya va b.)
•Irsiy moyillik (oilada febril talvasa yoki epilepsiya bo‘lishi)
•Markaziy nerv tizimi yetilmaganligi
•Metabolik buzilishlar (Na, Ca, Mg yetishmovchiligi)

⚡️ Epilepsiya:
•Genetik mutatsiyalar
•Perinatal gipoksiya, travma, ensefalopatiya
•Neyroinfeksiyalar (meningit, ensefalit)
•Miya o‘smalari yoki struktur o‘zgarishlar
•Idiopatik (sabab topilmaydi)

🤔3. Patogenez
•Yuqori harorat → neyron membranasi o‘tkazuvchanligi ortadi → natriy-kanal faollashadi → neyronlarning sinxron qo‘zg‘alishi yuz beradi.
•Bu jarayon EEGda epileptiform impulslar paydo bo‘lishiga olib keladi.
•Epilepsiyada esa bu qo‘zg‘alish doimiy holatga o‘tib, takroriy epileptik razryadlar hosil qiladi.

🤔4. Klinik belgilari
🌡 Febril talvasa:
•Odatda isitma 38–40°C da boshlanadi
•Bola hushini yo‘qotadi
•Butun tana yoki qisman qaltiraydi (toniko-klonik talvasa)
•1–2 daqiqa davom etadi, so‘ng bola uyquchan bo‘ladi
•Bir kunda 1–2 martadan oshmaydi

⚡️ Epilepsiya:
•Talvasalar sababsiz, haroratdan mustaqil ravishda sodir bo‘ladi
•Turi: toniko-klonik, absans, fokal va boshqalar
•Qisqa muddatli hush yo‘qotish, ko‘z qarashlari bir nuqtaga tikilishi
•Takrorlanuvchi xurujlar

🤔 5.Diagnostika
🧾 Asosiy tekshiruvlar:
•Nevrolog ko‘rigi
•EEG (elektroensefalografiya) — epileptiform faollik aniqlanadi
•KT yoki MRT — struktur o‘zgarishlar uchun
•Qon tahlillari — elektrolitlar (Na, Ca, Mg), glyukoza
•Infeksiya belgilarini aniqlash.

🤔6.Birinchi yordam (Uy sharoitida)
Bola xavfsiz joyga yotqiziladi (yon tomonga)
Og‘izdagi suyuqlik, qusindi tozalanadi
Kiyim bo‘shatiladi, bosh orqaga egiladi
Og‘izga hech narsa tiqilmaydi!
Harorat pasaytiriladi:
•Paratsetamol 10–15 mg/kg yoki
•Ibuprofen 5–10 mg/kg
Agar talvasa >5 daqiqa davom etsa — tez yordam chaqiriladi

🤔 7. Birinchi yordam koʼrsatish shifokor tomonidan
🏥 Talvasa davom etayotgan bo‘lsa:
•Diazepam 0.3–0.5 mg/kg rektal yoki vena orqali yoki Midazolam 0.2 mg/kg bukkal yoki intranazal
Agar javob bo‘lmasa →
•Fenobarbital 10–15 mg/kg m/o yoki v/i
•Og‘ir holatda → Valproat natriy 15 mg/kg v/i
•Haroratni pasaytirish + oksigenoterapiya

🤔 8.Keyingi davolash va profilaktika
•24 soat ichida sababi (ORVI, otit va b.) aniqlanadi
•Qisqa muddatli antiepileptiklar faqat takrorlansa qo‘llanadi
•Uzoq muddatli antiepileptiklar (valproat, levetirasetam) faqat takroriy yoki murakkab febril talvasalarda qo‘llanadi
•D vitamin, Ca, Mg, B6 yetarli darajada ta’minlanadi

🤔 9.Prognoz
•Oddiy febril talvasa — 95% hollarda nevrologik asoratsiz kechadi
•2–5% bolalarda epilepsiya rivojlanishi mumkin
•To‘g‘ri yordam va profilaktika bilan xurujlar nazorat ostida bo‘ladi

😗 Eslatma:
Talvasa 15 daqiqadan ortiq davom etsa, 24 soatda qayta takrorlansa yoki o‘choqli (bir qo‘l, bir oyoqda) bo‘lsa — bu “murakkab febril talvasa” hisoblanadi va shoshilinch tibbiy yordam talab etadi.

🤔 10.Dori dozalari
Diazepam rektal , v/i 0.3–0.5 mg/kg
Fenobarbital m/o v/i 110–15 mg/kg
Valproat Na v/i 15 mg/kg
Paratsetamol p/o yoki supp. 10–15 mg/kg
Ibuprofen p/o 5–10 mg/kg


⚕️Profilaktika tavsiyasi
•Harorat ko‘tarilishi bilan darhol antipiretik berish
•Suvsizlanishni oldini olish
•Uyda rektal diazepam bo‘lishi tavsiya etiladi (takrorlanadigan holatlarda)


🩵 Manba:
•WHO. Guidelines for the management of febrile seizures in children, 2023
•ILAE (International League Against Epilepsy) 2022
•Nelson Textbook of Pediatrics, 21st ed.

#pediatriya #tezyordam
Farzandingizga eʼtiborli boʼling va har doim birinchi oʼrinda shifokorga murojaat qiling!
Yaqinlarga ulashamiz
⚡️

Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥218🥰4👏3👍1
🎉 16 октября – поздравляем с Днём анестезиолога и реаниматолога!

Уважаемые анестезиологи и реаниматологи!

Поздравляем вас с профессиональным праздником – Днём анестезиолога и реаниматолога! Благодаря вашей высокой ответственности, знаниям и мужеству, тысячи жизней сохраняются. Обеспечение безопасного и безболезненного лечения, контроль состояния пациента во время операции — это задача, которую могут выполнить только преданные своему делу специалисты, такие как вы.

Ваш труд — незаметен, но имеет огромное значение. Каждое принятое решение, каждое действие — жизненно важно. Мы преклоняемся перед вашим профессионализмом и гуманизмом.

Желаем вам новых достижений, крепкого здоровья, семейного счастья и успехов в работе! Пусть ваш праздник будет радостным и светлым!

Anesteziolog-reanimatolog yuborib qoʼyamiz!⚡️
Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉85🔥3👍1
Цитаты про реаниматологов


"Реаниматолог — это врач, который стоит между жизнью и смертью, и делает всё возможное, чтобы жизнь победила."

Реаниматолог — это врач, который не даёт смерти забрать пациента без боя." 

"Работа реаниматолога — это искусство возвращать людей к жизни." 

"Каждый день реаниматолог принимает решения, от которых зависит чья-то судьба." 

"В реанимации нет места панике — только точные действия и холодный расчёт." 

"Реаниматолог — это тот, кто борется за жизнь, когда надежда уже почти потеряна." 

Siz kutgan tibbiy blog:
@DrJasurbek_Blog ✈️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🎉32🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥3👏1🎉1🕊1🤗1
🌿 TRIMETABOL SIROP — bolalar uchun ishtahani oshiruvchi va metabolizmni qo‘llab-quvvatlovchi preparat

🔍Tarkibi:
🧬Cyproheptadine hydrochloride — antigistamin, ishtahani oshiradi
⚡️Levokarnitin (L-Carnitine) — energiya almashinuvini faollashtiradi, o‘sishni qo‘llaydi
💊Vitamin B-kompleksi (B1, B6, B12, PP) — nerv tizimi va modda almashinuvini yaxshilaydi

💊Farmakologik guruhi:
Appetitostimulyator, metabolik vosita, antigistamin (I avlod)


⚡️Ta’sir mexanizmi:
Cyproheptadine — gistamin (H1) va serotonin retseptorlarini bloklab, ishtahani oshiradi.
Levokarnitin — yog‘ kislotalarini mitoxondriyaga olib kirib, energiya ishlab chiqilishini kuchaytiradi.
Vitaminlar — hujayra metabolizmini, nerv tizimi va oqsil sintezini rag‘batlantiradi.

🩺Qo‘llashga ko‘rsatmalar:
Ishtaha pasayishi (anoreksiya)
O‘sishdan orqada qolish (rivojlanish retardatsiyasi)
Kasallikdan keyingi reabilitatsiya davri
Surunkali charchoq, zaiflik
Vitamin B guruhi yetishmovchiligi


Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
•Preparat tarkibiga allergiya
•2 yoshgacha bo‘lgan bolalar
•Glaukoma
•Oshqozon yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi
•Og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi

⚠️Nojo‘ya ta’sirlari:
•Uyquchanlik, loqaydlik
•Og‘iz qurishi
•Qon bosimining pasayishi
•Allergik toshmalar
• Vaznning tez ortishi (uzoq muddatda)



🟢Dozalash
•2–6 yosh: 2,5–5 ml, kuniga 2–3 marta
•6–12 yosh: 5 ml, kuniga 2–3 marta
•12 yoshdan katta: 5–10 ml, kuniga 2–3 marta
• Ovqatdan 30 daqiqa oldin ichiladi
Davolash muddati: 2–4 hafta (shifokor nazoratida uzaytiriladi)


Manbalar:
•WHO Pediatric Drug Guidelines, 2024
•EMA Pediatric Recommendations
•Laboratorios Grossman S.A., Trimetabol® yo‘riqnomasi (Ispaniya)


#bolalarsalomatligi #pediatriya
Yaqinlarimizga ulashamiz


Siz kutgan tibbiy blog:
https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17❤‍🔥4💊4💯3🔥1
Yakshanba kuni bitta dars oʼtib beraymi nima deysizlar aktivligilarni bir koʼraylik ! Yakshanbagacha 8000 obunachidan oshsak biz ham !


🟢Mavzu: Bolalarda antibiotiklar, Imunomodilyatorlar va virusga qarshi dorilar buyurushga koʼrsatmalar va dozalash haqida dars oʼtib beraymi qani bir aktivlik koʼrsatinglarchi!

https://t.me/DrJasurbek_Blog ⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25🔥13👏4🎉2🐳2❤‍🔥1🏆1